Konchilik ishi va metallurgiya



Yüklə 419 Kb.
səhifə8/17
tarix05.05.2023
ölçüsü419 Kb.
#108191
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Konchilik ishi va metallurgiya

Rux oksid ZnO oq kukun holida bo’lib, qizdirilganda sarg’ayadi, suvda erimaydi, kislotalarda erib, tegishli tuzlarni hosil qiladi. ZnO oq moy bo’yog’i tayyorlashda, rezina sanoatida, tibbiyotda ishlatiladi. Rux oksid kobalt tuzlari bilan qattiq qizdirilsa, o’zgaruvchan tarkibli yashil modda hosil bo’ladi. Rux gidroksid Zn(OH)2 rux tuzlari eritmasiga ishqor ta’sir ettirilganda hosil bo’ladigan amfoter gidroksiddir, u kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi, shuningdek ammiak bilan kompleks birikma hosil qiladi:
Zn(OH)2 + 2H+ = Zn2+ + 2H2O
Zn(OH)2 + 2OH- = [Zn(OH)4]
2Zn(OH)2 + 4NH3 = [Zn(NH3)4(OH)2]
Rux gidroksid kuchsiz elektrolit, shuning uchun rux tuzlari suvli muhitda gidrolizlanadi. ZnF2, ZnCO3, ZnS, Zn3(PO4)2 kabi tuzlari suvda amalda erimaydi. Temir tunukalarni korroziyadan saqlash uchun sirti rux bilan qoplanadi. Rux turli qotishmalar tarkibiga kiradi, galvanik elementlarda va laboratoriyalarda turli reaksiyalar uchun ishlatiladi.
Rux sulfid ZnS – rux tuzlarining neytral eritmalariga vodorod sulfid ta’sir ettirilishidan hosil bo’ladi. Suvda va sirka kilotada erimaydi. Rux sulfid tabiatda uchraydi va rux olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Rux xlorid ZnCl2 – suvsiz holatda olish juda qiyin bo’lgan oq gigroskospik modda. U uch molekula suv bilan birga kristallanadi. Ruxni yoki rux oksidni xlorid kislotada eritib ZnCl2∙3H2O olinadi. Rux xloridning suvdagi eritmasi kislota xossasiga ega, uning konsentrlangan eritmasi tolani eritadi.

1.4 Ruxni ishlatilish soxalari
Toza ruxdan nodir metallarni tiklash uchun foydalaniladi. Shuningdek, rux keyinchalik affinaj yo‘li bilan qayta ishlanadigan kumush va oltinni intermetallidlardan ajratib olishda ishlatiladi. Undan po‘lat konstruksiyalar, quvurlar va ho kazolarni rux qoplamasi bilan qoplashda juda keng foydalaniladi. Bunda rux po‘latni yemirilish, zanglashdan saqlaydi.Rux eng keng qo‘llanadigan soha bu – tok manbalarining kimyoviy turlaridir. Ya'ni, rux akkumulyatorlar, batareykalar tayyorlashda juda keng qo‘llanadi. Shuningdek rux plastinalaridan ko‘p adadli bosma nashrlardagi illyustratsiyalarni bosishda, ya'ni poligrafiyada foydalaniladi. Elektronika payvandlash qalaylari tarkibiga ham, erish haroratini barqarorlashtirsh uchun rux qo‘shiladi. Aks holda, ushbu payvand o‘rinlari elektr jihozlar qiziganda erib qolishi mumkin. Rux oksidi esa oq bo‘yoq ishlab chiqarishda ishlatiladi.Rux – latunning eng muhim komponentidir. Ruxning alyuminiy va magniy bilan qotishmalari juda yaxshi mexanik sifatlarga ega bo‘lib, ularni eritish va quyish ham nisbatan osondir. Shu sababli ruxning ushbu qotishmalaridan mashinasozlikda detallarning aniq quymalarini tayyorlashda keng foydalaniladi. Ruxning sulfidi, telluriti, selenidi va fosfidi mikroelektronikada juda keng ishlatiladigan yarim o‘tkazgichlardir. Rux sulfidi shuningdek ko‘plab lyuminoforlarning tarkibiy qismi bo‘ladi. Rux fosfididan kemiruvchilarga zahar sifatida ham foydalaniladi. Optik shishalarni tayyorlashda rux selenidni qo‘llash orqali, linzaning o‘rta infraqizil diapazondagi yutish koeffitsiyentini barqarorlashtirish mumkin.
Dunyo miqyosida ishlab chiqarilgan rux quyidagi sohalarda ishlatiladi,%:
- oq tunika olish 36;
- latun va bronza olish 26;
- quymakorlik 26;
- rux prokati 3;
- kimyo mollari 6,5.

Yüklə 419 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin