2.4. Amaliy mashg`ulotlar bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar. Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
- amaliy mashg`ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
- o`qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo`yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg`otish;
- talabada natijani mustaqil ravishda qo`lga kiritish imkoniyatini ta`minlash;
- talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash;
- amaliy mashg`ulotlar nafaqat aniq mavzu bo`yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.
Amaliy mashg`ulot uchun quyidagi mavzular tavsiya etilgan: “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo`yicha amaliy mashg`ulotining tematik rejasi:
Sanoat korxonalari bozor iqtisodiyotining sub`ekti sifatida.
Korxonaning asosiy fondlari. Korxonaning aylanma mablag`lari.
Korxonaning mehnat resurslari. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish.
Korxona harajatlari.
Korxonaning daromadi va foydasi.
Sanoat korxonalarida rejalashtirish.
Sanoat korxonalarida marketing. Sanoat korxonalarining innovatsion va investitsion faoliyati.
Menejment asoslari. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
2.5. Tajriba ishlari bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar Fan bo`yicha tajriba mashgulotlari namunaviy o`quv dasturida rejalashtirilmagan.
2.6. Kurs ishi (loyihasi) bo`yicha ko`rsatmalar va tavsiyalar Fan bo`yicha kurs loyihasi (ishi) namunaviy o`quv dasturida rejalashtirilmagan.
2.7. Mustaqil ishlar bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar Mustaqil o`zlashtiriladigan mavzular bo`yicha talabalar tomonidan referatlar tayorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. Mustaqil ta`lim mavzusi talabalarga ma`ruza va amaliyot mavzulariga mos ravishda beriladi. Mustaqil ta`lim talabalarning nazariy bilimlarinin mustahkamlashga, ularning axborot manbaalarinin kengaytirishga yordam beradi.
Fan bo`yicha qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlash, mustaqil o`rganish uchun berilgan mavzular bo`yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo`shimcha o`quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanishi, bunda xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish ham tavsiya etiladi. .
Mustaqil o`zlashtiriladigan mavzular bo`yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. Mavzuga oid masalalar, keys-stadilar va o`quv loyihalarini ishlab chiqish va ishtirok etish, ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish maqsadga muvofiqdir.