Ish jadvalining bevosita iste’molchilarga mosligi va boshqalar.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi boshqaruv oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan qilib tuzilishi kerak. U quyidagi talablarga javob berishi kerak
Boshqaruv tizimida bo`gin va bosqichlar soni maqbul bo`lishi kerak. Bo`g`in va bosqichlar sonining asossiz ko`payib ketishi:
Boshqaruv apparatini saqlash harajatlarining ortib ketishi
Boshqaruvda ma’suliyatsizlikka yo`l quyilishiga va boshqaruv samarasini pasayishiga olib keladi.
2. Boshqaruv tuzilmasi boshqaruv apparatining tezkor ishlashini ta’minlashi lozim. Bu faoliyat vazifalarni o`z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo`ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqaruv ob’ektlarining joylashuvi ham ta’sir ko`rsatadi.
Boshqaruv usullari:
tashkiliy-ma`muriy;
iqtisodiy;
Sotsial-ruhiy.
Tashkiliy-ma`muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o‘rin tutadi.Bu usullarga:
boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish;
topshiriqlar va deriktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo‘llash kiradi.
Tashkiliy-ma`muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning bo‘ysunishiga asoslanadi. Tashkiliy usullar boshqarish tizimida ichki ongli aloqalarning tarkib topishiga yordam beradi. Boshqarish funksiyalari bajarilishining: