2.2-jadval
Marketing konsepsiyasi evolyusiyasi
Yillar
Konsepsiya
Asosiy g‘oya
Asosiy vosita
Asosiy maqsadi
1860-1920
Ishlab
chiqarishni
takomillashtirish
Imkoniyati boricha
ishlab chiqarish
Tannarx, mehnat
unumdorligi
Ishlab chiqarishni
takomillashtirish,
sotish hajmini
ustirish
1920-1930
Tovarni
takomillashtirish
konsepsiyasi
Sifatli tovarlarni
ishlab chiqarish
Tovar siyosati
Iste’mol tovarlari
xossalarini
takomillashtirish
1930-1950
Sotishni
(tijoratni)
takomillashtirish
konsepsiyasi
Sotish tarmoqlari va
kanalini
rivojlantirish
Sotish siyosati
Tovarlar sotish
intensifikatsiyasi
1960-1980
Sof marketing
konsepsiyasi
Iste’molchiga nima
kerak bo‘lsa o‘shani
ishlab chiqarish
Marketing miks
kompleksi,
iste’molchini tadqiq
qilish
Maqsadli bozorni
xohish-
ehtiyojlarini tadqiq
etish
1980-1995
Ijtimoiy
yo‘naltirilgan
marketing
konsepsiyasi
Jamiyat talablarini
hisobga olgan holda
iste’molchiga kerak
bo‘lgan tavrlarni
ishlab chiqarish
Marketing miks
kompleksi, ishlab
chiqariladigan tovar va
xizmat ishlab
chiqarish, iste’molchi
bilan bog‘liq bulgan
ijtimoiy va ekologik
oqibatlarni tadqiq etish
Maqsadli bozorni
xohish-ehtiyojlari-
ni qondirish
1995
yildan shu
davrgacha
Marketingni
o‘zaro alokaviy
konsepsiyasi
Biznes bo‘yicha
sheriklar va
iste’molchilarni
kondiradigan
tovarlar ishlab
chiqarish
Marketing miks
kompleksi,
integratsiya va
tarmoqli taxlil,
koordinatsiya uslubi
Maqsadli bozorni
xohish-
ehtiyojlarini
qondirish
Ko‘rsatib o‘tilgan marketing konsepsiyalari har bir mamlakat uchun standart,
norma yoki qoida sifatida ko‘rilmasligi kerak. Marketing evolyusiyasi har qaysi
mamlakatda o‘zini xususiyatlari va bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga
bog‘liq bo‘ladi. Biroq marketingni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq jahon tajribasi hamda
bozor munosabatlarini rivojlanishi aniq mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tatbiq
etish bozor munosabatlarini shakllantirishga ishlatilishi mumkin ekanligi foydali
36
hisoblanadi. Bundan tashqari marketingni rivojlanishida mashhur umumiy tendensiya
– e’tiborni tovar ishlab chiqarishdan iste’molchiga, uning xohish va ehtiyojlariga
qaratish talab etiladi.
Birinchi davr - «ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi» -
«mahsulot ustunligi» tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar
ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya
shiori - «imkoni boricha ko‘proq tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz».
Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning
sifatiga va narxiga qaratishni talab etadi. Iste’molchilar o‘xshash tovarlarni sifatlarini
boshqa firmani shunday tovarlari bilan solishtirib ko‘radilar. Bu konsepsiyani
ko‘pincha kompaniya, firma, tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlar ham
ushlab turadilar. Biroq tovar konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravermaydi.
Keyingi davr «sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi» nomini oldi.
Bunda firmaning mahsulotini «mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing» shiori
bilan sotishni mo‘ljallash birinchi o‘ringa chiqadi. Tovar va savdo marketinggi
konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali seriyali, ya’ni yalpi tus olmagan davrda
maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari hisobiga yuqori darajada
foyda qo‘lga kiritilar edi, sababi mohiyat e’tibori bilan cheksiz talabga ega bo‘lgan
bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benihoya katta edi.
XX – asrning 50 - yillarida boshqarish konsepsiyasining ilk asosini sotish hajmi,
ishlab chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa
ko‘rsatkichlarni uzoq muddatli o‘zgarishlarini aniqlash tahlil qilindi. SHunga ko‘ra
bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish ko‘zda tutilgan.
Marketing rivoji tarixida o‘tgan asrning 50-yillari muhim bosqich bo‘ldi.
Ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish tangligi ko‘rinib qoldi. Marketing - ishlab
chiqarishni bozor talabiga moslashtirish konsepsiyasi, uning asosini iste’molchiga -
«bozor ustunligi»ga mo‘ljal olish tashkil etdi. Marketing boshqaruvining bozor
konsepsiyasi yanada rivojlandi.
Quyidagi 2.3-rasmda sotish va marketing konsepsiyasi berilgan.
|