Konsepsiyasi


-jadval  Marketingni rivojlanish tarixi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix08.12.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#73250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
tex m ish

2.1-jadval 
Marketingni rivojlanish tarixi 
Yillar 
 
Marketingda ro‘y bergan o‘zgarishlar 
 
1902- yil 
AQSH da mustaqil ravishda marketing kursini o‘qitish boshlandi. 
1908- yil 
Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AQSHning yirik sanoat 
kompaniyalarida birinchi marketing bo‘limlari tashkil etildi. 
1920- yil 
Xalqaro savdo palatasi tashkil topdi. 
1926- yil 
AQSHda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi; uning 
asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati tuzildi va u 1973 yilda 
Amerika marketing assotsiatsiyasi deb qayta nomlandi. 
1930-1940 
yillarda 
Dunyoning ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarida milliy marketing 
assotsiatsiyalari tashkil topdi. 
1950-1960 
yillarda 
Xalqaro marketing federatsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va marketing 
bo‘yicha Evropa jamiyati hamda Evropa marketing Akademiyasi kabi xalqaro 
marketing tashkilotlari tuzildi. 
1980- yillarning 
ikkinchi yarmida 
Mamlakatimizning iqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida 
marketing kursi o‘qitila boshlandi. 
1990- yillarning 
oxirlarida va 
hozirgi 
kunlarda 
Mamlakatimizda marketing bo‘yicha xorijiy adabiyotlar o‘zbek tiliga tarjima 
qilingan holda va shu fan bo‘yicha darslik, qo‘llanma hamda risolalar 
O‘zbekistonlik mualliflar tomonidan ko‘plab chop etilmoqda. 
Marketing an’anaviy savdo usullaridan farqli o‘laroq aniq maqsadlarni 
ko‘zlaydi, xo‘jalik vazifalarini esa yaqqol ifodalaydi; korxona shunday sifatli 
mahsulot tayyorlashi lozimki, uni sotish qulay bo‘lsin. Darhaqiqat, mahsulot ishlab 
chiqarilgani bilan u albatta foyda keltiradi degan ma’noni hali aslo bildirmaydi. Ilgari 
xo‘jalik rahbarlarining vazifasi asosan jami resurslarni ishlab chiqarish talablari bilan 
muvofiqlashtirishdan iborat edi, ya’ni korxona o‘zi xohlagan mahsulotni ishlab 
chiqarar va hamma e’tiborini uni sotishga qaratar edi. Marketingning maqsadi esa 
bozorning mavjud va kelgusida ehtimol tutgan imkoniyatlarini aniqlash hamda sifat 
jihatidan to‘g‘ri baholashdan, so‘ngra unga tayanib, butun kuchini o‘z mahsulotiga 
qiziqish 
va 
ehtiyojni 
kuchaytirishga, 
xaridorga 
mahsulotni, 
shuningdek 
ko‘rsatiladigan tegishli ximat turini tanlash imkonini yaratgan holda, mahsulotni 
sotishga qaratishdan iborat. 


32 
Zamonaviy marketingni davri o‘tgan asrning 1995- yillaridan boshlandi. Shu 
davrdan boshlab marketing – murakkab ijtimoiy – iqtisodiy jarayon sifatida 
o‘rganilmoqda. 
Hozirgi vaqtda AQSH va rivojlangan mamlakatlarda marketing masalalari 
bo‘yicha juda ko‘p tadqiqot firmalari faoliyat olib bormoqda. SHuningdek, marketing 
muammolarini tadqiq qilishni tijorat boshqaruvi asosida universitetlar ham, savdo-
sanoat assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari va xizmatlari ham shug‘ullana boshladi. 
1972- yilda F. Kotler mikromarketing va makromarketing tushunchalarini 
asoslab beradi. 1976- yilda Shelbi Xant marketing ayirboshlash jarayoni haqida ilm 
hisoblanishini ko‘rsatdi. 
XX asrning
80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni globallashtirish 
jarayoni kuzatildi. SHuningdek, 1990- yilda Avstraliyaning Kanberra shahrida 
«Marketing – bu hamma narsa», «Marketing biznesni anglatadi» shiori ostida global 
marketing bo‘yicha Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o‘rin bo‘shatib 
bermoqda. Bu jahonning barcha rivojlangan davlatlarida kuzatilmoqda. Tez 
o‘zgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi, ishlab 
chiqarish yuksak darajada chaqqon moslashuvchan, yakka iste’molchiga 
mo‘ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari va ayrim 
«so‘qmoq»larning ko‘pligi unga xos xususiyatlardir. Ayni paytda ishlab 
chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga etdiki, bir bozorning oraliq 
segmentlarida bo‘sh makon juda kam qoladi. Natijada bozor raqobati yanada 
shiddatli tus oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki raqobatning 
yanada takomillashgan usul va shakllari paydo bo‘lishi natijasida yuz beradi. 
Tovarning «hayotiy sikli» misli ko‘rilmagan darajada qisqaradi. Hozirgi davrda 
etakchi yapon elektron firmalari bozorga o‘rtacha har uch oyda bir marta 
mikrosxemalarning yangi turini chiqaradi. Mahsulotlar assortimentning xilma-xilligi 
ortdi, bir xil buyumlarni ko‘plab ishlab chiqarish kamaydi, ya’ni to‘p-to‘p qilib uyub 
tashlash tajribasidan voz kechilmokda. Tovar sifatiga ega bo‘lgan mahsulotlar 
mazmuni o‘zgardi. Endi yaxshi mahsulot chiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga 


33 
dosh berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma ko‘rsatadigan qo‘shimcha servis 
xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash zarur. 
Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yo‘llarini o‘ylabgina qolmay, ayni 
paytda tovarlarni sotish va o‘tkazish, daromadlarni muttasil ko‘paytirish sohalariga 
ko‘proq e’tibor berishga majbur. Mahsulot sotishga yangi bozorlar, muayyan afzalligi 
tufayli mahsulot o‘ziga jalb etadigan yangi xaridorlarni qondirish lozim. Bu ishlarni 
hozirgi zamon marketingiga tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning 
omon qolishi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, kon’yunktura-tijorat, ijtimoiy va boshqa 
axborotlarni o‘z vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida 
ta’minlanadi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin