30
2-bob. MARKETINGNI RIVOJLANISH EVOLYUSIYASI VA
KONSEPSIYASI
2.1.Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari
Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish va tahlil
etish, narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati –Sayrus Makkormek nomi bilan
bog‘lanadi. 1902- yildan boshlab AQSHning (Michigan,
Kaliforniya, Illinoys)
universitetlarida
marketing
muammolari
bo‘yicha
(«Tovarlar marketingi»,
«Marketing uslublari» fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma’ruzalar o‘qitila
boshladi.
1926- yilda AQSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi,
keyinchalik uning negizida Amerika marketing
jamiyati barpo etildi, bu jamiyat
1973- yilda Amerika marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinroq bunday
uyushma va tashkilotlar G‘arbiy Evropa mamlakatlari
va Yaponiyada ham paydo
bo‘ldi. Xalqaro marketing tashkilotlari - Evropa marketing va ijtimoiy fikr
tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro
marketing federatsiyasi, Evropa Akademiyasi va
shunga o‘xshashlar yuzaga keldi.
O‘tgan asrning
60-yillar o‘rtasida eng yirik Amerika korporatsiyalarining
barchasi o‘z xo‘jalik faoliyatida marketingning asosiy talablarini qo‘llay boshladi.
G‘arbiy Evropa va Yaponiyada marketing g‘oyalari AQSHga qaraganda sustroq joriy
qilindi. Ammo 60-yillarning oxiriga kelib ular marketing amaliyotini tezkorlik bilan
o‘zlashtirishga kirishdilar va bunda muhim yutuqlarga erishdilar.
Amerika modeli bo‘yicha marketing faoliyati
birinchi navbatda korxonani
maqsad va vazifalariga erishishga qaratiladi hamda ikkinchi navbatda esa
iste’molchilarni ehtiyojini qondirishga qaratiladi.
Yapon modeli bo‘yicha marketing faoliyati eng avvalo iste’molchilarni hohish –
ehtiyojini qondirishi kerak.
Yapon marketingining asosiy maqsadi – iste’molchiga xizmat qilish,
Amerika
marketingi uchun esa, maqsadga erishish uchun hamma vositalardan foydalanish
mumkin.