Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi o‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga



Yüklə 332,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/19
tarix23.05.2023
ölçüsü332,58 Kb.
#120591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
qonunloyihasi

 
26
2
-modda. Hech kim ayni bir huquqbuzarlik uchun ikki marta javobgarlikka 
tortilishi mumkin emas. 
Hech bir shaxs sodir etilgan paytda huquqbuzarlik deb topilmagan qilmish 
uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 
Qilmish uchun jazoni istisno etadigan yoki yengillashtiradigan qonun orqaga 
qaytish kuchiga ega. 
Javobgarlikni belgilaydigan yoki og‘irlashtiradigan qonun orqaga qaytish 
kuchiga ega emas. 
Hech bir inson rasmiy ravishda eʼlon qilinmagan qonunga asosan hukm 
qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi 
mumkin emas»; 
12) 27 – 30-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«27-modda. Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsiz bo‘lishi, shaxsiy va 
oilaviy siri, o‘z shaʼni va qadr-qimmati himoya qilinishi huquqiga ega. 
Har kim o‘z shaxsiga doir maʼlumotlarni himoya qilish huquqiga ega. 
Har bir shaxs yozishmalarni, telefon va boshqa telekommunikatsiya 
qurilmalari orqali so‘zlashuvlarni, pochta-telegraf jo‘natmalarini hamda boshqa 
xabarlarni amalga oshirish erkinligi va ularning sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu 


huquqning cheklanishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda, sudning 
qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi. 
Har 
kim 
uy-joy 
daxlsizligi 
huquqiga 
ega. 
Sudning 
qarorisiz 
uy-joydan mahrum etilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Hech kim shaxsning uy-joyiga yoki boshqa mol-mulkiga qonunda nazarda 
tutilganidan boshqacha holda va tartibda kirishga, tintuv o‘tkazishni yoki ko‘zdan 
kechirishni amalga oshirishga haqli emas. 
 
28-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda bo‘lib 
turgan har bir shaxs respublika hududi bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash 
joyini erkin tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar 
mustasno. 
Har kim respublikadan tashqariga chiqish huquqiga ega. O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari O‘zbekistonga moneliksiz qaytish huquqiga ega. 

Yüklə 332,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin