O‘zbekiston Respublikasining
KONSTITUTSIYAVIY QONUNI LOYIHASI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
1-modda. 1992 yil 8 dekabrda o‘n
ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Kengashining
o‘n
birinchi
sessiyasida
qabul
qilingan
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga (O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 1, 4-modda; 1994 yil,
№ 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003
yil, № 3–4, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 162-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2011 yil,
№ 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014 yil, № 4, 85-modda; 2017 yil, № 4,
134-modda, № 5, 200-modda, № 8, 383-modda; 2018 yil, № 10, 674-modda; 2019
yil,
№
2,
47-modda,
№
3,
162-modda, № 9, 588-modda; 2021 yil, № 2, 139, 140-moddalar) quyidagi
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1)
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«
Muqaddima
Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi,
inson
huquqlariga va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga,
davlat suvereniteti prinsiplariga o‘z sodiqligimizni tantanali ravishda eʼlon qilib,
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalari ustuvorligini eʼtirof etib,
har bir insonning shaʼni va qadr-qimmati, farovonligi hamda manfaatlari
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik
qiladigan, insonparvar, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va
dunyoviy davlatni barpo etish hamda mustahkamlash
borasida hozirgi va kelajak
avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatimizni anglagan holda,
ochiq, adolatli va barkamol fuqarolik jamiyatiga intilib,
o‘zbek davlatchiligining uch ming yillikdan ziyod tarixiy taraqqiyot
tajribasiga, shuningdek jahon va islom sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa
qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning madaniy merosiga tayanib,
demokratiya g‘oyalariga, ijtimoiy adolat,
erkinlik va tenglik kabi
qadriyatlarga o‘z sodiqligimizni tasdiqlab,
mamlakatimizning barqaror rivojlanishini, yoshlarning munosib hayot
kechirishini, shu maqsadda taʼlim, ilm-fan, madaniyat va maʼnaviyat taraqqiyotini
taʼminlashga intilib,
bizgacha yetib kelgan tabiiy, madaniy, moddiy va maʼnaviy qimmatliklarni
hamda boyliklarni ko‘paytirishga
va muhofaza qilishga, atrof-muhit musaffoligini
saqlashga astoydil bel bog‘lab,
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati va eng avvalo, qo‘shni mamlakatlar bilan
o‘zaro
bir-birini
qo‘llab-quvvatlash,
hamkorlik
va hurmat qilish, tinchlik va totuvlik asosidagi uyg‘un, do‘stona munosabatlarini
mustahkamlashga hamda rivojlantirishga intilib,
fuqarolar
tinchligini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni hamda
bag‘rikenglikni taʼminlash maqsadida,
O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qilamiz va
eʼlon qilamiz»;
2)
1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«
1-modda. O‘zbekiston – suveren respublika, huquqiy,
ijtimoiy, dunyoviy,
demokratik
davlat.
Davlatning
«O‘zbekiston
Respublikasi»
va “O‘zbekiston” degan nomlari bir maʼnoni anglatadi»;
3)
13 va
14-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«
13-modda. O‘zbekiston
Respublikasida
demokratiya
umuminsoniy
prinsiplarga asoslanadi, ularga muvofiq inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-
qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Insonning shaʼni va qadr-qimmatini, huquq va erkinliklarini hurmat qilish,
ularga rioya etish, ularni himoya qilish davlatning majburiyatidir.
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi, qonunlarning maʼnosini,
mazmunini va qo‘llanilishini, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining va ular mansabdor shaxslarining faoliyatini belgilaydi.
Insonga nisbatan huquqiy taʼsir chorasi
davlat organi tomonidan
ko‘zlanadigan qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi hamda manfaatdor
shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak.
Insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonunchilikda
yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va
noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya
va qonunlar bilan himoya
qilinadi.