va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida nazarda tutilgan asosiy
prinsiplarga va qoidalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas»;
6)
17-moddaning:
birinchi
qismi quyidagi
mazmundagi
birinchi va
ikkinchi
qismlar bilan
almashtirilsin:
«O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli
subyektidir. Uning tashqi siyosati inson huquqlari va
erkinliklarini hurmat qilish,
davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik,
chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning
hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l
bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik
qoidalariga va
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
O‘zbekiston barcha davlatlar bilan do‘stona va tinchliksevarlik tashqi
siyosatini olib boradi»;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
7)
18-modda:
quyidagi mazmundagi
birinchi va
ikkinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
«O‘zbekiston Respublikasida inson
hamda fuqaroning huquqlari
va erkinliklari xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalariga binoan hamda
mazkur
Konstitutsiyaga
muvofiq
eʼtirof
etiladi
va kafolatlanadi.
Insonning qadr-qimmati, asosiy huquq va erkinliklari daxlsiz, ajralmasdir va
ular har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi»;
Dostları ilə paylaş: