«
41-modda. Har kim taʼlim olish huquqiga ega.
Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlariga o‘qishga kirishi
uchun majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi.
Bepul umumiy o‘rta taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Umumiy
o‘rta taʼlim majburiydir.
Maktab ishlari, maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat nazoratida bo‘ladi.
Taʼlim bo‘yicha alohida ehtiyojlarga va individual imkoniyatlarga ega
bo‘lgan
bolalar
uchun
taʼlim
tashkilotlarida
inklyuziv
taʼlim
va tarbiya tashkil etiladi.
Davlat isteʼdodli yoshlarning moddiy ahvolidan qatʼi nazar, taʼlimni davom
ettirishini kafolatlaydi.
Davlatga
qarashli, xususiy va boshqa shakldagi taʼlim muassasalari hamda
tashkilotlarini rivojlantirish uchun davlat teng shart-sharoitlar yaratadi.
Pedagog xodimlarning maqomini har jihatdan
mustahkamlash jamiyat va
davlatning maqsadi hamda masʼuliyatli vazifasidir.
Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashishga,
shuningdek ularning
xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi»;
20) quyidagi mazmundagi
41
1
-modda bilan to‘ldirilsin:
«
41
1
-modda. Har kim davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida bepul oliy
maʼlumot olishga haqli.
Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari qonunda belgilangan doirada o‘zini
o‘zi boshqarish,
akademik erkinlik, shuningdek tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish
erkinligi huquqiga ega.
Davlat ilm-fanni rivojlantirishga, jahon ilmiy
hamjamiyati bilan ilmiy
aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashadi»;
21)
42-moddaning birinchi qismidagi «ilmiy va texnikaviy» degan so‘zlar
«ilmiy, texnikaviy va badiiy» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22)
IX bob quyidagi mazmundagi
42
Dostları ilə paylaş: