Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi o‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga



Yüklə 332,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/19
tarix23.05.2023
ölçüsü332,58 Kb.
#120591
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
qonunloyihasi

ikkinchi 
qismi quyidagi 
mazmundagi ikkinchi 
va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin: 
«Tarixiy, maʼnaviy, madaniy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza 
qilinadi. 
Davlat va jamiyat milliy qadriyatlarni himoya qilish, O‘zbekiston xalqi 
maʼnaviy va madaniy merosining uzluksizligini taʼminlash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik 
qiladi»; 
26) 52-modda
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan to‘ldirilsin: 
«Vatanga bo‘lgan sadoqat muqaddasdir»; 
 
birinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin; 
27) uchinchi bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«UCHINCHI BO‘LIM. FUQAROLIK JAMIYATI VA SHAXS»; 
28) XII bob quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«XII bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari 

 
53-modda. Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston 
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat 
isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda, iqtisodiy faoliyat, 


tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, halol erkin raqobatni, barcha mulk shakllari 
huquqiy jihatdan teng ravishda muhofaza qilinishini kafolatlaydi. 
Xususiy mulk daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi. 
Davlat iqtisodiyot tarmoqlarining va hududlarning uyg‘un holda 
rivojlantirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, shuningdek iqtisodiy resurslarning 
adolatli ravishda taqsimlanishini taʼminlaydi. 
Davlat tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini va 
investitsiyaviy muhitni, shart-sharoitlarni taʼminlaydi. 
Tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga 
oshirishga, o‘z faoliyatining yo‘nalishini mustaqil ravishda tanlashga, 
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli. 
O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning, xizmatlarning, ishchi kuchining va 
moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi. 
Tovarlarning, xizmatlarning, ishchi kuchining va moliyaviy mablag‘larning 
harakatlanishini cheklashga qaratilgan chora-tadbirlar, agar ular xavfsizlikni, 
odamlarning hayoti va sog‘lig‘i himoya qilinishini, tabiat va madaniy meros 
obyektlari muhofaza qilinishini taʼminlash uchun zarur bo‘lsa, qonunchilikka 
muvofiq joriy etilishi mumkin. 
Iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib 
chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi. 

Yüklə 332,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin