Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi o‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga



Yüklə 332,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix23.05.2023
ölçüsü332,58 Kb.
#120591
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
qonunloyihasi

 
birinchi qismidagi «odil sudlovni amalga oshirish borasidagi» degan so‘zlar 
chiqarib tashlansin; 
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: 
«Sudyalarni almashtirib bo‘lmaydi. Ularning vakolatlari faqat qonunda 
belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra tugatilishi yoki to‘xtatilishi mumkin»; 
 
ikkinchi – beshinchi qismlari tegishincha uchinchi – oltinchi qismlar deb 
hisoblansin; 
 
oltinchi qismi chiqarib tashlansin; 
48) 116-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«116-modda. Har kimga malakali yuridik yordam olishga bo‘lgan huquq 
kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam bepul ko‘rsatiladi. 
Tergovning va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik 
yordamga 
bo‘lgan 
huquq 
kafolatlanadi. 
Jismoniy 
va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatish uchun mustaqillik va o‘zini o‘zi 
boshqarish prinsiplariga asoslangan advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani 
tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi. 
Advokat shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
bo‘yicha o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga 
aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi»; 
49) 117-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni, 
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish 
uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy 
prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat 
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi»; 
50) 122-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan 
to‘ldirilsin: 
«O‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjetini va davlat qarzini 
shakllantirish hamda ijro etish tartibi ochiqlik va oshkoralik prinsiplari asosida 
amalga oshiriladi. 
Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjetining shakllantirilishi va ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga 


oshiradi. Fuqarolarning byudjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari 
qonunda belgilanadi»; 
51) 127-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: 
«Ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu moddasi ikkinchi qismining 
qoidalari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas». 

Yüklə 332,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin