Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi o‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga



Yüklə 332,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/19
tarix23.05.2023
ölçüsü332,58 Kb.
#120591
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
qonunloyihasi

 
1, 2 va 3-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, moliyaviy, pul-kredit siyosati olib 
borilishi, ilm-fan, madaniyat, taʼlimni, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va 
ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarning ishlab 
chiqilishi hamda amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi; 
2) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa huquqlari hamda 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
3) davlat 
boshqaruvi 
organlarining 
ishini 
muvofiqlashtiradi 
va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni 
taʼminlaydi»; 
 
6-bandi quyidagi mazmundagi 6 – 9-bandlar bilan almashtirilsin: 
«6) davlatning yoshlarga oid siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi, oilani 
qo‘llab-quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish, anʼanaviy oilaviy 
qadriyatlarni saqlab qolish choralarini ko‘radi; 
7) ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni 
ijtimoiy himoya qilish tizimining faoliyat ko‘rsatishini taʼminlaydi; 
8) fuqarolik jamiyati institutlarini, shu jumladan jamoat birlashmalarini 
qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
dasturlarini 
ishlab 
chiqish 
va bajarishda ularning ishtirok etishini taʼminlaydi, ijtimoiy sheriklikka oid 
dasturlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi; 
9) ushbu Konstitutsiyada va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida 
nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi»; 
41) 99, 100 va 101-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«99-modda. Viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi (tumanga bo‘ysunadigan 
shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik 
organlaridir. 
Tegishli hududdagi ijroiya hokimiyatiga viloyat, tuman va shahar hokimi 
boshchilik qiladi. 
Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq 
saylanadigan rais boshchilik qiladi. 
Xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining saylovi tartibi qonunda 
belgilanadi. 


Xalq deputatlari Kengashlarining va hokimlarning faoliyatini tashkil etish 
qonun bilan tartibga solinadi. 
Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati – besh yil. Yangidan 
tashkil etilgan maʼmuriy hududiy birliklarda xalq deputatlari Kengashlariga saylov 
xalq deputatlari Kengashlariga navbatdagi umumiy saylovlarga qadar bo‘lgan 
davrdan oshmaydigan muddatga o‘tkaziladi. 

Yüklə 332,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin