Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi o‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga



Yüklə 332,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/19
tarix23.05.2023
ölçüsü332,58 Kb.
#120591
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
qonunloyihasi

 
64-modda. Ota-onalar 
va 
ularning 
o‘rnini 
bosuvchi 
shaxslar 
o‘z bolalarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlimi, sog‘lom, 
to‘laqonli va uyg‘un kamol topishi to‘g‘risida qayg‘urishi shart. 
Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onasining vasiyligidan mahrum 
bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning sog‘lom, barkamol rivojlanishini 
va taʼlim olishini taʼminlaydi, ushbu yo‘nalishdagi xayriya faoliyatini 
rag‘batlantiradi»; 
32) 65-moddaning 
ikkinchi 
qismi quyidagi 
mazmundagi ikkinchiuchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin: 
«Bolaning 
manfaatlari, 
bolalarning 
to‘laqonli, 
jismoniy, 
aqliy 
va madaniy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining 
eng muhim ustuvor yo‘nalishidir. 
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 
Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga sodiqlikni, buyuk ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosidan 
faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi»; 
33) 77-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin: 


«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati 
ayni bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, 
mahalliy hokimiyat vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas»; 
34) 78-modda birinchi qismining
 
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«4) O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga oid masalalarni 
ko‘rib chiqish, davlat strategik dasturlarini qabul qilish»; 
 
15, 16 va 17-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«15) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi 
Bosh 
vaziri 
nomzodini 
ko‘rib 
chiqish 
va tasdiqlash, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari 
yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini ko‘rib chiqish; 
16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha 
vakilini (ombudsmanni), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari 
bo‘yicha vakilini saylash; 
17) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini, O‘zbekiston 
Respublikasida 
korrupsiyaga 
qarshi 
kurashish 
to‘g‘risidagi 
har yilgi Milliy maʼruzani ko‘rib chiqish»; 
35) 80-modda
quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin: 
«5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi 
Hisob 
palatasining 
raisini 
tayinlash 
va lavozimidan ozod etish»; 

Yüklə 332,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin