37
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga koʻra
ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok
etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum
etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini
toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning oʻzida ikkidan ortiq davlat
hokimiyati vakillik organining deputati boʻlishi mumkin emas.
Saylov oʻtkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: