39
8) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan
berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni koʻrib chiqadi.
Fuqarolar
va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa
barcha vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, sudda koʻrib chiqilishi
tugallangan muayyan ishda sud tomonidan oʻziga nisbatan qoʻllanilgan
qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi shikoyat bilan Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli.
Konstitutsiyaviy sudning qarori rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran
kuchga kiradi.
Konstitutsiyaviy sudning qarori qatʼiy va uning ustidan shikoyat qilinishi
mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati tartibi
qonun bilan
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: