45
8-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun va ushbu Konstitutsiyaviy
Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish
va qoʻshimchalar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari
umumiy sonining kamida
uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan
konstitutsiyaviy qonun yoki Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan
kiritilishi mumkin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda
qonunchilikni ushbu
Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ikki oylik muddatda ishlab
chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritsin;
davlatning ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarining
bajarilishini, shu jumladan, mamlakatda amalga oshirilayotgan maʼmuriy
islohotlar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat
organlarining vazifalari
va funksiyalari qayta koʻrib chiqilishini inobatga olgan holda bajarilishini
taʼminlashga doir chora-tadbirlar dasturini uch oylik muddatda ishlab chiqsin
hamda tasdiqlasin;
har yili navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston
Respublikasining Davlat
byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tayyorlashda davlatning ushbu
Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarini bajarish uchun zarur mablagʻlar
yoʻnaltirilishini nazarda tutsin.
Dostları ilə paylaş: