MUHOKAMA VA NATIJALAR
Davlat Notariuslari endi qayd etish lozimki, zarur miqdorda xususiy idoralar
shakllanmaguncha faoliyatini davom ettiradi. Xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi
notariuslarning tashkil qilinishi birinchidan tizimda sog`lom raqobat muhitini paydo
qilib, notarial harakatlarni rasmiylashtirish vaqti deyarli uch barobar tezlashishiga olib
keldi.
Yangi tizimga o‘tilayotgani davlat notarial idoralari faoliyatini tashkil etish bilan
bog`liq davlat resurslari tejalishini ta`minlaydi. Qolaversa, endi notariuslarning sodir
etgan qilmishlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazgan zararlari uchun
davlat javobgar bo‘lmaydi.
Xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notarius noqonuniy harakati natijasida
yetkazilgan zararni to‘liq qoplashi, buning uchun notariusning javobgarligi majburiy
sug`urtalanishi ham eng muhim o‘zgarishlardan biri hisoblanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notariuslarning faoliyati ham monitoring
qilib boriladigan bo‘ldi. Bunday nazoratni O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi hamda adliya boshqarmalari amalga oshiradi. Ularning odob-axloq
qoidalari va kasb majburiyatlariga rioya etishi ustidan nazorat Notarial palata va uning
hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek notariuslar xuzurida ‘’kurier’’, ya`ni xujjat tushuvchi xodim lavozimi
joriy etildi. Ular fuqarolar o‘rniga turli tashkilotlardan kerakli xujjatlarni to‘plab olib
kelish vazifasini bajaradi. Bunda fuqarolarning davlat idora va tashkilotlariga borib,
turli ovoragarchilik va vaqt yo‘qotish evaziga xujjat to‘plash holatlariga barxam berildi.
Notariat tizimida mavjud muammolarni bartaraf etish va notariat tizimini zamon
talablariga mos keladigan sohaga aylantirish maqsadida Adliya vazirligi huzurida
notariat sohasida yagona amaliyotni shakllantirish bo‘yicha Ekspertlik komissiyasi
tashkil etildi. Ekspertlik komissiyasi tarkibiga jamoatchilik asosida faoliyat
ko‘rsatuvchi 7 nafar a`zodan iborat bo‘lib, uning tarkibiga huquq sohasidagi yetakchi
mutaxassis-olimlar, tajribali notariuslar va Adliya vazirligining mas`ul hodimlari
kiritildi. Komissiyaga notarial harakatlarni amalga oshirishda joylardagi mavjud
muammolarni aniqlash va ularni qonuniy hal qilish sohada bir xil amaliyotni
ta`minlash, qonun hujjatlaridagi huquqiy nuqsonlarni, korrupsiyaga, boshqa
huquqbuzarliklarni sodir etishga, fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilishga, ularni
turli xil ovora-sarson qilishga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish
yuklatildi. Bundan tashqari, komissiyaga notarial harakatlarni bajarish uchun taqdim
qilinadigan hujjat turlarini tubdan qisqartirish, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini
oldini olish maqsadida notarial harakatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha
hujjatlarni elektron tizim orqali olish hamda qonunchilikda notarial tasdiqlash majburiy
talab qilinadigan bitim va hujjatlarning turlarini qisqartirishning qonuniy yo‘llarini
izlab topish vazifalari topshirildi.
Hulosa qilib aytadigan bo‘lsam; ushbu Ekspertlik komissiyasining tashkil qilinishi
kelgusida notarial sohasidagi ishlarning qonuniy hal qilish, bir xillikni ta`minlash yo‘li
bilan jismoniy va yuridik shaxslarga sifatli va ovoragarchiliklarsiz qulay huquqiy
xizmat ko‘rsatishda muhim o‘rin tutadi.
Eng e`tiborli jihati, navbat kutish masalalarida ham fuqarolarga yengilliklar
yaratildi. Xususan, davlat notarial idoralarida maxsus texnik vositalar o‘rnatiladi va bu
texnik moslamalar xaqqoniy navbat tizimini shakllantiradi. Bu esa notasrius qabuliga
navbatsiz kirish, turli ‘’tanish-bilishchilik’’ holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda yangi o‘zgarishlardan biri bu ayrim turdagi notarial harakatlar
masofadan turib amalga oshirish tizimi ishga tushiriladigan bo‘ldi. Jismoniy hamda
yuridik shaxslarning notarial idoraga kelmasdan, masofadan turib murojaat qilishi,
navbatga yozilishi va ayrim turdagi notarial xizmatlardan onlayn foydalanish tartibi
belgilanmoqda
Xorijiy tajribada notariatning lotin va anglo-sakson turlari mavjud bo‘lib,
O‘zbekiston lotin notariat turiga mansub hisoblanadi. Aytish lozimki notariatning har
ikki turida ham nodavlat shakli ustunlik mavqeyiga ega. Xalqaro Notariuslar ittifoqi
1948-yil tashkil etilgan bo‘lib, hozirda unga lotin modelidagi 89 mamlakatning notariat
tizimi a`zo.
Bugungi kunda aksariyat xorijiy davlatlarda (Germaniya, Fransiya, Italiya,
Estoniya, Avstriya, Vengriya, Turkiya va boshqa) shu jumladan MDH davlatlarida
(O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondan tashqari) lotin notariat prinsiplariga
asoslangan notariatning faol nodavlat shakli muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Ilg`or xorijiy tajriba jismoniy va yuridik shaxslarning nizolarni oldini olish
funksiyasini bajaruvchi notariatning faol nodavlat modeliga bo‘lgan ehtiyoj ortib
borayotgqanini ko‘rsatmoqda. Bunday notariat o‘zgaruvchan ijtimoiy jarayonlarga
moslashgan holda javob berish, iste`molchilarning talablari doirasida tez o‘zgara olish
qobiliyatiga ega.
Notariatning bunday faol nodavlat shakliga o‘tishi Natijasida notariusning moddiy
manfaatdorligi oshishi aholiga tezkor va sifatli notariat xizmat ko‘rsatishini
ta`minlaydi. Uning nizolarning oldini oluvchi institut sifatida yanada rivojlanishiga
xizmat qiladi.
O‘zbekiston va Germaniyaning notarial tizimi bir-biriga o‘xshash bo‘lib,
mamlakatimizda Germaniya tajribasini qo‘llash orqali bugungi kunda ko‘plab
yutuqlarga erishilmoqda, buning sababi shundaki, har ikkala davlat roman-german
huquq oilasiga mansubdir. Demak, birining huquqiy islohotlarini ikkinchida qo‘llash
ko‘plab muammolarni keltirib chiqarmasligi mumkin.
Bundan tashqari, Yevropa va Osiyoning ko‘plab davlatlarining notariat institutini
o‘rganishimiz va tadbiq qilishimiz mumkin, ularning har birida o‘ziga xos huquqiy
xizmat ko‘rsatishning samarali yo‘llari allaqachon amaliyotga joriy etilgan.
Bu esa o‘z navbatida fuqarolarning davlat organlarida to‘laqonli manfaatlari
himoyalanishi hamda ularga muammolarini hal qilishda ko‘maklashmoqda.
Ana shunday keng miqyosdagi o‘rganish va har tomonlama izlanishlar natijasida,
biz bugungi kunda mamlakatimiz huquq tizimida keng miqyosda islohotlarning guvohi
va o‘z navbatida ishtirokchisiga aylanmoqdamiz. Negaki, har bir xattiharakatimiz
negizida fuqaroviy munosabatlar yotadi va ular tegishli normalar bilan tartibga
solinadi. Ushbu ilmiy tadqiqot ishi orqali biz tomonimizdan ilgari surilgan yuqoridagi
takliflarlarni amaliyotga tadbiq qilish orqali, quyidagi natijalarga erishish mumkin,
ya’ni:
-
Tizimni optimallashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
-
Idoralararo bog‘liqlikni muvofiqlashtirish;
-
Fuqarolarning
shaxsi
buyicha
ma’lumot olishni
tizimlashtirish
va
soddalashtirish;
-
Davlat organlar faoliyatida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash;
Notariuslar funksiyalari doirasi kengaytirildi 2020-yil 1-yanvardan;
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha bo‘lgan jarayonda dalillarni
ta`minlash (guvohlarni so‘roq qilish, yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish
va guvohlantirish, ekspertiza tayinlash, internet tarmog`idagi dalillarni ta`minlash).
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, shu jumladan mulkiy va meros
masalalarida mediator vazifalarini bajarish
.
Yaratilgan mualliflik va turdosh huquq obyektining taqdim etilgan vaqtini
tasdiqlashi.
Hukumat qarori (464-son, 27.07.2021 y.) bilan Notariat to‘g`risidagi qonunchilik
hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish va monitoring qilish tartibi belgilandi.
Mazkur qaror loyihasi bilan quyidagilar belgilandi:
Nazorat tadbirlari o‘tkazishning tashkiliy asoslari belgilab beriladi:
Notariuslar faoliyatida rejali tekshirish, qisqa muddatli tekshirish va
kamerali tekshirish o‘tkazish tartibi belgilabdi:
Notariuslar faoliyatini monitoring qilish talab va shartlari, ularni amalga
oshirish tartibi nazarda tutiladi:
Bu qaror bilan quyidagi tekshirishlar orqali amalga oshiriladi:
Dostları ilə paylaş: |