Копия 3-jild p65



Yüklə 293,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix06.06.2023
ölçüsü293,53 Kb.
#125686
1   2   3   4   5   6   7   8   9
portal.guldu.uz-Жисмоний тарбия назарияси ва методикаси

Natijalari va ballar 
O`g`il bolalar 
Q`iz bolalar 
T/r Sinov 
mashqlari 
"5" 
 
"4" 
 
"3" 
 
"2" 
 
"1" 
 
"5

"4

"3" 
 
"2" 
 
"1" 
 
1. 
Baland turniqda tortilish 
(marta) 



2 1 - 


- - 
2. 
Arg`amchida 1 daqiqa 
davomida sakrash
(marta) 
60 
50 
40 
35 30 70 
60 
50 
45 40 
3. 
Gardishlarni 1 daqiqagacha
belda aylantirish (marta) 



- - 55 
50 
40 
30 20 
4. 
Gimnastik o`rindiqqa 
tayanib, qo`llarni bukish va
yozish. (marta) 




- 5 


2 1 
5. 
Chalqancha yotgan holda 
gavdani 90° ko`tarib 
o`tirish, 1 daqiqa davomida
(marta) 
15 
13 


3 13 
10 

4 2 
6. 
Polga tayanib, qo`llarni 
bukish va yozish 
(marta) 
10 


4 2 - 


- - 
 


236
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Har kungi ertalabki gimnastika mashqlarini bajarish.
2. Arg`amchida sakrashlar.
3. Chalqancha yotgan holda oyoqlarni yuqoriga ko`tarish.
4. Turnikda ikki uch marta tortilish.
5. 3-5 daqiqa davomida yugurish.
YENGIL ATLETIKA
Nazariy ma`lumotlar
Harakat tartibi (rejimi) hamda uning o`quvchilar salomatligi va
qobiliyatini oshirishdagi ahamiyati. Yengil atletika mashg`ulotlarida o`zini
tuta bilish qoidalari. 4-sinf o`quvchilarining kun tartibi. Qomat buzilishi
va shikastlanishining oldini olish chora tadbirlari.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Guruh bilan birga 60 metr masofaga past startdan turib yugurish.
200 metr masofaga o`rta tezlikda 3-4 marta dam olish bilan almashtirib
yugurish. To`pni uzoq masofaga 3-4 qadam tashlab uloqtirish. Mokisimon
yugurish.
O`quv mezonlari:
1. 30 metr ga yugurish:
- o`g`il bolalar - 5,3-5,8-6,5 soniya;
- qiz bolalar - 5,5-6,0-6,8 soniya.
2. 60 metr ga yugurish:
- o`g`il bolalar- 10,5-11,0-11,5 soniya;
- qiz bolalar- 10,8-11,3-11,8 soniya.
3. 1000 metrga yugurish vaqtga:
- o`g`il bolalar - 5,30-6,00-6,30 daqiqa
- qiz bolalar - 6,00-6,30-7,00 daqiqa
4. 4x10 metrga mokisimon yugurish:
- o`g`il bolalar-11,0-11,5-12,0 soniya;
- qiz bolalar- 11,5-12,0-12,5 soniya.
5. Yugurib kelib uzunlikka sakrash:
- o`g`il bolalar - 300-260-230 sm;
- qiz bolalar - 260-230-200 sm.
6. Turgan joydan uzunlikka sakrash:
- o`g`il bolalar- 160-140-120 sm;
- qiz bolalar- 140-120-100 sm.


237
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
7. Yugurib kelib balandlikka sakrash:
- o`g`il bolalar - 90-80-70 sm;
- qiz bolalar - 80-70-60 sm.
8. To`pni uzoqqa uloqtirish (6 metrdan 5 imkoniyatda):
- o`g`il bolalar -27-25-23 metr;
-
qiz bolalar-18-15-13 metr.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gigiyenik gimnastika mashqlarini bajarish (mashq maktabda
jismoniy tarbiya darsida o`rgatiladi).
2. 6-7 daqiqa davomida asta-sekin yugurish.
3. Tizzani baland ko`tarib yugurish (turgan joyda) 2x10 marta.
4. To`pni devorga to`g`ri uloqtirish - 10 - 15 marta.
5. To`xtamasdan 2x10 dan 20 marta to`g`ri sakrash.
6. Tayanib cho`qqayib o`tirish, qo`lga tayanib yotish va turish 7-10
marta.
7. Turgan joydan uzunlikka sakrash - 10 martagacha.
8. Arg`amchi bilan (ikki oyoqda) - 50 martagacha sakrash,
BASKETBOL
Nazariy ma`lumotlar:
1. Salomatlikni saqlashda jismoniy mashqlarning ahamiyati.
2. O`zbekistonda basketbolning rivojlanishi to`g`risida qisqacha
ma`lumot.
3. Mini-basketbol o`yinining soddalashtirilgan qoidasi.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Tik turgan holda himoya va hujum harakatlarini bajarib yurish, to`pni
ilib olish va ikkala qo`l bilan joyda turib va joyni almashtirib harakatlanish,
to`pni bir qo`l bilan to`g`ri chiziqdan urib yurish, so`ng to`pni joydan
turib bir qo`lda yelkadan oshirib tashlash, ikki tomonlama mini-
basketbol o`yinining oddiy elementlarini soddalashtirib bajarish.
O`quv mezonlari:
1. Basketbolning barcha o`rganilgan elementlarini bajarish (bajarilish
texnikasi baholanadi).
2. Shit oldida 45° burchak hosil qilib to`pni yelkadan bir qo`l bilan
o`ngdan (chapdan) va joyidan turib savatga tashlash 2,5 metr (3
urinishda).
3. Juft bo`lib 20 soniya 2,5 metrdan to`pni uloqtirish va ilib olish.
4. To`pni ko`krakdan halqaga tashlash (3,5metrdan) o`g`il bolalar


238
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
-7 imkoniyatdan, qizlar 8 imqoniyatdan 3 marta tushirish - 5-"a`lo",
2 marta tushirish - 4- "yaxshi", 1 marta tushirish - 3- "o`rta".
5. Usullar birlashmasi - to`pni ilib olib, yerga urib yurish, sakrab
turib to`xtash, yaqin masofadan bir qo`l bilan halqaga tashlash.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Arg`amchida to`xtamasdan 30 marta sakrash.
2. Sakrab turib, tizzalarni ko`tarib ko`krakka yetkazish (2 marta
takrorlash).
3. Qo`llar bilan devorga 45° tayanib ularni bukib yozish:
12 marta- 10 marta -8 marta - o`g`il bolalar uchun;
10 marta - 8 marta - 6 marta - qiz bolalar uchun.
VOLEYBOL
Nazariy ma`lumotlar:
1. Maktabda o`tkaziladigan voleybol haqida tushuncha va uning
ahamiyati.
2. Voleybol o`yinida turish holatini, o`yin qoidasini, o`rin o`zgartirish
qoidalarini o`rganish. Jismoniy mashqlarni a`zolarga ijobiy yoki salbiy
ta`siri haqida tushuncha berish. O`yinchilarning asosiy burchi va huquqlari.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Ikki qo`l bilan yuqoridan kelgan to`pni bir-biriga uzatishni bajarish.
O`yinchilarning asosiy burchi va huquqlarini, o`ynash qoidalarini bilish.
To`pni pastdan uzatishni bajarish.
O`quv mezonlari:
1. Devor oldida to`rt devorga otib, devordan qaytgan to`pni ikki
qo`lda qoidasiga rioya qilgan holda qaytarish; to`pni devorga urishda
to`xtamasdan ikki qo`lda qaytarishni baholash: 10 martagacha - "5", 8
martagacha - "4", 5 martagacha tushirmasdan qaytarganga - "3" ball
qo`yiladi,
2. O`quvchi to`pni turgan joyida, yuqoriga otib, ikki qo`lida, "qo`l
uchida" qoidasiga rioya qilgan holda o`ynashi va bir-biriga to`pni uzatishlar
baholanadi.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gigiyenik gimnastika mashqlaridan 8-10 tasini bajarish.
2. Umumrivojlantiruvchi mashqlardan, asosan, ko`proq yelka, qo`l
mashqlarini bajarish.
3. Arg`amchi (gardish), gimnastika tayoqchasi, kichik gantellar bilan


239
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
mashqlarni mustaqil bajarish.
4. Jismoniy kuchli mashqlarni bajarish.
5. Ko`proq balandlikka sakrash mashqlarini bajarish.
6. 1 daqiqa arg`amchida sakrash.
7. Polga tayanib yotgan holda, qo`llarni 20 martagacha bukish va
yozish.
QO`L TO`PI
Nazariy ma`lumotlar:
1. O`zbekistonda qo`l to`pi (qisqacha ma`lumot).
2. O`quvchilarning shaxsiy gigiyenasi.
3. Jismoniy tarbiyaning chiniqishdagi ahamiyati.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
O`yinchining tik turgan holatida turishni bilish; to`pni uloqtirish va
ushlab olishni bilish, to`pni yerga urib (asta-sekin) darvozaga otishni
o`rganish.
O`quv mezonlari:
1. To`pni yerga urib olib yurish, 10-15 metrga yugurish texnikasini
to`g`ri bajarish.
2. To`pni uloqtirish va qabul qilish.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. O`g`il bolalar: polga (yerga) tayanib yotgan holda qo`llarini 10-
12 marta bukib-yozish (har kuni).
Qiz bolalar: polga tayanib yotgan holda qo`llarni 4-5 marta bukib-
yozish (har kuni).
2. To`pni yerga urib ushlab olish.
3. To`pni yerga urib olib yurish.
FUTBOL
Nazariy ma`lumotlar:
O`quvchilarning salomatligini mustahqamlashda jismoniy tarbiyaning
o`rni. Jismoniy mashq bilan shug`ullanishning gigiyenik qoidalari.
- Futbolchilarning o`yinda o`zini tutishi va xavfsizlik qoidalariga rioya
qilishi.
- Yosh futbolchilarning sport formasi va kiyimlari.
Nafas olish a`zolarining tuzilishi va vazifasi. Shu a`zolarni futbol
bilan muntazam shug`ullanish orqali chiniqtirish. Futbolchilarning o`yin
mashqlari va o`yin paytida xavfsizligining asosiy qoidalari. Futbolchilarning
kiyim va poyafzallariga qo`yiladigan talablar.


240
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Futbolchilarning o`yin va mashqlarni bajarish paytida xavfsizlik
qoidalarini bilishi, ertalabki gigiyenik gimnastika mashqlari majmuasini
bajarish. Futbol bo`yicha o`yin mashqlari va mezon talablarini bajarish.
To`pni olib yurishni va sherigiga uzatishni o`rganish. To`pni o`yinga
kiritishni bajarish.
O`quv mezonlari:
1. 30 metrga yugurish: 5,3-5,8-6,2 soniya.
2. Turgan joydan uzunlikka sakrash: 160-140-120 sm.
3. Baland turnikda tortilish: 4-3-2 marta.
4. To`pni janglyor qilish: 5-4-3 marta.
5. 4 x 10 metrga mokisimon yugurish: 11,0-11,5-12,0 soniya.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gigiyenik gimnastika (8-10 mashq).
2. Arg`amchida 50 marta sakrash.
3. Yonlama va chalishtirma qadamlar bilan yugurish.
4. Bolalarga tanish bo`lgan harakatli o`yinlarda qatnashish.
5. 7-8 daqiqa davomida asta-sekin yugurish.
6. O`rindiqda tayanib yotgan holda qo`llarni bukish va yozish (10
marta).
HARAKATLI O`YINLAR
Nazariy ma`lumotlar:
Harakatli o`yinlarning insonning har tomonlama rivojlanishidagi
ahamiyati, o`yinlar jarayonida ta`lim-tarbiya, axloq-odob, do`stlarga
qanday munosabatda bo`lish belgilarini aniq misollar bilan yetkazish,
harakat paytida o`zining qobiliyatini o`zi aniqlay bilish, uzoq-yaqinni,
tevarak-atrofda qilinayotgan harakatlarni ko`ra bilish.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Tanish harakatli o`yinlarni tashkil etishda o`qituvchiga, ona boshiga
ko`maklashish, o`yinlar qoidasini, mazmunini tashkiliy tomonlarini
bilish; tartib-intizom qoidalariga rioya qilish hamda harakat belgilari-
sakrash, uloqtirish, tortilish, yugurish me`yorlarini bajarish.
HARAKATLI O`YINLAR VA ESTAFETALAR
"Oq terakmi, ko`k terak?", "Raqam bilan chaqirish", "Qirq tosh",
"Kim chaqqon?", "Olib qochar", "To`pni tushirib yuborma", "To`rt


241
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
tomondan to`p uzat", "To`pni savatga tashla", "Quloq cho`zma", "Tungi
soqchi", "Otishma", "Bo`ron", "Qubba", "Doiraga tort", "Sakrab va
o`rmalab o`tish estafetasi", "To`pni uzatib yugurish estafetasi",
"Balandlikka sakrash estafetasi", "Yo`laklar bo`ylab sakrash", "Halqachani
kiygizish", "Ilon izi bo`lib yurish", "Kalxat hujumi", "To`xtamasdan
qidir", "Eng sezgir o`yinchi", "Kim ko`p qo`ziqorin teradi", "Bo`sh
o`rin", "Otib qochar", "Estafetali yugurish", "Chizmadan shakl yasash",
"Sehrli kataklar", "Man etilgan mashq" va boshqa o`yinlar bilan
o`quvchilarni har tomonlama rivojlantirish.
RAQS ELEMENTLARI
Milliy raqs elementlarini uyg`unlashtirish: Juftlik raqs "Askariy",
"Lazgi", "Doloncha", 16 ta raqs tushish elementlari. Ritmik gimnastika
va badiiy gimnastika elementlari. 3-sinfda o`rgatiladigan milliy raqs
elementlarini takrorlash.
SUZISH
3-sinfda o`tilgan mashqlarni takrorlash.
Erkin suzish usulida suzish. 50 metrdan 100 metrgacha bo`lgan
masofada erkin suzish. Suvdagi o`yinlar: "Koptok uchun kurash",
"G`ovvos", "Torpedo".
II QISM
Umumta`lim maktablari kun tartibida jismoniy sog`lomlashtirish
tadbirlari, tashkiliy-metodik ko`rsatmalarning mazmuni, vazifasi va
maqsadi dasturning ushbu qismida ifodalangan. Ularga quyidagilar kiradi:
- ertalabki badan tarbiya, darsgacha gimnastika mashqlari, jismoniy
tarbiya daqiqasi, tanaffuslar vaqtida o`yinlar, sport soati, kuni uzaytirilgan
guruhlar sayrlari;
- ertalabki badan tarbiya har kuni uy sharoitida o`quvchi tomonidan
mustaqil bajariladi. Jismoniy tarbiya darslarida o`qituvchining rahbarligi
ostida mashqlar majmuasi o`rgatiladi.
Darsgacha gimnastika mashqlari. Uning maqsadi - o`quvchilarning
aqliy ish qobiliyatlari va oldilarida turgan o`quv faoliyatlariga tayyorlash
hamda a`zolardagi salbiy holatlarning oldini olish, uzoq vaqt
harakatsizlikda bo`lgan vaziyatni yo`qotish. Majmua mashqlari qiyin
bo`lmagan 5-6 ta mashqlardan jismoniy tarbiya o`qituvchisi yoki yuqori
sinf o`quvchisi, o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriq asosida qoidaga
muvofiq tuziladi va mashg`ulotlar ochiq havoda o`tkaziladi.


242
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Jismoniy tarbiya daqiqasi. Uning maqsadi - hordiq chiqarish,
o`quvchilar ish qobiliyatini oshirish. Ular birinchi darsdan boshlab
sinfda o`tkaziladi. Jismoniy tarbiya daqiqalarining majmuasi 3-5 mashqdan
iborat bo`lib, 2-4 daqiqa davomida fan o`qituvchisi rahbarligida olib
boriladi.
Tanaffuslar vaqtida o`tkaziladigan o`yinlar. Uning maqsadi -
o`quvchilar sog`ligini mustahqamlash va faol dam olish, chiniqish,
aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish, jismoniy mashqlarni
muntazam ravishda bajarishni odatga aylantirishdan iboratdir. Qoidaga
ko`ra o`yinlar toza havoda, katta tanaffuslarda tashkil etiladi. Har-xil
harakatli o`yinlar qatoriga soddalashtirilgan o`yinlar ham kiritiladi.
O`yinlar sinf sport yo`riqchisi bilan birgaliqda yoki navbatchi
o`qituvchilar kuzatuvida (nazoratida) tashkil qilinadi.
Kuni uzaytirilgan guruhda sport soati. Uning maqsadi - o`quvchilar
sog`ligini mustahqamlash, aqliy va jismoniy zo`riqishlarning oldini
olishdan iborat. Mashg`ulotlar qiyinchilik tug`dirmaydigan, o`quvchilarni
jalb qila oladigan soddaroq metodlardan foydalangan holda o`tkaziladi va
bir yo`la uyga berilgan topshiriqlar ham bajariladi. Bunday mashg`ulotlarni
o`tkazishda mutaxassislar, maktabning jismoniy tarbiya faollari va ota-
onalar ham jalb qilinadi. Mashg`ulotlar har kuni 35-45 daqiqa mobaynida
o`tkaziladi.
SAYRLAR
Sayrlar, harakatli o`yinlar (estafetalar, atraksion namoyishlar) ni
bolalarning o`zlari tanlaganlari ma`qul (shunda mazmuni, o`tish joyi
aniq belgilanadi).
Mehnat topshiriqlari bilan sayrga chiqishlar har xil qishloq xo`jalik
ishlarini (Futbol maydonini tozalash, daraxtlar o`tkazish, sport
maydonchalarini jihozlash va h.o.) o`z ichiga olish bilan birga bajariladi.
Sport sayri - yugurish, sakrash, uloqtirish va boshqa oddiy musobaqalarni
o`z ichiga oladi.
Ekskursiya - sayr-tomoshani va o`sha ko`rilganni bilib olishdan iborat
bo`ladi.
SINFDAN TASHQARI ISHLAR
Dasturning ushbu qismi jismoniy tarbiyaning sinfdan tashqari ish
shakli mazmunini birlashtiradi. O`quvchilarning umumiy jismoniy
tayyorgarligini, sport turlaridan ba`zilarini, jismoniy tarbiya bayramlarini,
sport musobaqalarini, Davlat ta`lim standartlarini topshirishga tayyorgarlik
ko`rishlarini oz ichiga oladi.


243
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
SPORT MUSOBAQALARI
Maktab musobaqalarining o`tkazilishi - darsdan tashqari maktabning
ommaviy sport tadbirlari haqida kalendar ish rejasiga muvofiq va maktab
rahbarlarining nazoratida bo`lishi kerak. Avvalo, "Umid nihollari"
musobaqasida qatnashish va "Alpomish", "Barchinoy" testlarini o`tkazish.
Maktabning ichki musobaqalari sinflararo, sinf guruhlararo o`tkaziladi.
Bundan tashqari musobaqalar shaxsiy birinchilik uchun ham o`tkaziladi
("Yuguruvchi kuni", "Sakrovchi kuni" va boshqalar).
Maktab birinchiligi uchun sinflararo musobaqalar, spartakiada shaklida
ham o`tkaziladi. Musobaqalar har xil sinflarda:
"O`qituvchilar va murabbiylar kuni", "Mustaqillik" va "Navro`z"
bayramlariga bag`ishlab o‘tkazilishi mumkin. Shunga o`xshash ommaviy
sport turlari bo`yicha musobaqalarni maktablararo o`tkazishni amalga
oshirish kerak. Tuman, shahar musobaqalariga qatnashish uchun
maktablarda eng yaxshi sportchilardan terma jamoalar tuzib musobaqalarda
qatnashiladi.
SPORT SEKSIYALARI
Seksiyalarning maqsadi - o`quvchilarning umumjismoniy
tayyorgarligini oshirish, jismoniy tarbiya va sportning har turini
vositalaridan foydalanish yo`li bilan o`quv dasturi asosini tuzish. Bu
sho`balarga asosan boshlang`ich, o`rta sinf o`quvchilari jalb qilinadi.
Ayniqsa tayyorgarlik va tibbiy guruhlarga ajratilgan o`quvchilar taklif
qilinadi. Mashg`ulotlar haftasiga ikki marta 45- 60 daqiqadan o`tkaziladi.
Umumiy rahbarlikni jismoniy tarbiya o`qituvchisi amalga oshiradi. Bunday
mashg`ulotlarni o`tkazish uchun jamoatchi sport instruktorlari, yuqori
sinf faollari, bolalar va o`smirlar sport maktablarining o`quvchi
sportchilari jalb qilinadilar.
Sport sho`balari - sportning u yoki bu turi bilan shug`ullanuvchi
o`quvchilar uchun tashkil qilinadi. Sport sho`balarini tashkil qilish
uchun eng avvalo sharoit hisobga olinadi. Umumiy rahbarlik esa jismoniy
tarbiya o`qituvchisiga yuklatiladi. Shunga o`xshash mashg`ulotlarni o`tish
uchun jamoatchi ustoz murabbiy (trener), jamoatchi yo`riqchi,
maktabning eng yaxshi sportchilari, bolalar va o`smirlar sport
maktabining yaxshi sportchi o`quvchilari taklif qilinadi. Ba`zan haq
to`lash yo`li bilan sport turlariga ustoz murabbiy (trener) taklif qilinadi.
Mashg`ulotlari haftada 2-3 marta o`tkaziladigan sho`balarga qatnashadigan
o`quvchilar oldin, albatta, tibbiy ko`rikdan o`tishlari shart (tibbiy
nazorat maktabda yoki poliklinikada o`tkaziladi).


244
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
SPORT BAYRAMLARI
Bu tadbirlar maktabning barcha an`analariga muvofiq, ommaviy
sport tadbirlari kalendari va boshqa tadbirlar bilan oldinma-keyin yilda
ikki marta, o`quv yilining boshlanishi yoki yakunlanishini nishonlash
arafasida va mavsumning boshida hamda yakunida, shuningdek,
musobaqalarning tantanali ochilishi va yopilishida, ommaviy sport
musobaqalarini o`tkazish hamda uchrashuvlar, gimnastika va sport
turlaridan qatnashishlar hamda g`oliblarni mukofatlashda o`tkaziladi.
Dasturdan foydalanish bo`yicha tavsiyalar
1. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi dastur asosida ish boshlashdan oldin,
birinchi navbatda dasturning tushuntirish xatini, ya`ni, soatlar
taqsimoti, o`quv me`yorlari va nazorat darslarini diqqat va e`tibor
bilan o`qib chiqishi lozim.
2. Sentabr oyidagi 1-2 darslardayoq quyidagi talablar bo`yicha test
o`tkaziladi:
- 30 metr ga yugurish, vaqt o`lchovi soniya hisobida;
- joydan turib uzunlikka sakrash, o`lchov metr va sm larda;
- tennis koptogini uzoqqa uloqtirish, o`lchov metr va smlar hisobida;
- arg`amchida 30 soniya davomida sakrash, o`lchovi sanoq bilan.
Chorakni yakunlash davrida yuqorida ko`rsatilgan testlar o`tkazilishi
shart.
JISMONIY TARBIYA O`QUV DASTURINING BO`LIMLARI
BO`YICHA SOATLAR TAQSIMOTI
1-sinf (68 soat)
2-sinf (68 soat)
T/r Bo`lim 
Soat 
1. Gimnastika 
16 
2. Yengil 
atletika 
14 
3. 
Harakatli o`yiniar va sport o`yini elementlari 
38 
 
T/r 
Bo`lim 
Soat 
1. Gimnastika 
16 
2. Yengil 
atletika 
16 
3. 
Harakatli o`yinlar va sport o`yin elementlari 
36 
 


245
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
3-sinf (68soat)
4-sinf (68soat)
T/r 
Bo`lim 
Soat 
1. Gimnastika 
16 
2. Yengil 
atletika 
16 
3. 
Harakatli o`yinlar va sport o`yin elementlari 
36 
 
T/r Bo`lim 
Soat 
1. Gimnastika 
14 
2. Yengil 
atletika 
18 
3. 
Harakatli o`yinlar va sport o`yin elementlari 
12 
4. 
Sport o`yinlari 
12 
5. Futbol 
12 
 


246
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
JISMONIY TARBIYA FANIDAN
5-9 SINFLAR UCHUN O`QUV DASTURI
UQTIRISH XATI
Ushbu dastur O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi
Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining "O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta
ta`limni tashkil etish to`g`risida"gi qaroriga asosan, 9 yillik umumiy
o`rta ta`lim bosqichida yetuk kadrlar tayyorlash bo`yicha jismoniy tarbiya
konsepsiyasi hamda umumiy o`rta ta`lim maktablarida tajriba-sinovdan
o`tkazilgan yangi tahrirdagi Davlat ta`lim standartiga mos ravishda tuzildi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yetakchi mutaxassislar, ilmiy
xodimlar va maktab o`qituvchilari ishtirokida guruh tuzilib, umumta`lim
maktablarining 1-9 sinflari uchun yangi o`quv dasturi ishlab chiqildi.
"Milliy kurash" darslarini o`tkazish bo`yicha imkoniyati va
mutaxassislari bo`lgan maktablarda bu mashg`ulotlar "gimnastika"
bo`limidan olib borilishi ko`zda tutilgan. Umumiy ajratilgan soatlar: 5-
6 sinflarga 10 soatdan, 7-8-sinflarda 12 soatdan, 9-sinfda 14 soat.
Jismoniy tarbiya darslarini o`tkazishdan maqsad - bolalarni
yoshligidanoq jismonan sog`lom, baquvvat qilib shakllantirish,
mashg`ulotlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qildirishdan iborat. Mavjud
shart-sharoitdan qat`iy nazar, barcha imkoniyatlardan foydalangan holda
jismoniy tarbiya darslariga o`quvchilarning faol ishtirokini ta`minlash,
ular organizmiga foydali yuklamalar yuklash lozim.
Shunday qilib, 1-sinfdan 9-sinfgacha maktab dasturidagi bo`limlar
bo`yicha o`quv yiliga tavsiya qilinadigan o`quv soatlari quyidagicha bo`ladi:

Yüklə 293,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin