Natijalari va ballar
O`g`il bolalar
Qiz bolalar
T/r Sinov
mashqlari
"5"
"4"
"3"
"2" "1" "5"
"4"
"3"
"2" "1"
1.
Baland turnikda
tortilish (marta)
9
7
5
3
1 -
-
-
- -
2
Polda tayanib
qo`llarni bukish va
yozish (marta)
23
17
13
11 9 -
-
-
- -
3.
Chalqancha yotgan
holda 90° gavdani
ko`tarish 1 daqiqa
davomida (marta)
25
23
18
15 13 23
20
15
13 10
4.
Arg`amchida 1
daqiqada sakrash
(marta)
90
80
70
65 60 100
90
80
75 70
284
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Uyga berilgan topshiriqlar:
1. Osilib turib gavdani ko`tarish (6-7 marta)
2. Polga tayanib qo`llarni bukish va yozish.
3. Gimnastik o`rindiqqa tayanib, qo`llarni bukish va yozish.
4. Arg`amchida sakrash.
5. Har kuni ertalab 300-500 metrga yugurish.
6. Chalqancha yotgan holda turib o`tirish.
YENGIL ATLETIKA
Nazariy ma`lumotlar:
Jismoniy mashg`ulotlarning organizmdagi asosiy sistemalarga ta’siri.
Jismoniy mashqlarni bajarish ish qobiliyatini oshirish vositasidir.
Jismoniy tarbiya bilan shug`ullanuvchilarni tibbiy nazoratdan o`tkazib
turish. Chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlarni mustaqil bajarish
qoidalari. Mashqlarni bajarayotganda o`z-o`zini nazorat qilish va xavfsizlik
qoidalari.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Jismoniy mashg`ulotlarning organizmdagi asosiy sistemalarga ta`sirini
bilish. Uzoq davom etadigan yugurishda o`zini-o`zi nazorat qilish
usullaridan foydalanishni bilish. Chidamlilikni oshirishga qaratilgan
mashqlarni mustaqil bajarish qoidalarini bilish. Dasturdagi yugurish,
sakrash va uloqtirish O`quv mezonlarini egallash. 4x100 metrga yugurish.
O`rta masofaga masofa bo`ylab yugurishni bajarish. 600-800 metr
masofalarga 100 metr masofa bilan almashib yugurish
O`quv mezonlari:
1. 60 metrga yugurish:
- o`g`il bolalar - 9,0 - 9,5 - 10,0 soniya;
5.
Gardishni 1 daqiqa
belda aylantirish
(marta)
-
-
-
-
- 80
70
60
55 50
6.
Gimnastik
o`rindiqqa tayanib,
qo`llarni bukish va
yozish (marta)
-
-
-
- - 13
10
8 6 4
285
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
- qiz bolalar - 9,5 - 10,0 - 10,5 soniya.
2. Yugurib kelib uzunlikka sakrash:
- o`g`il bolalar - 400 - 360 - 320 sm;
- qiz bolalar - 350 - 320 -300 sm.
3. To`pni uloqtirish:
- o`g`il bolalar - 45 - 40 - 33 metr;
- qiz bolalar - 28 - 23 - 18 metr.
4. 1000 metrga yugurish:
- o`g`il bolalar - 3,40 - 4,00 - 4,30 daqiqa;
- qiz bolalar - 5,00 - 5,30 - 6,00 daqiqa.
5. Balandlikka sakrash:
- o`g`il bolalar - 120 - 110 - 100 sm;
- qiz bolalar - 115 - 105 - 95 sm.
6. 2000 metrga yugurish:
- o`g`il bolalar - 9,30 - 10,00 - 11,00 daqiqa;
- qiz bolalar - vaqt hisobga olinmaydi.
7. 4 x10 metrga mokisimon yugurish:
- o`g`il bolalar - 9,5 - 9,8 - 10,3 soniya;
-
qiz bolalar - 10,0 - 10,5 - 11,0 soniya.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gimnastika (10-12 mashq)
2. Yugurish: O`g`il bolalar - 20 daqiqagacha, qiz bolalar - 15
daqiqagacha.
3. Arg`amchida sakrash (chap, o`ng, ikki oyoqda - 4 daqiqagacha).
4. Tepalikka bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa sakrab yugurish (12- 15
marta).
5. Oldinga siljish bilan "qurbaqacha" sakrash (20 marta).
6. Bir oyoqda o`tirib turish, "to`pponcha" (10-15 marta).
7. Tizzani ko`krakka tortish bilan sakrash ("kenguru" mashqi).
8. Cho`qqayib o`tirgan holatda yuqoriga sakrab, 2 metr balandlikdagi
chiziqqa qo`lini tekkizish.
9. Qo`llarga tayangan holda qo`llarni bukish va yozish (30-35 marta).
10. Chalqancha yotgan holatdan gavdani ko`tarish (qizlar 30 marta).
Dastlabki holat - chalqanchasiga yotganda oyoq-qo`llarni tepaga ko`tarib
harakatga keltirish (o`g`il bolalar -15 marta).
286
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
BASKETBOL
Nazariy ma`lumotlar:
Basketbol o`yinining texnika va taktika asoslari. Basketbol o`yinida
jarohatlanishdan muhofaza qilish.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Basketbol o`yinini elementlari orqali har xil mashq usullarini
bajarishni bilish, himoyaning maydon va shaxsiy ushlash turlarini bilish,
2x3, 3x2, 2x1x2 va 1x2x2.
O`quv mezonlari:
1. Hakamlik qilishni bilish.
2. 8 imkoniyatdan jarima to`pini tashlash: 5 marta tushirsa -"5" ball,
4 marta tushirsa -"4" ball, 2 marta tushirsa -"3" ball (o`g`il bolalar
uchun), 4 marta tushirsa -"5" ball, 3 marta tushirsa - "4" ball, 2 marta
tushirsa -"3" ball (qizlar uchun).
Usullar birlashmasi:
To`pni bosh tomondan ikki qo`llab uloqtirish, oldinga intilib
chiqish, to`pni ilib olish, yerga urib ildamlik bilan otib harakatda sakrab
halqaga tashlash (to`p tushguncha tashlash).
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Arg`amchida bir joyda ikki marta tez aylantirib, yana qo`llarni
chalishtirib sakrash.
2. Qo`llarga tayangan holda bukish va yozish (o`g`il bolalarga).
Gimnastik o`rindiqqa tayangan holda qo`llarni 10-8-6 marta bukish va
yozish (qiz bolalar).
3. Ikkala oyoqlarda tizzalarni ko`krakka tortib sakrash, 2 imkoniyatdan
8 marta sakrash o`g`il bolalarga va 5 marta sakrash qiz bolalarga.
QO`L TO`PI
Nazariy ma`lumotlar:
Psixologik tayyorgarlik. Massaj (silash) to`g`risida tushuncha (ko`rsatib)
berish. Sport va jismoniy mashg`ulot bilan shug`ullanuvchining vazni.
O`yin taktikasi to`g`risida ma`lumot. Jismoniy tayyorgarlik, texnika va
taktika birdamligi to`g`risida tushuncha berish. O`yinda yo`l qo`yilgan
xatolarni tahlil qilish.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
O`yinda hakamlik qilish, o`rganilgan elementlardan ikkala tomonlama
o`yinda foydalanish. Maydon bo`ylab himoya, aralash himoya va asta-
287
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
sekin hujum qilish taktikalarini bilish.
O`quv mezonlari:
1. To`pni urib yugurish - 30 metrga:
- o`g`il bolalar - 6,6 - 6,7 - 6,8 soniya;
- qiz bolalar - 6,8 - 6,9 - 7,0 soniya.
2. Aniq nishonga otish, 10 tadan 7-6-5 marta.
3. To`pni ushlab olish va uloqtirish ("sakkiz" shakli).
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Qo`l to`pi musobaqalarining qoidasi.
2. To`pni tezlik bilan yerga urib yugurish.
3. Devor oldida yonboshlab to`pni otish.
4. Kuchni rivojlantirish.
VOLEYBOL
Nazariy ma`lumotlar:
O`zbekistonda voleybol o`yinning rivojlanishi. O`yin taktikasi
to`g`risida ma`lumot. Jismoniy tayyorgarlik, texnika va taktika birdamligi
to`g`risida tushuncha berish. O`yinda yo`l qo`yilgan xatolarni tahlil qilish.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Ikki qo`l qoidasiga rioya qilgan holda to`pni to`r orqali qarama-
qarshi turgan jamoaga uzatishni o`rgatish. To`r ustida sakrab yon
tomondan orqa bilan uzatishni o`rgatish. To`rga tegib qaytgan to`pni
qabul qilish va qaytarish. To`pni pastdan qabul qilish, nuqtaga uzatish.
Ikki guruh o`rtasida o`ynash taktikasini o`rganish. O`rganilgan mashqlarni
o`yin vaqtida qo`llay bilish, o`yinga mustaqil tayyorgarlik ko`rish, o`yinga
hakamlik qilishni bilish.
O`quv mezonlari:
1. Raqib tomondan kelayotgan to`pni ikkala qo`l bilan pastdan qabul
qilish.
2. To`pni yuqoridan raqiblar tomonga uzatish qoidasini baholash
(uzatilgan to`p maydonga albatta tushishi kerak).
3. Hujumchining o`rin almashish qoidasini to`g`ri bajarishini
baholash.
4. Ikki tomonlama o`yinda qoidalarning bajarilishi baholanadi.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Jismoniy kuchli mashqlarni, sakrashni, uzoq vaqt mashqni
bajarishda chidamlilikni oshirish.
288
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
2. Voleybol o`ynash mashqlarini, qoidalarini mustahkamlash.
3. 4-5-6 nafar o`quvchilarga voleybol mashqlarini o`rgata bilish.
FUTBOL
Nazariy ma`lumotlar:
Kishi hayotida jismoniy tarbiyaning katta ahamiyatga ega ekanligi
to`g`risida bilish. O`quvchilarni hayotga va mehnat faoliyatiga tayyorlash.
Futbol o`yini, o`yinchilarning tartib va intizomini buzmasliklari
qoidalari, jarima va erkin to`p tepish, futbol taktikasi ("standart" holatda
bajariladigan kombinatsiyalar).
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Uchib kelayotgan to`pni sakrab bosh bilan urib qaytarishni bajarishni
bilish. O`quvchilarni raqibdan to`pni olib qo`yish texnikasi bilan
tanishtirish. Texnika va taktika usullarini bilish.
O`quv mezonlari:
1. 30 metrga yugurish: 4,5 - 4,7 - 5,0 soniya.
2. 30 metrga to`p bilan yugurish: 5,7 - 6,0 - 6,3 soniya.
3. Turgan joydan uzoqlikka sakrash: 200 -180 - 160 sm.
4. To`p bilan oyoqda janglyorlikni bajarish: 20 - 18 - 15 marta.
5. To`pni uzoqqa tepish: o`ng va chap oyoqda tepilgan to`plar yigindisi
- 60 - 55 - 50 metr bo`lishi kerak.
6. Baland turnikda tortilish: 10-8-7 marta.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gimnastika (12-15 mashq).
2. 15 daqiqa davomida asta-sekin yugurish.
3. Arg`amchida 100 marta sakrash (o`ng, chap, ikki oyoqda).
4. 4 x 10 metrga mokisimon yugurish (dam olish bilan 5 marta
bajarish).
5. To`pni 5-6 to`siqdan aylantirib o`tish orqali aniq nishonga tepish.
6. Oyoqda to`pni janglyorlik usulida boshqarish.
7. Qo`llarga tayanib yotgan holda qo`llarni bukish va yozish
(barmoqlarda, mushtda, chapak chalib bajarish - 25 marta).
KURASH
Nazariy ma`lumotlar:
1. Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi, konfederatsiyalar va milliy
federatsiyalar.
289
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
2. Kurash musobaqalarining turlari haqida.
3. Jarohatlanganda va shikastlanganda birinchi yordam ko`rsatish.
4. Hammomda bug`lanish va uqalashni o`rganish.
5. Kurash texnikasi va taktikasi haqida.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Sinov imtihoni:
-7 turkumli kurash usullari turlarini amalda bajarsa, - "5" ball;
-7 turkumli kurash usullari turlarini ikki usulini bajara olmasa, -
"4" ball;
-7 turkumli kurash usullarining asosini aniq bajarib, usul turlarini
bajara olmasa, - "3 "ball;
-7 turkumli kurash usullarini bajara olmasa, - "2" ball.
RAQS ELEMENTLARI
Milliy raqs elementlarini uyg`unlashtirish: "Munojot", "Rohat",
"Tanovor" va boshqalar.
Badiiy gimnastika.
Qo`llar yordamida assimmetrik harakatlar bilan har xil me’yorda
turli mashqlar bajarish, har xil tezlikda qo`llar bilan (tulki holatda)
mashqlar bajarishda qo`llarning yo`nalish harakatlari holatini tebrantirish.
85-90 sm li gardish bilan mashqlar bajarish. Gardishlarni o`ng va
chap qo`l bilan o`z oldida va orqa tomonga aylantirish.
Tasma (lenta) bilan mashqlar (uzunligi 5 metr); har xil yo`nalishda,
yuqoriga, pastga, orqaga, chapga, o`ngga, ilon izi, tik va yonbosh,
har xil balandlikda va burama (spiral) tekisliklarda. Mashqlar majmuasi
(buyumlarsiz) va raqs harakatlarining dinamikasi va ohangiga mos ravishda
murakkablashtirish. Xalq raqslari elementlaridan iborat mashqlar.
SUZISH
Nazariy ma`lumotlar:
Inson salomatligini yaxshilashda suzishning ahamiyati. Suzishda asosiy
qoidalarga amal qilish. Gigiyenik talablar.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Masofa qismlarini har xil tezlikda suzib o`tish (200 metrga). Suvda
cho`kayotgan kishini olib chiqish usullari. Suvda cho`kayotgan kishiga
shifokor kelguniga qadar birinchi yordam ko`rsatish. 1 metr balandlikdan
suvga sakrash. Musobaqalarda qatnashish.
290
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ba’zi tana mushaklar guruhini rivojlantirish uchun maxsus 8-10
ta mashqlar majmuasini mustaqil bajarish.
2. Bir oyoqda navbatma-navbat o`tirib turish (to`pponcha):
- o`g`il bolalar - 10-12 marta;
- qiz bolalar -8-10 marta.
O`quvchilarga qo`yilgan mezonlar:
1. Vaqtni hisobga olmagan holda 50-100 metrlarga suzish.
2. Musobaqalarga hakamlik qilish bilimini kengaytirish.
II Qism:
O`quv kun tartibida sog`lomlashtirish tadbirlari.
Umumta`lim maktablari kun tartibida jismoniy sog`lomlashtirish
tadbirlari, tashkiliy metodik ko`rsatmalar mazmuni, vazifasi va maqsadi
dasturning ushbu qismida ifodalangan. Ularga quyidagilar kiradi:
Ertalabki badan tarbiya. Darsgacha gimnastika mashqlari, o`tadigan
jismoniy tarbiya daqiqasi, tanaffuslar vaqtida o`yinlar, sport soati, kuni
uzaytirilgan guruhlar, sayrlar.
Ertalabki badan tarbiya har kuni uy sharoitida o`quvchi tomonidan
mustaqil bajariladi. Jismoniy tarbiya darslarida o`qituvchining rahbarligi
ostida mashqlar majmuasi o`rgatiladi.
Dostları ilə paylaş: |