Tadqiqotning metodologik asoslari va tadqiqot usullari. “Boshqa dunyo kishisi” tushunchasi va uni o’rganish taraqqiyparvar yangilik bo’lib, bunday tadqiqotlar “Boshqa mamlakat, millat kishisi qanaqa?”, “U o’zini o’rab olgan dunyoni, borliqni qanday idrok qiladi?”, “Yaxshilik va yomonlik haqida tushunchalari qanday?”, “U o’z hatti-harakatlarida qanday mezonlarga asoslanib yo’l tutadi?” kabi savollarga javob berishi kerak edi. Odamlarning dunyo haqidagi bilimlari ortib, yangi erlar ochilib, savdo-sotiq munosabatlari kengaya borgan sari ushbu muammoga qiziqish ham orta bordi.
Ma’lumki, birinchi signallar sistemasi inson hayotida ham katta ahamiyatga ega bo’lib, insonning ikkinchi signallar sistemasi uchun tabiiy manba bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi signallar sistemasi esa – bu biz eshitayotgan, so’zlayotgan, o’qiyotgan so’zlarimizdir. Ya’ni, so’z bizga birinchi signallar sistemasining siymolari, xususiyatlari haqida mujassamlashgan holda xabar beradi.
O’quvchilar so’z orqali birinchi signallar haqida ma’lumot olgach, ularda hurmat, achinish, rahm-shafqat kabi kechinmalar hosil bo’ladi. Demak, birinchi signallar sistemasi orqali hosil qilish mumkin bo’lgan hatti-harakatlar, his-tuyg’ularni ikkinchi signallar sistemasi – so’zlar orqali hosil qilish mumkin.
Tadqiqotimizning metodologik asosini dialektik falsafaning umumiylik-xususiylik munosabatlariga doir qonun-qoidalari, tabiat, jamiyat va tafakkur elementlarining o’zaro sistem munosabatda ekanligi haqidagi ta’limot tashkil etadi. Ishda sistem va amaliy tilshunoslikda va chet tillar o’qitish metodikasida keng qo’llanib kelinayotgan tavsiflash, qiyoslash, tasniflash kabi metodlardan foydalanildi.
Ishning ilmiy yangiligi.Ishda sinonim, antonim va paronimlarning koreys tili og’zaki nutqi, shuningdek, badiiy adabiyot namunalarida keng qo’llanishi asoslari ishlab chiqildi. Bunday talqinning ilgari surilishi muayyan xorijiy tilni kommunikativlik asosida o’qitish bo’yicha yangi qo’llanmalar yartilishiga, shuningdek, asosiy chet tili fanining “So’zlashuv”, “Uyda o’qish” aspektida turli xil muloqot vaziyatlarini tez va qulay o’zlashtirishda ham ta’lim beruvchiga ham ta’lim oluvchiga amaliy yordam berishi ko’zda tutiladi.