«коreys va o’zbek tillarida sinonim, antonim va paronimlarning qiyosiy talqini»



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə2/12
tarix07.01.2024
ölçüsü1,01 Mb.
#207935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
9. Абдужабборова

Mavzuning dolzarbligi. Inson o’zining ijtimoiy-madaniy rivojlanishi jarayonida o’z ajdodlarining milliy qadriyatlarini ijodiy o’zlashtiruvchi, zamonaviy-lashtiruvchi va boyituvchidir. O’zining ana shunday insoniy burchlarining har bir shaxs tomonidan mukammal bajarilishi ijtimoiy taraqqiyotning boy va rang-barang madaniy oqimlarini hosil qiladi. SHu nuqtai-nazardan har bir inson o’zida tarixiy, ijtimoiy, madaniy-milliy ko’rsatgichlarni mujassamlashtiruvchi tarbiyaning mahsulidir. Modomiki, o’rganilayotgan xorijiy tilning og’zaki va yozma nutqini tahliliy tadqiq qilar ekanmiz, o’sha tilda so’zlashuvchi xalqning tilidagi so’zlarning ma’lum qismi shakl yoki ma’nosiga ko’ra o’zaro aloqador birlikni tashkil etadi. Bunday birliklarni tahliliy o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. SHu jihatdan o’rganilayotgan koreys tilining og’zaki va yozma nutq amaliyotida so’zlarning ma’lum qismi shakl yoki ma’nosiga ko’ra o’zaro aloqador birliklarni tadqiq etish kabi masalalar biz tanlagan mavzuning nechog’li dolzarbligidan dalolat beradi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishimizning asosiy maqsadi koreys va o’zbek tillarida sinonim, antonim va paronimlarning qiyosiy tahlili, ularni og’zaki va yozma amaliyoti asosida talqin etish, yangi leksikaga va grammatik materialga o’rgatishda leksik, ko’nikma malakalarini shakllantirish va rivojlantirishning uslubiy tizimini ilgari surishdir. Bu vazifani amalga oshirish uchun quyidagi maqsadlarni qo’ydik:
-koreys, o’zbek tilida nashr qilingan darsliklar va o’quv-uslubiy adabiyotlarda leksikaning talqini, ularni qo’llash usullarini aniqlash va tasnif qilish;
-sinonim, antonim va paronimlarning koreys va o’zbek tillari badiiy adabiyot manbalarida turli vaziyatlarda qo’llanishi vositalarini aniqlash;
-qo’llanishiga ko’ra sinonim, antonim va paronimlarning koreys va o’zbek tillarida o’xshash va noo’xshash jihatlarini qiyosiy tahlil etish.
Mavzuning tekshirish ob’ektlari va manbalari. Turli xalqlarning bir-birlarini tanishda, bilishda, bilvosita va bevosita millatlararo muloqotlarda insonning o’ziga xos-milliy jihatlariga e’tibor berilgan. Qadim zamonlarda ham tarixchilar, sayyohlar, qomusiy bilimga ega mutafakkirlar (Stabon, Abu Rayxon Beruniy, Mikluko Maklay, R.G. de Klaviko) qoldirgan asarlar, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy ta’limotlarda ham boshqa xalqlar hayotini qiyosiy o’rganish yo’nalishi mavjud edi. XIX asrga kelib chet el ijtimoiy fanlarida boshqa xalqlar milliy-madaniy xususiyatlarini tadqiqot qiluvchi kulturantronogiya va sotsiologiya maxsus fanlarga aylanib, “boshqa dunyo kishisi” muammosini o’rgana boshladi. Bu esa aslida, boshqacha tarbiya-milliy tarbiyaning tizim, uslublari, maqsadlaridagi xususiyliklarni ilmiy nuqtai-nazardan o’rganish davri boshlanganligini anglatar edi.
Tadqiqotni bajarishda koreys tilini nazariy va amaliy o’qitishda foydalanilayotgan darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va mashqlar to’plamlari, shuningdek koreys va o’zbek tilida nashr etilgan badiiy adabiyotlar asosiy manba bo’lib xizmat qildi. Shuningdek, ishda badiiy qahramonlar nutqini talqin etishga doir «Иностранные языки в школе», «Иностранные языки в высшей школе», “Korea post”, “Korean literature” kabi jurnallarda e’lon qilinayotgan maqolalardan keng foydalandik.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin