Корхона хўжалик тизимининг самарадорлигию



Yüklə 23,21 Kb.
səhifə1/5
tarix19.05.2023
ölçüsü23,21 Kb.
#117830
  1   2   3   4   5
1.1 reja


Корхона хўжалик тизимининг самарадорлигию
Korxonada samaradorlikni aniqlash muhim axamiyatga ega. Bugungi kunda samaradorlikni aniqlashda barcha ko`rsatkichlarni shartli ravishda ikki guruhga bo`lib o`rganish qabul qilingan. Birinchi guruhga natural ko`rsatkichlar kiradi. Ikkinchi guruhga iqtisodiy ko`rsatkichlar kiradi. Har ikki guruh ko`rsatkichlardan foydalanish samaradorlikni aniqroq ko`rsatadi. Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o`tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to`g`risida»gi Nizomga ko`ra korxonalar quyidagi guruhlarga bo`linadi: - iqtisodiy barqaror korxona; - iqtisodiy xatarli korxona; - iqtisodiy nochor korxona: o`z to`lov qobiliyatini tiklash imkonyatiga ega; o`z to`lov qobiliyatini tiklash imkonyatiga ega bo`lmagan korxonalar. Yuqorida keltirilgan xo`jalik samaradorligini baholash usullari va ko`rsatkichlaridan tashqari bugungi kunda amaliyotda Iqtisodiy nochorlik qo`mitasi tomonidan ishlab chiqilgan korxonalarning iqtisodiy nochorlik belgilarini aniqlash uchun mezonlar tizimi ham qo`llaniladi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: - To`lov qobiliyati koeffisienti (Ktq); - Xususiy aylanma mablag`lar bilan ta’minlanganlik koeffisienti (Kxm); - Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari rentabelligi (Rix); - Aktivlar rentabelligi (Ra); - Xususiy va qarzga olingan mablag`lar nisbati koeffisienti (Kxq); - Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffisienti; - Eskirish koeffisenti (Kesk); - moliyaviy mustaqillik koeffisienti (Kfn). Bu ko`rsatkichlar bir qarashda mahsulot ishlab chiqarish sohasiga, demak, ishlab chiqarish samaradorligiga aloqasi yo`qday tuyuladi. Aslida esa aynan ular orqali korxonaning samarali faoliyatini anglatuvchi iqtisodiy va moliyaviy barqarorlik aks ettiriladi. Bundan tashqari, mahsulotning material sig`imi, fond qaytimi, mehnat unumdorligi va rentabellik ko`rsatkichlari, ishlab chiqarishni rejalashtirish va tahlil qilishda qo`llansa, mezonlar tizimi yordamida esa korxonalar o`zlarining faoliyat yuritish qobiliyatini ko`rsatadi hamda turli xil muammoli vaziyatlarda xo`jalik sudlarida o`z manfaatlarini himoya qiladi.



Yüklə 23,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin