Маркетинг фаолиятини бошқаришни ривожлантириш иқтисодиёт тармоқларининг юксалиш омилидир Iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikasiyalash, ishlab chikarishni rivojlantirgan xolda eksport hajmini oshi-rishda zamonaviy korxonalar faoliyatini ustuvor rivojlanishini ta’minlash hamda bu sohada marketing faoliyatini takomillashtirish o`z echimini kutayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Avvalambor, tarmoq korxonalari faoliyatida birinchi navbatda "marketing" tushunchasini keng targ`ib qilish va uning nazariy ahamiyatini yanada oshirish orqali korxona faoliyatida o`z bozorini kengroq o`rganishiga muhim zamin yaratadi. Biroq, bugungi kunda mamlakatimizdagi yirik iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar qatorida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ham roli ortib bormoqda. Shu jihatdan olib qaraganda barcha turdagi korxonalarning asosiy vazifalaridan biri bu - marketing tushunchasini to`liq anglab etishlari va amalda qo`llashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalar faoliyati rivojlanishida doimiy tarzda marketing faoliyatini samarali tashkil etish va ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko`rsatishda tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Bu borada mashxur marketolog olim F.Kotlerning “marketing - bu is-te’molchilarning muammolarini tushunib etishni tartiblashtirilgan va maqsadga yo`naltirilgan jarayoni hamda bozor faoliyatini boshqarish”82 degan ta’rifi katta ahamiyatga ega. Biroq, iqtisodchi olim F.Kotlerning fikrini hisobga olgan holda xulosa qiladigan bo`lsak, xo`jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida marketingning asosini marketing tadqiqotlari tashkil etadi, deb aytish mumkin. Ammo, hozirgi kunda ko`plab korxonalar o`z faoliyatida marketing tadqiqotlarini bozor va iste’molchilar haqida axborot yig`ish va uni tahlil qilishdan tashqari, ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish jarayonidagi muammolarni ham o`rganishlari va uning echimini imkon doirasida topishga qaratishlari lozim. Iqtisodiyotni modernizasiyalash va diversifikasiyalash sharoitida “marketing tadqiqoti” tushunchasiga zamonaviy yondashgan holda “marketing tadqiqotlari - bu har qanday korxonaning bozorni o`rganish asosida mahsulot ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish” deb ta’riflashimiz maqsadga muvofiq. Bugungi kunga kelib, korxonalarda marketing faoliyatini joriy qilishdan ko`zlangan asosiy maqsad kichik va yirik biznes rivojining yangi hamda zamonaviy shaklga keltirishga, iste’molchilarning xulq-atvori, didi, raqobatchilar va bozor kon’yunkturasini o`rganishga qaratilgan amaliy izlanishlarning asosiy yo`nalishlaridan biridir. Keskin raqobat sharoitida korxonalarda marketing faoliyatini takomillashtirish o`z faoliyatini ustuvor deb bilgan hamda raqobatbardosh korxonalar oldida turgan muammolarni hal etishga mo`ljallangan jarayon bo`lib, u quyidagilardan iborat: Birinchidan, har qanday korxona faoliyati davomida turli muammolarning yuzaga kelishi va ular borasida axborot to`plashni rejalashtirish va tashkil etishni tartibga solinmaganligi yoki bu borada to`liq marketing ishlarining takomillashmaganligi; Ikkinchidan, korxona faoliyatidagi muammolar echimini topishda marketing faoliyati asosida kerakli axborotni to`plash borasidagi izlanishlarning shakllanmaganligi; Uchinchidan, korxona faoliyatidagi muammolar bo`yicha axborot tahlili va olingan natijalar to`g`risida tayyorlangan hisobotni o`z vaqtida taqdim etishga bo`lgan e’tiborning susayganligi; To`rtinchidan, marketing tizimi natijalari bo`yicha qabul qilingan qarorlarni tayyorlashda marketologlarni jalb qilinmasligi yoki ular fikrini e’tiborga olinmasligi83. Dunyo miqyosida rivojlanish yo`lidan borayotgan davlatlarning asosiy yutuqlaridan biri sifatida yuqori darajada marketing tadqiqotlarini tashkil etgani va uning har bir jarayonda samarali foydalanayotgani kutilmagan daromadga erishishiga sabab bo`lmoqda. Yuqoridagilarni hisobga olib, rivojlangan mamlakatlar va xalqaro tajribalardan ma’lum bo`ldiki, marketing tadqiqotlarining amaliy turlarini ikkita shartli guruhga bo`lib o`rganish mumkin:
1. Muammoni o`rganib va uning mohiyatini tushunib, maqsadga etishga qaratilgan marketing tadqiqotlari;
2. Muammoni hal qilishga qaratilgan marketing tadqiqotlari.
Marketing tadqiqotlari o`zining texnikasiga ko`ra to`rtta “miqdoriy tahlil va bashoratlash”, “sinovdan o`tkazish”, “tajriba sinov ishlab chiqarish va test”, “tekshirib ko`rish va nazorat” guruhlarga bo`linib, har bir guruh bir nechta usulni qamrab olishi mumkin. Ushbu guruhlar tarkibiga kiruvchi usullar aniq bir vazifani hal qilishga moslashgan bo`ladi. Marketing tadqiqotlaridagi miqdoriy tahlil va bashoratlash guruhida asosan quyidagi uchta tadqiqot usulidan keng foydalaniladi: - birinchi tadqiqot usuli sifatida segmentlash tadqiqoti mavjud bo`lib, bu usul potensial xaridorlarning demografik va psixologik xatti-harakatiga oid ma’lumotlarni o`rganishdan iborat, bu esa, har tomonlama xaridor uchun foydali hisoblanadi; - ikkinchi usul asosan, talabni aniqlash usuli bo`lib, bu usul joriy talab darajasidan kelib chiqib kutilayotgan sotuv hajmini o`rganadi, bu esa, korxona faoliyati davomida mahsulot ishlab chiqarishni davom ettirish, bozor talabiga moslashish yoki mahsulotning ma’lum bir turini ishlab chiqarishdan olib tashlashni bildiradi; -uchinchi usul aynan, raqobatbardoshlik darajasini oshirishga qaratilgan bo`lib, bunda mahsulotning bozordagi vaziyatni tahlil qilish hisoblanadi. Bu usul asosan, maqsadli bozorni shakllantirishda ishlab chiqarish korxonasining mahsulotini raqobatchilarga nisbatan qanday qabul qilinishini o`rganadi84. Xalqaro tajribalardan ma’lumki, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishda brendga erishish o`z-o`zidan bo`lmaydi, bunda mahsulotning jahon mamlakatlari tan olgan sifat menejmenti tizimiga javob berishi 150 talablariga javob bera olgan mahsulot yuqorida ko`rsatilgan ko`rsatkichga erisha oladi. Ishlab chiqarish bilan shug`ullanayotgan korxonalar uchun maksimal darajada ko`p foyda olishning asosiy sharti bo`lib, ishlab chiqarish jarayonini iste’molchilar va raqobatchilar faoliyatiga moslashtirish hisoblanadi. Raqobat sharoitida har qanday korxonaning ishlab chiqarish va sotish faoliyati marketing tadqiqotidan boshlanishi kerak, degan fikrni keltirib chiqaradi. Ushbu tavsifning isboti sifatida marketing tadqiqotlarining zamonaviy usullari bugungi kunda G`arb davlatlarida ham keng tarqalgan bo`lib, ular o`ziga xos maqsad va vazifalarga ega hamda muammoga kompleks yondashish imkonini beradi. Ayniqsa, mahsulotni testdan o`tkazish va bu borada marketing tadqiqotlari texnikasi qiyin kechmoqda va bu holatni tahlil qilish o`ziga xos murakkab usullardan biridir. Har qanday ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko`rsatuvchi bu kabi muammolarni o`rganishga kompleks, ya’ni har tomonlama yondashishi va to`g`ri echim topish imkonini bermaydi. O`zbekiston respublikasi iqtisodiyot tarmoqlari rivojida o`tkazilayotgan marketing tadqiqotlarini takomillashtirishda asosan, etakchi tarmoqlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni testdan o`tkazish masalalari hali-hanuz o`z echimini topmaganligini inobatga olgan holda mahsulotlarni testdan o`tkazish texnikasining sodda usullarini ishlab chiqish, holatni tahlil qilish uslubiyotini takomillashtirishdan iborat. Bunda asosan, iste’molchi tanloviga e’tibor berish bilan cheklanishdan voz kechgan holda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga o`tish talab etiladi. Bugungi kunda, iqtisodiyot tarmoqlarida yaratilayotgan mahsulotlarni iste’molchi talabiga moslashtirish, mahsulotlar bozoridagi keskin raqobatni hisobga olgan holda takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda esa, aholiga xizmat ko`rsatish madaniyati rivojlanib borayotgani, istemolchilarning daromad va xohish istaklarining yildanyilga o`zgarib borayotgani, ushbu bozorda yanada istiqbolli marketing tadqiqotlari konsepsiyasini yaratishni talab etadi. Bu esa, bevosita ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi raqobatni kuchayishiga, xalqaro sifat standartlariga javob beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish imkoniyatlarini kengaytirishga, aholini sifatli va tannarxi arzon mahsulotga bo`lgan talabini yanada chuqurroq o`rganish, tovar assortimentni ko`paytirishga olib keladi.