Корхона хўжалик тизимининг самарадорлигию


Ишлаб чиқариш самарадорлигини оширишнинг асосий йўналишлари



Yüklə 23,21 Kb.
səhifə4/5
tarix19.05.2023
ölçüsü23,21 Kb.
#117830
1   2   3   4   5
1.1 reja

Ишлаб чиқариш самарадорлигини оширишнинг асосий йўналишлари

Ilmiy-texnik yuksalish jamoa ishlab chiqarish samaradorligining o`sishi, uning yuqori darajasini ta’minlashning muhim omili bo`lgan va shunday bo`ladi. Oxirgi vaqtlargacha ilmiy-texnik yuksalishi evolyusion tariqada borar edi. Ilmiy-texnik yuksalishning eng muhim yo`nalishlari: - progressiv membran, lazer, plazma texnalogiyalari: o`ta yuqori bosim va imnulsli nagruzkalardan foydalanish texnalogiyalarni keng miqyoda o`zlashtirish va xokazo; - ishlab chiqarishni avtomatlashtirish – rabototexnikani, rotor va rotorkonveer linyalarni, yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan enchilik ishlab chiqarishni tez o`sishi; - yangi ko`rinishli metal mahsulotlari, plastmassalarni, kompozitlarni, metal kukunlarini, sapol va boshqa pogressiv konstruktiv materiallarini yaratish va foydalanish; Ilmiy-texnikka mansub tadbirlar bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida, ayniqsa uning boshlang`ich davrida juda muhimdir. Korxona jamoasi uning rahbariyati mehnatni moddiy rag`batlantirishga asosiy e’tiborni qaratadilar. Soliqlarni to`plab bo`lgandan so`ng, foydaning ko`p qismini iste’mol fondiga yo`naltiriladi. Bozor munosabati rivojlangan sari korxonalar ishlab chiqarishning kelajak rivojiga salmog`li e’tibor ajrata boshlaydilar va yangi texnikaga, ishlab chiqarishni yangilashga, yangi mahsulotni o`zlashtirish va chiqarishga zarur vositalarni yo`naltiradilar. Iqtisodiy tejash-ishlab chiqarishni intesivlashtirish va samaradorligini ko`tarishning muhim omillaridan biridir resurslarni avaylash yoqilg`iga, energiyaga, xomashyo va materiallarga o`sayotgan ehtiyojni qondirishning hal qiluvchi manbaiga aylanishi kerak. Bu masalalarni echishda sanoat asosiy rol o`ynaydi. Milliy xo`jalikning foydalanish yuqori samarasini ta’minlovchi mashinalar konstruktiv va boshqa materiallar, xom-ashyo va yoqilg`i-energetik resurslar bilan jihozlash, yuqori samarali, kamchiqindili va chiqindisiz texnologik jarayonlarni ishlatish ko`zda tutiladi. Ishlab chiqarishni intensivlashtirish, uning samaradorligini ko`tarish omillardan biri-iqtisodiyot tuzilmasini takomillashtirishdir. Ilmiy-texnik yuksalish va ijtimoiy masallarni muvofaqiyatli hal etuvchi tarmoqlarni yuqori sur’atda rivojlantirish zarur, tarmoqlarda ishlab chiqarish vositalarini va iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish orasidagi mutanosiblikni yaxshilanishiga erishish kerak. Investision siyosat kapital qo`yilmaning samaradorligini ko`tarishni ta’minlashga xizmat qilishi lozim. Vositalarni ijtimoiy ehtiyojlarni, ilmiy-texnik yuksalishni ta’linlovchi tarmoqlar foydasiga qayta taqsimlash kutiladi. Mablag`ning ko`p qismi yangi kurulishga qayta ishlash harakatdagi korxonalarni tekin qayta jihozlash va rekonstruksiyalashga yo`nalirilishi kerak. Milliy xo`jaligining hamma sohalarida ilmiy-texnik yuksalish asosi bo`lgan mashina qurulish jadal rivojlanishi kerak. Avvalo ilmiy texnik yuksalishning (ITYu) katalizatorri bo`lgan mashinasozlik stanok qurilishi, elektrosanoat, mikroelektronika hisoblash texnikasi, uskuna qurulish, informatika industriyasi birinchi navbatda rivojlanishi kerak.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillar, boshqaruv bilan birgalikda, muhim o`rinni egalaydi. Jamoa ishlab chiqarishi ko`lamining olishi va xo`jalik aloqalarining murakkablashishi sari ularning roli alohida o`sadi. Hammadan avval bu ishlab chiqarishni tashkil etishning oqilona shakllari-to`planuvi, ixtisoslash, kooperasiyalash va kombinasiyalashning rivojlanishi va takomillashidir. Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasiga sezilarli ta’sir etuvchi ijtimoiy infratuzulmasini rivojlantirish va takomillashtirish talab etiladi. Boshqaruvda-bu boshqaruvning o`zini shakllari va usullarini takomillashtirishdir.Rejalashtirishda–rejalarning muvozanatlashtirilganligi va realligi, reja ko`rsatkichlar tizimining qulay, to`g`ri joylashganligi, ya’ni milliy xo`jaligining boshlang`ich bo`g`inlariga (korxona, birlashma, tashkilotlar) to`sqinlik qilmaydigan, aksincha ular faoliyatiga keng imkoniyat beradigan tizimlarni barpo etish lozim. Samarali xo`jalik yuritish vazifalarini echishda, resurs saqlash texnika va texnologiyasini yaratish va qo`llashda katta rol ilmga beriladi. Unga dolzarb muammolar bo`yicha ulkan va amaliy tadqiqotlarni olib borishni faollashtirish vazifasi berilgin. Iqtisodiyotni intensivlashtirishda, resurslarga nisbiy xarajatlarini pasaytirishda mahsulot sifatini oshirish alohida o`rinni egalaydi. Bular hammasi evaziga aholi farovonligini oshirish uchun jamiyat boyligini ko`paytirish, butun ishlab chiqarishini samaradorligini ko`tarish, mehnat unumdorligini rag`batlantirishning ta’sirchan vositasi bo`lishi madaniyatli, sozlanuvchi bozor xo`jaligi shakllanadi.



Yüklə 23,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin