Корхона хўжалик тизимининг самарадорлигию


Корхона харажатларини тежаш ва самарадорлигини ошириш йўллари



Yüklə 23,21 Kb.
səhifə5/5
tarix19.05.2023
ölçüsü23,21 Kb.
#117830
1   2   3   4   5
1.1 reja

Корхона харажатларини тежаш ва самарадорлигини ошириш йўллари
Ishlab chiqarish korxonalarining xarajatlari tarkibida mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari katta salmoqni tashkil qiladi. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan pasayib boradi. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining uzluksiz pasayishi bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish usulining qonuniyatidir. U mehnat unumdorligining to`xtovsiz o`sishi, mehnatkashlar madaniy, texnikaviy darajasini yuksalishi, moddiy va mehnat resurslaridan rasional foydalanish, xo`jalik yuritish usullarining takomillashtirishi bilan ta’minlanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning ahamiyati yildan yilga oshib bormoqda, chunki uni pasaytirishning har bir foizi absolyut hajmni oshirib yuboradi. Ya’ni korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini 1 %ga kamaytirish evaziga korxona ancha miqdorda moliyaviy resurslarini iqtisod qilishga erishadi. Bu har qanday korxonaning oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, korxonalar tasarrufidagi barcha resurslardan tejamli foydalanish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yanada aktual masalalardan biri bo`lib turibdi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha 2009-2012 yillarga mo`ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturida “...qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag`batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish. ...tannarxni kamaytirish bo`yicha belgilangan parametrlarga erishish uchun rahbar va mas’ul xodimlarni rag`batlantirishning ta’sirchan mexanizmini ishlab chiqish...”1 vazifasi belgilangan. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish yo`llari quyidagilar hisoblanadi.. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish katta ta’sir ko`rsatadi. Yangi texnikani joriy qilish va mahsulot tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish jarayonlarining kamayishiga kompleks ta’sir ko`rsatadi. Ular moddiy resurslardan yanada samaraliroq foydalanish, buyumlarni tayyorlashga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi. Amaldagi jihozlarni zamonaviylashtirish hamda qo`llanilayotgan texnikadan foydalanish hisobiga ishlab chiqarish xarajatlarini anchagina kamaytirishga erishish mumkin. Yangi texnika va progressiv texnologiya asosida moddiy resurslarni va jonli mehnatni tejashga erishiladi. Moddiy resurslarda buyumlashgan o`tgan mehnatni tejash xuddi shu miqdordagi xom ashyo va materiallardan ko`proq mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi: jonli mehnat sarfini tejash mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi, ya’ni har bir ishchiga hisoblanaganda ko`proq mahsulot ishlab chiqarishga imkon yaratadi. Bunga fan-texnika taraqqiyoti yordam beradi. Yangi texnika va ilg`or texnologiya ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish asosida mehnat unumdorligi oshib boradi, bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. Moddiy va pul mablag`larini sarflashda qat’iy iqtisodiy tejashga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Asbob-uskunalarni asrashga doir sarflarini kamaytirish, material, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilaridan maksimal foydalanish, brak natijasida ro`y beradigan nobudgarchiliklarni kamaytirish, fondlarining samaradorlik darajasini oshirish, ish xaqi fondini rasional sarflash, sex va umumzavod xarajatlarini kamaytirish – bularning barchasi u yoki bu darajada mahsulot tannarxining arzonlashuviga ta’sir ko`rsatadi. Moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Korxonaning xom-ashyo, material, yoqilg`i va energiya etkazib berishning uzilib qolishi ishlab chiqarish ritmining buzilishiga, bekor turtib kolishlarga va oqibat natijada unumsiz xarajatlarga olib keladi. Korxona iqtisodiyotiga haddan tashqari normativdan ortiqcha zapaslarni bo`lishi ham salbiy ta’sir ko`rsatadi. Zapas ko`payib ketganda oborot mablag`lari oshib ketadi, moliyaviy ahvol yomonlashadi, ishlab chiqarishning rentabelligi pasayib ketadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga mehnatni tashkil etishda takomillashtirish katta ta’sir ko`rsatadi. Har qanday texnikadan, hatto yangisidan ham ishlab chiqarishni to`g`ri tashkil qilmay turib, maksimal ravishda foydalanish mumkin emas. Shuning uchun texnologik prosesslarni mexanizasiya va avtomatlashtirish bilan bir qatorda, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishga katta e’tibor berish kerak. Mahsulot tannarxini pasaytirishda hisobotning roli kattadir. Hisob olib borish yoqilg`i va energiyadan, xom ashyo va materiallardan rasional foydalanishga yordam beradi, xarajatlarni kamaytirish va korxona jamg`armasini oshirish imkonini beradi. Mehnat jamoasining kuchini etishtiriladigan mahsulotning tannarxini pasaytirishga qaratish uchun ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlarni to`g`ri rejalashtirish va hisobga olish zarur. Iqtisod qilish yo`llarini aniqlash ortiqcha xarajatlarning sababini ochib tashlash uchun bu xarajatlarni doimiy tahlil qilib turish kerak. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish rejasining bajarilishini tahlil qilish ishlab chiqarish rentabelligining oshishi uchun korxonadagi barcha ishlarni takomillashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Lekin tahlil faqatgina tannarxni pasaytirish rejasini bajarilishiga qo`yilgan baho bilan chegaralanmaydi, u ishlab chiqarish xarajatlarini yanada kamaytirish uchun tashkiliy va texnikaviy harakatlarni ham ko`rishi kerak. Mahsulot ishlab chiqarishni tahlil qilishda ishchilarning aktiv ishtirok etishlari uni pasaytirishning muhim yo`lidir. Xarajatlar korxonaga bog`liq bo`lmagan omillarga qarab o`zgaradi. Masalan, resurs narxi, har xil xizmat haqqining tebranishi korxona hoxishidan qat’iy nazar xarajatlarni o`zgartiradi. Korxonada ishlab chiqarish ko`lami kengaysa, resurslar sarfi qisqaradi, chunki ular kamroq isrof etiladi. Resurslarni tejovchi texnologiya joriy etilganda xarajatlar keskin qisqaradi. O`rtacha xarajatlar mehnat unumdorligiga nisbatan teskari mutanosiblikda o`zgaradi. Mehnat unumdorligining ortishi ham moddiy, ham mehnat sarfini qisqartiradi, mehnat xarajatlarini pasaytirish orqali foydani ko`paytiradi. Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Yüklə 23,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin