Korporativ boshqaruv



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/74
tarix16.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#79334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
2-Korporativ-boshqaruv-Oquv-qollanma-B-Yu-Xodiyev-va-bosh-T2011

Mol yetkazib beruvchilar, odatda, ularning asosiy qismini kichik korxonalar, ya’ni korporatsiyalar bilan haqqoniy savdo aloqalarini va o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishni hamda ijobiy hamkorlikni amalga oshirishni afzal ko‘radi. Korporatsiyalar va ularning mol yetka­zib beruvchilari o‘rtasidagi hamjihatlik iqtisodiy tizimning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi, chunki kichik korxonalarning hayotiyligi korpo- ratsiyalaming ularga nisbatan jiddiy va haqqoniy aloqalariga bog'liq hisoblanadi.


Korporatsiyalar turli xil prinsipial qarorlarini qabul qilishda koipo- rativ aloqalar ishtirokchilari ehtiyojlari tengligini hisobga olsa, korpo- ratsiyalar mohiyatini va muhimligini oshiradi. Shu maqsadda yirik korporatsiyalar korporativ muhitni va o‘zaro aloqalami mustahkamlash uchun quyidagi hujjatlar ro‘yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi:

  • axloq kodeksi;

  • ish haqi to‘lash va xizmatchilarni rag‘batJantirish, ularning hu- quqlarini himoyalash, shaxsiy hayotiga aralashmaslik, erkinlik bo‘yicha takliflami kiritish;

  • ishchilarni ish joylarida xavf-xatardan saqlash, sog‘liqni saqlashni ta’minlash va ulaiga oid me’yor va tartiblarni o‘rnatish;

  • korporatsiyalarning xayriya faoliyati qoidalarmi tartiblashtirish;

  • korporativ munosabatlardagi mavjud menejeriarni tayyorlash va qayta tayyorlash, dasturlarni axborotlashtirish.

Korporativ boshqaruv va korporativ menejment tushunchalarini bir-biri bilan adashtirib yuborish hollari mavjudligini ta’kidlash joiz. Aytib o‘tamizki, menejment korporativ boshqaruvni ham qamrab oladigan torroq tushuncha hisoblanadi. Bundan tashqari, korporativ menejment faqat kompaniya menejmenti (oliy rahbariyat bowg'ini) tomonidan, koiporativ boshqaruv esa kompaniya boshqaruv organiari (aksiyadorlar, direktorlar kengashi, bosh direktor va menejment) tomonidan amalga oshiriladi. Korporativ boshqaruv ko‘proq strategik xarakterga ega bo‘lib, kompaniyaning tashqi muhitda muvaffaqiyatli faoiiyat yuritishiga yo‘naltirilgan bo'ladi (aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish, hukumat organiari, hamkorlar, kreditorlar va boshqalar bilan aloqa qilish).
Korporativ boshqaruvni (corporate governance) menejment (management) bilan tenglash to‘g‘ri emas. Bu turli xil tushunchalardir. Korporativ boshqaruv uchun muhim narsa — halol, mas’uliyatli, ravshan korporativ xulq va hisobotni ta’minlashga qaratilgan mexa- nizmlardir.




Menejment esa korxona biznesining professional mutaxassislar tomonidan yuritilishiga qaratilgan mexanizmlarni nazarda tutadi.
Korporativ boshqaruv menejmentga nisbatan rahbarlik qilishning yuqoriroq pog‘onasida joylashgan bo‘lib, kompaniya faoliyatini uning aksiyadorlari manfaatlari yo‘lida boshqarilishini ta’minlaydi. Kor­porativ boshqaruv va menejment vazifalarining o‘zaro kesishuvi faqat kompaniyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda namoyon bo'ladi.
Korporativ boshqaruvning maqsadi korporatsiyalarning investitsiya jozibadorligini oshirish va barcha manfaatdor tomonlar manfaatlarining oqilona muvozanatiga rioya qilgan holda, amaldagi qonunchilik doirasida ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining barcha faoliyat turlaridan imkoni qadar yuqoriroq foyda olishdir. Normal holatdagi korporativ boshqaruvni amalga oshirish uchun korporativ tizimga tez moslasha olish uchun uning qulay yo‘llarini topish maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqsadni yechishda koiporatsiya menejmenti marketing oldida har tomonlama katta hajmli, ko‘p rejali ishlarni amalga oshirilishi kutib turadi.
Belgilangan ishlarni quyidagicha bosqichma-bosqich amalga oshirish zarurdir:

  • korporatsiya faoliyati maqsadlarini va mulkdorlarning jamlash usullarini to‘g‘ri aniqlash;

  • aksiyadorlar nazorati ostida korporatsiyalarni qayta tarkiblashni 0‘z-o‘zini boshqarish darajasigacha olib borish;

  • qo‘yilgan maqsadlarga mos holda tashkiliy tarkibni tanlash: ishlab chiqarish, mahsulotni sotish, innovatsiya va marketing;

  • korporatsiya faoliyatini yagona tamoyillarni ishlab chiqqan holda ya’ni missiya, falsafa va boshqa asos bo{luvchi hujjatlar negizida ishlab chiqish;

  • ayniqsa oliy menejerlarga va ishchilarga haq to'lash falsafasini 0‘zgartirish,

Mulkchilikning aksiyadorlik shaklini korporativ boshqarish usullarini joriy etishda ko‘rsatib o'tilgan jihatlarning mavjudligi korporativ hamjamiyatning turli ishtirokchilari manfaatlarining uyg‘unligini va bozor talablari asosida aksiyadorlik korxonalarini rivojlantirishning raqobatbardosh strategiyalaridan foydalanishni taqozo etuvchi sifat jihatdan yangi menejmentni shakllantirishni talab etadi.
Bundan tashqari, korporativ hamjamiyatning turli ishtirokchilari manfaatlarini keskin bozor iqtisodiyoti pozitsiyalaridan bir-biriga




bog‘lay oladigan va tez o‘zgaruvchan raqobat muhitida korxonalarni rivojlantirishning moslanuvchan strategiyasini shakllantirishga qodir yangi avlod menejerlarini jalb qilmasdan turib biznesini korporativ boshqarish vazifalarini bajarib bo‘lmaydi.
Respublika korxonalarida korporativ menejment va korporativ mu- nosabatlarning hozirgi ahvolini hisobga olib, korxonalarda korporativ menejmentini takomillashtirishning birinchi o‘rindagi vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:

  • kuzatuv kengashi a’zolari va boshqaruvchilar tomonidan hamda aksiyadorlaming o‘zi tomonidan ham korporativ huquqning mazmun- mohiyati va imkoniyatlarini chuqur anglab yetilishi;

  • bevosita aksiyadorlik korxonalari boshqaruv faoliyatini tartibga soluvchi to‘liq me’yoriy hujjatlar paketini ishiab chiqish va qabul qilish;

  • aksiyadorlik jamiyatlari ishini ongli bcshqarishga aksiyadorlaming keng doirasini eng yuqori darajada jalb qilish;

  • korxonalar faoliyatining aksiyadorlar va investorlar uchun mak- simal ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash;

  • aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruvining yuqori va ijro organlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir darajasini oshirish.

«Oqilona ish haqi» tamoyilidan har bir ishchining real qo‘shgan hissasini hisobga olgandagi to‘lanadigan ish haqi tamoyiliga o‘tish, joriy foydaga ega bo‘1 ish, korporatsiyaning kapitalizatsiyalangan foyda- sini shakllantirish muammosini hal qilishda aksiyadorlaming shaxsiy qiziqishlarini korporativ menejment orqali yechish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi 1996-yili 26-aprelda qabul qilingan «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish to'g'risida^gi qonuniga binoan O'zbekiston milliy korporativ boshqaruv modeli tuzilmasi quyidagi rasmda izohlanadi (2- rasm).
Korporatsiyalar va korporativ uyushmalaming asosiy turlari.
Korporatsiya turlari:

  • to‘liq shirkatlar va kommandit xo‘jalik shirkatlari;

  • mas’uliyati cheklangan jamiyatlar;

  • qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar;

  • aksiyadorlik jamiyati (ochiq va yopiq).

Korporativ birlashmalar turlari:
~ xo‘jalik uyushmasi;

  • konsem;

  • konsorstium;










Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin