Korporativ boshqaruv


-yiIda iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o'zgartirish dasturlarining bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə48/74
tarix16.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#79334
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74
2-Korporativ-boshqaruv-Oquv-qollanma-B-Yu-Xodiyev-va-bosh-T2011

2008-yiIda iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o'zgartirish
dasturlarining bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot




1
Hududlar

Sog‘lomlashtirish dasturidagi korxonalar ! soni




Shundan:

Rekon- stnik tsiya ishiari ketayo- tgan korao- nalar

Yangi kor­xona­lar

Ijobiy natijaga erishgan korxona­lar

Ishlab chiqarish hajmini 1,2 barobar- dan oshirgan korxonalar

Ishchilar soni

Ishlab chiqarish hajmi (mlrd.so'm)

Kiritilgan investitsiya

01.01.08 -y. holatiga

01.01.09 -y. holatiga

01.01.08-y. holatiga

01.01.09- y. holatiga

Mlrd.
so‘m

mln, AQSH dollari

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

1

Qoraqal- pag‘iston R.

37

4

2

27

24

1 676

2 087

11,8

16,6

1,7

1,1

2

Andijon

37

8

1

24

22

2 407

5 678

6,8

33,8

3,5

30,6

3

Buxoro

49

6

3

35

24

1 521

2 012

7,7

14,2

4,6

5,2

4

Jjzzax

27

7




17

17

482

804

1,8

4,6

4,9

15,0

5

Qashqa- daryo

31

1

4

23

23

J 326

1 473

8,5

7,4

2,4







6

Navoiy

27

3




21

19

2 394

2 420

33,8

32,6

3,4

6,3

7

Naman­gan

36

4

2

26

16

1 190

1 365

4,1

6,6

0,9

1,3

8

Samar- qand

51

11




34

29

4 159

4412

21,0

30,1

22,6

1,8

9

Sirdaryo

16

4




11

10

598

943

8,6

32,2

1,0

2,0

10

Surxon­daryo

37

2

4

27

16

3 237

3 365

9,8

12,4

1,5

2,1

11

Tosh- kent vil.

37

3

1

29

27

11 753

12 371

105,7

141,9

12,4

27,7

12

Fargona

52

9

1

36

20

3 906

4 250

14,1

26,5

3,7

12,3

13

Xorazm

61

1

3

50

24

3 405

3 946

20,3

25,3

7,1

0,7

14

Tosh- kent sh.

63

12

1

44

43

8 890

10 815

106,5

149,4

7,2

8,7

Jami

561

75

22

404

314

46 944

55 941

360,4

533,5

76,9

114,7





Respublikamizdagi korxona va tashkilotlarning kuchli
hamda zaif tomonlari

Korxona va tashkilotlarning kuchli tomonlarini

Korxona va tashkilotlarning zaif tomonlarini

  • arzon ishchi kuchi va xom- ashyo resurslari;

  • davlat tarifida tashqaridan kirib kelayotgan ba’zi mahsulotlarga boj to'lovlarining yuqoriligi;

  • raqobatchilar bozorining to'liq rivojlanmaganligi;

  • respublikamizda ba’zi soliq turlari stavkalarining pastligi;

  • respublikamizda va 0‘rta Osiyoda to‘yinmagan yirik bozorning mavjudligi va boshqalar.

  • korxon rahbarl arming bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini bilmasligi va bu sohadagi bilimdarajasining pastligi;

  • mahsulot va xizmatlaming sifat darajalarining pastligi;

  • korxona va tashkilotlar asosiy vositalarining eskirish darajalari yuqoriligi;

  • korxonalarda ortiqcha xarajatlarga yo‘i qo‘yilishi hamda ishiab chiqarish quwatlaridan to‘liq foydalanmasliklari natijasida ishiab chiqarilgan mahsulot tannarxining yuqoriligi;

  • raqobat bozorining to‘liq rivojlanmaganligi;

  • korxonalar iste’molchilar talablaridan kelib chiqib mahsulot turini va sifatini yaxshilashga doir o'zgarishlarini qilish qobiliyatiga ega emasligi;

~ korxonalar aylanma mablag‘larining aylanishi sustligi, sotilayotgan tayyor mahsulotdan pul tushumlarining o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi;

  • korxonalar investorlarni o'ziga jalb qilish darajalarining pastligi;

  • respublikamizda investitsion muhitning yetarli darajada rivojlanmaganligi, kreditlar foizlarining yuqoriligi;

  • yirikkorxonalaming davlat tasarufida saqlanib turilishi vaboshqalar.


O‘zbekistonda korxonalarni restrukturizatsiyalash jarayonlarining huquqiy asoslari yaratilgan va restrukturizatsiyalash jarayoni bir nechta qonun hamda qarorlar bilan tartibga solinadi.
Bu jarayonlar asosan:


— O'zbekiston Respublikasi «Bankrotlik to'g'risida^gi, «Tovar


bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g'risida»gi.


«Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonunlari;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yilning 2-mayidagi
PQ-66 «O'zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat!
va tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash Davlat Qo'mitasi faoliyatini tashkil!
qilish to'g'risida» qarorlari; 1


  • 2005-yilning 14-aprelida Adliya Vazirligida ro'yxatdan o'tkazilganl

0‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiyj
nochor korxonalar ishlari Qo'mitasi «Korxonlaming moliyaviy-iqtisodiy!
ahvoli monitoringi va tahlil qilish mezonlarini aniqlash tartibi
to'g‘risida»gi 1469-son Nizomi tartibga solinadi. !

Bu qonun va qarorlarning ayrimlariga qisqacha to'xtalib, qtiyida^
gilarni izohlash mumkin:


  • 0‘zbekiston Respublikasi «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonuni 13’

bobdan va 192 moddadan iborat bo'lib, korxonalarning iqtisodiy
nochorlik alomatlari, sudgacha sanatsiya qilish, bankrotlik to'g'risidagi
ishlarni xo'jalik sudida ko'rish, korxonaga kuzatuv joriy qilish, sud’
sanatsiyasi, tashqi boshqaruv, tugatishga doir ish yuritish, kelishu^
bitimi, qarzdor yuridik shaxslar ayrim toifalari bankrotligining o'zigij
xos xususiyatlari, yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi va bankrot*
likning soddalashtirilgan tamoyillarini huquqiy asoslari belgilab;
berilgan. ?'

Zarar ko'rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarning
davlatga tegishli ulushlarini erkin sotuvga qo'yish va korxonalar bank-
rotligi hamda sanatsiyasi masalalari bo'yicha Hukumat komissiyasi,
O'zbekiston Respublikasi Davlat Mulki Qo'mitasi, Makroiqtisodiyoit
Vazirligi, Moliya Vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlart
Qo'mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, uyushmalar,
korporatsiyalar, kompaniyalar, xo'jalik birlashmalari va korxonalar
bilan birgalikda sog'lomlashtirish dasturidagi 561 ta zarar ko'rib
ishlayotgan va iqtisodiy nochor yirik sanoat korxonalari tarkibini
o'zgartirish (restrukturizatsiyalash) hamda ularning moliyaviy ahvolini
mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlanishi
va ularning bajarilishi bo'yicha doimiy monitoring olib borilishi belgilab
qo'yilgan.

Shu bilan birgalikda «O'zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompa-
niyasi, «O'zkimyosanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasi, «O'zkom-
munxizmat» agentligi, «O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakom-





paniyasi, «O'zagromashservis» uyushmasi, 0‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi Vazirhgi, Vazirlar Mahkamasining komplekslari, O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika Vazirligi, Mo­liya Vazirligi, Davlat mulki Qo‘mitasi bilan birgalikda korxonalar­ning moliyaviy beqarorligi sabablarini chuqur tahlil qilinishi hamda ularni moliyaviy sog'lomlashtirish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ko'rsatib o‘tilgan.
Tarkibiy o'zgartirilayotgan (restrukturizatsiyalash jarayoni olib bo- rilayotgan) korxonalar tarkibini o'zgartirish jarayonida ortiqcha mol- mulkni sotishda, bo'shayotgan mablag'lar, soliqlar va majburiy to'lovlar bo‘yicha qarzlami qoplashga, ishlab chiqarishni texnika bilan qayta jihozlashga, asbob-uskunalami demontaj va montaj qilish xarajatlarini qoplashga maqsadli yo'naltirilgan taqdirda, daromad (foyda) solig'i to'lashdan ozod qilinishi belgilab qo'yilgan.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarming moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogTomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag‘larini kengroq jalb qilishni yo'lga qo‘yishga qaratilgan.
Tarkibiy o'zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko'rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo'llanilgan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror tarkibiy o'zgartirish yoki bankrotlik tartiboti amalga oshirish davrida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo'yicha Hukumat komissiyasiga O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot Vazirligining hududiy organlari xulosalarini hisobga olgan holda, Vazirlar Mahkamasiga tarkibiy o'zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko'rib ishlovchi va past rentabelli korxonalar, shuningdek ularga nisba­tan bankrotlik tartiboti qo'llaniladigan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish to'g‘risida takliflar kiritish huquqi berilgan.
Tarkibiy o'zgartiriladigan korxonalar, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo'llanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi to'g'risidagi Nizom tasdiqlangan. Shu bilan birgalikda, sanatsiya jamg'armasi mablag'laridan yanada samarali foydalanish




maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasiga korxonalar bankrotligi) va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qaroriga^ ko‘ra jamg'arma mablag‘laridan: >

  • tarkibiy o'zgartirish va sanatsiya qilish muddati tugallangandanj keyin sarflangan mablag‘lar qaytarilgan holda bozor istiqboliga egaj bo'lgan zarar ko‘rib ishlovchi, past rentabelli va iqtisodiy nochoU korxonalarni tarkibiy o'zgartirish va sanatsiya qilish rejalarini ishiab chiqishda;

  • sanatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatiladigan rejimdagi korxo-t

nalaming boshqaruvchilari bo‘lgan shaxslami, shuningdek ushbu lavo-t zimlarga zaxirada turgan mutaxassislarni o‘qitishda; j

  • bankrot korxonalarning mol-mulki sotilgandan keyin qaytargan holda bankrot korxonalarga baholash, kadastr va auditorlik tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlaiga haq to‘lash uchun;

  • iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi tomonidan om-! maviy axborot vositalarida joylashtiriladigan mulkida davlat ulushi, bo'lgan bankrot korxonalarning mol-mulkini sotish to‘g‘risidagi reklama xizmatlariga va e’lonlarga haq to‘lash, ulaming mol-mulkini sotish ; bo‘yicha oshkora savdolarni tarkiblash xarajatlarini qoplash, ularda' bankrotlik tartiboti joriy etish va ishiab chiqarishni tugatishni yakunlash,! bankrot korxonani tugatish bilan bog‘liq bo4gan boshqa ehtiyojlar uchun;

  • iqtisodiy nochor korxonalar ishlari organlarini rivojlantirish uchun; Jamg‘armaga tushuvchi mablag‘larning 15 foizi miqdorida, shu jumladan kamida 10 foizi miqdorida — ulaming moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va zamonaviy ma’lumotlaming axborot bazasini shakllantirish uchun foydalanishga ruxsat berilgan.

0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yilning 30- : iyunidagi 294-sonli «Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori asosan korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan hamda Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari faoliyat yo‘nalishlari etib belgilangan:
~ korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;

  • mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning hamda yirik korxo­nalarning (keyingi o‘rinlarda korxonalar deb ataladi) moliyaviy




nobarqarorligiga va bankrotligiga olib keladigan omillarni ularning moliyaviy ahvoli monitoringi asosida aniqlash;

  • Vazirlar Mahkamasiga korxonalar bankrotligi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, bankrotlikning oldini olish maqsadida korxonalarning moliya-xo'jalik faoliyati uchun qulay qonunchilik, makroiqtisodiy va investitsiya muhitini shakllantirish bo'yicha takliflar kiritish;

  • korxonalar bankrotligini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish, ulami tarkibiy o'zgartirish va moliyaviy sog'lomlashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlami ko'rib chiqish va kelishish;

  • rivojlanish istiqboliga ega bo'lgan qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat xo'jaliklari) va fermer xo'jaliklari bankrotligini suddan oldin sanatsiyalash chog'ida ularga nisbatan davlat tomonidan qo'llab- quwatlash choralarini qo'llanish orqali bartaraf etish chora-tadbirlarini ko'rish.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yilning 16- sentabridagi 401-sonli «Foydalanilmayotgan asosiy vositalami, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi to'g‘risida»gi Nizomni tasdiqlash to'g'risidagi qarorida, foydalanilmayotgan asosiy vositalami, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi to'g'risidagi Nizom tasdiqlangan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yilning 26-sentabridagi 368-sonli «Davlat mulki ayrim obyektlarini inves­titsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora- tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga asosan past rentabelli, zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga tanlov asosida bepul berish to'g'­risidagi va xususiylashtirilgan korxonalarning davlat aktivlari boshlang'ich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish tartibi to'g'ri­sidagi Nizomlar tasdiqlangan.
Ushbu qarorda Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo'yicha tender savdolari o'tkazuvchi Davlat komissiyasiga:

  • investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul beriladigan past rentabelli, zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalari, past likvidli obyektlar ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida qaror qabul qilish;

  • istisno hollarda O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki Qo'mitasi xulosasiga ko'ra investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining


bajarilishini 12 oydan ortiq bo'lmagan muddatga uzaytirish vakolati berilgan.


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yilning 26- sentabridagi 368-sonli qarorida quyidagilar belgilab qo'yilgan:

  • davlat korxonalari va obyektlar faqat tanlov asosida eng yaxshi investitsiya loyihalarini va korxonaning kreditorlik qarzini to'lashni o‘z ichiga oluvchi majburiyatlami taklif etgan investorlarga investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul beriladi, bunda investor tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarish uchun qo'shilayotgan pul mablag'lari, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarga daromad (foyda) solig'i solinmaydi;

  • korxonani (obyektni) investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul olgan investor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda, bepul berish to'g'risidagi shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi, bunda obyekt belgilangan tartibda investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan qaytadan sotuvga qo'yilishi kerak;

  • investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga bepul berilgan past rentabelli, zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarning budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to'lovlar bo'yicha oldingi yillardagi to'lanishiga ishonch bo'lmagan qarzlari, shu jumladan ular bo'yicha ustama foizlar va jarimalar hisobdan chiqariladi;

  • mulkdor — yuridik yoki jismoniy shaxs investitsiya majbu­riyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul olingan past rentabelli, zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonasi (uning mol-mulki), past likvidli obyekt bo'yicha tegishli ravishda daromad (foyda) solig'iga hamda jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqqa tortilmaydl

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yilning 18- fevralidagi 77-sonli «O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo'mitasining Nizomi va tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga asosan O'zbekiston. Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor kor­xonalar ishlari Qo'mitasining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • ustav fondida davlat ulushi bo'lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini olib borish, to'lovga qodir bo'lmagan, zarar ko'rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash;


  • bankrotlik sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirish;

  • korxonalarning iqtisodiy nochorligi to‘g‘risidagi masalalarni hal etishda davlat manfaatlarini ifodalash;

  • ijro etuvchi hokimiyat respublika va mahalliy organlari bilan birgalikda korxonalar bankrotligining oldini olishga yo‘naltirilgan chora- tadbirlar ko‘rilishi tashkil etilishini ta’minlash;

  • ustav fondida davlat ulushi bo'lgan zarar ко‘rib ishlayotgan, past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish chora- tadbirlari ishiab chiqilishi va amalga oshirilishiga ko‘maklashish;

~ sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning yagona reestrini yuritish;

  • sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qilish.

Ushbu qarorga asosan 0‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom va Qo‘mitaning tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati tuzilmasi va hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi tasdiqlangan.
0‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 32 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlar! soni 25 nafar etib belgilangan.
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yilning 23-martidagi 138-sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarning sud boshqa­ruvchilari faoliyatini tarkiblash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qa- rorida sud boshqaruvchilari to‘g‘risidagi hamda sud boshqaruv­chilarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida Nizomlar tasdiq­langan.
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Nfahkamasining 2004-yilning 5- maydagi 209-sonli «Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarini xususiylashtirishni jadallash- tirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 302 ta past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va past likvidli davlat obyektlarni investitsiya majburiyat­lari evaziga tanlov asosida bepul berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan va bu korxona va obyektlarni tanlov savdolariga qo‘yilgunga qadar 0‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki Qo‘mitasi, Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasinmg


hududiy organlari bilan birgalikda har bir korxona va obyekt bo'yicha quyidagilar belgilab qo'yilgan:


~ korxonalar va obyektlar bo'yicha aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda ularning ishlab chiqarish binolari va egallab turgan yer maydonlari tarkibini о lzgart iris lining maqbul rejasini ishlab chiqsinlar;
~ zarurat bo'lganda ushbu rejalarda katta ishlab chiqarish maydon- lariga va yordamchi maydonlarga, bir nechta bino va inshootlarda joylashgan, shuningdek katta maydondagi yer uchastkalariga ega bo'lgan yirik korxonalar va obyektlarni sotiladigan bir nechta mulkiy kompleks va yer uchastkalariga oldindan bo'lishni nazarda tutsinlar;
— korxonalar va obyektlarni investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishning tender shartlarini kelishish uchun davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo'yicha tender savdolari o'tkazuvchi Davlat komissiyasiga yuborsinlar.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yilning 2-maydagi PQ-66 «O'zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash Davlat Qo'mitasi faoliyatini tashkil qilish to'g‘risida»gi qarorida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash Davlat Qo'mitasini tarkiblash to‘g‘risida»gi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq hamda iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, raqobat muhitini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada avj oldirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash Davlat Qo'mitasining tashkiliy tuzilmasi, shuningdek uning markaziy apparati tuzilmasi va monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash hududiy organlarining namunaviy tuzilmasi hamda O'zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash davlat qo'mitasi to'g'risidagi Nizom tasdiqlangan.
2005-yilning 14-aprelida Adliya Vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo'mitasi «Korxonalarning moliyaviy- iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlil qilish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida»gi 1469-son Nizomi.
Ushbu Nizom O'zbekiston Respublikasi «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonuniga asosan ishlab chiqilgan bo'lib, mulkida davlat ulushi mavjud bo'lgan hamda yirik korxonalarning iqtisodiy tavakkallik va nochorlik




alomatlarini moliyaviy tashxis o'tkazish yo'li bilan aniqlash va sudgacha sanatsiya qilish yoki bankrotlik taomilini qo'llash bo'yicha takliflar tayyorlash maqsadida moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi tartibi va tahlil qilish ko'rsatkichlarini belgilaydi.
12.4 Iqtisodiy nochor korxonalar va ularni moliyaviy
sog'lomlashtirish

Iqtisodiy munosabatlarda ko'pincha ma’lum bir sabablarga ko'ra ayrim xo'jalik yurituvchi subyektlar o'z majburiyatlarini bajarishga qodir bo'lmay qoladi. Respublikamizda bunday vaziyatlarni tartibga solish bilan «Monopoliyadan chiqarish va raqobatni qo'llab-quwatlash davlat qo'mitasi» shug'ullanadi.
Fanda «bankrot» so'zi etimolgiyasining bir yoqlama tushunchasi mavjud emas. Rus tili tadqiqodchisi P. Chernixning fikricha «bankrot» so'zi fransuzcha «banqueroute» so'zidan kelib chiqqan deydi. Lekin ko'pchilik tadqiqodchilar «bankrot» so'zining etimologik asosini «stul (kursi)» «siniq» ma’nosini anglatuvchi italyancha «banco» va «rotto» so'zlaridan olinganligini ta’kidlashadi. E. Freyxeytning fikricha «bankrot» tushunchasi XVI asrdan qo'llanila boshlangan va U italyan- cha «bancarotta» so'zidan kelib chiqib «singan stol» ma’nosini anglatishini e’tirof etadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra kreditor savdo- garlar o'rta asr Italiya shahar-davlatlari (Venesiya, Genuya) bozorlarida shug'ullanuvchi to'Iovga qobiliyatsiz bo'lib qolgan pul almashtiruv- chilarning stollarini sindirishgan. Yana boshqa bir nuqtayi nazarga ko'ra «bankrot» so'zi «bank» so'zidan kelib chiqqan deyiladi. Har-xil sabablarga ko'ra o'rta asrlarda tijorat banklari to'Iovga qobiliyatsiz bo'lib turganlar. Bizning mamlakatimizda bu tushuncha asosan mustaqillik davridan keng qo'llanila boshlagan.
Korxona va tashkilotning bankrotlik alomati (iqtisodiy nochor) - O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Bankrotlik to'g'risida»gi qonunining 4-moddasiga asosan, qarzdoming pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to'lovlar bo'yicha o'z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to'lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmaganligi deb e’tirof etiladi.
Amaldagi qonunchilik bo'yicha iqtisodiy xavf alomatlari mavjud korxonalar guruhiga mansub korxonalar to'lov qobiliyatini yo'qotgan




va past rentabellik yoki moliyaviy xavf belgilari mavjudligi bilan aniqlanadi. Shuningdek, iqtisodiy nochor korxonalar guruhiga mansub korxonalar pul majburiyatlari va majburiy to'lovlardan bo'lgan qarzlarini to'lash muddati uch oydan ortiqligi bo'yicha belgilanadi. Bunda iqtisodiy nochorlikning amaldagi qonunchilik bo'yicha mezoni - eng kam ish xaqining 500 barobaridan (6,4 mln.so'm) yuqori bo'lishligi belgilangan.
Korxona bozorda o'z ulushini yo'qotmasligi maqsadida sarmoyani moliyalashtirish uchun kredit olishga majbur bo'ladi, bu o'z navbatida majburiyatlarning yanada oshishiga olib keladi. Agarda ishlab chiqarishga jalb qilingan qo'yilmalar majburiyatlar hajmi o'sish sur’atidan ko'ra tushumning o'sish sur’atlarining oshishiga olib kelsa, korxonaning to'lov qobiliyati oshadi va inqiroz yuz bermaydi. Agarda ushbu holatning aksi ro'y bersa inqiroz so'zsiz yuz beradi. Agarda tushumning o'sish sur’atlari majburiyatlar hajmi o'sish sur’atlaridan past bo'lsa, ertami yoki kech tushumdan majburiyatlar summasining oshish ostonasi keladi. Bunday holatda korxona o'z majburiyatlarini kreditorlami qoniqtiradigan muddatlarda bajara olmaydi, ya’ni to'lov qobiliyatiga ega bo'lmay qoladi.
Biz majburiyatlar hajmi o'sish sur’ati tushum o'sish sur’atidan yuqori bo'lgan holatdagi korxona to'lov qobiliyati dinamikasini ko'rib chiqamiz. Bunday holat, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi natijasida korxona moliyaviy holatining yomonlashishi yoki daromadlilik salohiyatini oshirish uchun mavjud moliyaviy salohiyatdan to'laqonli foydalanmaslik oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
Majburiyatlar tushumga nisbatan 1 dan kichik bo'lsa korxona sof foyda ko'rinishdagi bo'sh pul mablag'lari zahirasiga ega bo'lib, undan o'zining ishlab chiqarishiga sarmoya sifatida yoki boshqa ishlab chiqarishlarga loyihaning daromadliligiga qarab sarmoya kiritishi, dividend to'lashi yoki kredit ajratish! mumkin. Pul mablag' laridan foydalanish variantlarini tanlashda korxona amalga oshirilgan chora- tadbirlar natijasidan aksiyadorlar (qatnashuvchilar) oladigan, bitta oddiy aksiyaga (ulushga) maksimal foyda olish mezoni bo'yicha foydani ko'zlaydi.
Majburiyatlar tushumga nisbatan 1 ga teng bo'lganda korxona majburiyatlarini muntazam bajarishni ta’minlay oladigan va muddati o'tgan qarzdorliklari mavjud bo'lmaydigan holatda bo'ladi, lekin buning uchun aylanma aktivlari tarkibida ma’lum pul mablag'lari zahirasi zarur bo'ladi.


Majburiyatlar summasining oshish ostonasi majburiyatlardan 1 dan katta bo1 Isa, u o‘z navbatida tushumdan 1 ga katta borisa, korxona tushumi majburiyatlar summasidan kichik bo‘lishiga qaramasdan to'lov qobiliyatiga ega hisoblanadi, zero bu holatda majburiyatlarni bajarish muddati kreditorlarni qoniqtiradi.


Mabodo, majburiyatlar summasi nisbati ayrim chegaraviy osto- nasidan o*tsa (yuqori bo‘Isa) majburiyatlarni bajarish muddati kreditorlarni qoniqtirmay qo‘yadi va to'lov qobiliyatsizligi bosh- lanadi.
Majburiyatlaming tushumga nisbati, majburiyatlar summasining oshish ostonasiga teng borisa, korxona majburiyatlar hajmi o‘sish sur’atini pasaytirish choralarini ko‘rish lozim.
Ma’Iumki, korxona kredit siyosatini baholashda zararsizlik nuqtasi (a) ning holati (z joriy vaqtning) va muayyan davr davomida to‘lov qobiliyatini saqlash diapazoni muhim ahamiyatga ega.
Ishiab chiqarishning yuqori samaradorligida korxonaga kredit olish foydalidir (agarda kredit foizlari kapital rentabelliligidan past bo‘Isa).
Shunday ekan, tushum o'sishi bilan bir qatorda majburiyatlar summasi ham о‘sib boradi. Ishiab chiqarishning kam samaradorligida kreditlar hajmini kamaytirish lozimki (bu holatda kreditlar bo'yicha foizlar kapital rentabelligidan yuqori bo‘lishi va o‘z mablag‘lar rentabelligi kamayishi mumkin), bunda tushum pasayishi barobarida majburiyatlar summasi pasayishi lozim.
Ushbu holatdan kelib chiqqan holda korxona to‘g‘ri kredit siyosati yuritsa, zararsizlik nuqta holati biroz barqaror holatda bo'ladi.
Korxonani moliyaviy soglomlashtirishda asosiy masalalardan biri bu inqirozning yuzaga kelishi sabablarini aniqlashdir.
Bu odatda, korxonani moliyaviy taxlil qilish jarayoni orqali amalga oshiriladi. Adabiyotlarda korxonaning iqtisodiy inqirozga uchrash sabablarining qator tasniflari mavjud.
Bizning fikrimizcha, tasniflanish A.P. Gradova va B.I. Kuzina muharrirligi ostida chop etilgan kitobda to'liq keltirilgan. quyidagi jadvalda korxona moliyaviy qobiliyati omillarining tasniflanishi keltirilgan.
Ushbu omillami konkret korxona misolida ко‘rib chiqadigan bo‘lsak ushbu korxonada inqirozning yuzaga kelish sababini aniqlash mumkin. Korxonada yuzaga kelgan inqirozning barcha sabablarini (korxonaga nisbatan) ichki va tashqi sabablarga ajratsak bo‘ladi.




Korporatsiya investitsion-innovatsion faoliyatning rivojlanishi ko'p jihatdan korxona moliyaviy holatining o'zgarish tendensiyasi va darajasiga bog'liq bo'ladi.
Shundan, inqirozli moliyaviy holatda bo'lgan korxonalarni mo­liyaviy sog'lomlashtirish va uni o'z vaqtida aniqlash va ogohlantirish turli moliyaviy ma’lumotlardan foydalanuvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo'jalik yuritishning bozor sharoitida korxonalar (investorlar), o'z hamkorlarining iqtisodiy qobiliyati va ishonchliligini aniq bilishi kerak. Aks holda to'lov qobiliyatiga ega bo'lmagan qarzdorlarga bankrotlik mexanizmini qo'llash ehtimoli paydo bo'ladi.
Shu bois korxona raxbarlari, turli darajadagi menedjerlar bankrot - likka uchrashdan qochish, agarda bankrotlikka uchragan taqdirda uni moliyaviy sog'lomlashtira olish uchun o'z korxonasini inqirozga qarshi boshqarish asosida yuritishi lozim.
Shu bilan bir qatorda ular o'tkazilgan moliyaviy tahlil natijasida kontragent korxonalarning noxush moliyaviy holatini o'z vaqtida aniqlay olishi va zarur holatda qarzdorga nisbatan sud orqali bankrotlik taomilini qo'llay olishi lozim bo'ladi.
Iqtisodiy fanda korxona qobiliyatsizligi nazariyasi muammolari tahlili va ulami inqirozga qarshi boshqarishga bag'ishlangan tadqiqotlar yetarli emas. Hanuzgacha barqaror rivojlanishning, inqirozni yengib o'tish va korxonalarni bankrot bo'lishini ogohlantirishning yalpi iqtisodiy konsepsiyasi mavjud emas.
Shuningdek, barqaror va hamma tan olgan ilmiy-tushunchaviy apparat tashkil qilinmagan. Yuristlar ham, iqtisodchilar ham ko'pincha «qobiliyatsizlik», «to'Iovga qobiliyatsizlik», «bankrotlik», «korxonaning inqirozli holati» tushunchalari o'rtasini ajratmaydilar (farqlamaydi). Ko'pchilik ilmiy ishlar va amaliy maqolalarda mazkur barcha tushun- chalar sinonim sifatida qo'llaniladi.
Shuning uchun fan oldida bir-biriga yaqin lekin, turlicha iqtisodiy ma’noni anglatuvchi tushunchalarni biri-biridan ajratish masalasi turadi.
Har bir iqtisodiy hodisani o'rganishda uni ham tashqi shakli va ichki tuzilishini chuqur o'rganishni talab etadi.
Korxona qobiliyatsizligining tashqi shakli to'Iovga qobiliyatsizligi hisoblanadi. Ichki tarkibi esa uning normal bozor iqtisodiyotida biznes samaradorligi darajasining belgilangan darajadan pastligi, tashqi shakli esa uning to'Iovga qobiliyatsizligidir. Qobiliyatsizlikning tashqi shakli




bo'lgan to'iovga qobiliyatsizlik darrov namoyon bo'lmaydi. Ko'pchilik tadqiqodchilar to'lov qobiliyatsizligini o‘z aylanma mablag'larini yo'qotish bilan xarakterlanadi deb hisoblaydilar, lekin shu bilan bir vaqtda korxonada o'z majburiyatlarini qoplash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan mablag'lar manbai sifatidagi yetarli amortizatsion ajratmalar yig'indisi mavjud bo'lsada (15-jadval).
Shundan kelib chiqqan holda biznes yuritishning beshta bosqichini va uning to'lov qobiliyatsizligi bilan bog'liqligini ajratish mumkin.

  1. Daromadli faoliyat. Bu holatda biznes shunday samaradorliki, bunda sof foyda summasi va yig'ilgan amortizatsiya nafaqat o'z majburiyatlarini bajarishni balki, oddiy va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

  2. Zararsiz faoliyat. Sof foyda generatsiyasi amalga oshirilmaydi, yig'ilgan amortizasiya ajratmalari esa oddiy qayta ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

Bunday moliyaviy holatda korxonaning to'lov qobiliyatliligi va xo'jalik faoliyatining to'liq ta’minlanishi kafolatlanadi, agarda muddati o'tgan debitor qarzdorlik va o'z vaqtida so'ndirilmagan qisqa va uzoq muddatli majburiyatlari bo'lmasa.

  1. Vaqtinchalik to'iovga qobiliyatsizlik. Bu holat foyda mavjud bo'lmasligi bilan xarakterlanadi, yig'ilgan amortizatsion ajratmalar esa aylanma kapitalni moliyalashtirishga jalb qilingan bo'ladi. Korxona qisqa muddatli majburiyatlari va zararlarni qoplashga ishlab chiqarish zaxiralarining bir qismini yo'naltiradi va shu bilan qiqartirilgan qayta ishlash rejimiga o'tadi. Bu davrda boshqaruvning asosiy maqsadi - korxona va biznesda keskin restrukturizatsiya o'tkazish, kreditorlar bilan hisob-kitobni amalga oshirish va korxona moliyaviy holatini yaxshilashdir.

  2. Oraliq to'iovga qobiliyatsizlik. Uning farqi shundaki, biznes bilan generatsiya qilinadigan pul oqimlarining yetishmasligini va korxona likvid aktivlarining yetishmasligini faqat biznesning sifatli yaxshilanishi hisobiga yengib o'tish mumkin bo'ladi.

Bunda ishlab chiqarishning to'xtab qolishi va bankrot bo'lish xavfl tug'iladi. Korxonaning to'lov qobiliyatini tiklashga, ishlab chiqarish jarayonini qayta tikiash va uni qo'llab-quwatlash uchun zudlik bilan barcha zaruriy choralar ko'rilishi zarur.
Kreditorlaming talabi bilan korxonaga moliyaviy sog'lomlashtirish va tashqi boshqaruvning hakamlik jarayoni kiritilishi mumkin. Samarali reorganizatsion ichki tadbirlarni o'tkazish nafaqat kreditorlar talabini





15-jadval


200


Korxona moliyaviy qobiliyati omillarining tasniflanishi

Tashqi (ekzogen) sabablar

Xalqaro

Umum iqtisodiy

Iqtisodiy o'sishning siklliligi; transmilliy banklarning moliyaviy siyosati




Xalqaro siyosatning barqarorligi

Xalqaro kelishuv bitimlari; Erkin iqtisodiy, erkin savdo zonalarining tashkil qilinishi; tarif kelishuvlar; xalqaro marketing




Xalqaro raqobat

Qo'shma korxonalar tuzish; lizing savdosi; xorijiy hamkorlarning moliyaviy qobiliyatiiligi; xo'jalikyuritishning strategikzonalari

Milliy

Siyosiy

Moliyaviy tizimning holati; shaxsiy mulkka bo‘lgan munosabat; davlatning yer siyosati tamoyillari; davlatning tadbirkorlikka bo'lgan munosabati; soliq siyosati; monopolizmni cheklash; raqobatni himoyalash




Iqtisodiy va demografik

Iqtisodiy rivojlanishning siklliligi; daromadlilik darajasi, aholining to‘planishi (ko'payishi); sotib olish qobiliyati (baholar darajasi, kredit olish imkoniyati); tadbirkorlik faolligi

Bozor

Psixografik

Iste’mol tanlov; iste’mol odati, an’ana va me’yori




Ilmiy- texnik

Konstruksiya va texnologiyalar yangiligi; mahsulotning laqobatbardoshligi




Raqobat shakli

Ishiab chiqarish izdeijka darajasi; texnologiya darajasi; mahsulot sifati; marketing darajasi





Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin