Korporativ boshqaruv



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə56/74
tarix16.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#79334
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74
2-Korporativ-boshqaruv-Oquv-qollanma-B-Yu-Xodiyev-va-bosh-T2011

Ichki foydalanuvchilar

Tashqi foydalanuvchilar

Bozor iqtisodiyoti

Boshqaruv xodimlari

Aksionerlar va boshqa mulkdorlar; kreditorlar, mol yetkazib beruvchilar, sotib oluvchilar va davlat organlari

Ma’muriy buyruq bozlik asosidagi iqtisodiyot

Kompaniya rahbariyati

Davlat, vazirliklar, statistika va soliq organlari, boshqa davlat organlari


1 B. Yu.Xodiyev, A.Samadov. «Kichik tadbirkorlikda moliyaviy menejment» Toshkent, 2004-y.




Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy hisobotlardan axborotlar sifatida ichki foydalanuvchilar korxonalarning boshqaruv xodimlari hisoblanadi. Ularning funksional vazifalariga bevosita kompaniyaning rentabelligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, o'zgaruvchan va o'zgarmas xarajatlarning mahsulot tannaixidagi salmog'ini aniqlash, moliyaviy hisobotlarning turli koeffitsientlari: likvidlilik, kapitallar tarkiblari, ishbilarmon faollik, rentabellik, bozor faolligi va shu kabi ko'rsatkilari tizimini boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun zaruriy axborot manbalari kiradi.
Moliyaviy hisobotlardan axborotlar manbayi sifatida tashqi foyda­lanuvchilar o'z navbatida ikki guruhga ajratiladi: kompaniya faoliyatidan manfaatdor foydalanuvchi va ma’lum faoliyat maqsadlaridan foyda­lanuvchilar.
Birinchi guruh foydalanuvchilariga kompaniyaning potensial mulkdorlari, moliyaviy hisobotlaridan kredit taqdim etish va uning muddatini uzaytirishning maqsadga muvofiqligini baholash uchun 1 potensial kreditorlar kiritiladi, mazkur mijozlar bilan ishbilormon 1 aloqalar ishonchliligini aniqlovchi yetkazib beruvchi va sotib oluvchilar, soliq to'lovlar intizomining to‘g‘riligi, moliyaviy hisobotlarining to‘g‘ri tuzilishini tekshirish uchun davlat ham moliyaviy tashqi foydla- lanuvchilar qatoriga kiritiladi.
Ikkinchi guruh foydalanuvchilari — birinchi guruh foydalanuvchilari manfaatlarining himoyasi uchun zaruriy bo‘lgan hisobotlarni o'rganuv- chi yuridik va jismoniy shaxslardir. Bularga:

  • investorlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida hisob va hisobotning umumiy qoidalari hamda qonunchiligiga tekshirilayotgan kompaniya hisobotlarining muvofiqligini tekshiruvchi auditorlik xiz­matlar.

  • o‘zlarining mijozlariga kapitallarni samarali joylash bo'yicha maslahatlarni ishlab chiqish maqsadida moliyaviy hisobotlardan axborotlar sifatida foydalanuvchi moliyaviy maslahatlar bo'yicha masla- hatchilar.

Shuningdek, kompaniyalar axborotlarni oshkora qilish tizimi quyi­dagilarni nazarda tutadi:
— O'zbekiston kompaniyalari ish amaliyotiga xalqaro moliyaviy hisob va hisobot andozalarini joriy qilish;
— Axborotlarni berishdan bosh tortgan yoki noto'g'ri axborotlarni taqdim qilgan kompaniya rahbarlariga ko'riladigan choralarni kuchay- tirish;


  • moliyaviy va nomoliyaviy axborotlarni oshkor qilishning aniq tartibini o'rnatish;

  • yagona axborot tizimini yaratish. Unda emitentlarning hiso- botlari yig‘iladi va tartiblashtiriladi hamda barchaga teng huquqli, o‘z vaqtida va katta xarajatlarsiz undan axborotlarni olish imkoniyati beriladi;

  • investorlar uchun ahamiyatli axborotlar mezonlarini takomillash- tirish;

  • ixtisoslashtirilgan nashrlar, reyting agentliklari, axborotni oshkora qilish mustaqil markazlariga axborot yordamini berish.

  • aksiyadorlik jamiyatining yillik hisoboti;

  • yillik buxgalterlik balans va moliyaviy natijalar haqida hi­sobot;

  • aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining oftkazilishi haqida xabar;

  • egalikdagi aksiyalar soni va turlari ko‘rsatilgan holda aksiyadorlik jamiyatining affillangan shaxslari ro'yxati.

Aksiyadorlar Umumiy Yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish davomida aksiyadorlarga berilishi lozim bo‘lgan hujjatlar (materiallar) ro‘y- xati:

  1. Yillik buxgalteriya hisoboti;

  2. Jamiyat yillik buxgalteriya hisoboti ni tekshirish bo‘yicha Taftish komissiyasi (Taftishchi) xulosasi;

  3. Yillik buxgalteriya hisobotini tekshirish natijalari bo‘yicha Jamiyat auditorining xulosasi;

  4. Yillik moliyaviy-xo‘jalik hisobotini tekshirish bo'yicha aksiyadorlik jamiyati taftish komissiyasi (Taftishchi) xulosasi.

  5. Quyidagi organlar a’zolariga nomzodlar haqida ma’lumotlar:

  • Jamiyat Kuzatuv kengashiga;

— Jamiyat Taftish komissiyasiga (Taftishchilikka);
— Jamiyat Ijroiya organiga;
— Jamiyat hisob komissiyasiga.

  1. Jamiyat Ustaviga kiritiladigan o‘zgatirish va qo‘shimchalar yoki Jamiyat Ustavining yangi tahrirdagi loyihasi.

  2. Jamiyat boshqaruv organlari faoliyatini tartibga soluvchi ichki hujjatlar loyihalari.

  3. Aksiyadorlar Umumiy yig'ilishi qarorlarining loyihasi quyidagi masalalami tasdiqlash bo'yicha tayyorlanadi:

— Jamiyat yillik hisoboti;
— Yil yakuniga ko‘ra sof foydani taqsimlash va dividendlar berish;




~ Kuzatuv kengashi a’zolariga beriladigan taqdirlash puli miqdori va kengash faoliyatiga doir xarajatlarni qoplash;
— Jamiyat auditori.

  1. Jamiyat Ustavida nazarda tutilgan boshqa axborotlar.

Aksiyador tanishish huquqiga ega bo'lgan hujjatlar va materiallar ro'yxati:

  1. Jamiyatni tashkil qilish haqida qaror.

  2. Jamiyat Ustavi hamda unga kiritilgan o'zgartirishlar va qo'shim- chalar;

  3. Jamiyatning davlat ro'yxatidan o'tganligi haqida guvohnoma;

  4. Jamiyat balansida turgan mulklarni tasdiqlaydigan hujjatlar;

  5. Aksiyadorlar Umumiy Yig'ilishi yoki boshqa boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar;

  6. Jamiyat filiali yoki vakolatxonasi haqida Nizom;

  7. Yillik moliyaviy hisobot;

  8. Emissiya prospekti;

  9. Tegishli organlarga topshiriladigan moliyaviy hisobot hujjatlari;

  10. Aksiyadorlar Umumiy Yig'ilishi, Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi majlislarining bayonnomalari;

  11. Jamiyatning affillangan shaxsiari ro'yxati;

  12. Jamiyat Taftish komissiyasi, auditorlik tashkiloti va davlat mo­liyaviy nazorat organlarining xulosalari;

  13. Jamiyat Ustavi, jamiyat boshqaruv organlari qarorlari, shuning­dek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

Aksiyador yuqorida keltirilgan hujjatlar bilan tanishish orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo'ladi:
— Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari faoliyatining qonuniyligini nazorat qilish;
— Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy holatini tahlil qilish;

  • mas’ul shaxslarning suiste’molchiliklari yoki ularning noqobil harakatlari natijasida Jamiyatga keltirilgan zararni aniqlash;

  • yangi davr uchun biznes-reja loyihasiga o'z takliflarini tayyorlash;

  • aksiyadorlik jamiyatlari rahbariyati tomonidan joriy davr biznes- rejasini bajarilishining nazorati;

  • qonunga zid tarzda yirik bitimlarning tuzilishi yoki bitim tuzish- dan manfaatdor shaxslar suiste’molchiliklarini aniqlash;

  • jamiyat aktivlarining maqsadga muvofiq ishlatilish hollarini aniqlash.


Наг yilda jamiyat tomonidan e’lon qilinadigan va boshqa tarzda oshkora qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:



  1. Jamiyat yillik hisoboti;

  2. Buxgalterlik balansi, foyda va zararlar hisobi;

  3. Emissiya prospekti;

  4. Aksiyadorlar Umumiy Yig‘ilishini o‘tkazish haqida xabar;

  5. Jamiyatning affillangan shaxslari ro'yxati;.

  6. Vakolatli davlat idorasi tomonidan belgilanadigan boshqa ma’- lumotlar.

Aksiyadorlik jamiyati yillik hisoboti. Jamiyat yillik hisoboti aksiya­dorlik kapitali qiymatini o‘stirish hamda aksiyadorlar va investorlar uchun aksiyadorlik kompaniyalarning «ravshanligbni oshirish vositasi bo‘lishi mumkin va lozim.
Jamiyat yillik hisoboti tuzilmasi:

  • kompaniyaning qisqacha tavsifi;

  • biznesning qisqacha tavsifi;

  • qimmatli qog‘ozlar haqida axborot;

  • xo*jalik faoliyatining qisqacha ta’rifi;

  • moliyaviy ahvol;

  • aksiyadorlik jamiyati boshqaruv tizimining qisqacha yori- tilishi;

  • aksiyadorlik guruhidagi (qaram korxonalar) ahvol;

  • aksiyadorlik kapitalini boshqarishning qisqacha tavsifi;

  • boshqarish va nazorat organlari faoliyati haqida ma’lumot;

  • qc/shimcha (majburiy) axborotlar;

  • oxirgi 3 yil ichida moliyaviy hisobot.

Aksiyadorlik jamiyatining axborot ochiqligini baholashda oshkor etiladigan axborotlar mazmuni:
Mulkchilik tarkibi bo’yicha:

  • aksiyadorlar umumiy soni (jismoniy va huquqiy shaxslar) haqida ma’lumot;

  • yirik nazorat paketlarining egalari, ulaming kompaniya faoliya- tiga ta’sir darajasi va o‘zaro munosabatlari haqida ma’lumot.

Aksiyadorlar umumiy yigrilishlarini tayyorlash va o’tkazish bo‘yicha:

  • yig'ilishlar haqidagi xabar;

  • aksiyadorlarga yuboriladigan hujjatlar;

  • yig‘ilishda qatnashuvchi aksiyadorlar haqida;

  • ovoz berish tartibi haqida aksiyadorlarga axborot;


  • aksiyadorlar Umumiy yig' ilishlari materiallari, shu jumladan yillik hisobot.

Qimmatli qog'ozlar emissiyasi va ahamiyatli voqealari bo'yicha:

  • emissiyalar haqida hisobot;

  • ahamiyatli voqealar, shu jumladan ayrim institutlar tomonidan solgan jarimalar haqida hisobot;

  • emitentlarning yil choraklari bo'yicha hisobotlar!.

Kompaniya rahbariyati haqida axborot:

  • Jamiyat Kuzatuv kengashi va ijroiya organi a’zolariga qarashli aksiyalar haqida;

— Ijroiya organi a’zolari bilan mehnat shartnomasining mazmuni haqida;
— Kuzatuv kengashi va ijroiya organi a’zolarini taqdirlash haqida.
Rahbariyatning tahliliy ma’lumotnomalari bo'yicha:

  • faoliyat natijatari va ahamiyatli voqealar bo'yicha izohlar;

  • bozorlar va tavakkalchilik darajasining tahlili;

  • strategiyaning bayoni;

  • bashoratlar va fikrlar;

  • dividend siyosati.

Boshqalar bo'yicha:

  • Ustav va ichki hujjatlar;

  • auditor xulosasiga izohlar;

  • to'langan dividendlar haqida ma’lumotlar.

Axborotning o'z vaqtida oshkor qilinishi:

  • zarur hisobotning Qimmatli qog'ozlar fond bigasiga taqdim etilishi;

  • aksiyadorlar yillik umumiy yig'ilishiga yillik hisobotlari va boshqa axborotlaming taqdim etilishi.

Oshkor qilinayotgan axborotlar bilan tanishish imkoniyati bo'yicha:

  • xususiy web-saytning mavjud bo'Iishi, undagi axborotlaming o'z vaqtida yangilanishi;

  • investorlar bilan aloqa xizmatining mavjudligi, jamiyat binosida axborotlar bilan tanishish uchun joy ajratilganligi.

Tijorat siri va insayderlik (ichki) axborotlari bo'yicha:

  • davlat siri;

  • tijorat siri;

  • xizmat sirlaridan voqif bo'lgan shaxslar;


  • tijorat sinning saqlanishi;

~ zararlami qoplash.
Investorlar bilan o'zaro munosabatda bo'lish dasturi.
Quyidagilar investorlar bilan o‘zaro munosabatda bo'lish dastu- rining tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • milliy va xalqaro andozalarga muvofiq tayyorlangan hamda auditor tomonidan tasdiqlangan yillik buxgalterlik va moliyaviy hisobot;

  • jamiyat moliyaviy va xo'jalik faoliyati natijalarini, shu jumladan moliyaviy hisobotga kirmagan natijalarni tahliliy baholash;

  • faoliyat natijalari va kelajakdagi rejalari, shu jumladan biznesdagi o'sish yoki o'zgarish, qayta tashkil qilish, yangi obyektlarni ishga solish va boshqa masalalarga Ijroiya organining tushuntirishlari (izoh- lari).

Investorlar bilan o'zaro munosabatda bo'lish dasturi quyidagi qo'shimcha elementlarning kiritilishi hisobiga kengaytirilishi mumkin:

  • oraliq moliyaviy hisobot;

~ AJ faoliyatining ham ijobiy ham salbiy voqealari va tendensiyalari haqida davriy ravishda berib turiladigan press-relizlar;

  • investitsiya banklari topshirig'i bilan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini kuzatib borayotgan tahlilchilami taklif qilgan holda xorijiy hamjamiyat uchun brifinglar o'tkazish;

  • Ijroiya organi vakillarining asosiy portfel investorlari va kredi­torlar bilan uchrashuvlari.

Ma’lumotlami kechikib yoki noto‘liq taqdim etilishi uchun javob- garliklar O'zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog'ozlar bozori to‘g‘risida» Qonunining 54-moddasiga binoan Qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlar investor oldida yetkazilgan zararlar doirasida quyidagilar uchun mulkiy javobgar bo'ladi:

  • qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonun hujjatlarida na­zarda tutilgan axborotni investorning talabiga binoan taqdim etma- ganlik yoki noto'g'ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun;

  • qimmatli qog'ozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzganlik uchun;

  • qimmatli qog'ozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik;

  • narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatilganlikning aniqlangan dalillari uchun, shuningdek qimmatli qog'ozlar, qimmatli qog'ozlarning emitentlari, qimmatli qog'ozlarga doir narxlar to'g'risida, qasddan




buzib ko'rsatilgan axborot, shu jumladan, reklamada shunday axborot taqdim etish orqali investorni qimmatli qog'ozlami sotib olishga yoki sotishga undaganlik uchun.
Qimmatli qog'ozlar bozorida narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatganlik alomatlari qonun hujjatlarida belgilanadi, Qimmatli qog'ozlar bozorida narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatilganligi dalili sud tartibida e’tirof etiladi.
O'zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'- risida»gi Qonunning 55-moddasiga binoan qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilariga nisbatan quyidagi iqtisodiy sanktsiyalar qo'l- laniladi:

  • mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo'llanil- ganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan qoidabuzarliklami tugatish to'g'risidagi ko'rsatmani bajarishdan bo'yin tovlaganlik uchun — eng kam ish haqining qirq baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda;

  • emitentlar tomonidan qimmatli qog'ozlami chiqarishning bel­gilangan tartibini investorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan tarzda buzganlik uchun — qimmatli qog'ozlami chiqarish hajmining 5 foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining yuz baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorda;

  • qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar tuzish va ularni ro'yxatdan o'tkazishning belgilangan tartibi qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan buzilganligi uchun — qimmatli qog'ozlarga doir bitim summasining 5 foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorda, mazkur qoidabuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilgan taqdirda esa, qimmatli qog'ozlarga doir bitim summasining 10 foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining yuz baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorda;

  • investorlar, tekshiruvchi organlar va nazorat qiluvchi organlarni atayin noto'g'ri ma’lumotlar tarqatish (taqdim etish) orqali chalg'it- ganlik uchun — eng kam ish haqining uch yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda.

O'z vaqtida va to'liq ma’lumotlami bermaslikning javobgarligi bo'yicha
«Qimmatli qog'ozlar bozorida investorlaming huquqlarini himoya qilish» Qonuniga binoan (8-modda) emitentlar va investitsiya institut- lari qonunchilikka asosan keltirilgan zarar hajmida investorlar oldida:




  • investorga ularning talabiga binoan qonunchilikda nazarda tutil- gan axborotlarni bermaganligi yoki noto‘g‘ri axborotlarni bergani uchun;

  • qimmatli qog'ozlarni nohalol reklama qilganligi, belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilmagan, shuningdek muomalasi qonun tomonidan man qilingan qimmatli qog'ozlaming reklamasi uchun;

  • qimmatli qog‘ozlar bozorida narxlar o‘yini va boshqa aniqlangan qoidabuzarliklar, shuningdek qimmatli qog'ozlar, emitentlar, qimmatli qog'ozlarning narxlari haqidagi qasddan o'zgartirilgan axborotlarni berish orqali investorlarni qimmatli qog'ozlami sotib olishga yoki sotishga da’vat qilgani uchun mulkiy javobgar bo'ladilar.

«Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyati mexanizmlari haqidagi» Qonunga asosan (31-modda) qimmatli qog'ozlar bozorida reklama beruvchi shaxs, vijdonsiz reklama oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
Qimmatli qog'ozlar bo'yicha qonunchilikning buzilishi ro‘y berganda vakolatli davlat organi quyidagilar uchun jarimalar solishi mumkin:

  • emitentlar va qimmatli qog'ozlar haqida axborotlarni, hiso- botlami e’lon qilmaslik yoki o‘z vaqtida e’lon qilmaslik, shuningdek davlat nazorat organlariga hisobotlarni yoki axborotlarni taqdim qilmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim qilmaslik — 70 minimal ish haqi darajasida;

  • qonun buzilishlami to'xtatish to'g'risidagi ko'rsatmalami baja- rishdan bo'yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik — 100 minimal ish haqi darajasida;

  • noto'g'ri ma’lumotlarni tarqatish (taqdim etish) yo‘li bilan investorlarni va nazorat organlarini adashtirgani uchun — 800 minimal ish haqi darajasida.

Audit va ichki nazorat tizimida rahbariyatga yuklatilgan vazifalarga quyidagilar kiritiladi:
— Ichki nazorat va belgilangan hisobxona yozuvlarining ishonarli hamda muvofiq tizimini o'rnatish va unga amal qilish;
— Kuzatuv kengashi tomonidan o'rnatiigan siyosat va tartibining bajarilishini ta’minlash;

  • aktivlar butunligini ta’minlash;

  • faoliyatning qonunchilikka zid kelmasligi.




Ichki nazorat moliyaviy hisobotning ishonarliligi, faoliyatning samaradorligi va qonun hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi masalalari bo'yicha korxonaning maqsadlariga erishishga nisbatan shubhasiz komil ishonch hosil qilish uchun korxonaga rahbarlik qilishga javobgar shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Ichki nazorat tizimi quyidagilarni ta’minlashi kerak:

  • rahbariyat siyosatiga (strategiyasiga) amal qilinishi;

  • mulk va axborotlaming muhofazasini ta’minlash;

  • axborotlaming o‘z muddatida berilishi va ishonchliligi;

  • qonunchilik talablarining bajarilishi.

Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlarida samarali korporativ boshqaruvni joriy etishda insayderliktamoyillaridan ham foydalaniladi. Bu tamoyilda muhim voqealar va dalillar haqidagi konfidensial xusu- siyatiga ega bo'lgan axborotlarni biluvchi xodimlar o'z bilimlarini fond bozorida foyda topish yoki zarardan qochish maqsadida ishlatishi orqali aksiyalarni sotib olayotgan va sotayotgan hamda insayderlik axborotlarni bilishda ustunlikka ega bo'lmagan oddiy investorlarga zarar keltiriladi.

  1. Korporatsiyalarda moliyaviy axborotlardan
    foydalanuvchilar va hisobot sbakUari talablari


Tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishi va taraqqiyotini samarali tashkil etishda eng muhim tarkibiy qismlardan bo'lmish moliyaviy axborot tuzish, taqdim etish va ulardan foydalanish alohida ahamiyatga ega.
Moliyaviy axborotlar korxona ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishida va moliyaviy faoliyati natijalarini baholash, tahlil etish hamda moliyaviy boshqaruv tizimi boshqaruvi va investitsion faoliyat bo'yicha qarorlarni ishlab chiqishda tuziladigan axborotlarni o'z ichiga oladi. Kompaniya belgilangan maq­sadlariga erishishi davomida:

  • o'tgan hisobot davridagi moliyaviy-xo'jalik faoliyat natijalarini, tahlil qilishlari va baholashlari;

  • ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun o'zining moliyaviy- xo'jalik faoliyati natijalarini umumlashtirilgan ma’lumotlarni yig'ib aks ettiruvchi bir tizimga keltirgan holda yigib taqdim qilishi kerak.

O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'ri- sida»gi qonuniga va Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi


140-sonli buyrug‘iga ko‘ra moliyaviy axborotlar shakllari tarkibi tasdiqlangan.


Bozor sharoitida korxonalar o‘z tasarrufidagi barcha resurslarni moliyaviy, moddiy va pul resurslari harakati hamda ulardan samarali foydalanish jarayonini boshqarishida moliyaviy axborotlar muhim o‘rin tutadi.
Shunday ekan, kichik tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy axborotlari tarkibida «Pul oqimlari to‘g‘risida»gi hisobotni ham tuzishlari tavsiya etiladi. Unda korxonalarning pul mablag‘lari aylanishi va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari ko'rsatiladi.
Korxonalar moliyaviy ma’lumotlardan foydalangan holda o"z moliyaviy faoliyatlariga aniq baho berishlari va bu ma’lumotlarni buxgalteriya axborotlarida aks ettirishlari muhim vazifalardan sanaladi. Korxona balansi uning ma’lum davrdagi mablag'lari va bu mab- laglarning manbalari holatini ko‘rsatadi. Buxgalteriya balansi hisobot davri boshi va oxirida korxonaga tegishli bo'lgan mulkning mavjudligi va harakatini aks ettiradi.
Buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismlardan iborat. Aktiv qismida korxona mablag‘larining turlari va joylanishi, passiv qismida esa, bu rnablag Earning tashkil topish manbalari va tayinlanishi aks ettiriladi. Korxona aktivlari va passivlarining o‘zgarishi mablag‘lar hamda ular­ning tashkil topish manbalari oshishi yoki kamayishiga olib keladi.
Balansning aktiv qismi uzoq muddatli aktivlar va aylanma aktivlarni o‘z ichiga oladi.
Uzoq muddatli aktivlarga korxonaga tegishli asosiy vositalar, ya’ni, xizmat muddati bir yildan ortiq va bir donasi (komplekti)ning bahosi sotib olish sanasida CTzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan ortiq bo'Igan aktivlar kiradi. Korxona rahbari tomonidan eng kam miqdor belgilanishi mumkin.
Nomoddiy aktivlarga korxonaga daromad keltiruvchi yoki uning ishiab chiqarishini yuritishga shart-sharoit yaratuvchi, moddiy ko4- rinishga ega boUmagan patent, mualliflik huquqi, savdo markalari, dasturiy ta’minot va boshqalar kiradi.
Korxonaning uzoq muddatli aktivlari bundan tashqari, o‘rnatila- digan asbob-uskunalar, moliyaviy investitsiyalar, kapital qo‘ilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlarini ham o‘z ichiga oladi.
Joriy aktivlarga korxona mablag‘larining operatsion sikli yoki bir yil davomida to'liq ishlatiladigan aktivlar kiritiladi. Balansning aktiv




qismi joriy aktivlari korxona moliyaviy qarorlarini qabul qilishida* umumlashtirilib quyidagicha tarkibda keltiriladi:

  • pul mablag'lari;

  • qisqa muddatli moliyaviy qo'yilmalar;

  • debitorlik qarzlar;

  • tovar-moddiy zaxiralari;

  • kelgusi davr xarajatlari.

Korxona aktivlari tarkibidagi pul mablag'lari asosiy va yuqori likvidli mablag'lar tarkibiga kiradi. Bunday mablag'larga hisob- kitob, valuta raqami, bankdagi maxsus schyotlar va kassadagi pul mablag'lari kiradi. Ular korxonada birlamchi to'lov vositasi hi­soblanadi.
Balansning passiv qismida korxona mablag'larining tashkil topish manbalari aks ettiriladi.
Bu qism mablag'larning manbalari va majburiyatlar bo'limlariga ajratiladi.
Balans passiv qismining o'z mablag'lari manbalari bo'limiga ustav kapitali, qo'shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar, kelgusi davr xarajatlari va to'lovlari uchun rezervlar kiradi.
Balans passiv qismining majburiyatlar bo'limida uzoq muddatli va joriy majburiyatlar, budjetga to'lovlar bo'yicha qarzlar, mol yetkazib beruvchilarga qarzlar va boshqalar aks ettiriladi.
Korxona balansini o'rganishda asosiy e’tibor yil boshida o'tgan davrda mulk va mablag'lar qanchalik o'zgarganligi hamda aktivdagi har bir band passivdagi manbalarni qanchalik ta'minlanganligiga qaratiladi.
Balansning passiv qismi ham aynan aktivlar kabi mablag'lar ha- rakatiga ko'ra, qarzlarni qaytarish muddatiga qarab, quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  • qisqa muddatli passivlar;

  • uzoq muddatli passivlar;

~ doimiy passivlar.
Qisqa muddatli majburiyatlar — aylanma aktivlar hisobidan qoplanadigan qisqa muddatli yangi majburiyatlarning shakllanishi natijasida uziladigan majburiyatlardir. Qisqa muddatli majburiyatlar tarkibiga boshqa tashkilotlardan bir yilgacha bo'lgan muddatga olingan kreditorlik qarzlari va bankning qisqa muddatli kreditlari kiradi.




Uzoq muddatli majburiyatlarda korxonaning bir yildan ortiq muddatga olingan kredit va kreditorlik qarzlari ifodalanadi.
Bozor sharoitida korxonalar faoliyatini boshqarishda korxonaning moliyaviy natijalarini shakllanishi va moliyaviy vositalar samaradorligini ifodalovchi muhim ko'rsatkich foydaning roli oshib boradi.. Chunki foyda korxonaning kelajakdagi rivojlanishi va boshqaruvida asosiy moliyalashtirish manbayidir.
Korxonalarda moliyaviy natijalar to‘grisidagi hisobot moliyaviy yil daromadlari, xarajatlari va sof foydani yoki zararni ko‘rsatadi.
Daromad mahsulotlar sotilishi, xizmatlar ko'rsatilishi natijasida hususiy kapital miqdori oshishini ta’minlovchi omildir. Daromadlar tushumi bilan naqd pul mablag'lari (kelib tushgan pul mablag‘lari) hajmi oshadi yoki debitorlik qarzlari ham ko'payib boradi (ya’ni, xaridorlar to'lashi lozim bo'lgan summalar).
Xarajatlar kapitalni kamaytiradi va daromad olish maqsadida amalga oshirilgan harakatlar natijasida vujudga keladi. Xarajatlar sotilgan tovarlar tannarxiga yoki bevosita tijorat operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogliq bo'lgan sarflarga teng bo'ladi.
Sof foyda umumiy olingan daromadning umumiy xarajatdan oshgan summasidir. Foyda korxonaning muhim ko'rsatkich! bo'lib, barcha pul tushum (daromad)lari bilan xarajatlari o'rtasidagi farqni ko'rsatadi. Agar umumiy xarajatlar daromadlardan ko'p bo'lsa, korxona moliyaviy yilni zarar bilan yakunlaydi.
Korxonaning sof foydasi deb mahsulot (ish, xizmat)lami sotishdan, umum xo'jalik va moliyaviy faoliyatlari hamda favqulodda zararlardan iborat barcha xarajatlarini qoplab, qo'shimcha olinadigan daromad- lariga aytiladi.
Korxona foydasini shakllantirish olingan daromad ko'paygan yoki kamayganligi, uning o'zgarish sabablariga bog'liq bo'lganligi uchun bu o'zgarishga ta’sir etuvchi omillar o'rganiladi. Korxonaning sof foydasi quidagilardan tashkil topadi:

  • mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan kelgan yalpi foyda;

  • asosiy faoliyatdan kelgan foyda;

~ umumxo'jalik faoliyatidan kelgan foyda(yoki zarar);

  • favqulodda vaziyatlardan kelgan foyda (yoki zarar);

  • foyda (daromad)dan to'lanadigan soliqlar.

Korxona olgan foydani taqsimlash asosan ikki yo'nalishda amalga oshiriladi: budjetga to'lanadigan soliq, yigim, to'lov va ajratmalar hamda korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda.




Hozirgi sharoitda korxona moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotni budjetga to'lovlar to'g'risidagi ma’lumotnoma bilan buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartib qoidalaridan kelib chiqib tuzadi va taqdim etadi.
Pul oqimlari to'qrisidagi hisobot O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq axborotlarga kiritilgan. Unda pul mablag'larining harakati nuqtayi nazaridan korxo­naning mulki bo'lgan moliyaviy resurslari o'zgarishi aks ettiriladi.
Bu hisobot yordamida inflatsiya sharoitida, boshqa moliyaviy hisobot shakllarini to'ldirishda hisoblash usulidan foydalanishni e’tiborga olgan holda korxonaning likvidligini obyektiv baholash imkoni yaratiladi.
Bozor sharoitida har qanday faoliyat yuritadigan subyekt o'z tasarrufidagi barcha resurslar harakatini samarali tashkil etishi uchun pul oqimlari harakati to'risidagi hisobotni tuzadi hamda ma’lumotlarni tahlil etish orqali moliyaviy boshqarishni amalga oshiradi.
Chunki pul oqimlari to'g'risidagi hisobotda korxonaning joriy xo'jalik faoliyati jarayonida pul mablag'larining kelib tushishi, sarflanishi va ularning yil boshi hamda yil oxiridagi qoldig'i, shuningdek, investitsion va moliyaviy faoliyatga yo'naltirilgan pul mablag'lari aks ettiriladi.
Korxonaning joriy xo'jalik, investitsion va moliyaviy faoliyatining ta’sirida barcha pul mablag'lari o'zgarishi bu pul mablag'lari va unga tenglashtirilgan mablag'larning qoldiqlari o'rtasidagi bog'liqlikni hisobot davri boshi va oxiriga nisbatan o'rnatish imkonini beradi.
«Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot» to'rtta bo'limdan tashkil topgan:

  1. Operatsion faoliyat natijasida olingan pul mablag'larining harakati.

  2. Soliqni to'lash uchun sarflangan mablag'lar.

  3. Investitsiya faoliyati uchun sarflangan va olingan pul mablag'lar.

  4. Moliyaviy faoliyat bo'yicha sarflangan va olingan pul mablag'lar.

Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot korxonaning yuqori darajada daromad keltiradigan rejalarni loyihalashtirish uchun chetdan pul mablag'i jalb qilmasdan naqd pul bilan o'zini-o'zi ta’minlash imko- niyatini ko'rsatadi.
Bozor sharoitida korxonalar operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyati natijalarini to'liq o'rganishi zarur bo'lganligi uchun kichik tadbirkorlik subyektlari ham ushbu hisobot shaklini to'ldirsa kelajakdagi taraqqiyotini belgilashda muhim rol o'ynaydi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin