Korporativ boshqaruv



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə55/74
tarix16.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#79334
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
2-Korporativ-boshqaruv-Oquv-qollanma-B-Yu-Xodiyev-va-bosh-T2011

Tayanch iboralar:
andoza, mezon, qaror, moliyaviy resurs, moliyaviy va nomoliyaviy axborot, reyting, obyektivlik, mustaqillik, risk, shaffof, monitoring.
Nazorat savollari
Z Samaradorlik tushunchasi nima?

  1. Korporativ boshqaruv andozalarini joriy etishning mazmunini ayting.

  2. Korporativ boshqaruv samaradorligi mezonlarini ayting.

  3. Korporativ boshqaruv reytlngini integral baholashni tushuntiring

  4. Korporativ boshqaruv sifatiga qarab reyting sinflari qanday bo'ladi?

  5. Reytingni hisob-kitob qilishda qanday ma ’lumotlardan foydalaniladi?

  6. Korporativ boshqaruvda reyting darajalari qanday bo'ladi?

  7. Korporativ boshqaruvda monitoring tizimini tushuntiring.


  1. bob. KORPORATIV BOSHQARUVDA AXBOROT VA
    KOMMUNIKATSIYA



  1. Kompaniya to‘g‘risidagi axborotlaming
    oshkora qilinishi

Axborotlarni boshqaruv — bu kompaniyaning ma’lum darajadagi qaror qabul qilishi demakdir. Iqtisodiy asoslangan qaror qabul qilish tegishli axborotlardan samarali foydalanish bilan belgilanadi. Buyuk davlat arbobi Napoleon «Boshqarish — demak oldindan ko‘ra bilish, buning uchun esa kerakli axborotlarga ega boMish lozim»1 — deb ta’kidlaydi.
Taniqli shveytsariyalik iqtisodchi olim I.Sher esa «Buxgalteriya hisobi kompaniyaning o‘tmishini shubhasiz aniq baholovchi, hozirgi zamonini zaruriy yo'ldoshi va boshqaruvchisi, xo‘jalik faoliyati kelajagi uchun har tomonlama nisbatan istiqbolli maslahat beruvchisi hisoblanadi» — deb ta’riflaydi.
Bunday hisob ma’lumotlarining roli va imkoniyatlari haqidagi tushuncha, kompaniyalarda buxgalteriyaning oddiy hisob bo‘limidan xo‘jalik faoliyatining moliyaviy masalahatchisi va menejeriga aylantir- moqda. Moliyaviy hisobotlar korxona moliyaviy faoliyatining «oxiigi natijalari» hisoblanib qolmasdan samarali iqtisodiy faolligini rag‘bat- lantirishdagi zaruriy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot­lar manbalariga aylanmoqda.
Umuman bu ikki ta’rifdan shuni ko'rishimiz mumkinki, boshqarish oldindan ko‘ra bilish hisoblanadi uning uchun zaruriy axborotlarga ega bo‘lish lozim.
Bunday axborotlaming asosiy manbalari esa buxgalteriya hisobi va uning hisobotlar tizimi hisoblanadi.
Kompaniyalarda moliyaviy axborotlar samaradorligini bosh­qaruv qarorlari qabul qilish uchun axborotlar manbalariga aylan­moqda.
Kompaniyalarda moliyaviy axborotlar samaradorligini boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalaniladigan axborotlar tizimi orqali


1 B.B. Ковалев «Финансовый анализ», Москва, «Финансы и статистика» 2004 г.





aniqlanadi Kompaniyalarda moliyaviy axborotlar bazasini shakllantirish moliyaviy faohyatni boshqarish uchun strategik qarorlar qabul qilish va mazkur strategik qarorlami amalga oshirishning taktik usullarini ishlab chiqish kabi samarali joriy boshqarishga muvofiq keluvchi maqsadli yo‘naltirilgan axborotlar ko'rsatkichlarini tanlash jarayonini o'z ichiga oladi.
Ma’lum kompaniyalar uchun moliyaviy axborot ko'rsatkichlari tizimini shakllantirish uning tarmoq xususiyatlari, tashkiliy huquqiy shakllari, ishlab chiqarish hajmi, xo'jalik faoliyati diversifikatsiya darajasi va boshqa shart-sharoitlarga bog'liq.
Shuning uchun axborotlar bazasiga kiritiladigan ko'rshtkichlaming jami axborotlar manbalari turlari bo'yicha guruhlashtiriladi va kom­paniyalar amaliy faoliyatida har qaysi guruhlar bo'yicha qat’iy aniqlashtirishlar talab qilinadi.
Kompaniyalar faoliyatini boshqarishda axboorotlarning asosiy manbalari bevosita kompaniyalar iqtisodiy faoliyatini tartiblashtiruvchi buxgalteriya va moliyaviy hisobotlar tizimi hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuri- tuvchi kompaniyalar iqtisodiy faoliyati natijalaridan davlat bilan birgalikda boshqa iqtisodiy subyektlar ham manfaatdor hisoblanadi. Shuning uchun ham iqtisodiy faoliyat, xususan, ishlab chiqarish faoliyati natijalarini o'zida aks ettiruvchi moliyaviy axborotlarni shakllantirish muhim iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Quyidagi 17-jadval orqali buni ko'rib o'tishimiz mumkin.


17-jadval


Bozor iqtisodiyoti sharoitida korporatsiyalarda
axborotlardan foydalanuvchilar1





Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin