Korporativ boshqaruv


Absolyut to'lov qobiliyatsizligi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə50/74
tarix16.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#79334
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74
2-Korporativ-boshqaruv-Oquv-qollanma-B-Yu-Xodiyev-va-bosh-T2011

5. Absolyut to'lov qobiliyatsizligi. Bunday holatda pul oqimlarining biznes generatsiyasi zaif bo'ladiki, biznesning sifati o'zgargan holatda ham to'lovlarni amalga oshirish uchun pul mablag'lari yetishmaydi. Juda yuqori ehtimollikda qobiliyatsizlik bo'yicha ish qo'zg'atilishi mumkin va tanlovli ishlab chiqarish prosedurasi kiritiladi (korxona tugatiladi).
O'ziga mos ravishda korxona to'lov qobiliyatsizligini uch turga ajratish mumkin: vaqtincha, oraliq va absolyut to'lov qobiliyatsizligi.
Xorijiy davlatlarda bankrotlik jarayoni absolyut to'lov qobiliya- tsizhgida qo'llaniladi.
Bizning fikrimizcha qobiliyatsizlik — tadbirkorlik faoliyat (biz- nes)ning shunday darajasiki, bunda tadbirkorlik yuritilgan butun mobaynida yig'ilgan likvid aktivlar hajmi tashqi talablarni qondirishga va o'z xo'jalik faoliyatni moliyalashtirishga etarii bo'lmaydi va kapitalga nisbatan foyda normasi pasayish tendensiyasiga ega bo'lib nulevoy ahamiyatga yaqinlashadi, Qobiliyatsizlik biznesning samarasizligini xarakterlovchi sifat bo'lib, unda qarzdorning o'z majburiyatlarini bajara olmasligi va belgilangan muddatlarda kreditorlar talabini qondira olmasligi natijasida korxona bankrot bo'lishi yoki sog'lomlashtirilishi mumkin.
Bankrotlik esa — qobiliyatsizlik natijasi bo'lib moliyaviy sog'lom­lashtirish imkoniyati bo'lmaganligi sababidan biznesning (tadbirkorlik faoliyatining) tugatilishini bildiradi.
Agar bankrotlik biznes qobiliyatsizligining salbiy natijasi bo'lsa, moliyaviy sog'lomlashtirish ijobiy natijasi hisoblanadi. Shuning uchun xo'jalik subyektining kelajakdagi istiqbolidan kelib chiqib korxonaning qobiliyatsizligini ikki turga ajratish mumkin:
~ moliyaviy holatning yaxshilanishi ehtimoli bilan inqirozli holatdan chiqib ketish;
— moliyaviy holatning yaxshilanishga real imkoniyat yo'qligi (bankrotligi).
Qobiliyatsizlik va zararlilik tushunchalarining o'zaro mutanosibligini ham chuqur tahlil qilish talab etiladi.
E.D. Dolan va D.E. Lindseylar qobiliyatsizlikni yalpi daromadning ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash uchun etishmasligi holatini aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya sifatida ko'radilar. Agarda korxona qobiliyatsizligining kriteriyasi sifatida uning ishlab chiqarish omillaridan


samarali foydalana olishni ta’minlay olmasligi qabul qilinsa. Quyidagi xulosalarga kelish mumkin:



  1. Zarar oqibatida yuzaga keladigan korxonaning qoniqarsiz holati qobiliyatsizlik xarakteri hisoblanmaydiki, chunki u firmaning bozor strategiyasi oqibati bo'Iishi mumkin (misol uchun: bozomi egallashda demping baholami ishlatish). Shundan kelib chiqadiki, zarar bu yerda qisqa davrii hodisa bo'lib o‘zoq muddatli barqarorlikka erishish bilan bog'liq;

  2. korxonaning zararsizligi uning qobiliyatli xo'jalik subyekti sifatida saqlanishiga kafblat bo'lmaydi, binobarin strategik xato investitsion siyosat, tashkiliy-boshqaruv tizimning past samaradorligi va boshqa omillar rentabellikning barqaror pasayishiga olib kelishi mumkin. Natijada shunday holat ro'y berishi mumkin-ki, bunda firma ishlab - texnik salohiyatini saqlagan holda tadbirkorlik ob’ekti sifatida qobiliya­tsiz bo'lib qolishi mumkin.

V.A. Shevchenkoning fikricha «... zarar zamonaviy mikroiqtisod talqinida ko'rilayotgan hodisaning faqat bir kesimini, ya’ni yakuniy va og'ir fazasini aks ettiradi-ki, unda korxonaning qobiliyatsizlik holati iqtisodiy subyektlar uchun aniq va ravshan bo'lib qoladi». Shunday qilib, uning nuqtayi nazariga ko'ra, zarar qobiliyatsizlik namoyon bo'lishining eng oxirgi shakli hisoblanadi va u to'liq ravishda ushbu tushuncha tarkibiga kiradi.
Bizning fikrimizcha, zarar — xo'jalik subyekti to'lov qobiliyatsizligi yuzaga kelishining omillaridan biri; Qobihyatsizlikning birinchi belgilari bo'lib xizmat qiladi.
Bunday sharoitlarda korxonalarning moliyaviy qobiliyatsizligini iqtisodiy tahlil qilishning metodologik asoslarini ishlab chiqish, bankrot bo'lish ehtimolligini boshlang'ich davrida aniqlashga va shunga muvofiq voqealar noxush rivojlanishining oldini olish uchun zaruriy dasturiar ishlab chiqish imkoniyatini beruvchi bosh indikatorlarni aniqlash dolzarb hisoblanadi.
Mualliflaming fikriga ko'ra qobiliyatsiz korxonalarni tahlil qilishning uchta asosiy yo'nalishlarini ajratish mumkin.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin