Korporativ boshqaruv


-chizma. Joriy aktivlarning tarkibi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix20.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#88836
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
uzoq muddatli aktivlar

3-chizmaJoriy aktivlarning tarkibi. 
Yuklab jo’natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16-vedomostining II 
bo’limida yuritiladi. 
Joriy aktivlar
 
Xom ashyo va materiallar 
Yarim tayyor ma
hsulotlar va 
komplektlovchi buyumla
ri 
Ehtiyot qismlar, yoqilg’i 
Qurilish materiallari, idish va 
idish materiallar 
Tugallanmagan ishlab chiqarish, 
kelgusi davr harajatlari
Tayyor 
mahsulotlar, mollar
Pul mablag’lari 
Hisob kitobdagi mablag’lar
Banklarning har xil 
schyotlaridagi 
mablag’lar 
Valyuta schyotidagi 
mablag’lar
Hisob kitob schyotidagi 
mablag’lar 
Kassadagi mablag’lar 
Hisobdor shaxslar 
tomonidan hisobot 
berilmagan bo’nak 
summasi 
Debitor qarzlar summasi 
Jo’natilgan mol, 
bajarilgan ish va 
xizmatlar summasi 


37 
Unda jo’natilgan, sotilgan mahsulotlar, material qiymatliklar, xizmatlar va 
xaridorlar bilan hisoblashishlarning analitik va sintetik hisobi birlashgan. Jo’natilgan 
va sotilgan mahsulotlar analitik hisobi ularning natural ko’rinishdagi turlari bo’yicha 
yoki to’lov hujjatlari bo’yicha ikki bahoda-haqiqiy tannarxda va sotish narxida 
tashkil etiladi. 
16-vedomostning III-bo’limida to’langan, hisobdan chiqarilgan, to’lanmagan 
va hisobdan chiqarilmagan summalar to’g’risidagi yig’ma ma’lumotlar aks ettiriladi. 
Kassadagi pul mablag’lar, valyuta mablag’lari, qisqa muddatli qo’yilmalar va 
shunga o’xshash pul mablag’larini hisobini yuritish uchun 5000, 5100, 5200, 5500, 
5600, 5700, 5800 kabi sintetik schyotlardan foydalaniladi. Kassa muomalalarini 
hisobga olish 5000-«Kassa» nomli schyotda hisobga olinadi. 
Mustaqil balansga ega bo’lgan va xo’jalik hisobidagi korxona hisoblanuvchi 
yuridik shaxslarga bankda hisob-kitob schyoti ochiladi. Markaziy Bank 
yo’riqnomalariga binoan korxona (tashkilotlar)ga faqat bitta o’zlari tanlab olgan 
bankda («O’zbekiston Respublikasi banklarida bank schyotlari ochish to’g’risidagi 
Yo’riqnoma»ning 1.7.1. va 1.7.2. bandlarida nazarda tutilganlardan tashqari) pul 
mablag’larini saqlash va barcha turdagi hisoblashishlarni, ro’yxatdan o’tgan joyda 
kredit va kassa muomalalarini amalga oshirish uchun va talab qilib olingungacha 
valyuta depozit schyoti ochilishi mumkin. 
Hisob-kitob schyoti bo’yicha sodir bo’ladigan muomalalarni hisobga olish 
uchun korxonalarda 5110- «Hisob-kitob» schyoti ochiladi. Bu schyot aktiv bo’lib, 
uning debetida hisob-kitob schyotiga tushgan har qanday tushumlar, kreditida esa 
hisob-kitob schyotidan sarflangan barcha pul mablag’lari aks ettiriladi.
5110- «Hisob-kitob» schyoti bo’yicha muomalalar tekshirilgan bank 
ko’chirmasi va unga ilova qilingan pul hujjatlariga asosan ko’rsatiladi. 5110-
schyotining sal’dosi hisob-kitob schyotidan berilgan ko’chirmada ko’rsatilgan 
qoldiqqa teng bo’lishi kerak.
Horijiy valyutidagi pul mablag’larini va horijiy valyuta muomalalarini har bir 
korxona amalga oshirishi mumkin. Horijiy valyuta muomalalarini rasmiylashtirish 
uchun bankda valyuta joriy schyotini ochish kerak. Bu schyotga doir muomalalarni 


38 
amalga oshirish va rasmiylashtirish tartibi banklar tomonidan belgilanadi. Uning 
debetida korxonaga pul mablag’larining kelib tushishi, kreditda esa ularning chiqib 
ketishi aks ettiriladi. Agar mablag’lar bu schyotning debeti yoki kreditiga xato yozib 
qo’yilgan bo’lsa, unda xato yozilgan summaga bu schyot 4860- «Da’volar bo’yicha 
olinadigan schyotlar» bilan korrespondensiyada bo’ladi. 
«Valyuta schyoti» ga doir ikkita subschyot ochilishi mumkin: 
1. 
Mamlakat ichidagi valyuta schyotidagi mablag’lar; 
2. 
Xorijiy valyuta schyotidagi mablag’lar. 
«Valyuta schyoti» ga doir analitik hisob banklarda chet el valyutalarda pul 
mablag’larni saqlash uchun ochilgan har bir schyot bo’yicha yuritiladi. 
Debitor qarz har doim boshqa korxonaning aktivlariga qilingan da’vo bo’lib 
hisoblanadi. Debitor qarzi bilan bog’liq bo’lgan asosiy buxgalteriya muomalalari tan 
olish va baholash hisoblanadi.
BHMA ning «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va topshirish uchun konsepsiya 
asoslari» da kreditor qarzlar, ya’ni majburiyatlar «buxgalteriya balansida qachonki 
o’zida iqtisodiy foydani mujassamlagan resurslarni oqib ketishi ehtimoli bo’lsa, 
shuningdek majburiyatlarni qabul qilish natijasi bo’lsagina, buxgalteriya balansida 
tan olinadi» (66-paragraf) deyilgan. 
Turli debitor va kreditorlarga notijorat xarakteridagi muomalalarni olib 
boruvchi tashkilotlar (oliy o’quv yurtlari, ilmiy muassasalar), ko’rsatilgan xizmatlar 
uchun hisob-kitoblar olib boradigan transport (temir yo’l va suv) tashkilotlari, 
tashkilot va shaxslar deponentlari, ijro hujjatlari asosida ushlab qolishlar, noturar 
joylarni ijaraga oluvchilar va hokazolar kiradi. 
Debitorlar tarkibida moliyalanadigan va operativ lizinglar bo’yicha 
olinadigan to’lovlar, olinadigan foiz va dividendlar, royalti va gonorar bo’yicha 
olinadigan schyotlar va boshqa shaxslarning qarzlari (joriy qismi) hisobi 4800- 
«Turli debitorlarning qarzlari hisobvaraqlari» bo’yicha olingan (4810, 4811, 4820, 
4830, 4840, 4950, 4860 va 4890) schyotlarda aks ettiriladi. 
Korxonaning turli kreditorlardan bo’lgan qarzlari tarkibiga moliyalanadigan 
va operativ lizinglari bo’yicha to’lanadigan summalar, to’lanadigan foizlar, royalti 


39 
va gonorarlar bo’yicha qarzlar, da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar, xisobdor 
shaxslardan bo’lgan qarzlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Bunday 
muomalalarning hisobi 6900-«Turli kreditorlarga bo’lgan majburiyatlarning 
hisobvaraqlari» bo’yicha ochilgan (6910, 6920, 6930, 6940, 6950, 6960, 6970 va 
6990) schyotlarida aks ettiriladi. 
4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4110-«Alohida 
balansga ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar», 4610-«Muassislarning 
ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzlari», 4800-«Turli debitorlarning qarzlari 
hisobvaraqlari», 6110-«Alohida balansga ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan 
schyotlar», 6310-«Xaridor va buyurmachilardan olingan bo’naklar», 6500-«Davlat 
maqsadli fondlari va sug’urta bo’yicha qarzlarining hisobvaraqlari», 6600-
«Muassislarning qarzlari hisobvaraqlari», 6900-«Turli kreditorlarga bo’lgan 
majburiyatlarning hisobvaraqlari» va 7010-«Mol yetkazib beruvchilarga 
to’lanadigan schyotlar» bo’yicha analitik hisob 7-vedomostda yuritiladi. Oy oxirida 
analitik hisob vedomosti bo’yicha jami chiqarilib keyingi oy boshiga qoldiq 
yoziladi. 
Kredit oborotlari korrespondentlanuvchi schyotlar doirasida 7-vedomostdan 
7010, 4010, 4860, 6410, 4710, 4810, 6910, 4110, 6110 va boshqa schyotlarning 
krediti bo’yicha 8-jurnal-orderga yozib qo’yiladi.
4110, 4860, 4710 schyotlar bo’yicha yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda 
ko’rsatiladi. 4810, 6910-schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob birga 
ko’rsatiladi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin