34
5. Joriy aktivlarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi
Joriy aktivlar har bir ishlab chiqarish siklida to’la iste’mol qilinadi, o’zining
boshlang’ich tabiiy shaklini o’zgartiradi va shuning uchun ham uning qiymati ishlab
chiqarish xarajatlariga to’liq kiradi. Ular «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya
xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi va uni qo’llash bo’yicha
ko’rsatma», 21-buhgalteriya hisobining milliy andozasiga ko’ra
alohida-alohida
sintetik va analitik schyotlarda yuritiladi.
Materiallar 1000-schyotda yuritilib, bu schyotda quyidagi subschyotlar
ochilgan:
-
xom ashyo va materiallar;
- sotib olingan yarim tayyor materiallar;
-
yoqilg’i;
- ehtityot qismlar;
- qurilish materiallari;
-
idish va idish materiallari;
- chetga ishlov uchun berilgan materiallar;
-
inventar’ va xo’jalik anjomlari;
- boshqa materiallar;
Bu schyotlarning debetida materiallarni hisobot davrining boshiga bo’lgan
qoldig’i va kirimi, kreditida esa materiallarning chiqimi (ishlab
chiqarishga
sarflanagan va hokazolar) aks ettiriladi.
Arzon va tez eskiruvchi buyumlar ham joriy aktivlarning tarkibiy qismi
hisoblanib, ularning hisobi shu nomdagi schyotda yuritilar edi. Ammo O’zbekiston
Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2002 yil oktyabr oyining 23-kunida 1181-
son bilan qayd qilingan. Ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi buxgalteriya
hisobining jurnal-order shaklida 10-jurnal orderda
jurnal orderning yuqori
tomonidan gorizontaliga kreditlanuvchi schyotlar yuritiladi. Uning chap tomonida
esa vertikaliga debetlanuvchi schyotlar yoziladi.
35
10-jurnal orderni to’ldirish uchun asosan ayrim sexlarda xarajatning analitik
hisobi uchun yuritiladigan yordamchi vedomostdan va davr xarajatlari hamda
kelgusida xarajatlar va to’lovlar zaxirasi hisobidan qilinadigan xarajatlarning
hisobini yuritish uchun xizmat qiladigan 15-yordamchi vedomostdan foydalaniladi.
Tayyor mahsulotni hisobga olish uchun ro’yxatidan «Tayyor mahsulot» deb
atalgan schyot ajratilgan bo’lib, undan moddiy ishlab
chiqarish tarmoqlarining
korxonalari foydalanadi. Bu schyotning debetida barcha tayyor mahsulot hamda
sotishga mo’ljallangan asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarning xizmatlari aks
ettirladi. Bu schyotda mahsulot haqiqiy tannarxining joriy hisob narxidan farqi
butunlay hamma mahsulotlar bo’yicha yoki bir turdagi mahsulotlar guruhi bo’yicha
hisobga olinib, ular hisob registrlarida ajratib ko’rsatiladi.
Tayyor mahsulotlar harakatini pul ko’rsatkichdagi hisobi 16-«Tayyor
buyumlar harakatining puldagi ifodasi» vedomostida yuritiladi.
Ushbu
vedomostning I bo’limidan 2810- «Tayyor mahsulotlar» schyotning to’liq
ma’lumotlari ta’rifini ikki bahoda-haqiqiy va hisob bahoda olish mumkin.
Bu oy oxiriga bo’lgan tayyor mahsulotlarning umumiy hajmdagi haqiqiy
xarajatlari salmog’ini (oy boshiga qoldiq plyus mahsulotning kirimini ularning hisob
bahosiga nisbati) topish uchun zarur. Agar shu foiz 100 ga teng bo’lsa, demak,
haqiqiy xarajatlar rejaga teng ekan, agar foizi 100 dan kam bo’lsa, korxona mahsulot
tannarxini pasaytirgani bo’ladi, natijada ushbu mahsulotni sotishdan u rejadan ortiq
foyda oladi, agar shu foizi 100 dan ortiq bo’lsa, korxona kal’kulyasiya moddalari
bo’yicha normaga nisbatan ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’ygan bo’ladi va bu o’z
navbatida, foydani kamaytiradi.
Shu jami mahsulotlarni haqiqiy tannarxini ularning hisob (reja)
tannarxiga
bo’lgan foiz nisbati buxgalteriya tomonidan hisobot oyida yuklab jo’natilgan,
xaridorlar tomonidan qaytarilgan va oy oxiriga qolgan mahsulotlarning haqiqiy
tannarxini hisoblash uchun foydalaniladi. Oy oxiriga qolgan mahsulotlar haqiqiy
tannarxini aniqlashning
zaruriyati shandaki, uni Bosh daftar bilan taqqoslash
mumkin, omborlardagi qoldiqlarni hisobga olish daftari bilan esa hisob bahosidagi
qoldiq taqqoslanadi.