Korporativ boshqaruv



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix20.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#88836
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
uzoq muddatli aktivlar

 
 


40 
Xulosa va takliflar 
Bugun O’zbekistonimiz bosib o’tgan mustaqil taraqqiyot yo’lini xolisona 
baholar ekanmiz, o’tgan davr mobaynida biz erishgan, dunyo jamoatchiligi tan olgan 
olamshumul yutuq va marralar, avvalambor, izchil rivojlanayotgan iqtisodiyotimiz 
va uning barqaror o’sish sur’atlari, aholi farovonligining yildan-yilga oshib, jahon 
hamjamiyatida mamlakatimiz obro’-e’tiborining tobora yuksalib borayotgani – 
bularning barchasi Konsitusiyamizning asosiga qo’yilgan, chuqur va puxta 
o’ylangan maqsad, prinsip va normalarning hayotbaxsh samarasi, desak, hech 
qanday mubolag’a bo’lmaydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil 
rivojlanib borishini ta’minlash orqali biz mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-
siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan o’rta sinfning shakllanishiga va uning tobora 
mustahkam bo’lib borishiga erishmoqdamiz. Barchamizga ayonki, aynan ana shu 
ijtimoiy qatlam – ya’ni o’rta sinf yurtimizda amalga oshirayotgan islohotlarimizni 
yanada chuqurlashtirishdan, mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan 
eng ko’p manfaatdordir. Shu bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi 
kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, 
yurtimizni taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda. 
Korxona joriy aktivlarini manbalashni ham o’ziga xos xususiyatlarini sezish 
mumkin. Ularda asosiy vositalar yoki uzoq muddatli aktivlarni shakllanishi hamda 
manbalanishida farqlar mavjud, ya’ni ular asosiy e’tiborni joriy aktivlarga va ularni 
manbalashga qaratadilar. Shunday ekan, tadqiq qilingan mavzu bo’yicha quyidagi 
muhim jihatlarni ta’kidlab o’tish mumkin. 
Birinchidan, joriy aktivlarni manbalash yuzasidan korxonaning o’zlik 
mablag’lari manbalari hissasini keskin oshirish lozim. Aks holda ular faoliyatiga 
to’siq bo’luvchi omillar ta’siri kuchayadi. Joriy aktivlarni izlab topish yoki jalb 
qilish tadbirlarini ko’rish lozim. 
Joriy aktivlarni manbalash yuzasidan uzoq muddatli yoki qisqa muddatli 
kreditlar va qarzlarni jalb etishning bugungi kunda kuchli mexanizmi shakllangan. 
Negaki tijorat xususiyatiga ega bo’lgan va istalgan hajmda chetdan mablag’larni 


41 
joylashtirish imkoni mavjud. Faqat ular yuzasidan foiz to’lovlari va ustamalar yukini 
ko’tarish masalasi hal etilsa bo’ldi. 
Bu yuqori tavakkalchilik hissini ham talab etadi, albatta. Chunki o’ylangan va 
rejalashtirilgan har qanday maqsadli harakatni albatta o’ziga xos va qator 
muammolari mavjud bo’ladi. 
Ikkinchidan, joriy aktivlarni joylashtirishning, ya’ni ularni kirimga olinishi, 
saqlanishi, hisobdan chiqarilishi va hujjatli aylanishini tezlashtirishning javobgarlik 
mexanizmini shakllantirish lozim. 
Uchinchidan, joriy aktivlarni baholashning va ular samaradorligini 
aniqlashning ko’rsatkichlar tizimini yangilanayotgan uslubiy asosini tuzib chiqish 
lozim. Joriy aktivlarni hisobga olishning hozirgi holatida ularning likvidlik 
darajasiga ahamiyat berilmagan. 
Shuningdek ularning nazariy bayon etishda ham kamchiliklar ko’p. Jumladan, 
joriy aktivlar juda ko’p tushunchalar bilan tavsiflanadi, ya’ni aylanma aktivlar, 
oborot aktivlar, harakatdagi aktivlar va hokazolardan iboratdir. 
To’rtinchidan, joriy aktivlarni me’yorlanishi yuzasidan sektorlar bo’yicha 
normativlar tuzilgan holda ulardagi o’zgartirishlar ustidan nazoratning ta’sirli shakli 
belgilanmagan. Normativlarga amal etish va ularning me’yorini saqlash ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi moliyaviy qonunchilikda 
nomativlarni buzilishi yuzasidan ma’muriy va moliyaviy javobgarlik shartlari 
belgilangan, lekin ular o’zining ta’sir belgisiga ega emas. 


42 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin