Korporativ boshqaruv


Boshqarish usullari haqida tushuncha



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə4/13
tarix19.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#157194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurs ishi Komilov final

Boshqarish usullari haqida tushuncha

Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta'sir ko’rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob'ektini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan usullar, ya'ni:

  • sistema (tizim)li yondoshuv;

  • kompleks yondoshuv;

  • tarkibiy yondoshuv;

  • integratsion yondoshuv;

  • modellashtirish;

  • iqtisodiy-matematik yondoshuv;

  • kuzatish;

  • eksperiment;

  • sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.

Ta'sir ko’rsatish nuqtai nazardan esa usul deganda boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob'ektiga ta'sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
- funktsional tizimosti ob'ektlarini boshqarish usuli;
- boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari;
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.
Har xil yondashuvlar, yo’sinlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui - boshqaruvning aniq va o’ziga xos usullari deb yuritiladi.
Boshqaruv usullari - bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta'sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi.
Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob'ektiv tarzda kelib chiqadi.
Funktsional tizim-osti ob'ektlarini boshqarish usuli boshqariladigan ob'ektning tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, uning tarkibidagi bo’limlarni boshqarishda qo’llaniladigan o’ziga xos usullarni o’z ichiga oladi. Ularni quyidagi tizimosti bo’limlar misolida ko’rish mumkin.
Tizimosti bo’limlar:
1. "Ishlab chiqarish" bo’limi

  • mahsulotning pishiq (ishonchli) ligini tahlil qilish;

  • mahsulot sifatini nazorat qilish;

  • omilli tahlil;

  • funktsional tahlil;

  • ishchi kuchi, uskuna va materiallardan foydalanishni nazorat qilish;

  • ishlab chiqarish operatsiyalarini o’rganish;

  • ishlab chiqarishni programmalashtirish, rejalashtirish va nazorat qilish;

  • harajatlarni hisob-kitob qilish va boshqalar.

2. "Marketing" bo’limi
- tovarlar bozorida korxonaning mavqeini diagnostika qilish;
- korxonaning bozorga chiqish imkoniyatlarini tahlil qilish;
- yangi mahsulot va yangi bozorlarga chiqish bo’yicha talab va ehtiyojlarni aniqlash;
- marketing kontseptsiyasini ishlab chiqish va h.k.
3. "Xodim" bo’limi

  • ishchi kuchini rejalashtirish;

  • xodimlar mehnatini va ish xaqini tashkil qilish;

  • xodimlar va ularning martabalarini boshqarish;

  • xodimlarni boshqarish tizimini shakllantirish, tahlil qilish va boshqalar.

Bu usullarni qo’llash yordamida boshqariladigan ob'ekt tarkibidagi bo’limlarning maqsadlari va ularning yechimi bo’yicha zarur tadbirlar aniqlab olinadi.
Bu usullar boshqarish funktsiyalarini, ya'ni:

  • rejalashtirish;

  • tashkil qilish;

  • nazorat qilish;

  • muvofiqlashtirish;

  • motivatsiya (vajlar, isbotlar keltirish) kabilarni bajarish uchun qo’llaniladigan usullardir. Masalan, rejalashtirish funktsiyasini bajarishda mutaxassislar:

  • prognoz (oldindan aytish);

  • ekstrapolyatsiya;

  • regression tahlil;

  • modellashtirish;

  • hujum;

  • Delfa;

  • omilli tahlil;

  • Maqsadlar shajarasi va uni yechish kabi usullarni qo’llaydi.

Boshqarishning nazorat funktsiyasini bajarishda qo’llaniladigan usullar tezkor, buxgalteriya hisobi va statistika holatiga bog’liq va shularga asoslanadi. Motivatsiya usullari xodimlarni mehnatga undaydigan barcha usullarni, ya'ni:

  • ish haqi;

  • rag’batlantirish tizimi;

  • foyda taqsimotida qatnashish;

  • ma'naviy rag’batlar;

  • yuqori lavozimlarga tayinlash, malakani oshirish kabilarni o’z ichiga oladi.

Boshqaruv qarorlarini qabul qilish quyidagi uslublarga asoslangan holda amalga oshiriladi:

  • muammoni qo’yish;

  • muammoni hal qilish;

  • qarorni tanlash;

  • qilingan qarorlarning bajarilishini ta'minlash.

Muammoni qo’yish bosqichida qo’llaniladigan uslublar muammoni batafsil yoritishga, muammoga ta'sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni aniqlashga, vaziyatni baxolashga va shu asosda muammoli vaziyatni ifodalashga imkon yaratadi. Bu usullar tarkibiga:
- ma'lumotlarni yig’ish, saqlash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullari;
- muhim voqealarni qayd qilish usullari;
- qiyoslash usullari;
- dekompozitsiya va modellashtirish usullariga muhim o’rin beriladi.
Muammoni hal qilish, ya'ni yechim variantlarini ishlab chiqish bosqichida ham ma'lumotlarni yig’ishda qo’llaniladigan usullardan foydalaniladi. Ammo bu usullarni qo’llashga "Nima sodir bo’ldi" va "qaysi sabablar ta'siri ostida bo’ldi" degan muammoni hal qilishiga emas, balki "Muammoni qay tarzda hal qilish, qanday boshqaruv usulini qo’llash lozim" degan savolga javob topish nuqtai nazardan yondoshiladi.
Qarorni tanlash bosqichida, eng avvalo tanlash me'yor (kriteriya) larini shakllantirishga e'tibor beriladi. Bu erda so’z ko’pincha maksimumlashtiradigan yoki minimumlashtiradigan maqsadli funktsiya to’g’risida boradi. Odatda bunday tanlovni optimallashtirish deb ataladi. Optimallashtirish kriteriyalariga quyidagilar misol bo’la oladi:

  • foydani, daromadni, mehnat unumdorligini, samaradorlikni maksimumlashtirish;

  • harajatni, qo’nimsizlikni, unumsiz ish vaqtlari va hokazolarni minimumlashtirish.

Qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta'minlash bo’yicha tadbirlar qaror qabul qilinib, tasdiqlangandan so’ng tuziladi. Bu bosqichda qarorlar shajarasi tuzilib, unda maqsadga erishishning barcha yo’nalish va yo’llari ikir-chikirigacha aniqlab chiqiladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin