Korporativ moliyaviy boshqaruvni rivojlantirish masalalari


-rasm. Moliyaviy boshqaruvning kompleks vazifalari



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/31
tarix02.01.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#37533
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
korporativ moliyaviy boshqaruvni rivojlantirish masalalari

1-rasm. Moliyaviy boshqaruvning kompleks vazifalari.

6

 

 



Umuman  olganda,  korporativ   moliyaviy    boshqaruv   tizimida   foydani 

maksimallashtirish,   aksiya   kursini  va   biznes  qiymatini  maksimallashtirish, 

aksiyaga toʻgʻri keladigan foyda va dividend darajasini oshirish, shuningdek, 

xoʻjalik  subyekti  raqobatbardoshligi    va  moliyaviy  barqarorligini  oshirish 

maqsadida, moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish 

 

 



 

 



Moliyaviy menejment. O‘quv qo‘llanma. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 

vazirligi, TMI, - T.: «Iqtisod-Moliya» 2012. 25-bet. 




22 

 

jarayonini  boshqarishda  moliyaviy  menejerning  vazifalarini  beshta  asosiy 



 

yoʻnalishga ajratish mumkin: 

 

1.  Investitsion  loyihalar  jozibadorligini  baholash  va  aksiyador  mulkining 



ortishiga xizmat qiladigan loyihalarni tanlash. 

2.  Investitsion  loyihalarni  moliyalashtirish  manbalari  va  usullarini  aniqlash 

va belgilash. 

3. Kompaniya likvidliligi va toʻlovga layoqatliligini samarali boshqarish. 

 

4.  Faoliyat  davomida  yuzaga  kelishi  mumkin  boʻlgan  moliyaviy  risklarni 



 

baholash va boshqarish. 

 

5.  Investorlar  (aksiyadorlar)  manfaatlarini  qanoatlantiruvchi  foydani 



taqsimlash siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish va boshqalar hisoblanadi. 

Ma’lumki,  aksiyadorlik  jamiyatlari  (korporatsiyalar)  boshqa  tashkiliy 

shakllardan  farqli  ravishda  uning  egalari  (aksiyadorlar)  korporatsiyaning 

majburiyatlari  bo'yicha  cheklangan  javobgarlikka  egaligi  bilan  tavsiflanadi. 

Aksiyadorlaming  javobgarligi  belgilangan  miqdordagi  aksiyalami  sotib  olish  yo‘li 

bilan  ustav  kapitaliga  yo‘naltirgan  summa  bilan  chegaralangan.  Aksiyadorlik 

jamiyatlarida aksiyadorlar, odatda, korxona faoliyatida bevosita ishtirok etmaydilar 

va  moliyaviy  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilmaydilar.  Aksiyadorlar  tomonidan 

saylangan  Kuzatuv  kengashi  (Direktorlar  kengashi)  tomonidan  yollangan  malakali 

moliyaviy  menejerlar  moliyaviy  boshqaruvni  amalga  oshiradilar.  Turli  subyektlar 

faoliyatini  ko’lamini  kengaytirib  borishi,ixtisoslashgan  bo’linmalar  soni  o‘sishi  va 

ulaming  funksiyalari  kengayib  borishi  sababli  moliyaviy  boshqaruv  tashkiliy 

tuzilmasi  murakkablashib  bormoqda.  Rivojlangan  davlatlardagi  o‘rta  va  yirik 

korxonalarda  moliyaviy  direktor  yoki  moliyaviy  masalalar  bo‘yicha  kompaniya 

vitse-prezidenti  tomonidan  boshqariladigan  maxsus  xizmat  (moliya  departamenti 

yoki  boshqarmasi)ni  tashkil  etish  odatga  aylangan.Bugungi  kunda  moliyaviy 

direktor boshqaruv a’zolarining yoki direktorlar kengashining a’zosi hisoblanadi va 

boshqaruv  iyerarxiyasida  yetakchi  o‘rinlardan  biri  hisoblanadi.  Moliyaviy  direktor 

bosh  direktor  bilan  birgalikda  aksiyadorlar  oldida  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  javobgarlikni 

o‘z  zimmasiga  oladi,  moliyaviy  natijalar  bo'yicha  investorlar  va  biznes  egalariga 




23 

 

hisobot  beradi.  Moliyaviy  direktorga  nomzodlar  direktorlar  kengashi  tomonidan 



shaxsan  tasdiqlanadi.  Bu  jihat  moliyaviy  direktoming  mustaqilligi  va  o‘z  faoliyati 

bo‘yicha  aksiyadorlarga  hisobot  berishini  anglatadi.  Shunday  ekan  moliyaviy 

direktoming  bosh  vazifasi  moliyaviy  boshqarishning  izchil  va  samarali  ishlash 

tizimini  ta’minlash  orqali  korporativ  tuzilmaning  barcha  bo’linmalari  operatsion 

strategiyalarini  va  aksiyadorlar  uzoq  muddatli  maqsadlarini  integratsiyalash  bilan 

ifodalanadi.  Shunday  ekan,  moliyaviy  direktor  va  u  boshqaradigan  moliya  xizmati 

har  qanday  o‘rta  va  yirik  korxonada  muhim  rol  o‘ynaydi.  Moliyaviy  direktor 

faoliyati  bir  vaqtning  o‘zida  uch  xil  doirada:  funksional,  korporativ  va  boshqaruv 

ko‘rinishida  amalga  oshirilishini  ta’kidlash  lozim.  Shuning  uchun  ham  moliya 

xizmatining  zamonaviy  rahbari  ilmli,  keng  dunyoqarashga  ega  ijodiy  fikrlaydigan 

mutaxassis,  amaliy  muammolar  (pul  oqimlarini  boshqarish,  korxona  faoliyati 

haqidagi  tezkor  ma’lumotlar  bilan  ichki  va  tashqi  foydalanuvchilami  ta’minlash, 

investitsion  loyihalami  baholash,  moliyaviy  resurslami  qidirib  topish  va  jalb  qilish 

hamda  boshqalar)ni  hal  qilish  qobiliyatiga  ega,  shuningdek,  strategik  vazifalar 

birlashish  va  qo'shib  olishlar,  investorlar  bilan  o‘zaro  hamkorlik  samaradorligi 

tahlili va boshqalarni hal qila oladigan bo’lishi lozim. 

 

 


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin