Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi
kirish, uchta bob, хulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yхatidan iborat bo’lib, 9 ta
jadval, 4 ta rasm o’z ichiga oladi. Bitiruv malakaviy ishi hajmi 75 sahifadan iborat.
7
1-BOB.
BOZOR
IQTISODIYOTI
SHAROITIDA
KORPORATIV
MOLIYAVIY BOSHQARUVNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI
1.1 . Moliyaviy boshqaruvning xususiyatlari va uning korporativ
tuzilmalardagi ahamiyati
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy
vazifasi sifatida yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish
maqsadida moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tashkil etish belgilanadi. Erkin bozor
munosabatlarida bozorning har qanday subyekti sotuvchi va xaridor sifatida
qatnashishi mumkin. Bu jarayonda bozor munosabatlarini rivojlantirish moliyaviy
boshqaruvning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi.
Shu o’rinda, ushbu moliyaviy boshqaruv jarayonida moliyaviy oqimlar har
qanday korporativ tuzilmalarda boshqaruv obyekti hisoblanadi, shu sababli har bir
moliyaviy qaror pul oqimlari harakati bilan o’zaro bog’liq. Shuning uchun ham
aksariyat boshqaruvchilar o’z funksional vazifalarini amalga oshirish jarayonida
moliya xizmati bilan o’zaro bog’liqlikda faoliyatni tashkil etadi.
Bu mutanosiblik har bir boshqaruvchidan moliyaviy boshqaruv haqida
yuqori dunyoqarashga va bilimga ega bo’lishini,tashkilot oldida turgan
muammolarni to’g’ri baholay bilishini va o‘z faoliyatini yuqoridagilardan kelib
chiqqan holda tashkil etishi taqozo etadi.
Ma’lumki, moliya bu – turli darajadagi pul fondlarini tashkil etish,
taqsimlash (qayta taqsimlash) va foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar
yoki boshqacha aytganda, pul munosabatlari ustidagi amallar majmuidir.
Pul moliyaviy munosabatlarning moddiy asosi sifatida bozor iqtisodiyotida
tomonlarning manfaatlarini ifodalashda va o'zaro muvofiqlashtirishda,
shuningdek, umumiy qiymat ekvivalenti sifatida muhim rol o’ynaydi hamda
moliyaviy resurslar tashkil etishning tayanch asosi hisoblanadi.
Yuqorida keltirib o’tilganidek, hozirgi kunda moliyaviy resurslarni
boshqarish har bir korporativ tuzilma oldida turgan eng asosiy va strategik
vazifalardan biri hisoblanadi. Bu yo'nalishning korporativ tuzilmani boshqarish
tizimida strategik ahamiyatga egaligi moliyaviy resurslar va boshqa resurslar
8
(moddiy resurslar, mehnat resurslari va boshqalar)ni jalb qilishning o’zaro
bog’liqligi bilan izohlanadi. Bunday o'zaro bog’liqlikning maqsadga muvofiq va
samarali tashkil etilishi ko'p jihatdan korporativ tuzilma iqtisodiy barqarorligini
belgilab beradi, shuningdek, hodimlar, davlat va jamiyat moddiy farovonligi
o’sishiga xizmat qiladi.
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy resurslarning muhim ahamiyatga egaligi
ularni boshqarishning funksiyalarini belgilab beruvchi mustaqil faoliyat sifatida
moliyaviy boshqaruvni tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqargan.
Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchilar olimlar tomonidan moliyaviy
boshqaruvga oid turli fikrlar keltirilgan. Amerikalik iqtisodchi olim E.F.Brigham
fikriga ko’ra, moliyaviy boshqaruv - aktivlarni qancha miqdorda va qanday tartibda
jalb qilish, hamda firma qiymatini maksimallashtirish uchun firma faoliyatini
tashkil etish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishga qaratilgan boshqaruv faoliyati
3
deb e’tirof etiladi. I.A. Blank tomonidan moliyaviy boshqaruv korporativ
tuzilmalarda moliyaviy resurslami shakllantirish, taqsimlash va foydalanish hamda
pul mablag’lari oboroti bilan bog‘liq boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga
oshirish prinsiplari va metodlari tizimi
4
sifatida izohlanadi.
Shulardan kelib chiqib umumlashma fikr aytadigan bo’lsak, moliyaviy
boshqaruv korporativ tuzilmaning strategik va joriy maqsadlarini amalga oshirishga
yo‘naltirilgan moliyaviy resurslami va moliyaviy faoliyatni boshqarishiga aytiladi.
Mazkur boshqaruv bugungi kunga kelib korporativ tuzilmalar faoliyatida
asosiy richag bo’lib xizmat qilmoqda va shu asnoda korporativ moliyaviy
boshqarishning muhim nazariy asoslari yaratib bo’lingan
5
:
- erkin pul oqimlari konsepsiyasi;
- pul mablag’larining vaqt bo'yicha qiymati konsepsiyasi;
3
Brigham, Houston/Fundamentals of Financial Management.Conc 8th edition. Cengage
Learning, 2013-619p.
4
Бланк И А. Финансовый менеджмент. Учебный курс. - Киев. Ник-Центр, 2014. - С. 11
5
Moliyaviy
menejment:
Darslik/B.E.Toshmurodova,
S.E.Elmirzayev,
N.Tursunova;
T.:’’Iqtisod-Moliya’’, 2017.- 7b.
9
- risk va daromadlilik konsepsiyasi;
- bozor samaradorligi haqida gipoteza;
- portfel nazariyasi va moliyaviy aktivlar daromadliligi modeli;
- kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi;
- agentlik munosabatlari nazariyalari va boshqalar.
Mazkur nazariy asoslar xususida muhtasar holda to’xtalib o’tamiz:
Erkin pul oqimlari konsepsiyasi (concept of free cash flow) - firma faoliyat
yuritishiga ziyon yetkazmaydigan va kelgusi pul oqimlarining ijobiyligini ta’minlaydigan
naqd pul oqimlarini ta’minlashni nazarda tutadigan konsepsiyadir.
Наг qanday korporativ tuzilma faoliyat ko’lami va turidan qat’i nazar o‘z moliyaviy
munosabatlarini aniq tizim asosida tashkil etadi va bu tizim pul mablag‘lari harakati asosida
ishlaydi. Pul oqimlarini tashkil etishda e’tibor qaratiladigan asosiy jihat bu pul
mablag‘larining kirib kelishi va chiqib ketishidagi o‘zaro mutanosiblikka erishish
hisoblanadi. Bunda vaqt va miqdor omili birlamchi e’tibor talab qiladi. Ya’ni moliyaviy-
xo’jalik faoliyati natijasi korporativ tuzilma ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag‘lari
miqdori korporativ tuzilmadan chiqib ketayotgan pul miqdoridan ortiqni tashkil etishi
lozim. Boshqa tomondan esa korporativ tuzilma tomonidan olinadigan pul mablag‘lanning
kelib tushish vaqti pul mablag‘larining chiqib ketish vaqtidan qisqaroq bo‘lishi talab etiladi.
Keltirilayotgan bu ikki jihat har qanday korporativ tuzilma uchun moliyaviy barqarorlik va
toiovga layoqatlilikni ta’minlashdan tashqari faoliyat samaradorligiga erishishga ham
xizmat qiladi.
Pul mablag’larining vaqt bo’yicha qiymati konsepsiyasi- Pul
mablag‘larining vaqt bo'yicha qiymati (time value of money) konsepsiyasi
korporativ moliyaviy boshqaruvning fundamental asoslaridan biri hisoblanadi.
Mazkur konsepsiyaga muvofiq biz turli vaqtlarda egalik qiladigan pul mablag‘lari
bir hil bo‘lmagan qiymatga egalik qiladi. Ustiga-ustak biznesda va kundalik
hayotimizda pulga egalik qilish vaqti pul mablag‘larining miqdoriga nisbatan katta
ahamiyatga ega. Masalan, milliy pul birligining bugungi qimmati bir qancha vaqt
o‘tgandagiga nisbatan qadrliroq. Ya’ni u ayni paytda joriy iste’molni
qanoatlantirishga sarflanishi yoki kelajakda qo‘shimcha daromad olish uchun
10
investitsiya sifatida qo‘yilishi mumkin.
Ma’lum vaqtdan so‘ng zarur miqdordagi pul mablaglariga egalik qilish
uchun korporativ tuzilma ma’muriyati mavjud pul mablag‘ini hozirning o‘zida
yo‘naltirishi lozim bo‘ladi. Bunda qaror qabul qilishda kelgusidagi pul oqimlari pul
mablag‘larining joriy vaqtdagi qiymati ( present value - PV)dan kelib chiqqan holda
baholashni amalga oshirish lozim.
Risk va daromadiilik konsepsiyasi-bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik
faoliyati risk bilan chambarchas bog‘liq. Biror bir operatsiya bo‘yicha yuqori riskning
mayjudligi yuqori foyda olish imkoniyati bo‘lsada nafaqat ijobiy balki salbiy natijaga ham
sabab bo‘lishi mumkin.
Risk va daromadlilik konsepsiyasi- moliyaviy menejerdan nafaqat moliyaviy-
xo’jalik operatsiyalaridan olinishi mumkin bo’lgan natijalarni baholash, shu bilan
bir vaqtda natijaga erishish bilan bog‘liq risklarga ham diqqatini qaratishi
lozimligiga urg‘u beradi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq, agar riskning yuzaga
kelishi natijasida kutilgan daromadning pasayishi biznes uchun salbiy oqibatlarga
olib kelmasa risklari qabul qilish mumkin. Shunday qilib, ma’lum bir natijaga
erishish, biznesning kelgusi taraqqiyotini ta’minlash uchun risklami to‘g‘ri
baholash, ulami kamaytirish bo‘yicha o‘z vaqtida va mos chora-tadbirlami qo‘llash
talab etiladi.
Bozor samaradorligi haqida gipoteza - bozordagi holat haqida doimiy
ahborotga ega boiish va ulami tahlil qilish doimiy ravishda e’tibor talab qiladigan
masala hisoblanadi. Chunki bozordagi holatdan kelib chiqqan holda samarali
moliviy qarorlar qabul qilish bevosita korporativ tuzilma moliyaviy barqarorligi
o‘sishiga xizmat qiladi.
Portfel nazariyasi va moliyaviy aktivlar daromadliligi modeli - investitsion portfel
nazariyasining mohiyati mashhur kundalik prinsipda yetarlicha aniq aks ettirilgan: “Barcha
tuxumni bitta savatga solma!” Bu prinsipning biznes sohasida yuzaga kelishi mablag’larni
turli hil aktivlar, korporativ tuzilmalar va faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlash lozimligi bilan
ifodalanadi, ya’ni investitsion portfelni ulardan shakllantirish qoidaga ko‘ra qandaydir bitta
11
yo‘nalishdagi risklami taqqoslaganda jamlangan risklarning pastligi bilan bog‘liq.
Masalan, pul mablag‘larini bir vaqtning o'zida bir nechta sohaga joylashtirish natijasidagi
risklar pul mablag’larini faqat bitta sohaga joylashtirishdagi risklarga qaraganda kamroq.
Kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi -“Qayerdan mablag‘ olish kerak va
uni qanday taqsimlash lozim?” - bu savol barcha davrlarda insoniyatni tashvishga solgan.
Moliyaviy menejer ham muhim muammolar tarkibida mazkur muammodan holi tarzda
faoliyat ko‘rsata olmaydi. Ya’ni “faoliyatni tashkil etish yoki davom ettirish uchun zarur
kapitalni qaysi manbalardan jalb qilish zarur?”, degan savol moliyaviy menejer oldidagi
doimiy muammolardan biri hisoblanadi. Bunda qarz mablag‘lari jalb qihsh yoki o‘z
moliyaviy resurslari bilan cheklanish lozimligiga aniqlik kiritiladi. Mazkur oddiy
bolmagan savollarga har tomonlama asoslangan javob topish kapital tarkibi nazariyasining
tadqiqot predmetini tashkil etadi. Kapital tarkibi nazariyasining fundamental asoslarini
o‘rganish korporativ tuzilma faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish
jarayonida hisobga olinishi lozim bo‘lgan omillami a’lo darajada tushunish imkonini
beradi.
Dividend siyosati doirasida ko‘rib chiqiladigan, olingan foydani taqsimlash
yuqoridagi muammo bilan bevosita bogiiq va muhimhgi bo‘yicha kam bo‘lmagan
muammo hisoblanadi. Dividend siyosatidagi asosiy muammo olingan foydaning
ta’sischilarga dividendlar ko’rinishida to'lanadigan qismi va foydaning biznesni
yanada rivojlantirish uchun yo'naltiriladigan qismi o‘rtasidagi optimal nisbatni
belgilashni nazarda tutadi.
Agentlik munosabatlari nazariyasi ham ushbu o’rinda muhim hisoblanadi.
Iqtisodiy munosabatlarda har bir subyekt doimo o‘z manfaatlarini qanoatlantirish
uchun intiladi va bu manfaatlar biznes yuritish jarayonida har doim ham mos
kelavermaydi. Agentlik tushunchasi ikki ishtirokchi o’rtasidagi munosabatda
ulardan birining (buyurtmachi, prinsipal) o‘z funksiyalarini boshqa shaxsga, ya’ni
agentga o‘tkazishini anglatadi. Korporativ moliyani boshqarish nuqtayi nazardan
eng muhim agentlik munosabatlari sifatida mulkdorlar va menejerlar o‘rtasidagi
munosabatlar, shuningdek, kreditorlar va aksiyadorlar o‘rtasidagi munosabatlami
keltirish mumkin. “Prinsipal - agent” munosabatlarida yuzaga keladigan nizolarni
12
iqtisodchilar agentlik muammolari, agentlik nizolari yoki manfaatlar to‘qnashuvi
natijasidagi muammolar, deya ataydilar. Agentlik munosabatlari nazariyasi
agentlik munosabatlarida yuzaga keladigan muammolarning mohiyati va yuzaga
kelish sabablarini o‘rganadi, shuningdek, ularning oldini olish yoki salbiy
oqibatlarini kamaytirish imkonini beruvchi metodlar va instrumentlami ishlab
chiqadi.
Har qanday boshqarish tizimi kabi moliyaviy boshqaruv ham obyekt va
subyektga, ya’ni boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimostlariga ega.
Bunda korporativ tuzilmalaming pul mablag‘lari va ulaming manbalari,
shuningdek, korporativ tuzilmalar, xo’jalik faoliyatining boshqa ishtirokchilari,
moliya tizimining turli bo‘g‘inlari o‘rtasida yuzaga keladigan moliyaviy
munosabatlar boshqarish obyekti hisoblanadi.
Mulkdorlar, moliyaviy menejerlar, mos tashkiliy tuzilmalar moliyaviy
boshqaruv tizimida boshqarish subyektlar sifatida qatnashadi, bo’limlarning tarkibiy
qismlari esa boshqariluvchi tizimostilari sifatida yuzaga chiqadi. Bunda eng asosiy
boshqaruv subyekti korporativ tuzilmaning mulkdorlari hisoblanadi.
Iqtisodiyotda har qanday boshqaruv tizimining faoliyat yuritishi amaldagi
huquqiy ta’minot doirasida amalga oshiriladi. Bunda huquqiy ta’minotga 0‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, Kodekslari, qonunlari, 0‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari, vazirlik va
tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari, litsenziyalar, shuningdek, aniq bir korporativ
tuzilmaning ish faoliyatini tartibga soluvchi ta’sis hujjatlari, yo’riqnomalar va
nizomlar kiradi.
Moliyaviy boshqaruvning mohiyati uning bajaradigan funksiyalarida
namoyon bo‘ladi.
Moliyaviy boshqaruvning kompleks mazmunidan kelib chiqqan holda uning
bajaradigan fimksiyalarini ikkita asosiy guruhga bo‘lish mumkin:
-boshqaruv subyektining funksiyalari;
-maxsus funksiyalar.
Ushbu funksiyalarning har biri tarkibiy tuzilishga hisoblanadi.
13
Moliyaviy boshqaruvning funksiyasi samarali sifatida tashkil etishning
asosiy maqsad - boshqaruvchi sohasini va boshqariluvchi tizimlarni, shuningdеk,
ularning o’zaro aloqa va munosabatlarini shakllantirishdir
.
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy bosharuvni samarali tashkil etishni
rag’batlantirilishi ko’p jihatdan tahlil ishlarini aniq va to’g’ri yo’lga
qo’yilganligiga bog’liq bo’ladi, uning yordamida korporativ tuzilmalarning to’lov
qobiliyati, likvidliligi va moliyaviy barqarorligini, barcha moliyaviy-xo’jalik
jarayonlarining sodir bo’lishi va hodisalarni davriy ko’zatish, umuman moliyaviy-
iqtisodiy holatini baholash sifati imkoniyatiga ega bo’lish mumkin. Tahlil
yordamida korporativ tuzilmaning barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan
kamchiliklar aniqlanadi va ushbu kamchilikla bartaraf etiladi, xo’jalik subyеktini
yanada rivojlantirish yo’llari bеlgilanadi. Rеjalashtirish funksiyasi mavjud
rеsurslar hamda ularning chеgaralanganligini inobatga olgan holda korporativ
tuzilmaning maqsadlariga erishish yo’llarini bеlgilashdan iborat. Ishlab
chiqarishni bozordagi holatga mos kеlishini o’rganish, barcha turdagi rеsurslar va
kapitaldan samarali foydalanishni eng maqbul yo’llarini tanlash, qo’shimcha
moliyaviy mablag’lar jalb qilish yo’llarini izlab topish va shu kabilar rеjalashtirish
funksiyasiga misol bula oladi. Rеjalashtirish funksiyasining muhim jihati
shundaki, bunda korporativ tuzilmalar xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari
bozordagi holatdan kеlib chiqqan holda, mazkur tovar va xizmatga bo’lgan talab
va taklifning qay holatda ekanligi, raqobatning darajasi va shu kabi omillarga
bog’lik holda bеlgilanadi.
Korporativ tuzilmalar o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarini samarali amalga
oshirish, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasini yanada rivojlantirishda
ushbu korporativ tuzilma, firma va kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan ishchi
xodimlarning roli va xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ tuzilmalarda
rag’batlantirish funksiyani amalga oshirish jarayonida, korporativ tuzilma
boshqaruv tizimining turli bo’limlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning
korporativ tuzilma tomonidan bеlgilangan moliyaviy rеjalarni, vazifalar va
yuklamalarni to’liq bajarganligi, xizmat ko’rsatish va sеrvis sohasini
14
rivojlantirishda o’z hissasini qo’shgan hamda mavjud moddiy rеsurslardan
tеjamkorlik bilan foydalangan holda ishlab chikarish hajmini oshirganliklari
uchun ushbu xodimlarni rag’batlantirish va mukofotlash yoki aksincha, ushbu
vazifalarni amalga oshirishda sustkashlikka yo’l qo’ygan va bеfarqlik bilan
yondashgan xodimlarga nisbatan ma'lum bir choralar ko’rish tizimi yaratiladi.
Moliyaviy boshqaruvning ragbatlantirish funktsiya to’g’ri tashkil etilishi,
korporativ tuzilmada mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilanishiga, xodimlar
malakasini oshishiga olib kеladi, bu esa o’z navbatida, bеvosita korporativ
tuzilma, xo’jalik faoliyatining
rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadi.
Nazorat funksiyasining mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin:
korporativ tuzilmada bеlgilangan rеja ko’rsatkichlarini haqiqatda qay darajada
amalga oshirilayotganligi yoki bajarilmayotgan bo’lsa bunday holatlarni o’z
vaqtida aniqlash hamda ushbu holatlarni paydo bo’lish sabablarini batafsil
o’rganish asosida bunday kamchiliklarni bartaraf etishda tеzkor choralar
ko’rishdan iborat.
Moliyaviy
boshqaruvning
maxsus
funksiyalari
guruhi
boshqaruv
faoliyatming alohida turi sifatida moliyaviy boshqaruvning o'ziga xos
xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
aktivlarni boshqarish;
kapitalni boshqarish;
investitsiyalami boshqarish;
pul oqimlarini boshqarish;
moliyaviy risklami boshqarish.
Aktivlarni boshqarish funksiyasi mohiyati korporativ tuzilma moliyaviy
xo’jalik faoliyati bo’yicha belgilab qo'yilgan ko'rsatkichlardan kelib chiqqan holda
turli hil aktivlarga real talabni belgilash bilan ifodalanadi. Buda yuqori darajada
samarali foydalanish nuqtayi nazaridan aktivlar tarkibini optimallashtirish,
likvidlilikni ta’minlash, samarali amortizatsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga
oshirish, aktivlami moliyalashtirishning korporativ tuzilma uchun qulay bo‘lgan
15
bo’lishi mumkin. Uzoq muddatli istiqbolda ular korporativ tuzilmani
rivojlantirishning umumiy strategiyasiga mos kelishi, uni amalga oshirishni
ta’minlashi kerak bo’ladi.
Amaliyotda keng tarqalgan va an’anaviy boshqaruv maqsadlariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-foydani maksimallashtirish;
- moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;
-realizatsiyasi miqdorini maksimallashtirish va boshqalar.
Shular xususida gapiradigan bo’lsak,har bir xo’jalik yurituvchi subyektning bosh
maqsadi olingan tushumlarning sarflangan harajatlardan yuqori bo’lishiga erishish
hisoblanadi. Tushumlar va harajatlar o'rtasidagi farq foyda sifatida aks ettiriladi.
Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi har qanday
tashkilotning eng asosiy maqsadi o’z faoliyati bo‘yicha foyda miqdorini
maksimallashtirib borish hisoblanadi. Bunda foyda miqdorini buhgalteriya hisobi
ko'rsatkichlari asosida aniqlashning osonligi va har qanday boshqaruvchi yoki
mulkdor uchun tushunarli ekanligi mazkur yondashuvning ommaviyligida muhim
rol o'ynaydi.
Biznesni boshqarishda nisbatan oddiy va keng tarqalgan maqsadlardan biri
sifatida realizatsiyasi miqdorini maksimallashtirish ko‘rsatiladi. Bu maqsadning
keng tarqalishi ko‘plab boshqaruvchilaming o‘z mavqeyini (ish haqi, diplomatik
statusi, jamiyatdagi o‘rni) ko‘riladigan foydada emas, balki firmaning yuqori
darajasida ko‘rishida mujassamlanganligi bilan izohlanadi. Aksariyat korporativ
tuzilma rahbarlari uchun tovar ishlab chiqarish va savdo hajmini oshirib borish va
bu bo'yicha keng imkoniyatlar muvaffaqiyat o’lchovi va tahlilchilar hamda
investorlar uchun o’rganish obyekti boiib xizmat qiladi. Realizatsiyasi miqdorini
maksimallashtirish foydalaniladigan resurslar (homashyo, materiallar, ishchi kuchi
va boshqalar) miqdorini oshirish, shuningdek, ulami moliyalashtirish uchun
qo’shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishni taqozo etadi. Boshqa shart-
sharoitlaming o‘zaro tengligi sharoitida korporativ tuzilmadagi o‘sish reinvestitsiya
qilingan foyda miqdori bilan aniqlanadi. Shunday qilib, tovar ishlab chiqarish va
15
savdo hajmini oshirib borish mohiyatiga ko‘ra foydani maksimallashtirishga
tenglashtiriladi.
Moliyaviy
boshqarishda
moliyaviy
barqarorlikni
ta’minlash
maqsadi
rivojlanishda konservativ siyosat yuritishni taqozo etadi. O‘z navbatida,
konservativ siyosat yuqori daromadli operatsiyalar bo
’
lishidan qat’i nazar
risklardan qochish, yangi loyihalarni amalga oshirishda qatnashishni doimiy rad
etish, natijasi yuqori darajada noaniqlikka ega bo’lgan innovatsiyalami joriy
etishdan voz kechish kabilami nazarda tutadi. Keskin raqobat, ilmiy-tehnik
taraqqiyotning jadallashuvi, yangi mahsulot va xizmatlarning doimiy ravishda
paydo bo’lishi sharoitida bunday siyosat faqatgina qisqa muddatli istiqboldagina
korporativ tuzilmaning yashab qolishiga imkon beradi.
Shuni ta’kidlash joizki, iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash sharoitida
korporativ tuzilmalar moliyaviy barqarorligini ta'minlash moliyaviy boshqaruvning
asosiy maqsadi sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shundan kеlib chiqqan
holda, bugungi kunda korporativ tuzilmalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini
boshqarish sharoitlaridan kеlib chiqqan holda korporativ tuzilmalar moliyaviy
barqarorligini ta'minlash jarayonlarini o’rganish va tadqiq etish yanada kеngroq
yondashuvni talab qiladi va moliyaviy barqarorlikni boshqarishning konsеptual
asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish zarur hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |