Korporativ moliyaviy boshqaruvni rivojlantirish masalalari


XULOSA VA TAKLIFLAR.......................................................  69



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/31
tarix02.01.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#37533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
korporativ moliyaviy boshqaruvni rivojlantirish masalalari

XULOSA VA TAKLIFLAR.......................................................  69 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI...............  73 


 

KIRISH 

 

 

Bitiruv   malakaviy   ishi   mavzusining   uning   dolzarbligi.   Ma’lumki, 



bugungi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  korporativ  tuzilmalarning  o’rni  benihoya 

yuqoriligi  ko’pchilik  iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasida  allaqachon 

o’z  tasdig’ini  topgan.  Xususan,  O’zbekiston  Respublikasida  aksiyadorlik 

jamiyatlarida  samarali  boshqarish  tizimini  tashkil  etishda  korporativ  moliyaviy 

boshqaruvni  takomillashtirish  yo’llari  va  korporativ  boshqaruv  standartlarini 

kiritishda rag’batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Jumladan,  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  tarkibiy  o’zgarishlar  va 

yuksak  texnologiyalarga  asoslangan  zamonaviy  korporativ  tuzilmalarni  yanada 

rivojlantirish  dasturidagi  vazifalaridan  kelib  chiqqan  holda  aksiyadorlik 

jamiyatlariga  zamonaviy  tehnologiyalarni  keng  joriy  etish,  investitsiyalarni  jalb 

etish,  innovatsion  jarayonlarni  rivojlantirish  korporativ  boshqaruv  tizimini  yanada 

takomillashtirish  zarurligini  ko’rsatmoqda.Shu  asnoda,  bugungi  kun  yurtboshimiz 

bo’lgan  Sh.Mirziyoyevning     

’’

O’zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish 



bo’yicha  harakatlar  strategiyasi  to’g’risida’’gi  farmoniga  asosan,  iqtisodiyotni 

yanada 


rivojlantirish 

va 


liberallashtirishga 

yo’naltirilgan

makroiqtisodiy 



barqarorlikni  mustahkamlash  va  yuqori  o’sish  sur’atlarini  saqlab  qolish,davlat 

mulkini  xususiylashtirishni  yanada  kengaytirish,  korporativ  tuzilmalarni  strategik 

boshqarishda  aksiyadorlarning  rolini  oshirish,  chet  el  investitsiyalarni  jalb  etish, 

xorijiy  hamkorlar  bilan  tashqi  aloqalarni  kengaytirish,  ayrim  milliy  korporativ 

tuzilmalarning  aksiyalarini  (IPO)  nufuzli  xorijiy  fond  birjalariga  dastlabki  tarzda 

joylashtirishga  tayyorgarlik  ko‘rish  borasidagi  tadbirlarga  firma,  korporativ 

tuzilmalarni   tayyorlash,   moliyaviy   faoliyat   yo’nalishlarini   barqarorlashtirish 

muhim ekanligini aytib o’tmog’imiz darkor. 

Shunday  ekan,  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  korporativ 

 

tuzilmalarda  korporativ  boshqaruv  tizimini  tashkil  etish  hamda  moliyaviy 



 

 

1   



O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi 

to’g’risida’’gi  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF 4947-sonli 

Farmoni 



 

boshqaruv  sohasini  takomillashtirish  yo’llarini  o’rganish  muhim  vazifalardan  biri 



sanaladi.  Binobarin,  birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek: 

“Korporativ    boshqaruv    tizimidagi    prinsip    va    yondashuvlarni    tubdan 

o’zgartirishimiz  uning  haqiqiy  bozor  xususiyatlariga  ega  bo’lishini  ta’minlash  va 

konservativ qarashlardan xalos bo’lishida katta hissa bo’ldi”

2



Shulardan kelib chiqqan holda, korporativ tuzilmalarda moliyaviy boshqaruv 



tizimini  samarali  tashkil  etish  iqtisodiy  subyekt  moliyaviy  barqarorligini  oshirish 

orqali  mulkdorlar  moddiy  farovonligining  o'sishiga  xizmat  qiladi.  Korporativ 

tuzilmalarning  moliyaviy  barqarorligi  o‘z  navbatida,  mamalakat  moliya  tizimi 

barqarorligi hamda aholining moddiy farovonligiga xizmat qiladi. 

Shu  asnoda,  rivojlanayotgan  mamlakatlarda,  xususan,  respublikamizda  ham 

korporativ  tuzilmalarda  moliyaviy  boshqaruv  tizimini  samarali  tashkil  etish  va 

rivojlantirishga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda.  Chunki,  mamlakatimizda  hali  to’la  – 

to’kis  tadqiq  etilmagan  mazkur  sohani  iqtisodiyotda  keng  targ’ib  etish, 

mamlakatimiz  iqtisodiyotini  yuksaltirishda  korporativ  tuzilmalarning  roli  va 

ahamiyatini  oshirish  borasida  hali  ko’plab  vazifalarni  amalga  oshirish  lozim.  Bu 

esa  istiqbolda  mazkur  boshqaruv  shaklidan  samarali  foydalanish  maqsadida 

rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida amal qilib kelayotgan korporativ boshqaruv 

usullarini teran tahlil etish lozimligini ko’rsatadi. 


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin