Korreksion pedagogika va logopediya



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə16/38
tarix20.12.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#76855
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Korreksion pedagogika va logopediya

J 4. Mujassam nuqsonli bolalar kategoriyasi boshqa anomal bolalardan nimasi bilan farq qiladi?
ADABIYOT

  1. Defektologicheskiy slovar. М., Pedagogika, 1970

  2. Oilada serebral falaj bo'lgan ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korreksion pedagogik ishlar, RTM, Т., 1998

R.Shomaxmudova., G.A.Sodiqova , Fayziyeva U.YU

  1. Shipisbina L.M.Zashyeujnskaya O.V i dr. Azbuka obshyeniya SPb. 1998..

  2. V.A.Lapshin, B.P.Puzanov. Osnovi defektologii. М., Prosvesheniye, 1990

  3. A.I.Mesheryakov. Slepogluxonemiye deti. М.,1974

  4. K.A.Semyonova, M.M.Maxmudova. Meditsinskaya reabilitatsiya i sotsialnaya adaptatsiya Ьо1пых detskim serebralnim paralichem. Т., 1979

  5. L.O.Badalyan, L.T.Jurba, O.V.Timonina. Detskiy serebralniy paralich. Kiyev, Zdorovye, 1988

  6. G.V.Dedyuxina, L.D.Moguchaya, T.A.Yanishena. Logopedicheskiy massaj i lichebnaya fizkultura s detmi 3-5 let, stradayushimi detskim serebralnim paralichom. М., Gnom-Press, 1999

  1. bob. OG'IR NUTQIY NUQSONLI BOLALAR

  1. Logopediya fanl va uning vazifalari.

Reja

  1. .Logopediya fanining predmeti

  1. Logopediya fanining vazifalari

  2. Logopediya fanining maqsadi

  3. Logopediya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

Korreksion pedagogika fani rivojlanib borib, ayrim sobalari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Shu fanlar jumlasiga logopediya ham kiradi. Logopediya (logos - so z, padeo - tarbiyalash, o'rgatish degan ma’noni anglatadi) — pedagogik fanlardan bin boiib, nutq kamchiliklari va ularning sabablarini o‘rganish, shuningdek, bularnitig oldini olish, borlarini bartaraf etish uchun maxsus ta’lim-tarbiya vositalari va metodlarini ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish masalalari bilan shug'ullanadi.
Logopediya fani mavzu bahsi, nutq kamchiligi bor kishilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni. Nutq kamchiligi bor kishi esa logopediya fanining o‘rganish mavzusi hisoblanadi.
Hozirgi zamori logopediyasiga maktabgacha yoshdagi bolalar logopediyasi, o'smirlar hamda kattalar logopediyasi, maktab yoshdagi bolalar logopediyasi kiradi.
Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Turli hil nutq kamchiliklari bor kishilaming nutq faoliyati ontogenezini o‘rganish.

  2. Nutq kamchiliklarining sabablari va simptomatikasi, ularning turlari, kelib chiqish mexanizmlarini o'rganish, darajasini aniqlash.

  3. Nutq kamchiliklarini kishi faoliyati, shaxsiyati, huiq-atvori, ruhiy rivojlanishiga ta’sirini o'rganish.

  4. Eshitish, ko'rish, intellektual va boshqa kamchiliklarga ega bo'lgan anomal bolalar nutqiy faoliyatining ahvoli, yetishmovchiliklami o'rganish, aniqlash.

  5. Nutq kamchiliklarini aniqlash yo'llari, usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish.

  6. Nutq kamchiliklarini sistemaga solish, tasniflash,tizimga keltirish.

  7. Nutq kamchiliklarining oldini olish, bartaraf etish prinsiplari va usullarini, tashkiliy shakllarini belgilash, ishlab chiqish, takomillashtirish.

  8. Logopedik ishni tashkil etish masalalarini chiqishyHKHiu.

Logopediya fani анатомия, fiziologiya, neyrofiziologiya, otoloringologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, pediatriya, лингвистик lingvistik , psixolingvistika, psixologiya va pedagogika fanlar bilan bog‘liq, shular asosida rivojlanadi.
Logopediya korreksion pedagogika fani kabi, nerv sistemasining tuzilishi, rivojlanishi faoliyati haqidagi nazariyaga asoslangan. Tabiiy fanlarni bilmay turib, nutq kamchiliklarini kelib chiqish sabablari, mexanizmi, bola psixikasiga ta’sirni aniqlab bo'lmaydi. Logoped nutq kamchiliklarining nevrologik asoslarini yaxshi bilishi kerak. Bu bilimlar nutq камчиликларини bartaraf etish, ularai oldini olish, bolani to‘g‘ri tarbiyalash, unga bilim berish yo'llari va usullarini to‘g‘ri tanlashda logopedga yordam beradi. Tibbiy fanlar haqidagi bilimlar to‘g‘ri logopedik xulosa chiqarish, nutq kamchiliklarini ularga o‘xshash boshqa anomaliyalardan ajratish, anomal bolalarni tegishli muassasalarga to‘g‘ri saralash imkonini beradi.
Logoped o‘z oldiga qo‘ygan maqsad - vazifani hal etishda тилшунослик, lingvistik фанларга, psixologiya va pedagogikaga suyanib иш ko‘radi.
Tilshunoslik fani kishilaming eng muhim aloqa quroli bo‘lgan nutqni ijtimoiy hodisa deb biladi. Nutqning asosiy tarkibiy qismlari: tovush, so‘z, so‘z birikmasi va gap bir butun tizimni tashkil etib, fikrni og'zaki yoki yozma ravishda ifodalash uchun hizmat qiladi. Har bir logoped tilshunoslikning ilmiy-nazariy asoslarini, fonetika va grammatikani, lug‘at va stilistikani, orfografiya va punktuatsiyani mukammal bilish bilan birga, ifodali o‘qiy olish va тугри so‘zlay olish qobiliyatiga ham эга ega kerak. Tabiiyki, logopedning o‘zi imloni yaxshi bilmay turib, o‘quvchilarga hech qachon savod malakasini singdira olmaydi, logoped uchun og‘zaki va nutq нутк qobiliyati amaliy jihatdan juda muhimdir: logoped so‘z vositasida fan xulosalarini izohlabgina qolmasdan, ayni vaqtda nutqida kamchiligi boigan bolani tarbiyaiaydi, tarbiyalanuvchilar yo‘lini yoritadi ham.
Logopediya maxsus pedagogika - korreksion pedagogika fanining bir sohasidir. Logoped ham boshqa fan o'qituvchilari kabikabita’lim ва tarbiya shakllarining mohiyatini, maqsad va mazmunini, usul hamda vositalarini, prinsiplarini yaxshi egallab, ularni amalda qo‘llay olishi kerak.
Logoped bolalaming psixologik qobiliyatlarini hisobga olishi kerak. Bolalarni o‘z kuchiga ishontirishi, mashg‘ulotlarga havasini uyg'ota bilishi, material bayoni vaqtida ularning dikqatini to‘la jalb qila olish, materialni esda saqlab qolish yoMlarini (masha, ko'rgazmali qurollardan foydalanish, mustaqil ish, suhbat, grammatik o‘yin kabi vositalarni) qoMlanishi o‘qitish samaradorligini yanada oshiradi. Inson idrokining mazmuni, fikri, nutqi orqali shakllanadi. Bolalar logoped tushuntirgan materiallarni eshitib, yozganlarini ko‘rib, kuzatib, mushohada yo‘li bilan o'zlari fikr yuritadilar va berilayotgan bilim-malakalarni mustahkamlab o'zlashtirib boradilar.
Moddiy dunyodagi narsa va hodisalar ongimizda aks etib, bularning in’ikosi so‘z shaklida ifodalanadi, til hodisalari vositasida namoyon bo'ladi. Inson o‘zi ko'rgan va ta’sirlangan buyum yoki voqealami so‘z yordamida nomlab, ularning mazmuni haqidagi taassurotlami obrazlar, fikrlar, tushunchalar, tasavvurlar ko'rinishida anglash, ifodalash imkoniyatiga ega boMadi. Har qanday hodisaning miyada aks etishi va ongda mustahkam o'mashib qolishida nutq yetakchi vosita hisoblaadi. Modomiki shunday ekan, nutq aloqa bogMash jarayonida tafakkur кураги bo‘lib xizmat qiladi.Shu билан birga aloqa jarayonida nutq — ifodalash, biror narsani bildirish,anglatish va ta’sir курсатиш vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyati nutq negizida paydo boMadi. Nutq kishi tafakkurining rivojlanish darajasini ham belgilab beradi. Nutqdagi kamchilik bolaning tafakkuri, xotirasi, diqqati va boshqa ruhiy jarayonlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.OgMr nutqiy kamchiligi boMgan bolalarda intellektual kamchiliklar boMishi,yuzaga kelishi mumkin va aksincha, masalan, oligofren bolalar nutqida bir qator nutqiy kamchiliklar kuzatiladi. Logopedik amaliyotda nuqsonlaming birlamchi va ikkilamchi ekanligini aniqlash nihoyatda muhim. Logoped har bir bolaning ruhiy rivojlanishini chuqur o‘rganib nutq kamchiligi tufayli ruhiyatida paydo boMgan ikkilamchi asoratlami ajrata bilishi kerak. Agar aql idrok rivoji nutqiy kamchilik tufayli orqada qoigan boMsa, bunday bola nutqida kamchiligi boMgan bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi bolalar bog'chasiga yuborilishi kerak. Bilish faoliyatining turg‘un buzulishi natijasida bola nutqi rivojlanmagan boMsa, bu bolani oligofren bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi maxsus bolalar bog'chasiga yuborish talab etiladi.Ma’lumki, nutq murakkab funksional sistemani уз ichiga oluvchi жараёндир. Bu sistemaning har bir tarkibiy кис ми qismi qismlari bilan mahkam bog'langan. R.YE.Levina va shogirdlari L.S.Vigotskiyning nutq va tafakkur haqidagi ma’lumotiga asoslanib turib, nutqni uch tarkibiy qismga bo‘lib: fbnctiko-фонематик, leksik va grammatik nutqqa ajratib o‘rganishni tavsiya etadi. Ana shu uchchaia qism kishinirig yaxlit nutq sistemasini tashkil. Nutqida kamchiligi boimagan va kamchiligi bo‘lgan bolalarda nutq sistemasi har xil darajada rivojlanadi. Nutq sistemasining fonetiko- fonematik qismi tovushlar talaffuzi, ovoz, nutq ma’romi, sur’ati, rovonligidan, shuningdek idrok qobiliyatidan tashkil topadi. Leksik va grammatik qismlari tilning lug‘at boyligi va grammatik qurilishini o‘z ichiga oladi. Nutq sistemasida leksik qism yetakchi o'rinni egallaydi. Bola nutqida so‘zlar soni kam, ya’ni nutqning leksik qismi rivojlanmagan bo‘lsa, fonetiko-fonematik, grammatik qismlarida ham, ma’lum kamchiliklar yuzaga keladi, butun nutq sistemasida yetishmovchiliklar kuzatiladi. Fonetiko-fonematik qismdagi kamchiliklar, masalan tovushlarn, noto‘g‘ri talaffuz etish tufayli so‘zlar leksikaning o'zgarishi, nutqning grammatik tuzumiga ta’sir etadi. Sistemalilik prinsipi nutq kamchiliklarini aniqlash, bartaraf etish, oldini olish yo‘llari, usullami to‘g!ri belgilashga yordam beradi.
Logopediya fani barcha ishlarni kompleks yondoshish asosida tashkil etishni tavsiya qiladi. Kompleks yondoshish - bolaga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishini ko‘zlab ta’lim-tarbiya jarayonida ham pedagogik, ham psixologik, ham meditsina metodlarini ishlatishdir.
Rivojlanish prinsipi nutq kamchiligining kelib chiqish yo'lini, uning rivojlanishini tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Bunda kamchilikning kelib chiqish sababalarini rivojlanish jarayonida qanday o'zgarishiar natijasi ekanligini ko‘rsatish - asosiy vazifadir.
Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga albatta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og‘ir ruhiy kechinmalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, ayrim so'zlarning noto‘g‘ri talaffuz etilishi kishini noqulay vaziyatga solib qo‘yishi bilan birga, uni atrofdagilar bilan muomala qilishida qiynab qo‘yadi, u gapirganda o‘z fikrini toia anglata olmaydi. Nutq kamchiliklarining og‘ir turlari (alaliya, rinolaliya, tutilib gapirsh va boshqalar) maktab dasturini o'zlashtirishga, keyinchalik, kasb tanlashga, ba’zan, umuman o‘qishga to'sqinlik qiladi, bilish faoliyati rivojlanishini susaytiradi, ba’zilarida intellektual yetishmovchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Shu nuqtai nazarda, nutqdagi kamchiliklami boshqa ruhiy jarayonlar bilan bog' Iangan holda o'rganish prinsipiga amal qilish nihoyatda zarur.
Nutq kamchiliklari ko‘p hollarda biologik va ijtimoiy omillaming birgalashib ta’sir o'tkazishi natijasida paydo bo'ladi. Logopedik ishning samarodorligi nutq kamchiliklari kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, turlarini to'g'ri aniqlashga bog'liqdir. Bu o'rinda ontogenetik, etiopatogenetik prinsiplami ahamiyati katta.
Nutq kamchiliklarini o'rganish, aniqlash, ulami bartaraf etishda logoped barcha didaktik prinsiplarga tayangan holda ish tutadi. Logopedik ishni tashkil etishda, har qaysi bolaga xos xususiyatlami hisobga olish, bilim, ko'nikma va malakalarni puxta o'zlashtirish, ta’limning o'quvchilarga xos bo'lishi, ta’lim va tarbiyaning birligi prinsipiga amal qilish, onglilik, aktivlik va mustaqillik kabi prinsiplarning ahamiyati ayniqsa katta.
SAVOL VA TOPSHIR1QLAR

  1. .Logopediya fanining predmeti deganda nimani tushunasiz?

  1. Logopediya fanining vazifalariga nimalar kiradi?

  2. Logopediya fanining maqsadi nimalardan iborat?

  3. Logopediya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.


  1. Yüklə 1,41 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin