Korreksion pedagogika va logopediya



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə19/38
tarix20.12.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#76855
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
Korreksion pedagogika va logopediya

qo'yganda ona tilisining grammatik tuzilishini tezda egallay boshlaydi.

Bola “oz” va “ko‘p” tushunchasini juda erta farq qila boshlaydi, 2 yoshga yaqinlashganda “katta” va “kichik” tushunchasini ham farq qila boshlaydi. Ammo qaratqich kelishigi o‘miga tushum kelishigi qo'shimchasini ishlatadi (bizani uyimiz). Bolalar bu yoshda fe’llarni shaxs va zamon e’tibori bilan ham birmuncha to‘g‘ri ishlatadigan bo‘lib qoladilar. Bolalar buyruq fe’lini ancha tez va barvaqt o'zlashtirib oladilar.
Bola ikki yoshga to'lganida sodda gaplami to'g'ri tuzib gapirishni o'rganadi. Endi bola o‘zi turgan vaziyatdan tashqaridagi narsalar, shu payfdagi biron ish harakat bilan bilvosita bog‘langan narsalar haqida ham gapira boshlaydi, ya’ni o‘zi bevosita ko‘rib turmagan narsalar to‘g‘risida gapira boshlaydiki, bu xildagi nutq tasawurlarga asoslanib fikr qilishning ifodasidir.
Ikki yarim yoshdan besh yoshgacha bo'lgan bolalarda aksari o‘zicha solz yasash hodisasi ko‘riladi, masalan, bu yoshdagi болалар o‘z!ari bilgan so'zlaming shakllariga o‘xshatib so‘z tuza boshlaydilar: non-nanna, osh- ashsha va liokazo. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalaming kattalardan eshitgan so'zlarnigina takrorlab qolmasdan, balki shu tariqa o‘zlaricha so‘z yasash grammatik shakllarini ham egallay boshlaganini ko'rsatuvchi belgidir.
Bola yetti yoshga to‘lganida og'zaki nutqning grammatikasini amaliy yo‘l bilan egallab oladi deyish mumkin. Bu esa keyinchalik savod chiqarish va til grammatikasini o'rganishga imkon beradi.
Maktabdagi ta’lim jarayonida nutjningO‘sishi
Maktabda o‘qiyotgan bola o‘z nutqini grammatika qoidalariga muvofiq suratda, ongli ravishda tuzishni o‘rganadi. Grammatikani o‘qib o‘rganish jarayonida bola nutqining fonetik jihati qaror topib, nutqning morfologik jihati to‘g‘rilanib boradi, sintaksis tuzilishi ancha takomillashadi.
Maktabda o‘qitilayotgan hamma fanlami o‘rganish va shu fanlar bilan shug ullanish jarayonida o‘quvchi nutqining lug‘at boyligi ko‘payadi, so‘zlaming mazmuni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi so'zning, har qaysi atamanii g ma, aniq, ravshan bo'lib boradi.
Ta’lim jarayonida o'quvchi yozma nutqini to'g'ri tushunishni o'iganib oladi- ыл fikrlarini yozma nutq bilan ham bayon qilish va boshqalarga tushuntirishni o'rganad' 1 Yozma nutqni egallash og'zaki nutqni va ayniqsa monolog nutqni to'g'ri kengroq qilib tuzishga yordam beradi.
O'quvchi ovoz chiqarib o'qish, matnni aynan yoki o'z so'zlari bilan takrorlash yo'li bilan o'zining artikulatsiya apparatini mashq qildiradi, o'z nutqini qay darajada to'g'riligini, shu bilan birga o'zi o'zlashtirgan bilimlarini to'g'ri va mustahkamiigini ham nazorat qilib boradi.
Savol va topshiriqlar

  1. .Nutqni rivojlanish bosqichlarini ta’riflab bering

  1. Nutqning fonetik jihatdan o'sishi deganda nimani tushunasiz?

  2. Bolalar nutqi grammatik tuzilishining o'sishi

  3. Maktabdagi ta’lim jarayonida nutqning o'sishi


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin