Korreksion pedagogika va logopediya



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə21/38
tarix20.12.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#76855
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Korreksion pedagogika va logopediya

M g tadi. Bu
nervlarda paydo boMgan qo‘zg‘alish bosh miya po‘st!og‘iga - eshituv analizatogwi oliy markaziga yetib boradi va u yerda tahlil etilib, bizda tovush sezgisini keltic] chiqaradi.
Bolada nutq rivojlanib borishi, yuqorida aytilgandek, eshituv analizatori funksiyasiga, miyada boMib o‘tadigan tahlil jarayonlarining takomillashib borishiga bevosita bogMiqdir. Bola hayoti birinchi yilining oxirlari va butun ikkinchi yili nutq shakllanib qaror topib boradigan davridir. Bu davrda asl nutq apparati rivojlanib takomillashib boradi va bosh miya po‘stlog‘idagi tegishli markazlar bilan o'zaro aloqalar hosil qiladi.
Asl nutq apparati : 1) nafas a’zolari; 2) hiqildoq; 3) artikulyatsion apparatlardanl tashkil topgan. Nutqiy tovushlarni hosil qiluvchi vosita o'pkadan nafas yoMlari orqali chiqib, hiqildoqqa va undan og‘iz bo‘shligM, ba’zan burun bo‘shligMga o‘tadigan havo oqimidir. Demak, o‘pka nutq tovushlarini talaffuz etish uchun zarur boMgan havo oqimining manbaidir.
Ovoz hiqiidoqda hosil boMadi. Hiqildoqda ko‘ndalang joylashgan elastik, vupqa tovush boylamlari mavjud boMib, bular so‘zlash paytida, o‘pkadan chiqadigan havo oqimining kuchi bilan tebranadi, shulaming tebranishida ovoz hosil boMadi. Unli, sonor va jarangli undosh tovushlari ovozi ana shu tovush boylamlarining hiqildoq bo‘shlig‘ida tebranishi natijasidir. Jarangsiz undoshlar hosil boMishida bu boylamlar tebranmaydi, ularning orqasi ochiq turadi: orasi yopiq boMsa havo oqimi ularning orasidan o‘tadi va ovozdor: unli, sonor, jarangli undosh tovushlar hosil boMadi.
Tovush boylamlarining tebranishi natijasida hosil boMgan ovoz kuchsiz, past, noaniq boMadi.Og‘iz va burun bo‘shligM — nutq rezonatori, ya’ni ovozni kuchaytirib beradigan joydir. OgMz bo‘shligMda joylashgan a’zolaming turlicha harakati va holati tufayli xilma-xil tovushlar hosil boMadi. Nutq organlarining tovush hosil q paytidagi harakati va holati artikulatsiya degan atama bilan belgilanadi. OglZ bo'shligMdagi eng aktiv organ tildir. Til o'zining harakatchanligi bilan tovush hosil qilishda boshqa nutq organlariga nisbatan kattaroq vazifani bajaradi. Til, lablar>
shoq tanglay, kichik til (lak-luk), tovush boyiamlari aktiv organlar deb; tish, qattiq t rglay burun bo'shlig'i - passiv organlar deb sanaladi. Hiqildoq orqali o'tgan havo oqiini til, tanglay yoki ikki labning to‘siqligiga duch kelib, shovqin hosil bo'ladi. Og'iz bo‘shlig‘i pastki harakati bilan keng va tor holatga o‘tib turadi. Til bilan tanglayning nutq tovushi hosil qilishidagi harakatini aniq belgilash maqsadida bulaming har biri bir neclia tjisniga bo‘linadi: til otdi, til o‘rtasi va til orqasi; tanglay oldi yoki qattiq tanglay va tanglay orqasi yoki yumshoq tanglay. Til og‘iz bo‘shlig‘ida gorizontal va vertikal yo'nalishlarda harakat qiladi: tilning oldinga - milkka va orqaga qarab siljib turishi gorizontal yo'nalishdagi, tanglayga tomon yuqori ko‘tarilishi va undan past tushishi vertikal yo'nalishdagi harakatdir. So'zlash paytida Iablar turlicha harakat qiladi: cho‘chchayadi, pastki lab ustki labga yo tishlarga tegadi va hokazo. U yoki bu nutq organining tovush hosil qilishida aktiv qatnashgan qismi artikulatsiya o‘rni bo'ladi. Masalan, tilning old qismi oldingi tish milkka tegishi yoki yaqinlashishi bilan “D”, “T”, “Z”, “J”, “SH” kabi tovushlar paydo bo'ladi, demak, bunday tovushlaming artikulatsiya o'mi til oldidir. Pastki labning ustki tishlarga sal tegishi bilan “F” tovushi hosil bo'ladi, “F” undoshning artikulatsiya o'mi lab va tishlardir.
Artikulatsiya o'mi va usuii nutq tovushlarini tasvirlash, tasniflash, logopedik kamchiliklami aniqlash, bartaraf etish muhimdir.
Nutq apparatining tuzilishi va faoliyatida turli xil kamchiliklar kuzatilishi mumkm. Shuiardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz.
TIL NUQSONLARI

  1. Tilning nihoyatda katta bo'lishi natijasida “s”, “r”, “I” va boshqa tovushlar

  1. g ri talaffuz etiladi, masalan sirg'aluvchi tovushlar talaffuzida tish aro sigmatiz.m kabi nuqson kuzatilishi mumkin.

  1. IJ *

  • zun, tor til y(,n sigmatizmiga, ya’ni havo oqimi o'rtadan o'tishi o'miga g yon tomonlaridan o'i,shi natijasida paydo bo'ladigan talaffuz kamchiliklariga

olib kelishi mumkin. Tilning tor, uzun bo'lishi “R”, “T”, “D”, “N” kabi tovn м Ж
ush'«nsi~
noto‘g‘ri talaffuz etilishiga ham sabab bo'lishi mumkin.

  1. Til xaddan tashqari kalta boMsa, uni tanglay bilan birikishi natijasida bo'ladigan tovushlar (r, s, sh, l)ni noto‘g‘ri talaffuz etilishiga olib kelishi mumkin

  2. Tilning tug'ilishdan bo'lmasligi. Bunday hollarda kishi gapira olmaydi^ so'zlarini mutlaqo tushunib bo‘lmaydi.

LABDAGINUQSONLAR
Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishda lablar xam faol ishtirok etadi.

  1. Labning tug'ma ikkiga bo'linganligi lablangan barcha tovushlar (m, p, b v {)

noto‘g‘ri talaffuz etilishiga olib keladi.

  1. Lablarning yupqa, kaltaUgi natijasida, og‘iz to‘liq yopilmaydigan bo‘Isa, bunda lablangan tovushlar noto‘g‘ri talaffuz etiladi.

  2. Lablarning haddan tashqari qalin bo‘fishi ularning kam harakat bo'lishiga olib keladiki, bunda ham barcha lablangan tovushlar noto'g'ri talaffuz etiladi.

Yuqori labning kalta va pastki labning qalinligi ham talaffuzga ba’zan ma’lum darajada ta’sir etadi.
TANGLAYDAGI NUQSONLAR
Tanglay yuqorida aytilgandek, qattiq va yumshoq tanglaydan iborat. Qattiq tanglay tanglayning oldingi, harakatlanmaydigan, passiv qismi. Yumshoq tanglay, ya’ni tanglay pardasi tanglayning orqa harakatchan, aktiv qismidir. Tanglay tuzilishida quyidagi kamchiliklar kuzatiladi:

  1. Tanglay yoriq - bunda og‘iz va burun bo'shliqlari orast ochiq qoladi, natijada barcha tovushlar manqalanib, burun bilan talaffuz etiladi, tovushlar talaffuzidagi bunday nuqson, jumladan rinolaliya deb ataladi.

  2. Yumshoq tanglay kalta, kamhaiakat - bunda havo oqimi burun bo‘shlig iga o‘tib ketadi va baicha tovushlar burunli “M”, “N” tovushlari kabi talaffuz etiladi.

Tanglay xaddan tashqari baland turadi, tor bo'ladi - bunda til va tanglay birikishi natijasida hosil bo'ladigan tovushlar, masalan, “R”, “L” kabi tovushlar noto‘g‘ri talaffuz etiladi

  1. .Tangiay haddan tashqari past turadi, yassi bo'ladi, bunda ogiz So , natorlik funksiyasini, ya’ni ovoz kuchaytirib berish vazifasini to‘iiq bajcra

гi ij/iing rezona и olmaydi.
BURUN BO‘SHLIG‘1 VA HALQUM NUQSONLARI Og‘iz hamda burun bo'shliqlari nutqni kuchaytirib beradigan rezonatorlik funksiyasini bajaradi. Yumshoq tanglay pastga tushganda havo oqimi burun bo‘shlig‘iga o‘tadi. Havo oqimi burun bo‘shlig‘idan o‘tishi natijasida ovoz kuchayadi va ma’lum tusga, tembrga kiradi. Burun va halqumda turli xil shishlar bo'lishi, burun to‘sig‘ining xaddan tashqari qiyshayib qolishi, bodomcha bezlarining shishi, allergik holat, xronik tumov va boshqalar ham manqalanib gapirishiga (yopiq rinolaliya) olib kelishi mumkin.
JAG' VA T1SHLARDAG1NUQSONLAR Og‘iz bo‘shlig‘ining kengayishi va torayishi pastki jag‘ning harakatiga bog‘)iq. Um' tovushlar talaffuzida pastki jag‘ tushiriladi, undosh tovushlar talaffuzida esa ko‘tariladi.
Jag‘ nuqsonlariga progeniya, prognatiya, yuqori va pastki jag'lar jipslashganida
ulardagi oldingi, yon tishlaming noto‘g‘ri holatda, orasi ochiq bo'lib turib qolishi, ya’ni
noto‘g‘ri prikus kiradi. Progeniya (grekcha pro — oldinda, genpon - iyak) pastki
jag‘ning bir-biriga tegmasligi, jipslashmay qolishi, prognatiya (grekcha pro - oldinga,
gnatos - jag‘) yuqori jag‘ning oldinga keskin chiqib turishi natijasida tishlar
qatorlarining bir-biriga tegmay oldinma-keyin turishidir, Bu turdagi nuqsonlar tufayli
talaffuz vaqtida tovush, masalan, tishlar orasidan sirg'alib chikish o'miga, to'siqqa
uchramay chiqadi.Tishlarning siyrak, qiyshiq bo'lishi ham talaffuzga ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Bunday xollarda havo oqimi tishlar orasidan chiqib tovush xushtak aralash talaffuz etiladi.
ADABIYOT
1 Osnovi teorii i praktiki logopedii. Pod red. R.YE.Levinoy. М., 1968 2- Logopediya. O.V.Pravdina. M„ 1973

  1. M.F.Fomicheva. Vospitaniye u detey pravilnogo proiznosheniya. M, 1981

  2. M.F.Fomicheva, K.Shodiyeva. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolj. to‘g‘ri talaffuz etishga 0‘rgatish. 0‘qituvchi, 1984 П*

  3. L.R.Mo'minova, M.YU.Ayupova. Logopediya. Т., 1993

  4. R.Shomaxmudova, L.R.Mo'minova. Bog‘cha va kichik maktab yoshidj bolalar talaffuzidagi kamchiliklami bartaraf etish. Т., 1981

SAVOL VA TOPSH1RIQLAR

  1. Nutq qanday paydo bo'ladi?

  2. Nutq jarayonida qaysi organlar, analizatorlar qatnashadi?

  3. Eshituv analizatorini ta’riflab bering.

  4. Nutq apparatining tuzilishini so'zlab bering.

  5. Nutq organlarida qanday nuqsonlar kuzatiladi?


  1. Yüklə 1,41 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin