Korreksion pedagogika va logopediya



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə23/38
tarix20.12.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#76855
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Korreksion pedagogika va logopediya

farq Ian adi.
Hozirgi o'zbek adabiy tilida undosh fonemalar 23 ta: b, v, g,d, y, j, z, к, 1, m, n, p,
ь a e‘ h. Undosh fonemalar: 1) hosil bo'lish o'miga; 2) hosil bo'lish r s, t? 4 * * ’ *
j-uliga- 3) ovoz va shovqin ishtirokiga ko'ra tasniflanadi.
Hosil bo'lish o'rniga ko‘ra undoshlar uch asosiy guruxga bo'linadi: a) lab undoshlari, b)til undoshlari; v) bo'g'iz undoshi.
Lab undoshlari 2 ko‘rinishda bo'ladi: 1) lab - lab undoshlari (b, p, v, m) ikki lab orasida paydo bo'ladi; 2) lab - tish undoshi (f va v) pastki lab bilan ustki tishlar orasida hosil bo'ladi. Masalan, fan, sinf, vistavka va boshqalar.
Til undoshlari uchga bo'linadi: 1) til oidi undoshlari (t, d, n, r, 1, s, j, sh, ch); 2) til o'rta undoshi (y); 3) til orqa.(k,ch) chuqur til orqa undoshlari (q, g\ ng).
Til oldi undoshlari tilining old qismi bilan tish va milk orasida; “y” undoshi til va tanglayning o'rta qismida; “k”, “g”, “ng” undoshlari tanglay o'rta qismidan orqaroqda; “q”, “g‘”, “x” undoshlari esa “k” va “g” paydo bo'ladigan joydan ham orqaroqda ( til ildizi bilan yumshoq tanglay orasida) hosil bo'ladi. Shuning uchun ham “q”, “g‘”. “x” undoshlari chuqur til orqa undoshlari deb yuritiladi. Bo'g'iz undoshi bitta — “h”. Bu undosh bo'g'iz, ya’ni hiqildoq bo'shlig'ida hosil bo'ladi. Hosil bo'lish usuliga ko'ra undosh fonemalar uchga bo'linadi: a) portlovchi; b) sirg'aluvchi; v) portlovchi- sirg'aluvchi.
Portlovchi undoshlar ikki artikulatsiya organining o'zaro jipslashuvi va o'pkadan chiqadigan havoning ma’lum zarb bilan portlab o'tishdan hosil bo'ladi. Bular b, p, d, t, k, ch, q tovushlaridir. Undoshlardan ch, j tovushlari ham portlovchilar gruppasiga kiradi, ammo bular qorishiq (affrikativ) portlovchilar deyiladi.
О zbekcha qorishiq ch va j undosh fonemalari mana bunday xosil bo'ladi: tilning oldingi qismi milkka taqaladi, lekin odatdagi portlash yuz bermay, og'iz bo'shlig'iga kelgan havo asosan sirg'aiish natijasida qorishiq (ya’ni ikki xil usul ishtirokida) t-sh-ch, d-j4dj) tovushlari hosil bo'ladi.
Sirg'aluvchilar ikki artikulatsiya organining o'zaro jipslashmay, faqat ^ yaqinlashishi va havo oqimining ikki organ orasida ishqalanib - sirg'alib chi natijasida hosil bo'ladi. Bular: v, f, s, z, sh, j, x, h, g' tovushlaridir.
Portlovchi-sirg'aluvchilami talaffuz qilishda ham portlovchilarga xos bo' ochiqlik (burun yo'li ochiqligi) ishtirok etadi. M, n, ng, 1, r undoshlarining talaffiMI shunday bo'ladi: “M” ni aytganimizda ikki lab jipslashsada, qisman oe'izdan ■
to млл yarim
portlab chiqadi, “N” undoshini aytish vaqtida til uchi yuqori tishlar bilan milkka tegadi- “NG” undoshining talaffiizida tilning orqa qismi tanglayga tegadi, ammo havo to‘ia ravishda portlab chiqmaydi, chunki butun yo'li ochiq bo'ladi. Yuqoridagi m, n ng I undoshlari burun tovushlari deyiladi, I undoshini aytish paytida til uchi yuqoriga burilib milkka tegadi, havo tilning ikki yonidan sirg'alib o'tadi,shuning uchun xam “1” tovushi yon undoshi deyiladi, “r” undoshining talaffiizida tilning oldingi qismi a'pkadan chiqqan havo to'lqini ta’siridatiraydi, shuning uchun “r” titroq undosh deyiladi.
O'zbek tili undoshlari ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra ikkiga bo'linadi: 1) sonor va 2) shovqinli undoshlar. Sonor undoshlar “m”, “n”, “1”, “r”, “ng” ni talaffuz qilganimizda , tovush boylamlari aktiv ishtirok etadi, ya’ni paychalar titrab, ovoz hosil qiladi. Shuning uchun ham sonorlarda ovoz miqdori shovqinli undoshlardagidan ko'proqdir. “Sonor” so'zi lotincha bo'lib, ovozdor degan ma’noni bildiradi.
Demak sonorlar unli tovushlarga yaqin turadi, lekin og'iz bo'shlig'ida qisman shovqin ishtirokida paydo bo'lgandan sonorlar undosh hisoblanadi.
Shovqinli undoshlar tovush boylamlarining qanchalik ishtirok! bilan hosil bo'lishiga ko'ra jarangli va jarangsiz undoshlarga bo'linadi.
Jarangli uttdoshlami hosil qilishda tovush boylamlari taranglashadi va ular o'rtasidagi tor oraliqdan chiqayotgan havo oqimi paychalarni bir oz titratib o U*»-l Masalan: b, v, z, d, j, g, g‘, y.

Jarangsiz undosh tovushlarni hosil qilishda esa tovush boylamf taranglashmaydi va ular o'rtasidagi keng oraliqdan chiqayotgan havo oquni qanday to'siqqa uchramay, paychalarni titratmay o'tadi. Masalan: p, f, s, t, sh, ch, к, 4 x, h.Bu tovushlar faqat shovqindan iborat.SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
, Ayrim unli tovushi ami ta’riflab bering

  1. Tilning gorizontal harakatiga aloqador tovushlar;

  2. Tilning vertikal harakatiga aloqador tovushlar,

  1. Lablar ishtirokiga aloqador tovushlar

5 O'zbek adabiy tilining undosh fonemalarini ulaming hosil bo'lish o'miga; hosil bo'lish usuliga; ovoz va shovqin ishtirokiga ko'ra tasniflab bering.

    1. DISLALIYA Reja

1 .Kelib chiqish sabablariga ko'ra dislaliyanmg xillari

  1. Dislaliyaning ko'rinishlan

3.Sigmatizm va parasigmatizm

  1. Rotatsizm va pararotatsizm

  2. Yotaqizm, xitizm, lambdatsizm va boa tovushlarning noto'g'ri talaffuz etilishi.

Dislaliya (dis - izdan chiqish, aynish, buzilish; laliya - nutq) tovushlarni noto'g'ri
talaffuz etish bilan ifodalanadigan nutq nuqsonidir. Dislaliyada bolalar bir fonetik guruhdagi tovushlarni (monomorf dislaliya)yoki har xil fonetik guruhdagi tovushlarni (polimorf dislaliya) noto'g'ri talaffuz etishadi. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar nutq sistemasining boshqa tarkibiy qismlariga har xil darajada ta’sir ko'rsatishi mumkin. Ba’zi bolalarda talaffuz kamchiligi shunchaki bir nuqson bo'lib, bola nutqining leksik, grammatik qismlarida, idrok etish layoqatida hech qanday kamchiliklar kuzatilrnaydi. Biroq ko‘p hollarda xattoki bittagina tovushning noto‘g‘ri talaffuzi ham nutq sistemasidagi leksik hamda grammatik tomonlarga ta’sir ko'rsatadi, natijada bola tovushni noto'g'ri idrok etadi, o'xshash tovushlar bilan adashtiradi, yozish va o'qish paytida ham xatolarga yo'l qo'yadi.
Kelib chiqish sabablariga ko'ra dislaliya mexanik, funksional xillarga bo'linadi. utq apparatining tuzilishidagi o'zgarishlariga aloqador talaffuz kamchiliklari mexanik liyaga olib keladi, masalan, artikulyatsion apparat tuzilishdagi o'zgarishlar: yning yoriq, til tagidagi yuganchaning kalta bo'lishi, kichik (lak-luk) tilning ga bo linganligi manqalanib gapirish, sirg'aluvchi tovushlar, til oldi r-1 sano

rtovushlaming noto'g'ri talaffuz etilishiga sabab bo‘]adi.Noto‘g‘ri malakalar, masalan kattalar nutqidagi talaffuz nuqsonlariga taqlid etish, til, lablami noto‘g‘ri harakatlantirish odatlari va boshqalar mustahkamlanib, funksional dislaliyada nutq apparatining faoliyatida funksional o'zgarishlar paydo qilgan bo'ladi. Fiziologik dislaliya bola fiziologiyasiga bog'liq. Kichik yoshdagi bolalaming nutq apparati yaxshi rivojlanmaganligi tufayli tovushlarni noto'g'ri talaffuz etish hollari juda ko'p uchraydi. Yoshi ulg'ayib artikulyatsion apparat rivojlanib borgan sayin bu nuqsonlar yo'qolib boradi.
Dislalik bolalaming qulog'i yaxshi eshitadigan bo'ladi, unda hech qanday kamchiliklar kuzatilmaydi. Nutqni fonematik jihatdan eshitish, ya’ni tovushlarni bir- biridan ajrata bilish layoqati esa rivojlanmagan bo'lishi mumkin.
Amaliyotda eng ko'p noto'g'ri talaffuz etiladigan tovushlar sosan quyidagilardir:

  1. sirg'aluvchilar — 46 foiz (sh, j, ch - 24 foiz)

  2. «R» va «L» tovushlari

  3. til orqa tovushlari (k, g, ng), chuqur til orqa tovushlari (q, g‘, h ham ko'pincha buzib talaffuz etiladi).

Unli tovushlarning deyarli hammasi to'g'ri talaffuz etiladi.
Talaffuzdagi kamchiliklar o'z harakteriga ko'ra logopediyada fonetik va fonematik (antropofonik vafonologik) kamchiliklarga bo'linadi.
Tovushlarni tushirib ketish, noto'g'ri talaffuz etish — bu fonetik harakterdagi kamchiliklar. Bir tovushni ikkinchi boshqa bir tovush bilan aimashtirish, aralashtirish - fonematik harakterdagi kamchilik bo'lib hisoblanadi.
Fonematik talaffuz kamchiliklarini paralaiiya deyish ham. mumkin.
Sigmatizm - sh, j, s, ch - kabi sirg'aluvchi tovushlarni talaffuz eta olmaslik, nutqda (og'zaki nutqda bularni yo'qligi) yoki noto'g'ri talaffuz etilishi - antropofonik sigmatizm deyilsa, shu tovushlarni boshqa tovushlar bilan aimashtirish - fonologik aimashtirish, parasigmatizm deyiladi. Bunda bola masalan, Salim zinadan tushdi deyish o'miga, alim jinadan tusdi deydi.
«R» tovushining yo'qligi yoki noto'g'ri talaffuz etilishi - rotatsizm, boshqa tovushlar bilan almashtirilishi- pararotatsizm, «I» tovushning yo'qligi yoki noto'g'ri talaffuz etilishi - lambdatsizm, boshqa tovushlar bilan almashtirilishi - paralambdatsizm deyiladi. «К» tovushining yo'qligi kappatsizm, tovushining boshqa tovushlar bilan almashtirilishi — parakappatsizm , «g» tovushini yo‘qligi yoki noto‘g‘ri talaffuz etilishi — gammatsizm, boshqa tovushlar bilan almashtirilishi - paragammatsizm, «х» tovushining yo'qligi yoki noto‘g‘ri talaffuz etilishi- xitizm, boshqa tovushlar bilan almashtirilishi paraxitizm, «у» tovushining yo‘qligi yoki r:oto'g‘ri talaffuz etilishi — yotatsizm, boshqa tovushlar bilan almashtirilishi - parayotatsizm deyiladi va hokazo.
Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar logopediyada ikki guruhga bo‘linadi: 1) monomorf; 2) polimorf kamchiliklar.
Agar bola qandaydir bitta tovushni yoki fonetik jihatdan bir guruhli tovushlarni (masalan, til orqa tovushlari «к», «g», ni) ncno'gVi talaffuz etsa, biz unda sodda monomorfli talaffuz kamchiligi bor deymiz (mono- bir, morf - shakl degan so‘zlardan olingan bo‘lib, bir shaklli degan ma’noni bildiradi).
Agar bola bir necha fonetik jihatdan turli guruhli tovushlarni (masalan, r, sh, y) noto‘g‘ri talaffuz etadigan bo‘lsa, bunday kamchiliklar murakkab diffuz polimorf kamchiliklar deyiladi (poli ko‘p, ko‘p shaklli demakdir).
SAVOL VA TOPSH1R1QLAR
1 .Kelib chiqish sabablariga ko‘ra dislaliyaning qaysi xillari mavjud 2.Dislaliyaning ko‘rinishlar
3.Sigmatizm va parasigmatizm

  1. Rotatsizm va pararotatsizm

  2. Yotaqiizm, xitizm, lambdatsizm va boshqa tovushlarning noto‘g‘ri talaffuz etilishi.

    1. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklami bartaraf etish yo‘llari Reja

  1. .Tovushlar talaffuzidagi nuqsonlami bartaraf etish bosqichlari

  1. Tovushlar talaffuzidagi nuqsonlami bartaraf etish usullari

  2. Nafas olish mashqlari.

  3. Artikulyatsion mashqlar

Ma’lumki, logopediyaning asosiy maqsadi turli xil nutq faoliyati: og'zaki, yozma nutqdagi kamchiliklarni, mustaqil gapirish jarayonida, o‘yinlarda, o‘qishda, jamiyat ishlarida va hokazolardagi talaffuz nuqsonlarini bartaraf etish, to‘g‘rilash, yo'qotishdir.
Logopedik ta’sir o'tkazish mohiyat e’tibori bilan olganda maxsus pedagogik sistemalar yordamida yangi ko‘nikmalami tarbiyalash, notrg'ri krnikmalami oldiniga bo‘g‘ib, keyin yo‘qotib yuborishdan iboratdir.
Logopedik ta’sirning asosiy vositasi - talaffuz kamchiliklarini bartaraf etishning maxsus usullarini qo‘Slash, ya’ni to‘g‘ri tuzilgan nutq mashqlari kompleksi va artikulyatsion gimnastikadan foydalanishdir. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish ishi 4 bosqichda olib boriladi: 1) tayyorlov davri, 2) tovushlar talaffuzini yo‘lga qo'yish (tovushlar postanovkasi), 3) tovushlaming oson, ya’ni 02-0‘zidan talaffuz etiladigan bo'lishiga erishish - avtomatizatsiyasi, 4)almashtiriladigan tovushlarni bir-biridan farq qilish, tovushlar differensiyasi.Tayyorlov davri har doim o‘tkazilishi shart emas. Ba’zi hollarda birgina oddiy mashq bilan tovushning o‘z- o'zidan talaffuz etiladigan bo'lishiga erishish mumkin. Biroq ko‘p hollarda tovushni qo‘yish uchun bir qator tayyorlov ishlarini o'tkazish zarur. Masalan til tagidagi yuganchaning kalta bo'lishi tufayli bola “r” tovushini to'g'ri talaffuz etmasa, til uchini tepaga ko'tara olmasa, yuganchani bir qator artikulyatsion mashqlar yordamida o'z holiga keltirish,cho‘zish mumkin,Tayyorlov bosqichida artikulyatsion apparatning harakatchanligini yaxshilash, nafasni mashq qilish, taqiidchanlikni rivojlantirish va keyingi bosqichlarda zarur bo'ladigan boshqa ko'nikmalam: tarbiyalash zarur.
Agar kishi talaffuzida kamchiliklar bo'lsa, eng awal noto'g'ri talaffuz etiladigan tovushni to'g'ri talaffuz etishga o'rgatish, ya’ni tovush talaffuzini yo'lga qo'yish, uning postanovkasi ustida ish olib boriladi.
O'rganilgan yangi tovushni bo'g'in , so'z, gaplarda, she’rlarda va umuman nutq faoliyatida to'g'ri qo'llashga o'rgatish - tovushning avtomatizatsiyasidir.
Yangi o'rganilgan tovushni boshqa o'xshash tovushlardan ajrata bilishga o'rgatish - differensiatsiya to'rtinchi bosqich sifatida o'tkaziladi.
Tovushlarni turli xil usullar yordamida to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish mumkin.

  1. Taqlid usuli. Bunda logoped oynaga qarab kerakli bo'Igan tovush artikulatsiyasini aniq qilib ko‘rsatadi, tovushni talaffuz etadi. Logopat esa uning harakatlariga taqlid qilish yo‘li bilan tovush talaffuzini o'rganib boradi.

  2. 0‘xshash tovushni talaffuz ettirib turib, mexanik usuldan ham foydalanish.

Logopat bola to‘g‘ri talaffuz qila oladigan o‘xshash tovushni nutq apparati
organlarining holatini tegishli asbob (shpatel, logopedik zondlar) yordamida o'zgartiradi. Agar bolaga masalan, “k” tovushini to‘g‘ri talaffuz etishini o‘rgatmoqchi bo'lsak biz unga ta - ta - ta kabi bo‘g‘inlarni takrorlash vazifasini beramiz. Bunda til uchi pastki tishlarga tegib turishi kerak. Bola shu bo‘g‘inlarni talaffuz etayotgan vaqtda logoped shpatel yoki zond yordamida til uchini asta bosib, tilni og‘iz ichkarirog‘iga itaradi. Bunda asta sekin ta - tya - kya - ka - ka kabi tovushlar chiqadi. Shuningdek “d” tovushining talaffuzidan foydalanib “g” tovushini, “s” tovushidan foydalanib “x” tovushi talaffuzini yo‘lga qo'yish mumkin.

  1. Aralash usul. Bu usul taqlid mexanik usulni va tushuntirish ishlarini o‘z ichiga oiadi. Masalan, “s” tovush taiaffuzi o‘rgatilayotganda logoped til, tish, lablar qanday holatda bo‘lishi kerakligini bolaga tushuntiradi. Bola bunga tushunsa ham, lekin ixtiyoriy harakat malakasi yaxshi rivojlanmaganligi tufayli tilni kerakli holatga keltira olmaydi, “tili kelishmaydi”. Bunda biz shpatel bilan yordam beramiz.

Tovushlar avtomatizatsiyasini o‘tkazishda dastlabki bosqichlarda sodda yopiq bo‘g‘inlar, so'ng ochiq, keyin esa murakkabroq brg'in boiishi mumkin. Lekin bolaning yoshiga, talaffuzidagi kamchiligining harakteriga qarab, mashq muddati har xil bo‘lishi mumkin.
Logopedik mashg'ulotlar bir haftada kamida uch marta o‘tkazilishi kerak.Logopedik mashg‘ulotlar uchun material tanlashda oddiydan murakkabga o‘tish prinsipiga asoslanish zarur. Bunda logoped fonetik talablami doimo hisobga olib borishi Kerak. Eng oldin talaffuz fonetik jihatdan oson tovush o‘rganiladi. Differensiatsiya bosqichida eng awal artikulatsiya jihatidan bir-biridari uzoq tovushlar, so‘ngra yaqin, o‘xshash tovushlar ustida ish olib boriladi.

Tovushlar avtomatizatsiyasi o‘tkazishda dastlabki bosqichlarda sodda yopiq bo‘g‘inlar, so'ng ochiq, keyin esa muiakkabroq bo‘g‘inlar beriladi. Ulaming taiaffuzio‘zlasbtirilgandan so'ng sodda so'zlar, gaplar talaffuziga o‘tiladi va hokazo. Masalan, lo

  • la, oi - ma, gi -los, ix - los va hokazo.Agar bolada polimorf talaffuz defekti bo‘lsa, bunday bolalar bilan bir nechta tovush talaffuzini bir vaqtning o‘zida bartaraf etish ustida ish olib borish mumkin. Eng awal o'zining artikulatsiyasi bilan bir-biridan uzoq turadigan keskin farq qiladigan tovushlar ustida ish olib boriladi. Masalan, “r”, “s”, “y” tovushlar bir-biridan jihatdan жихатдан keskin farq qiladi. Shuning uchun bu uch tovushni bir vaqtda o'rgatish mumkin.

Lekin bola “s”, “sh”, “1”, “r” tovushlarini noto'g'ri talaffuz qiladigan bo‘lsa, “s” va “sh” yoki “1” va “r” tovushlari talaffuzini bir vaqtda tuzatish mumkin emas, chunki o'xshash tovushlarni bola bir-biri bilan almashtirib yuboradi.
SIRG‘ ALUVCHI TOVUSHLAR TALAFFUZIDAGI KAMCHILIKLAR
Sirg'aluvehi (s, z, sh, j, ch,s) tovushlarning noto‘g‘ri taiaffuzi sigmatizm, boshqa tovushlar bilan almashtirilishi parasigmatizm deb ataladi.
Logopediyada sigmatizmlarning 6 taturi o'rganiladi:

  1. Lab - tish sigmatizmi.

  2. Tishlararo sigmatizm.

  3. Tish oldi sigmatizmi.

  4. Shipillovchi sigmatizm.

  5. Yon sigmatizmi.

  6. Burun sigmatizmi.

S” tovushning hosil bo'lishi mexanizmi quyidagichadir.

  1. Lablar yoyilgan, “kulib turadi”.

  2. Tishlaming orasida 1- 2 mm oraliq hosil bo'ladi.

  3. Til uchi old qator pastki tish milkiga tiralib, tilning o'rta qismi bo'rtib turadi; uning yonlari esa yuqori jag' tishlariga tegadi.

  4. Tovush boylamlari ochiq bo'ladi.

  5. Havo oqimi til o'rtasida hosil bo'lgan ariqchadan sirg'alib o'tadi.

  6. Yumshoq tanglay ko'tarilgan bo'ladi.

Z” tovushining hosil bo'lish mexanizmi ham xuddi “s” nikiga o'xshaydi. Faqat bu yerda un paychalari birikkan bo'lib, ovoz ishtirok etadi. “S” tovushining fonetik xususiyatlari: hosil bo'lish o'miga ko'ra - til oldi; usuliga ko'ra - sirg'aluvchi; ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra - jarangsiz undosh. “Z” esa jarangli tovushdir.
LAB TISH SIGMATIZMI Sigmatizmning bu xilida sirg'aluvchi “s”, “z” tovushlar “f”, “v”, ga o'xshab talaffuz etiladi, chunki tovushlarning hosil bo'lishida pastki lab ishtirok etadi. Havo oqimi pastki lab va ustki tishlar o'rtasidagi oraliqdan o'tadi, shunga ko'ra talaffuzda “f ’ va “v” ga o'xshash tovush chiqadi. Lab - tish parasigmatizmida z — v, s — v yoki “f ’ ga almashtiriladi.
Lab — tish sigmatizmlami bartaraf etish uchun eng avval bolaning pastki labini pastga tushirishga o'rgatmoq zarur. Logoped bolaga “s” tovushining to'g'ri artikulatsiyasini tushuntirishi lozim. Agar logopad tushunmasa, oynaga qarab,to'g'ri artikulatsiyani bajara olmasa, u bilan lablar gimnastikasini o'tkazish tavsiya etiladi. Gimnastika : fab/ami yumib, orasini ochish, ya’ni og'zini yumish, pastki tishiami ko'rsatish. Agar kerak bo'lsa, pastki labni mexanik ravishda shpatel yoki logopedik zond bilan tushirish mumkin.
Shu bilan bir vaqtda “s” fonemasini sodda bo'g'in va so'zlarda cho'zib talaffuz etishga o'rgatish mashqlari ham o'tkaziladi. Bunday mashqlami bola shpatelsiz labini tushira olmasa ham o'tkazaverish kerak.
Bundan tashqari lab - tish sigmatizmini “f” tovushni talaffuz ettirish yo'li bilan to'g'rilash mumkin.. Logopad “f ’ tovushini talaffuz etayotganida, logoped uning pastki labini asta-sekin shpatel yordamida tushiradi. Natijada “s” tovushi hosil bo'ladi.
Shpatel bilan o'tkaziladigan mashq bir necha marta logopad harakatlarini o'zlashtirib olguniga qadar davom ettiriladi. So'ngra yangi o'rganilgan tovush mustaqil ravishda sodda bo'g'in va с^зларда so'zlarda talaffuz etiladi. Keyinchalik tovush talaffuzining avtomatizatsiyasi va differensiatsiyasi ustida ish olib boriladi.
TISHLAR ARO SIGMATIZM Til yuqori va pastki tishlaming orasida bo'lganligi uchun “s” tovushining hosil bo'lishida ishtirok etadigan hushtaknamo tovush o'miga kuchsiz shovqin eshitifadi. Bu patologiyada “z” va “s” tovushlari taiaffuzi ham buzilishi mumkin.
Tishlararo sigmatizmlarning kelib chiqishiga tish qatorlariniug rosa jipslashmay, jag'lar yumilganida ochiq qolishi (oldingi ochiq prikus), tilning uzun, kam harakat bo'lishi, burun bo‘shlig‘idagi adenoidlar sabab bo'lishi mumkin. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, tishlararo artikulatsiya faqatgina sirg'aluvehi tovushlardagina emas, balki boshqa til oldi tovushlarda, masalan “t”, “d”, “n”, “r”, “1” tovushlarida ham bo'lishi mumkin.
Tishlararo sigmatizmni bartaraf etish uchun awalo logopadga tilni pastki tish orqasiga qo'yishini o'rgatish kerak.Buning uchun bolaga “s” tovushini tishni jipslashgan holatda cho‘zib talaffuz ettiriladi. Logoped oyna orqali to'g'ri artikulatsiyani ko‘rsatib turmog'i iozim.
Bola logopedga ,tegishli harakatlarga qarab, taqlid qiladi.
TISH OLDI SIGMATIZMI
Agar normada sirg'aluvehi s, z tovushlarining hosil bo'lishida til uchi pastki tishlarga tiralib tursa, bu turdagi sigmatizmida til uchi yuqori tishlarga tegib turadi. Natijada s, z, s tovushlari t, d tovushlariga o'xshab talaffuz etiladi. Masalan: soch-toch; sirk-tirk;somon-tomon; zina-tina; soat-toat va hokazo.
Tish oldi sigmatizmnni bartaraf etishda 2 ta usuldan foydalanish mumkin.

  1. Havo tishlar orasidan chiqadigan bo'lishi uchun til uchi shpatel yoki zond yordamida pastki tishlar orqasiga tushirib, oraliq hosil qilish va I yoki E tovushlari talaffuzidan foydalanish orqali s,z, s tovushlarining talaffuziga o'tiladi.

  2. Tilni yoyilgan holda tishlar orasiga qo'yib, uchiga puflash tavsiya etiladi. Natijada “s” fonemasi hosil bo'ladi. Shu vaqtda logoped zond yoki shpatel yordamida asta-sekin tilni talab etiladigan holatiga keltiradi, ya’ni pastki tishlar orqasiga tushiradi.

Logopad mustaqil ravishda “s” fonemasini talaffuz etishga o'rganganidan so'ng, uning bo'g'in va so'zlardagi avtomatizatsiyasiga erishish mumkin.Avtomatizatsiyadan so'ng uning differensiatsiyasi ham o'tkaziladi.
Bu usulni shipiilovchi yon va burun sigmatizmlarni bartaraf etishda ham qo'llash mumkin.
SHIPILLOVCHI SIGMATIZM Shipillovchi sigmatizmda s, s va z tovushlarni shipillovchi tovushlar (j, sh, ch)ga o‘xshab talaffuz qilinadi. Shipillovchi sigmatizmning eng og‘ir shakilarida parasigmatizmlar kuzatiladi. Masalan, sirk-chirk, zina-jina, soat-shoat, sovun-shovun. Bu turdagi sigmatizm milkning tishdan uzoq joylashganligi tufayli hosil bo‘iadi. Uning asosiy salbiy tomoni shundaki, bu kamchilik keyinchalik yozuvda ham aks etib, disgrafiya kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
YON SIGMATIZMI Bunda “s” tovushining taiaffuzi tishlar jipslashgan holda hosil qilinadi - sh tovushi talaffuziga o'xshaydi, chunki til uchi va o'rtasi (oldingi qismi) yuqori tish va alveolalarga taqalib turadi. Havo oqimi til o'rtasidagi ariqchadan chiqish o‘miga yon tomonlardan chiqadi. Ba’zilarda bir yondan, ba’zilarda esa ikki yondan ham havo chiqishi mumkin.
BURUN SIGMATIZMI Bu karnchilikka xos artikulatsiya quyidagichadir: tilning orqa qismi baland ko'tarilib, yumshoq tanglayga tegib turadi. Natijada havo oqimi burun bo‘shlig‘idari chiqadi. Sirg'aluvchi tovushlar burunli h tovushi sifatida hosil bo'ladi. Masalan, soat- hoat, sigir-higir, zina-hina.
Burun sigmatizmini bartaraf etish uchun bolaga havo oqimini og'izdan chiqarishni o'rgatish kerak {til uchiga puflash mashqi qo'llaniladi). Shu bilan bir vaqtda tilni kerakli shakllarga keltirish lozim. Buning uchun tilning orqa qismini ko'tarmaslikka o'rgatish kerak. Burun sigmatizmini tuzatish uchun s, z tovushlarini tishlararo s, z tovushlaridan o'rgata borish tavsiya etiladi.Shuni ham aytish kerakki, burun sigmatizmi unli tovushlarning burun ishtirokida talaffuz etilishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun logoped burun sigmatizmini bartaraf etish ustida ish olib borganida unli tovushlar talaffuziga ham e’tibor bermog'i lozim.
AFFRIKAT S-TS (QORISHIQ UNDOSH)
S - til oldi tovushi bo'lib, sirg'aluvchi tovushlar toifasiga kiradi I.otin grafikasida u S harfi bilan belgilanadi.
Qorishiq S tovushining hosil boiishi quyidagichadir: tilning oldingi qismi yuqori milkka taqaladi, lekin odatdagicha portlash yuz bermay, og'iz bo‘shlig‘iga kelgan havo asosan sirg'alib chiqadi.S tovushini to'g'ri talaffuz ettirish uchun eng awal bolani t, s tovushlarini to‘g‘ri talaffuz ettirishga o'rgatish lozim. Chunki s tovushi ts tovushlarining qo'shilishidan hosil bo'ladi.
Normada t tovushi talaffuzida til uchi yuqori tishlarga tegib tursa, sigmatizmda t tovushi bilan yaxshiroq qo'shilib ketishi uchun tilning pastki tishlarga taqaladigan bo'lishiga erishish lozim.
«S» tovushining avtomatizatsiyasini yopiq bo'g'inlardan boshlash kerak, chunki ochiq bo'g'inlarda uning t-s tovushlariga bo'linishi oson..
J -SH TOVUSHLARI
J, SH tovushlari ham sirg'aluvchilar toifasiga kiradi. Shuning uchun ularning talaffuzida ham til-tish, tishlararo, til-oldi,yon va burun sigmatizmlari kuzatilishi mumkin. Bu turdagi sigmatizmlar sh va j tovushlarini boshqa sirg'aluvehi tovushlar bilan adashtirib talaffuz etilishi (parasigmatizm), ulami xuddi s tovushining burun, til tish, tishlararo talaffuziga o'xshab ketishi bilan ifodalanadi. Bu esa bolaga o‘qish,yozish jarayonini o'zlashtirishga halaqit beradi.
Ba’zi bolalarda noto'g'ri talaffuz etiladigan sh yoki j tovushi barcha sirg'aluvchilar o'rniga ishlatiladi. Masalan, sovun-shovun, soat-shoat. zina-jina, Zulfiya-Julfiya va hokazo.
Parasigmatizmlardan sh-s, z-j, ch-s kabilar ayniqsa ko'p uchrab turadi:sholg‘om- sog'lom, mashina-masina, mushuk-musik, Zuhra-Juhra, chelak-selak.
Ba’zi bir bolalarda artikulatsiya apparati yaxshi rivojlanmaganligi natijasida sirg'aluvehi tovushlar noto'g'ri talaffuz etiladi. Bunday bolalarda tovush talaffuzini birdan yo'lga qo'yish, o'rgatish mumkin emas.Awal tayyorlov mashqlari, gimnastika o'tkazilishi zarur.Tovush talaffuzi to'la yo'lga qo'yilmaguncha bolaga shu tovush haqida gapirish kerak emas. Masalan, hozir tilimizni bunday qilsak,sh tovushi hosil bo'ladi deyish ham mumkin emas. Agar bolada barcha sirg'aluvehi tovushlar noto'g'ri talaffuz etilsa, ishni S tovushidan boshlamoq zarur.
SH va J fonemalari talaffuzida lablar bilinar-bilinmas yumaloq shaklga kirib, til oldinga sal bukiladi.Uning o'rta qismi ko'tarilib, yonlari yuqori jag* tishlarining ichki tomoniga tegadi. Til uchi alveolaiar tomonga yo'nalgan bo'lib, shu yerda torayish hosil qiladi. Til o'rtasida keng ariqcha hosil bo'ladi.Undan kuchli havo oqimi o‘tadi. Tilning orqa qismi salgina ko'tariladi. Yurnshoq tanglay ko'tarilgan bo'ladi.
SH va J tovushlarini talaffuzini yo'lga qo'yish. SH tovushini S tovushini talaffuzidan o'rgatish mumkin. Buning uchun bola S tovushini cho'zib talaffuz etayotganida, logoped uning tilini shpatel yordamida alveolalaming yoniga ko'taradi. Natijada sh tovushi hosil bo'ladi. Bundan tashqari esa as bo'g'inidan ham sh tovushi talaffuzini yo'lga qo'yish mumkin. Bunda ham logoped bola as deb turganida uning tilini zond yordamida ko'taradi. J tovushi SH tovushidan unga ovoz berib, talaffuz ettirish yo'li bilan hosil qilinadi, ayni vaqtda havo oqimi kuchsizroq bo'ladi.
CH TOVUSHI
CH tovushi qorishiq fonemadir. U t va sh tovushlaridan hosil bo'ladi. Normada bu tovushning hosil bo'lishida lablar cho'chchayib turadi. Tilning harakatida ikkita payt kuzatiladi.

  1. Til uchi yuqori tish va milk o'rtasiga taqaladi.

  2. So'ngra portlash hosil bo'lgandan so'ng orqaroqdagi alveolalarga tayanib suriladi.Tilning orqa qismi shu zahoti ko'tarilib, qattiq tanglayga yaqinlashadi. Yurnshoq tanglay ko'tariladi. Ovoz boyiamlari ochiq, havo oqimi kuchli bo'ladi.

CH tovushining talaffuzini o'rgatish maqsadida bolaga at bo'g'ini ketma-ket ayttiriladi. Shu zahoti til uchi shpatel bilan yuqori tishlar orqasiga ko'tariladi, lablar cho'chchaytiriladi. Bu holda at o'miga ach, ot-och, ut-uch tovushlari hosil bo'ladi va eshitiladi.
CH tovushini talaffuz etish uchun bola t va sh tovushlarini yaxshi talaffuz eta bilishi kerak. Agar logopad, t, sh, ch tovushlarini talaffuz eta olmasa logopedik ishni sh tovushi talaffuzini yo'lga qo'yishdan boshlash kerak. So'ngra t, keyin esa ch tovushiga o'tish.
Sigmatizm va parasigmatizm turlarini bartaraf etish usullarini ayniqsa ko'p noto'g'ri talaffuz etiladigan, s, z, sh va boshqa tovushlar misolida yoritib berishga harakat qildik. Xuddi shu usullami sirg'aluvehi boshqa tovushlar talaffuzidagi kamchiliklami bartaraf etishda ham ko’llash mumkin.
ROTATSIZM VA PARAROTATSIZM
Nutqda R tovushini talaffuz etolmaslik yoki noto‘g‘ri talaffuz etish rotatsizm deyiladi. Uni boshqa tovushlar bilan almashtirilishi pararotatsizmdir.
Normada r tovushining hosil boMishida artikulyatsion apparat aktiv ishtirok etadi. Bu tovush talaffuzida lablarning qanday shaklga kelishi r dan keyingi unli tovushga bog'liq. Agarda r dan keyin i tovushi keladigan bo‘lsa, lablar «kulib» turadi.
Tishlar o‘rtasida ma’lum oraliq bo'lishi lozim. Til qoshiqeha shaklini oladi. Til yonlari yuqori jag‘ tishlariga tegib turadi. Oldingi qism esa alveolalarga tegib turadi va kuchii havo oqimi ta’sirida tebranadi. Yumshoq tanglay ko‘tarilad;-da ovoz boylamlari jipslashib, ovoz hosil qiladi.
Logopedik amaliyotda rotatsizmning quyidagi turlari uchrab turadi:

  1. R tovushini umuman talaffuz etolmaslik - taroq-taoq, parta-pata, o‘rtoq-o‘toq.

  2. Yumshatib talaffuz etilishi - ruchka-ryuchka, ro'mol-ryomol, karam-karyam

  3. R tovushini bo'g'izdan chiqarib tomoqni qirib talaffuz etish — randa-g'anda, ro‘mol-g‘o‘mo[.

  4. Yon rotatsizmi. Bu tipdagi rotatsizmda til uchi o'rniga til yonlari tebranadi. Shuning uchun, masalan, taroq-tariyoq, parta-parilta, shaklida talaffuz etiladi, ya’ni r o'rniga «rl» kabi tovush eshitiladi.

  5. «Aravakash» rotatsizm. Bunda r tovushi mahkam jipslashgan lablarning tebranish natijasida hosil boMadi. Masalan, prrr..

Pararotatsizmlar. Bulaming turi ham har xil: chunonchi «г» tovushi o'rniga «а», «V», «d» tovushlari va boshqalar talaffuz etilishi mumkin. Masalan archa-adcha, ari-adi, xo‘roz-xo‘noz,o‘rik-o‘niq, archa-aycha, anor-anoy, archa-avcha.
Rotatsizm va pararotatsizmlami bartaraf etishda turli metodlarni qoMlash mumkin.
Oynaga qarab taqlid qilish. Bu usul eng oson, yengil rotatsizmlarni bartaraf etishda qo‘llaniladi. R tovushining artikulatsiyasini o‘rgatishda tayyorlov mashqlarining roli nihoyatda katta. Ular ikki yo‘nalishda olib boriladi

.Birinchisi r tovushining asosan vibratsiyasiz artikulatsiyasini o'rgatish, ya’ni frikativ rni hosil qilish.
Ikkinchisi tihiing vibratsiyasini hosil qilish. Shu maqsadda quyidagi tayyorlov mashqlarini o'tkazish mumkin.
A) Keng yoyilgan tilni yuqori labga ko'tarib. tekkazish. Bunda til yonlari ham yuqori labga zich bo‘lib turishi kerak. Pastki lab tilga tegmasligi лозим.
В) Tilni shu shaklda tutib turib, tishlar orqasiga tortiladi.
Tilning uchi harakatlarini rivojlantirish maqsadida quyidagi gimnastika o'tkaziladi:

  1. til uchini yuqori labga - pastki labga, yuqori tishlar orasiga - pastki tishlar orasiga qo‘yish.

  2. Chapga-o‘ngga (og‘iz burchaklariga), so'ngra o‘ngga- chapga harakat qildirish

V)Lablarni aylanasiga yalash; lab va jag‘lar o'rtasida tilni aylanasiga
harakatlantirish (chapdan o'ngga va teskari yo‘nalishda). Bunda til uchi lablar tashqarisiga chiqib ketmasligiga e’tibor berish kerak. Gimnastikani bolalar oynaga qarab bajarishi lozim.
Tayyorlov mashqlarini o‘tkazishda logoped bolalarga shpatel bilan yordam berishi mumkin yoki bolaning o‘zi barmoqchasi bilan tilni kerakli holatga keltiradi. Bolalar bilan til vibratsiyasini hosil qilish, kerakli holatga keltirishga yordam beradigan mashqlar ham o‘tkaziladi. Bu mashqlarni har xil ovozlarga taqlid qilish tariqasida o‘tkazish va ayni vaqtda bolaga tegishli savollami berib, uni taqlid qilib ko‘rishga undash mumkin, chunonchi, mushuk suvni qanday ichadi? Ot chopganda qanday tovush eshitiladi? va hokazo.
Titrovsiz-Frikativ tovushni sh-j tovushlaridan hosil qilish mumkin.Buning uchun og‘izni kattaroq ochib, til uchini alveolalarga tekkazib turib, sh yoki j tovushini ayttirish Tavsiya etiladi. Keyinchalik bu usulda hosil bo‘lgan tovushni mustahkamlash, avtomatlashtirish maqsadida frikativ tovushni avval bo‘g‘inlarda, so'ngra so‘z va gaplarda talaffuz etishga o'rgatish mashqlari o'tkaziladi. Logoped bu bosqichda frikativ r tovushining to'g'ri aytilishiga ko'proq e’tibor bermog'i lozim.
Agar sh-j tovushlari ham noto'g'ri talaffuz etiladigan bo'lsa, logoped oldin shu tovushlar talaffuzini o'rgatishi kerak.
Tilni tebrantirishni ham bir necha usul bilan ishlab chiqish, o'rgatish mumkin.

  1. Oyna qarshisida o‘tirgan bolaga og‘zini keng ochtirib, til uchini yuqori tishlar orqasiga ko‘tarib «2» tovushini cho‘zib ayttirish tavsiya etiladi. Shu payi logoped shpatel yordamida tilning tagida tebranma harakatlar qiladi. Natijada r tovushining hosil boMishida ishtirok etad/gan titrash hosil boiadi.

  2. Til uchini tepaga ko‘tarib turib, «t» tovushini bir dam bilan ketma-ket bV necha marta talaffuz etiladi. Ayni vaqtda tovushlar qatorining eng oxirini urg‘u bilan talaffuz etmoq kerak -ttt. Xuddi shu ishni «d» tovushi asosida ham annalga oshirish mumkin — dd, ddd, dddd.

LAMBDATSIZM VA PARALAMBDATSIZM
L tovushining noto‘g'ri talaffuz etilishi lambdatsizmdir. Uni boshqa tovushlar bilan almashtirib talaffuz etilishi paralambdatsizm deyiladi.
L tovushining hosil bo'lish mexanizmi quyidagicha: bu tovush talaffuzida lablaming qanday holatda bo‘lishi shu tovushdan keyin kelayotgan unliga bog‘!iq. Tishlar orasida ma’lum oraliq bo‘lishi kerak. Til uchi yuqori tishlarga yoki milkka tegib turadi.Uning yonlari esa yuqori jag‘ tisblariga tegmasligi kerak., chunki 1 tovushi hosil bo‘lishida havo oqimi yon tomonlaridan o'tadi. Ba’zilarida havo oqimi bir yondan, ko'proq chap tomondan chiqadi. Bu normal holatdir. Tilning orqa qismi esa ko'tarilib, til egar shakliga keladi. Yurnshoq tanglay ko'tariladi. Ovoz boyiamlari jipslashadi.
Lambdatsizmning turlari rotatsizrrming turlariga o'xshashdir. Ular qo'yidagicha:

  1. L tovushi umuman talaffuz etilmasligi, masalan, sholg‘om-shog‘om, olcha- ocha;

  2. L tovushini yumshatibroq talaffuz etilishi, masalan, olcha-olcha, olma-olma, lug'at-Iyug'at;

  3. Burun lambdatsizmi. Bunda yumshoq tanglay tilning orqa qismi biian jipslashadi, natijada havo oqimi burun bo‘shlig‘idan o‘tadi.

Paralambdatsizmlarga kelganda bularning turlari ham ko'p, xususan 1 tovushi, r, v, u tovushlari bilan almashtirilib talaffuz etiladi.Masalan, gilos-givos, olma-ovma; lampa-uampa, olma-ouma, ro'mol-ro'mou. Ba’zan L o'miga ruscha «о‘» tovushigao'xshash tovush talaffuz etilishi mumkin. Masalan, olma-oo'ma, oicha-oo‘cha, gilos- gio‘os. Paralambdatsizmning boshqa turlarida L tovushini y, n, d tovushlari bilan almashtirilishi mumkin, masalan lampa-yampa, kalish-kayish, lola-nona, lampa-nampa, bola-boda, olma-odma.
Lambdatsizmni bartaraf etishda taqlid yoiini qrllash kamdan-kam hollarda natija beradi. Chunki uning artikulatsiyasi murakkabroqdir.Bu tovushni talaffuzini yo‘lga qo‘yishdan oldin tayyorlov mashqlarini o‘tkazish foydalidir. Bularga lablarni cho'chchaytirish, yoyish, cho‘zish kabi mashqlar kiradi. Til bilan quyidagi gimnastika o‘tkaziladi: tilni keng yoyib ko'rsatish, kurak shakliga keltirish, uni chaynash, tilning eng keng qismida qog‘ozchani puflab tashlash, tilni keng qilib ko‘rsatish. Shu mashqlar orqali bola havo oqimini tilning yon tomonlaridan chiqarishga o'rganadi, tilni kerakli holatda ushlay oladi.
«L» TOVUSHI TALAFFUZINI YO'LGA QO'YISH
Logopad oynaga qarab turib logopedning ko‘rsatganini taqlid yo'li bilari bajaradi. Bunda logoped tilni keng yoyib tishlar orasiga qo'yadi. Shu holatda bolaga a yoki rus tilidagi o'unlilari ayttiriladi. Bunda logoped harakatlarni yaxshilab tushutUirib beradi.
Shu holatda aytilgan a yoki o'tovushi L tovushiga o'xshab ketadi. Lekin logoped buni bolaga aytishi kerak emas, chunki bola oldin noto'g'ri talaffuz etib yurgan 1 tovushiga o'tib ketadi.
Agar bola yuqorida aytib o'tilganlarni bajara olmasa shu mashqlarda qiynalsa, havo oqimini tilning yon tomonlaridan chiqara olmasa, og'iz bo'shlig'ini kerakli shaklga keltira olmasa, bola bilan quyidagi tayyorlov mashqlari o'tkaziladi.
Logoped keng yoyilgan tilini tishlab, lunjlarini bo'rttirib turib puflashi kerak. Boia puflashni o'tgangandan so'ng xuddi shu mashqni ovoz chiqarib turib bajaradi. Natijada shovqin aralash L tovushi hosil bo'ladi.So'ngra I tovushi bo'g'in va so'zlardagi talaffuzi avtomatlashtiriladi. Avtomatizatsiyalashtirish davomida shovqinsiz

  1. tovushi hosil bo'lishiga asta-sekin erishiladi.Bu ishni "al" kabi yopiq bo'g'inlar talaffuzini mashq qilishdan boshlash maqsadga muvofiqdir.Bunday bo'g'inlar talaffuzi 0‘zlashtirilgandan so'ng "al-a" so'ngra "la" bo'g'inlari ustida ish olib boriladi. Keyingi bosqichlarda (Ali) so‘zidagi «о» va «o’»lardan tuzilgan bo‘g‘inlar ustid? ish olib boriladi. Masalan, ala, ali, alo, alu, la, lu, li vujudga keltiriladi.

L tovushini to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatishda bolani havo oqimini you tomonlardan chiqara bilishiga o'rgatish juda qiyin bo'ladi. Ayniqsa 1 tovushini N tovushi bilan almashtirilishini yengish qiyin. Logoped maxsus zond yoki shpatel bilan tilning yon qismlarini bosib turib, til uchini yuqori tishlarga tekkazib turadi. Bu holda havo oqimi tilning yon qismi bilan yuqori jag* tishlari o'rtasida hosil bo‘ladigan yo‘ldan o‘tadi. Zond o‘miga qalam yoki plastmassadan tayyorlangan tayoqchani qo‘llash mumkin.Agar «1 tovushi «V» bilan almashtirilsa, logoped pastki labni zond, shpatel yoki barmog‘i bilan tushiradi. Shunday usul bilan paralambdatsizm tuzatiladi. L tovushi o'zbek tilidagi «V» tovushining tusini qo‘shib turib talaffuz etilishi ham mumkin,masalan; lampa-vampa.
Bu kamchilikni ham lablaming cho‘chayishiga yo‘l qo‘ymasdan,ulami kerakli xolatga keltirishyo‘li bilan tuzatish mumkin.
Burun lambdatsizmida havo oqimini og‘iz bo‘shlig‘idan, tilning yon tomonlaridan chiqarishga o'rgatish kerak.
TIL ORQA K, G, X TOVUSHLARI TALAFFUZIDAGI KAMCHILIKLAR.
К tovushining noto'g'ri talaffuz etilishi - kappatsizm va s ni boshqa tovush bilan almashtirilishi parakappatsizm deyiladi. G tovushi talaffuzidagi kamchilik gammatsizm va paragammatsizm, X tovushi talaffuzidagi kamchilik esa xitizm va paraxitizm deyiladi.
Ulami quyidagi turlari amalda ko‘proq uchraydi.

  1. К - T (kino-tino, kitob-titob,kurk-turka,kaIit-talit)

  2. G - D (gilos-dilos, gilam-dilam, yigirma-yidirma)

X - К yoki X - S (xat-kat, xat-sat) Til orqa tovushlarida lablar holati keyin so‘zda qanday unli tovush kelishiga bogMiq. Til uchi odatda pastki tishlar orqasida bo'ladi. Tilni o'rta qismi baland ko'tarilib, g, к tovushlarida qattiq tanglayga tegib turadi. X tovushida esa tor oraliq hosil qiladi. G, К tovushida kuchli havo oqimi tilning o'rta qismi va tanglay orasidan portlab, X tovushida esa sirg'alib chiqadi. Til orqa tovushlari talaffuzida yumshoq tanglay ko'tarilib turadi. К - X tovushlarida ovo

zboylamlari jipslashmay, tebranmay turadi. G tovushida esa ovoz boylamlari jipslashib tebranadi. К tovushini to'gri talaffuz etishga o'rgatish uchun : bolaga ta bo‘g‘inini ketma-ket ayttiriladi (ta-ta-ta). Shu zaxoti til o'rtasini shpatel bilan bosib, orqa surilsa, kya-kya-kya kabi tovushlar, til o'rtasi yanada orqaroqqa surilganida esa ka-ka-ka kabi tovushlar hosil bo‘ladi.Bola к tovushini oldin shpatel yordamida, keyin esa mustaqil ravishda talaffuz etishga asta-sekin o'rganadi. Shundan keyin к tovushi talaffuzini awal bo‘g‘inIarda, so'ngra so‘z va gaplarda mustahkamlash mumkin.
G - X tovushlari talaffuzini ham xuddi shu usul bilan o'rgatish mumkin. Ammo g tovushini d-dan, ya’ni da-da-da, x - tovushini esa s tovushidan, ya’ni sa-sa kabilardan o'rgatiladi.
YOTATSIZM
Nutqda у tovushi talaffuz etilmasligi, noto‘g‘ri talaffuz etilishi yotatsizrn deyiladi. Uni boshqa tovushlar bilan almashtirib talaffuz etish parayotatsizmdir. Y tovushi kamchiligi 1 tovushi bilan almashtirilishi mumkin.. Masalan, ya-lya, suyak-sulyak, yamoq-lyamoq, yangi-lyangi yoki yomg‘ir-lyomg‘ir, quyon-qulyon, ye-l-yelka, yer-ler; у tovushi umuman talaffuz etilmasligi hollari ham uchrab turadi. Shuningdek Y tovushi o'miga I tovushi talaffuz etiladigan hollari ham bo‘lishi mumkin. Masalan, loy-lo, boy- boi, boy-bol, loy-loi. Y tovushi to‘g‘ri talaffuz etilganida tilning oldingi qismi odatda pastki tishlarga tegib turadi, tilning o'rta qismi qattiq egilgan bo‘lib, tanglay bilan havo uchun tor yo‘lak(oraliq) hosil qiladi.

  • tovushi talaffiiz etilayotgan paytda ovoz boylamlari jipslashib, tebranib turadi. Yumshoq tanglay havoni og‘iz bo‘shlig‘idan o‘tishga yo‘l ochib, ko‘tariladi.Havo oqimi til va tanglay o‘rtasidagi yo‘lakchadan o‘tib, у tovushini hosil qiladi.

  • tovushini turli xil metodlar yordamida to‘g‘ri talaffuz etishga o'rgatish mumkin. Tovush talaffuzini eshitib turib, keyin shunga taqlid qilish yo'li bilan o'rganish. Bunda bolaga oyna orkali tovushning to'g'ri artikulatsiyasi tushuntiriladi.

Nutq kamchiliklari, ayrim tovushlar talaffuzidagi yetishmovchiliklar yuqorida keltirib o'tilganlarning o'zi bilan tugamaydi. Boshqa tovushlar, bo'g'inlar, hattoki so'zlar talaffuzidagi odat bo'lib qoigan boshqa kamchiliklar ham uchrab turadi.Biz shulaming, nazarimizda muhim bo'lib ko'ringan xillari ustidagina qisqacha to'xtalib o‘tdik. Asosiy vazifa nutq kamchiliklarini vaqtida payqab olib, shunday kamchiliklami bog‘cha yoki quyi sinflar sharoitlarida bartaraf etish choralarini ko'rish, ota-ona, tarbiyachilar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘z imkoniyatlari bilan ulami bartaraf etolmaydigan hollarda esa logopad bolalarni tegishli muassasalarga - psixonevrolog va logopedlarga vaqtida yuborib, davolatishdir.
ADABIYOT

  1. .M.Mirzayev, S.Usmonov, I.Rasulov. 0‘zbek tili. T„ 1966

  1. T.B.Filichyova i dr. Osnovi logopedii. М., Prosvesheniye, 1989.

  2. R.Shomaxmudova, L.R.Muminova. Bog‘cha va kichik maktab yoshidagi bolalar talaffuzidagi nuqsonlami tuzatish. Т., 0‘qituvchi, 1981

  3. M.Fomichyova, K.Shodiyeva. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish.T.,0‘qituvchi, 1984

  4. M.F.Fomichyova. Vospitaniye u detey pravilnogo proiznosheniya. М., 1981

  5. G.Kashe. Ispravleniye nedostatkov rechi u doshkolnikov. М., 1972

  6. Logopediya . Pod red.L.S.Yolkovoy М., Prosvesheniye, 1989

  1. L.R.Muminova, M.YU.Ayupova va boshqalar. Logopediya.T., 0‘qituvchi,

1993
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Dislaliya nuqsonini ta’riflab bering.

  2. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar nimadan kelib chiqadi?

  3. Dislaliyaning qaysi turlari, ko‘rinishlari mavjud?

  4. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar qaysi yullar bilan bartaraf etiladi?

  5. Sirg'aluvehi tovushlar talaffuzida kuzatiladigan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatib, aytib bering.

  6. Rotatsizm va pararotatsizmni ta’riflab bering.

  7. L tovushining noto‘g‘ri talaffuz etilishi va bu nuqsonni bartaraf etish usullari.

  8. Til orqa tovushlarini noto‘g‘ri talaffuzi va uni bartaraf etish usullari.

  9. Rotatsizm va uni bartaraf etish yo‘(lari.

  10. Jarangli talaffuz etish tariqasidagi nuqsonlami ta’riflang.

  1. .Fonematik eshitish va uni shakllanish yo‘llari.


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin