bob Dizartriya va anartriya nuqsonlarining ta’rifi Reja .Dizartriya nuqsonining ta’rifi Dizartriyaning kelib chiqish sabablari
Dizartriyaning turlari
Dizartriyani harakterlovehi klinik belgilar
Dizartriyani bartaraf etish usullari
Dizartriya so‘zlami to‘la, ravon talaffuz qila olmaslik, talaffuz nuqsonidir. U nutq apparati innervatsiyasida kamchilik borligiga bog'liq bo‘ladi. Dizartriya uchun markaziy hamda periferik nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida artikulatsiya mushaklarining falajlanish tufayli tovushlar taiaffuzi va ovozning buzilishi harakterlidir. Dizartriya lotincha aynish - buzilish, ma’nosinibildiruvchi <(dis» yuklamasi, artron - biritirish, ulash degan so'zdan olingan bo‘lib, ma’noli, ravon nutqning buzilishi legan ma’nom bildiradi. Biroq, ko‘pchilik olimlar, dizartriya atamasini kengroq ma’noda ishlatib, artikulatsiya, ovoz bosil bo‘lishi,nutq sur’ati, maromi, ravonligi, intonatsiyasidagi kamchiliklami ham dizartriya nuqsonida kuzatiladigan belgilar jumlasiga kiritadilar. Dizartriyaning og‘ir anartriya deb ataladi. Bunda bola nutqini tushunib bo‘la/naydi. Bola xuddi og'iziga tolqon solib gapirganidek tuyuuladi. Lekin atrofdagilar nutqini bola yaxshi tushunadi, idrok etish qobilyatini nisbatan saqlangan bo‘ladi. Dizartriyani keltirib chiqargan kasallik qanchalik og'ir, qanchalik erta boshlangan bo'lsa, uning oqibatlari ham shunchalik og‘rirroq bo‘ladi. Bu nuqson mustaqil suratda, hatto fonematik eshitish qobilyatini saqlanib qolgani holida tovush talafFuzining buzilishi tariqsaida namoyon bo'lishi mumkin. Dizartriya vaqtida savod o'rgatish ishlari qiynlashadi. Bu vaqtda bola so‘zlami yaxshi eshita oladigan va o‘ziga qaratilgan nutqini muayyan darajada tushuna oladigan,intelektida birlamcha qo‘pol o'zgarishlar yo‘q bo'lsa ham, so'zlami buzib atrofdagilarga yaxshi tushunilmaydigan taizda. yarim- yorti qilib aytadi yoki talaffuz etadi. Nutqdagi nuqsonning bunday og'ir shakli miya chap yarim sharidagi nutq zonalarining organik kasiddigiga bog'liq bo'lib, bog'chcha yoki maktabdagi kelgan bolalardagi bu nuqsonni aniqlab olish uncha qiyin emas. Bunday hollarda tekshirib ko'rish va maxsus bog'cha yoki maktablarga yuborish masalasini hal etish uchun ularni logoped qabulgi o‘za vaqtida yuborish g'oyat muhimdir. Klinik belgilariga ko'ra dizartriya har xil toifalarga bo'linadi. Lxjgopedik adabiyoti dizartriyaning bulbar, psevdobulbar shakllari, miya po'stlog'i osti, miyacha, miya po'stlog'i aloqador xillari muhokama qilinadi. Dizartriyaning klinik-topik diagnostikasi nevrologik nuqtai nazardan ancha murakkab bo'lgani tufayli, uning sbakllarini logopedning o'zi mastaqil bolda aniqlay olmaydi. Shunga ko'ra bu vazifani nevropatolog vrach maxsus usullardan foydalanib, logoped bilan biiga ancha birga bajaradi. Klinik - topik diagnozi vrach aniqlab berganidan keyin logopedik xulosani logoped chiqaradi. Dizartriyaning har bir shakliga uning qanday ifodalanganiga qarab har xil chora ko'riladi. Har bir shaklda tovushlar talaffuzi, ovoz nuqsonlari, artikulyatsion apparatining harakatchanlini, mototikasidagi kamchiliklar o'ziga xosligi bilanajralib turadi. Shuning uchun uni bartaraf etish usullari ham o'ziga xos, har xil bo'ladi. Dizartriyani keltirib chiqaradigan sabablar xilma-xildir. Dizartriya ko'p xoHarda ona qorindagibolaga ichki va tashqi omillaming salbiy ta’siri tufayli vujudga kelishi mumkin. Bunga °naning homiladoriik vaqtida ba’zi yuqumli kassaliklarga yo'liqishi, turli moddalaming zaharli ta’siri - mtoksikatsiya, gipoksiya (kislorod yetishmasligi), homilaning shikastlanishi, esfiksiya bo'lib (kindigi ralib) tug'ilishi va boshqalar kiradi. Dizartriya ba’zan bolaning go'dakligida (1 yoshga yaqin vaqtida) kasal bo‘lishi (meningit, turli xildagi miningoensefalitlar bijan og'rish) hamda markaziy nerv sistemasining shikastlanishi natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Ona bilan bola qonlari tarkibitiing bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi (rezus faktor) natijasida ham dizartriya kuzatishili mumkin.
Ko‘p hollarda dizartriya bolalarda uchraydigan serebral falaj oqibati tariqasi paydo bo‘ladi. YE.M. Mastyukova ma’iumolariga ko'ra, bolalar serebral falaji bilan kasallangan kishilarning 65-85 foizida dizartiyakuzatiladi. Serebral falaj bilan kasallangan bolalardagi dizartiyani fransuz olimi G. Tardi nutq nuqsonining darajasiga qarab quyidagi xillarga bo'lib o'rganishni tavsiya etadi: birinchi darajasi eng yengil xili bo‘lib, bunda boladagi talaffuz kamchiliklari faqat mutaxassis logoped tomonidan maxsus tekshirishlar natijasida aniqlanishi mumkin. Ikkinchi darajasi-bola talaffuzidagi kamchiliklar atrofdagilarga sezilib tursa ham, uning nutqi tushunarli bo'ladi. Uchinchi darajasida bola nutqni faqat uning eng yaqin odamlari tushunadi, xolos. To'rtinchi darajasi - eng og‘ir darajadagi nuqson bo'lib, bunda bola nutqini mutlaqo tushunib bo'lmaydi. Anartriya deb shuni aytiladi. Shunday qilib, dizartriya - nerv sistemasining kasalliklari munosabati bilan tegishli markazlaming organik shikastlanishi natijasida tovushlar talaffuzining buzilishidir. Nutq organlarining kam harakatlanishi tufayli nutq tovushlarining artikulatsiyasi buziladi. Shu bilan birga nutq sur’ati, tezligi, maromi, ravonligi, ovoz kuchi ham yomonlashadi. Dizartriyani harakterlovchi klinik belgilar quyidagilardan iborat: 1) nutq mushaklari tonusining buzilishi; 2) artikulyatsion apparat mushaklari falajlanishi tufayli shartli artikulatsiya harakatlarining cheklanib qolishi; 3) nafas olish harakatlari va ovoz hosil bo'lishining buzilishi. Eng keng tarqalgan dizartriyaning psevdobulbar shaklida artikulyatsion mushaklar tonusi kuchayib ketadi; lablar, til, ya’ni laq-iuq harakatchanligi chegaralangan bo'ladi, ovoz va nafas olish buziladi, bola so'lagi oqib turadi. Bunday bola yaxshi chaynay olmaydi, yuta olmaydi. Nutqi noaniq, dudrnal, intonatsion jihatdan sust, manqalangan bo'ladi. Dizartriya nutq sistemasining barcha komponentlarida qandaydir o'zgarishlar kuzatilishi mumkin. Shunga ko'ra dizartrik bolalar biT necha gruppalarga bo'linadi: fonetik nuqsonli, fonetik-fonetik kamchilikli bolalar; nutqi umuman rivojlanmaga
nbolalar. Fonetik harakterdagi dizartriyada tovushlar talaffuzidagi kamchiliklami bartaraf gtish choralari ko‘rilsa, fonetik - fonetik harakterdagi dizartriyada tovushlarni ajratish, fonematik o‘quvni rivojlantirish, o'xshash tovushlarni bir biridan ajratish, so‘z lug‘atini boyitisi), grammatik tuzumni shakllantirib borish ustida ish olib boriladi. Dizartriyani bartaraf etishda, ko‘pincha, kompleks chora-tadbirlami amalga oshirish, fonetik mashqlar o'tkazish, fonetik o‘quvni rivojlantirish, lug'atni boyitish, bog‘lanishli- ma’noli nutqni o‘stirish, yozma nutqdagi kamchiliklaming oldini olish ustida ishlash talab etiladi. Dizartriklar bilan maxsus logopedik ishlar og‘ir riutq kamchiliklari bor, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tashkil etilgan nutqiy bog‘chalarda, nutqiy maktablarda yoki umumiy ta’lim maktab qoshidagi nutqiy sinflarda, harakat-tayanch organ!an jarohlangan bolalar uchun tashkil etilgan bog'cha hamda maktab-internatlarda, psixonevrologik shifoxona- laming nutqiy bo‘!imlarida olib boriladi. Dizartriyaning yengil shakllarini poliklinika qoshidagi logopedik kabinetlar, umumta’lim maktablaridagi logopedik punktlarda bartaraf etish mumkin. Dizartriya qanchalik barvaqt aniqlansa, uni bartaraf etish, korreksiyalash choralari ham shuncha yaxshi naf beradi. Uzoq muddat ichida sabr-toqat, izchillik bilan logopedik mashg‘ulotlar olib borib, yuqori natijalarga erishish mumkin. Faqatgina to‘g‘ri tashkil etilgan kompleks chora-tadbirlar, logoped bilan nevropatolog yoki psixonevrolog hamda ota-onalarning hamkorlik qilishi, logoped bilan massajist, davolovchi fizkultura mutaxassislarining birgalikda hamjihat bo'lib ishlashi natijasidagina dizartriyani maksimal darajada bartaraf etib, bolaning atrofdagilar bilan to‘g‘ri aloqa bog‘lab, bemalol gaplasha oladigan bo‘lishini ta’minlash mumkin. Ona qomida yoki tug‘ruq mahalida miyasi zarar ko‘rgan bolalardagi dizartriyaning oldini olish uchun mamlaktimizda butun bir chora-tadbirlar sistemasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bola bilan hayotining birinchi onlaridayoq kompleks tibbiy-pedagogik ishlar olib boriladi. Buning uchun perinatal patologiyali bolalarga mo‘ljallab maxsus tashkil etilgan nevrologik statsionarlar bor. A D А В I YO Т Filicheva Т.В. Cheveleva N.A., Chirkina G.V. Osnovi logopedii. М., Prosvesheniye, 1989.
Logopediya L.S. Volkova tahriri ostida, m., Prosvesheniye, 1989.
Osobennosti psixofizicheskogo uchshhixsya spetsiainix shkol dlya detey s naiusheniyem oporno-dvigatelnogo apparata. Ippolitova M.V. tahriri ostida. М., 1985.
Semyonova K..A., Mastyukova YE. М., Smuglin M.YA. Klinika i reabilitatsionnaya terapiya detskix serebalnix paralichey. —М., 1972.