8bob RINOLALIYA VA UNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI RINOLAL1YA NUQSONINING TA’RIFI
Reja Rinolaliya nuqsonini ta’rifi.
Rinolaliyaning q turlari
Rinolaliyaning kelib chiqish sabablari
Rinolaliyani oldini olish
Rinolaliya, ya’ni dimoqdan, dimoq bilan gapirish, tovushlar taiaffuzi va ovoz tembrining nutq apparatidagi anatomik-fiziologik kamchiliklari, o‘zgarishlari natijasida buzilib aytilishidir. Rinolaliya og‘iz va burun bo'shliqlari o'rtasida to‘siq yo'qligidan yoki shu bo'shliqlarbitib qolganidan kelib chiqadi. Artikulyatsion apparatning tuzilishidagi kamchiliklarga oid ma’lumotlar dastlab XIX asr shifokorlarining ilmiy asarlarida paydo bo‘la boshladi. V.I.Oltushevskiy nutq kamchiliklarini o'rganib, adabiyotda o'rgatilgan ma’lumotlarni umumlashtirib nutq kamchiliklarini tasniflagan va talaffuz kamchiliklarini tegishli guruhlarga ajratgan. U artikulyatsion apparat tuzilishining buzilishi natijasida kelib chiqqan tug‘ma yoki hayot davomida orttirilgan kamchiliklarni mexanik dislaliya deb atagan. Rinolaliyaga esa dislaiiyaning bir turi deb qaralgan. Rinolaliya YE.F.Rau (1933), Z.G.Nelyubova (1939), M.Morli, V.V.Kukol (1941), A.G.Ippolitova (I955, I963), I.I.Yermakova (1984), G.V.Chirkina (1989) va boshqalar tomonidan ayniqsa keng o'rganilgan. Ularning fikricha, rinolaliyaning oldini olish choralarini ko‘rish, korreksion-tarbiyaviy logopediya ish sistemasini to'g'ri tashkil etish, ota-onalarning o‘z boalalarini vaqtida mutaxassis-shifokor, logopedga ko'rsatib davolatishi muhim ahamiyatga egadir. Boladagi kamchilikning turini aniqlash va unga tegishli yordam ko'rsatish hozirgi logopediya fanining muhim muammolaridan bo'lib hisoblanadi va bola hayotida muhim rol o'ynaydi. Ma’lumki nutq jarayonida yurnshoq tanglay muhim vazifani bajaradi. Burunli tovushlardan tashqari xamma tovushlaming talaffuzida burun va burun-halqum bo'shliqlari orasida tirqish hosil boMadi. Bu bo‘shliqlami bir-biridan ajratib turuvchi tirqish tanglay halqum tirqishi deb ataladi va u ikkita mushak guruhining bir vaqtda harakatlanishidan yuzaga keladi. Pardaning oldingi qismini yumshoq tanglay va halqumni orqa devorlarning mushaklari tashkil etadi. Yumshoq tanglayning ko'tarilishi yumshoq tanglay va halqum yon devorlari mushagining to‘g‘ri ishlashiga Dog'liqdir. Yumshoq tanglay ovoz hosil boMishida ko'tarilib, bo‘rtib chiqadi. Bu bo‘rta, ya’ni do'nglik halqumning orqa devorlari bilan birlashadi. Ayni vaqtda, ovoz hosil bo'lishida yumshoq tanglay harakati bilan halqum orqali devorlari o'z holatini o‘zgartiradi. Mushaklaming qisqarishi natijasida halqum shilliq qavatning yuqori qismi ko‘tariladi va burun halqumiga ochilish yo'lida ko‘ndalang to'siq yoki do'mboqcha hosil boMadi. Buning anatomik asosini halqumning yuqori mushaklari tashkil etadi. Yuqoridagi mushaklaming harakati natijasida tanglay-halqum tirqishi hosil boMadi. Talaffuzdagi tovushlaming xususiyatiga qarab, yumshoq tanglay turlicha ko'tariladi va tirqish hajmi ham shunga yarasha o‘zgaradi. Tirqishning hajmiga qarab ovoz kuchi har xil buladi. LI.Yermakova tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki, unlilarni talaffuz qilish vaqtida tirqish hajmi katta boMar ekan. Undosh tovushlar talaffuzida bu tirqish tor boMadi. Faqat M va N tovushlari talaffuzida esa bu tirqish umuman hosil boMmaydi va havo bemalol burunga o'tadi. Agarda shu organlarda kamchilik boMsa, u yoriq hosil boMishiga to'sqinlik qiladi yoki umuman burun-halqum yoMi to'silib qolishi mumkin. Natijada tovushlar talaffuzi o'zgarib, bu narsa nutq kamchiliklarini hosil qiladi. Rinolaliya deb ana shunday nutq kamchiliklariga aytiladi. Bunda burun bo‘shlig‘ining rezonatorlik faoliyati yo'qolib qolishi natijasida ovoz, tovushlar talaffuzi noaniqjonsiz harakterda boMadi, odam manqalanib gapiradi. M.D. Dubov (1960) va keyinchalik N.L. Kozina ma’Iumoti bo‘yicha (1971) har yili Rossiyada besh mingdan ortiq tanglay kemtigi bilan tug'iladi. Tug'ma tanglay kemitigi hodisasini keltirib chiqaruvchi sabablar haligacha to'la aniqlanmagan. Olimlardan YE.M. Nemchinova (1970), V.M. Messina (1971), G.V. Kruchinskiy (1974) fikrlariga ko‘ra, homiladorlikning 7-8 haftaligida onaning og‘ir kassaliklar (toksoplanmoz, parolit va boshqalar) bilan, og‘ir ruhiy kechinmalarini boshidan kechirishi bolaning tanglay - lab kamchiliklari, kemtiklari bilan tug‘ilishi mumkin. Chet el adabiyotidagi ma’lumotlarga qaraganda, tanglay-lab tuzilishidagi nuqsonlar irsiy sabablarga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Rinolaliya nuqsonini ta’riflab bering.