Korreksion pedagogika va logopediya



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə2/38
tarix20.12.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#76855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Korreksion pedagogika va logopediya

Kirish
0‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartida «Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar ta’Iimiga qo‘yiladigan davlat talablari» mavjud.
Shu talablar asosida "Uchinchi ming yillikni bolasi" nomidagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi tuzilgan. Ushbu xujjat "Ta’lim I to‘grisida"gi Qonun, "Kadriar tayyorlash milJiy dasturi" xamda "Soglom avlod" Davlat dasturini xayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan.
Mustaqillikka erishgan xozirgi davrning muxim xususiyatlaridan biri, bozor 1 munosabatlari shakllanayotgan mazkur jarayonga mos keladigan, yangicha fikrlovchi . yoshlarni tarbiyalashdan iborat. f. A.Karimov ta’kidlaganidek, "fikrlash, ishlash va i yashash madaniyatiga ega bolgan mustauil shaxsni voyaga yetkazishimiz zarur".
0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida>>gi Qonuni va «Kadriar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida maklabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim- I tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol g‘oyalari asosida sog‘lom, har Itomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’Iimiga tayyorlashdan I iboratdir. Biroq, maktabgacha yoshdagi bolalar orasida jismoniy yoki ruxiy .rivojlanishida nuqsoni bo‘Igan bolalar xam uchrab turadi. Turli sabablarga ko'ra ko‘zi ojiz, kar yoki zaif eshituvchi bo‘lib qolgan va boshqa toifadagi aloxida yordamga jmuxtoj bolalar maktabgacha tarbiya muassasalariga xamma qatori qatnab, ta’lim- ; tarbiya jarayoniga jalb etilishlari kerak. Maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarni iismoniy, aqliy va ma’naviy jixatdan rivojlantirib, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, extiyoj va imkoniyatlarini xisobga olgan xolda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga (maktabga) tayyorlashi Iozim. Buning uchun har bir tarbiyachi bolaning rivojlanishida qanday nuqsonlar boTishi mumkin, ularning turlari, kelib chiqish sabablari kabi va boshqa ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak. Shuni xisobga olib, 5141700 - Maktabgacha ta’lim va bolalar sporti yo‘nalishidagi bakalavriat o‘quv rejasiga «Korreksion pedagogika va logopediya fani» kiritilgan.
Mazkur kitobning maqsadi pedagogika oliy o‘quv yurtlarida «Korreksion pedagogika va logopediya» kursini talabalarga chuqur o‘rganishga yordam berish. K-itob ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida korreksion pedagogika faninin

gmaqsad va vazifalari, aloxida yordamga muxtoj bolalar ta’rifi berilgan bo‘lsa, ikkinchi qismda logopediya fanidan maktabgacha yoshdagi bolalarda ko‘plab uchraydigan nutqiy nuqsonlar va ularni bartaraf etish yo'llari yoritilgan.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin