Korreksion pedagogika va logopediya


bob. HARAKAT - TAYANCH A’ZOLARI JAROHATLANGAN VA MUJASSAM NUQSONLI BOLALAR



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə14/38
tarix20.12.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#76855
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Korreksion pedagogika va logopediya

5 bob. HARAKAT - TAYANCH A’ZOLARI JAROHATLANGAN VA MUJASSAM NUQSONLI BOLALAR.

  1. L HARAKAT-TAYANCH A’ZOLARI JAROHATLANGAN

  1. BOLALAR.Harakat-tayanch a’zolari buzilgan bolalaming boshqa toifadagi апоггщ I bolalardan farq.

  1. Ushbu bolalardagi nuqsonning kelib chiqish sabablari.

  2. Bolalar serebral falaji

  3. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar bilan kompleks yondoshgan holda olib boriladigankorreksion ishlar

  4. Xarakat - tayanch a’zolari jaroxatlangan bolalar bilan olib boriladigan ta’lim- tarbiya ishlari,

Har qanday ota-ona o'z oilasida sog'lom farzandni, jismonan baquwat, ruhan tetik, fikrlash qobiliyati sog'lom, iymon-e’tiqoldi butun, bilimli, ma’nviyati yuksak, mard va jasur,har tomonlama kamol topishini istaydi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq respublikamizda sog'lom avlodni tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. «Barkamol» avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, bu masalaga ustivor vazifa deb qaralmoqda. Mustaqil Vatammizning birinchi ordeni «Sog'lom avlod uchun» deb atalgan, «Sog'lom avlod uchun» halqaro xayriya jamg'rmasining tuzilganligi. 2000 yilni «Sog'lom avlod yili», 2001 yilni «Ona va bola yili» deb e’lo qilinganligi fikrimizning dalilidir. Prezidetimiz tomonidan «Sog'lom avlod» ruknidagi, maxsus yordamga muhtoj bo'lgan bolalarni sog'lomlashtirish, ulami sog'lom kishilar qatoriga qo'shish, ijtimoiy, moddiy jihatdan himoyalash, mehnatga, ijtimoiy hayotga moslashtirish masalalariga doir qator qarorlar, xujjatlar chiqarilmoqda, qabul qilinmoqda.
Respublikamizda so'nggi paytlarda bolalamining sog'lom tug'ilishini ta’minlash, anomaliyalarning oldini olish hamda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda kamchiliklari bo'lgan bolalarni ertaroq aniqlash chora-tadbirlari ustida talaygina ishlr olib borilmoqda, Bu masalani tez va samarali hal bo'lishini ta’minlash maqsadida onaning xomiladorlik davridan boshlab to bola voyaga yetgunga qadar uning rivojlanishi tibbiyot xodimlari, o'qituvchi va tarbiyachilar, psixolog, defektologlar tomonidan nazorat qilinib,»Sog‘lom avlod»dasturini to'g'ri amalga oshirilishini ta’minlash chora- tadbirlari ishlab chiqilmoqda, tashkil etilmoqda. Natijada, harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar ham aniqlanib, ularga maxsus yordam ko'rsatilmoqda.Harakat-

tayanch a’zolari jarohatlangan bolalaming ko'pchiligga nogironlar aravachalari olib beriiganligi sababli, ular bog‘cha va maktablarga qatnay boshladilar.
Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar serebral falaji, poliomielit (shol kasalligi asorati), harakat-tayanch a’zolarining turli to'g'ma va orttirilgan deformatsiyasi - artrogripoz, oyoq-qo'llarning majruxligi, axondroplaziya yoki xondrodistrofiya - tana, bo'yin, boshning normal rivojlanayotgan bir paytida tug‘ma oyoq-qo'l suyaklri o'sishining orqada qolishi, miopatiya - mushak to‘qimalarida modda almashinuvi bilan bog'liq bo'lgan irsiy kasallikda mushaklar yaxshi qisqarmaydi,kishi qo‘l-oyoqni harakatga keltira olmaydi.
Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalaming ko'pchiligida miya faiaji kuzatiladi. Bolalar serebral falaj kasalligi hali yetilmagan, shakllanib bo'lmagan miyaning kasalligidir. Onaning xomiladorlik davrida ma’lum kasalliklar bilan kasallanishi, tug'ilish vaqtidagi patologik o'zgarishlar, tug'ilgandan to bir yoshgacha davr ichida bolani kasallanishi natijasida bosh miyaning harakat zonalari shikastlanadi, uning natijasida esa miyaning yaxlit yetilishi kechikadi va buziladi.Oqibatda bolaning umumiy hamda nutqiy motorikasi (harakatchanligi) faoliyati buziladi. Nutqning rivojlanmasligi esa intellektual rivojlanishni sekinlashtiradi. Kishi organizmining asosiy funksiyalari - nafas olish, qon aylanish, yutunish, tana harakati, nutqiy harakatlar va boshqalar harakat orqali - mushaklaming qisqarish natijasida sodir etiladi. Harakatlar ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo'ladi. Aniq maqsadni ko'zlab bajarilgan ixtiyoriy harakatlar mson xatti-harakat , xissiy-irodaviy qobiliyati, bilish faoliyatini, hulqining shakllanishida asosiy rol o'ynaydi.
Kasallikning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan harakat buzulishlari bolalar serebral falajida har xil namoyon bo'ladi.Adabiyotlarda bolalar miya falajining quyidagi shakl lari qayd qilingan: spastik diplegiya, spastik gemiplegiya, ikkilamchi gemiplegiya,paraplegiya, monoplegiya, atonik-astatik sindrom. Bolalar miya falajining eng keng tarqalgan shakli spastik diplegiya. Bu shakldagi kasallik qo‘l va oyoq harakatlarining buzilishi bilan harakterlanadi. Bunda ayniqsa oyoq qo‘lga nisbatan ко proq jarohatlangan bo'ladi. Qo'l oyoqlamin erkin harakatini chegaralanishi yoki butunlay harakatsizlanishi mushaklaming kuchsizlanishi bilan birga kechadi. Bola
qo'llarini tepaga ko‘tarishga qiynaladi yoki umuman ко’tar a olmaydi, oldinga, сцИ uzata olmaydi, oyoqlarni bukolmaydi, yozolmaydi.Har qanday harakat sodir uchun mushak tonusi normal bo'lishi shart. Bolalar serebral falajida mushak tonusi IU[j. baland boMadi, natijada bola o‘ziga xos holatni qabul qiladi: tizzadan bukilgan oyoq barmoqlarga tiraladi, tirsaklar bukilib, qo'llar tanaga yopishganday bo'ladi; q0<| barmoklari bukilib, mushtlar hosil qiladi. Shartsiz majburiy harakat giperkinezlar shartli harakatlami bajarilishini keskin qiyinlashtiradi yoki mutlaqo bajara olmasligiga olib keladi. Muvozanat harakatning buzilishi o'tirish, turish, yurishni qiyinlashtiradi yoki butunlay bajara olmaydigan holatga olib keladi. Kinesteziya - tana yoki tana qismlari harakatini sezish demakdir. Kinesteziya maxsus sezuvchi to'qimalar - ; proprioretseptorlar orqali sodir bo'ladi. Bu to'qimalar mushak, pay, bo'g'imlarda joylashgan bo'ladi. Ular oliy nerv sistemasiga tana, qo'l, oyoqlaming xolati haqida, mushaklaming qiskarishi haqida ma’lumot beradi.
Spastik diplegiya shaklidagi bolalar miya falaji bilan kasallangan bolalar intellekti, fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Ular umumta’lim maktablari dasturini a’lo baholar bilan o'zlashtira olishlari mumkin.Biroq bunday bolalaming jismoniy va aqliy rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlari,qiyinchiliklari ular uchun maxsus yordamni tashkil etilishini talab etadi.
Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar uchun 0‘zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bog'cha va maktab yoshidagi bolalar uchun maxsus maktab intematlar faoliyat ko'rsatmoqda. Ayrim bolalar umumta’lim ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda integratsiyalashgan inklyuziv ta’limga jalb etilmoqda. Maxsus muassasalarda barcha ta’lim-tarbiya ishlari korreksion yo'nalishda amalga oshiriladi. Ko'proq harakat funksiyalarini korreksiyalashga e’tibor beriladi.
Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar bilan maxsus muassasalarda harakat fiinksiyasini korreksiyalash ishlari kompleks tarzda, ya’ni bolaga har tomonlama ta sir o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bunga tibbiy dori-darmonlar bilan davolash, fizioterapevtik, ortopedik, uqalash-massaj, davolovchi gimnastika, jismoniy tarbiya, mehnatga o'rgatish ishlari kiradi.
Tibbiy dori-darmonlar bilan davolash ishlari mushak tonusini pasaytirish, giperkinez-majburiy harakatlami kamaytirish, asab sistemasidagi kompensator jarayonining faolligini kuchaytirishga yo‘naltiriladi.
Fizioterapevtik muolajalar mushak tonusini pasaytirishga, mushaklardagi qon
aylanishini yaxshilashga qaratiladi.
Ortopedik tadbirlar harakat-tayanch a’zolari, bo‘yin, gavda harakatini yaxshilash, kerak bo‘lsa ortopedik moslamalardan foydalanishni,har bir bola shaxsiy ortopedik rejimga rioya qilishga о rgatishga Qaratiladi.
Mushakdagi giperkinezlar bolaning nafaqat umumiy, balki nutqiy motorikasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutq apparatining kam harakatlanishi (til, lab, jag‘, un paychalari, kichik til harakati buziladi) nutqning fonetik tomondan buzilishiga, ya’ni tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarga olib keladi. Mushaklardagi giperkinezlar dizartriya yoki anartriya kabi tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarning kelib chiqishiga sabab boMadi. Diafragma, qovurg‘a orasidagi mushaklar giperkinezi nutqiy nafas olishni, un paychalarining tebranishi, nutq maromini buzilishiga olib keladi. Nisbatan ko‘proq uchraydigan dizartriyaning psevdobulbar shaklida artikulyatsion tonus baland boMadi. Lab, til, kichik til, pastki jag‘, un paychalari harakatchanligi buziladi va natijada tovushlar talaffuzi, ovoz, nutq sur’ati nuqsonlari kuzatiladi. SoMak bezlari atrofidagi mushaklar qisqarmaganligi tufayli bola soMagi oqib turadi. Bunday bola yaxshi chaynay olmaydi, yutolmaydi. Dizartrik bolaning nutqi noaniq, chuchmal, xirillagan, monoton boMadi. Dizartriya qanchalik barvaqt aniqlansa, uni bartaraf etish, korreksiyalash ham shunchalik oson boMadi. Uzoq muddat ichida sabr-toqat bilan olib borilgan logopedik ishlar natijasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish mumkin.
Nutq apparatining innervatsiyasiga bevosita bogMiq boMgan kalla suyak nervlarining jarohatlari ko‘p hollarda ko'z harakati nervlarining jarohatlanishi bilan birga kuzatiladi. Natijada bola g‘i!ay, ko‘zi olaygan, ko‘z harakati buziladi. Bolalar o‘z qo z harakatlarini bir maromda bajara olmaydilar, moMjalga nigoh tashlay olmaydilar. Bunday kamchiliklar logopedik ishni to‘g‘ri olib borishga to‘sqinlik qiladi. Bola artikulyatsion apparat a’zolari harakatini kuzata olmaydi, rasmga qarab ishlash, o‘qish va yozishni o‘zlashtirishda qiynaladilar.Mediko-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan, harakat-tayanch
iarj
jarohatlangan bolalar inklyuziv ta’lim olishga yoki maxsus maktabgacha Vn l . .
bolalar muassasasiga maktab-intematlarga yuboriladi. Bu muassasalarga o‘*]arj Ж

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin