Korreksion pedagogika va logopediya


Nutq nuqsonlari haqida tushuncha



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə17/38
tarix20.12.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#76855
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Korreksion pedagogika va logopediya

Nutq nuqsonlari haqida tushuncha

Reja

  1. Nutq nuqsonining ta’rifi

  2. Nutq nuqsonlarining kelib chiqish

Logopediya fanining metodologik asosiNutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning me’yorlaridan chetga chiqish deb ta’riflanadi. O.V.Pravdina o‘zining «Logopediya» kitobida logopedik nutq nuqsonlarini quyidagicha harakterlagan:

  1. Nutq nuqsoni o‘z-o‘zidan barham topmaydi, baiki vaqt o‘tgan sari yanada mustahkamlanib, zo‘rayib borad

  2. Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi.

  3. Nutqiy nuqsonlari bo'lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj bo'Iadi.

  4. Og‘ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga, balki umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yuqoridagi ko‘rsatilgan nutq nuqsonlari o‘z xususiyatlari jihatidan bolalarda va katta yoshdagi kishilarda ba’zan vaqtincha uchrab turadigan nutqiy kamchiliklardan farq qiladi. Yosh bolalarda, keyinchalik o‘zidan-o‘zi to‘g‘rilanib, barham topib ketadi. Kattalarda esa bunday hodisalar asosan charchash, hayajonlanish, asabiylashish natijasida uchrab turadi. Ular ko‘pincha o‘z xatolarini sezib, bularni tuzatishga harakat qiladilar. Goho esa sezmasliklari ham mumkin. Lekin vaqti bilan bunday xatolar ham o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanib ketadi. Nutqiy nuqsonlar ajnabiylarda, boshqa millatli kishilarda ham kuzatilishi mumkin. Ular tilni o'rganib borganlari sari, nutqdagi kamchiliklar barham topib boraveradi.
Nutq kamchiliklari kelib chiqish sabablariga ko‘ra logopediya fanida organik va funksional xillarga bo'linadi. Organik nutq nuqsonlari nutqiy analizatorning tuzilishidagi kamchiliklarga aloqador bo‘lib, bu analizatorning qaysi bo'limida sbikastlanganiga qarab markaziy yoki periferik turlarga boMinadi. Funksional nutq nuqsonlarida analizator tuzilishida o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Noto‘g‘ri tarbiya ota-ona, tarbiyachi yoki o'qituvchi nutqidagi kamchiliklarga taqlid etish natijasida yoki noo‘rin reflekslarning mustahkamlanib qolishi funksional nutq nuqsonlariga sabab buoMishi mumkin. Funksional nuqsonlar nerv jarayonlari o'rtasidagi muvozanatning buzilishi, analizator faoliyatidagi boshqa kamchiliklardan kelib chiqishi ham mumkin.
Nutq analizatori qaysi bo‘limining o‘zgarib qolganiga qarab funksional nutq nuqsonlari ham markaziy yoki periferik harakterda bo‘ladi.
Logopediya fani surdopedagogika va tiflopedagogikalar ichidan ajralib, XIX asrning ikkinchi yarmida tibbiy fanlaming alohida bir oqimi bo'lib vujudga keldi. Nutq nuqsonlarini asosan shifokorlar tuzatishar edi, biroq «davolash» ishlari yaxshi natija bermas edi.
Nutqiy kamchiliklarning ayrim belgilari nuqson sifatida o‘rganilar edi. Nutq komponentlari, nutqning sistemali tuzilishi haqidagi ma’lumotlar o‘sha davrlarda hali bo‘lmaganligi tufayli, nutq kamchiliklarini o'rganish, aniqlash, bartaraf etish usullari ham noto‘g‘ri belgilangan. Asosan mexanik mashqlardan foydalanilar edi.
Hozirgi kunda logopediya fani pedagogik va psixologik, tibbiy, lingvistik fanlar asosida, shularga tayangan holda rivojlanib bormoqda. Bir qator tibbiy fanlarni chuqur o'rgangan maxsus mutaxassis pedagog (logoped) to‘g‘ri nutqni tarbiyalaydi.
Shifokor esa logoped bolaga anamnez tuzadi, uning diagnozini aniqlaydi, kerak boMsa dorilar bilan davolashni tavsiya etadi.
Logopedik amaliyotda, eshitish organlaridagi kamchiliklar psixikasiga ta’sir etgan bolalar ko‘p uchrab turadi. Bunday bolalarni eng awalo otoloringolog tekshirib, ularga tibbiy xulosa chiqarmog‘i lozim. Shundagina logoped bunday logopadlar bilan ishni to‘g‘ri olib borishi mumkin.
ADABIYOT

  1. Ayupova M.YU., Muminova L.R. Logopediya. Т., 1993

  2. Logopediya. I.S.Volkovatahriri ostida. М., Prosvesheniye 1989

  3. O.V.Pravdina. Logopediya. М., Prosvesheniye, 1973

  4. L.R.Muminova, M.T.Qahramonova. Logopediyadan terminlaming ruscha- o‘zbekcha izohli lug‘ati. T,,0‘qituvchi, 1988

  5. V.S.Raxmanova Maxsus pedagogika ,T. 2004


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin