Korreksion pedagogika va logopediya


Ko‘rishida muammosi bo‘lgan bolalar



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə10/38
tarix20.12.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#76855
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Korreksion pedagogika va logopediya

Ko‘rishida muammosi bo‘lgan bolalar.

Reja

  1. Ko‘rish analizatorining ahamiyati

  2. Ko'rish nuqsoni guruxlari

  3. Ko'rishdagi nuqsonlaming kelib chiqish sabablari

  4. Ko'rish qobiliyati zaif bolalar bilan maktabgacha tarbiya muassasalari хащД maktabalarda olib boriladigan ishlar ta’rifi

5.Sensor nuqsonli bolalar bilan inklyuziv integratsion ta’limni tashkil etish

  1. Ko‘rish qobiliyatida kuzatiladigan nuqsonlaming oldini olish va bartaraf etish.

  2. Ko‘zi ojiz bolalar uchun 0‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan muassalar.

Ko‘rish bolaning xayotiy faoliyatida va rivojlanishida muxim axamiyatga ega. Ko‘rishdagi nuqsonlar bolaning ruxiy, jismoniy rivojlanishida ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqishiga olib keladi. Tiflopedagogika fanida ko‘rish nuqsoni darajasiga xamda o'quv materialni idrok qilishga ko‘ra kuyidagi guruxlar farqlanadi:

  1. Ko‘r va deyarli ko‘r(qisman ko‘ruvchi) bolalar. Ko‘rish o'tkirligi О dan

  1. 004gacha. Bu bolalar umuman ko‘rmaydilar, ko‘rish imkoniyati kam saqlangan. Mashg‘ulotlarda ular asosan o‘quv materialini sezish, eshitish idroki asosida o'zlashtiradilar. Brayl tizimi bo‘yicha o‘qiydi va yozadilar. Ba’zi bir bolalar saqlangan ko'rish imkoniyatidan o‘qish va yozishda foydalanishlari mumkin.

  1. Zaif ko‘ruvchi bolalar. Zaif ko'ruvchi bolalaming ko'rish o'tkirligi tuzatish(korreksiya) ko'zoynaklari bilan 0,06 dan 0,09 gacha. Bu bolalarda odatda ko'rishda murakkab nuqsonlar kuzatiladi. Ko'rish o'tkirligi pastligi bilan bir qatorda ayrim bolalarda ko'rish maydoni toraygan, fazoviy idrok buzilgan bo'lishi xam mumkjn. Bulaming barchasi o'quv materialini idrok etish, o'zlashtirishga salbiy ta’sir ko'rsatadi- Ushbu toifadagi boalar maxsus sharoitda, maxsus usul, uskunalar, texik va optik vositalar yordamida o'qitilishi maqsadga muvofiqdir.

V.Zaif ko'ruvchi bolalar. Ko'rish o'tkirligi tuzatish ko'zoynaklari bilan 0.1 dan 0,3

  1. 4gacha. Ma’lum sharoitlarda ular ko'rish orqali erkin o'qib, yozishlari mumkin, buyumlarni ko'rib idrok etadilar, katta fazoviy doirada ko'rib mo'ljal oladilar.

Ko‘rish analizatori yordamida dunyoni idrok etish bolaning ruhiy rivojlanishida

  • . aharniyatg« ?a- Tevarak-atrof haqidagi eng kuchii taassurotlar ko‘z bilan idrok etiladi Bola ko’rish qobiliyati orqali narsalaming rangi, shakli, hajmi, harakati, uzoq- yaqinligi, fazodagi o'mi haqida tasavvurga ega bo'ladi.

Ma’lumki, ko'rish analizatori nurlami qabul qiluvchi qism-ko‘z olmasi (soqqasi) va uning yordamchi apparatidan ko'zga tushgan tasvimi avval po'stloq osti markazlariga. keyin esa oliy ko'ruv markazlari joylashgan katta miya po‘stlog‘iga (ensa bo'laklariga) yetkazib beradigan o'tkazuvchi yo'llardan tashkil topgan. Ana shu analizatoming har qanday qismlandagi o'zgarishlar bolaning ko‘rish qobiliyatiga albatta ta’sir ko'rsatadi.
Tiflopedagogikada ko‘zi ojiz bolalar ko‘r (so‘qir), yaxshi ko‘ra olmaydigan, ko'zi xira, zaif ko'ruvchi bolalar guruhiga bo'linadi. Ko‘r bolalaming ko‘rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko'rlik) yoki korreksiya qo'llanilganida (ko'zoynak tutilganda) ham ko'rish o'tkirligi 0,04 gacha pasaygan, ya’ni bunday bolalar amalda ko'r bo'ladi. Zaif ko'ruvchi bolalarda ko'rish o'tkirligi 0,05 dan to 0,4 gacha bo'lishi mumkin. Ushbu guruxdagi bolalar tevarak-atrofni ko'rish analizatori orqali idrok etadi.
Ko'rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko'ra tug'ma va orttirilgan bo'ladi. Tug'ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar (masalan, tug'ma kataraktaning ba’zi shakllari va boshqalar), xomilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha kasalliklari bilan og'rishi, xomila ko'rish organlarining embrional rivojlanish paytda zararlanishi, miya o'smasi va shu kabi kasalliklar katta rol o'ynaydi.
Orttirilgan ko'rish anomaliyalari hozirgi kunda nisbatan kam uchraydi. Aholiga davolash-profilaktika, oftalmologiya yordamining yaxshilangani tibbiyot sohasidagi katta yutuqlar qo'lga kiritilgani munosabati bilan zaif ko'ruvchi bolalar ancha kamaydi. Traxoma, chechak, so'zak, ko'z sili, skarlatina va boshqa kasalliklar oqibatida bolalaming ko'r yoki zaif ko'ruvchi bo'lib qolish hodisalariga deyarli tamomila barham berildi.
Ko'z ojizligi, ya’ni ko'rish nuqsonlari zo'rayib boradigan va bir xil turadigan (muqim) bo iadi. Zo'rayib boradigan xili kun sayin og'irlashib, bora-bora ko'rlikka olib keladi. Muqim xili esa turg'un bo'ladi, bolaning ko'rish darajasi doim bir xilda turaveradi. Ко nsh qobiliyatining zo'rayib boradigan zaifligi, ko'ksuv, ya’ni glaukoma kasalligi (ko'z


ichki bosimining ko‘tarilib ketishi) ko'ruv nervi atrofiyasi,to‘rparda (ko'zning yonJ qabul qiladigan qismi) distrofiyasi (aynishi) ga bog'liq bo'lib, bolaning harA' rivojlanish davrida vujudga kelishi mumkin. Gigiyenik talablarga rioya qilmaslik anomaliyalar bilan bog'liq bo‘lgan ko‘z kamchiliklari zo'rayib borishiga ham olibjJ (faqat yaqindan yoki uzoqdan ko‘rishga).
Yosh go'daklarda ba’zan ko‘zga oid tug'ma nuqsonlar xam uchraydi: kriptofta^J ko'z olmasi, qovoqlarining tug'ilishdan rivojlanmay qolgani; mikroblefaron -ko'z qovoq|a 1 kaltaligi tufayli ko‘zning yumilmay turishi, koloboma — ko‘z qovoqlarining nuqsoni va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday kamchiliklaming ko‘pchiligini jarrohlik yo‘ii bilan davolab, ulami bartarafetsabo'ladi.
Ko‘zi ojiz, so'qir bolalar ko‘r tug'ilgan va ko‘r bo'lib qoigan bolalar deb ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga tug'ilishdan ko'zi ojiz va tug'ilganidan so'ng to uch yoshgacha bo'lgan davr ichida ko'rish qobiliyati buzilgan bolalar kiritilsa, ikkinchisiga keyinchalik ko'zi ko'r bo'lib qoigan bolalar kiritiladi, bunday bolalar xotirasida ko'rish tasawurlari qoigan bo'ladi. Ko'rish qobiliyatining og'ir shakldagi buzilishlari bolaning harakterida, psixikasida ikkilamchi asoratlar paydo bo'lishiga olib keladi.
Ko'rish nuqsonlarining eng ko'p tarqalgan shakllaridan biri-refraksiya anomaliyalaridir. Ularga yaqin ko'rish (miopiya)ning turli darajasi, gipermetropiya, uzoqni ko'rish yoki yaqin ko'rish astigmatizmi kirddi.
Re&aksiya anomaliyalari, ya’ni nurlami sindiruvchi fbkus ko'z turi oldida bo'ladi. Yaqin ko‘rishda(blizorukost) bola uzoqdagi buyumlarni noaniq ko'radi. Yaqin ko'rishda harita, jadvallar, sayr vaqtida uzoqdagi buyumlarni kuzatish, o'qish, yozish, mexnat darslarida bajariladigan ishlar, rasmlami o'zlashtirishda qiyinchiliklar kuzatiladi. Yaqin ko'rish ko'zoynaklar yordamida to'g'rilanadi. Yaqin ko'ruvchi bollarga boshni uzoq egib turish, tez engashish, °fe ir ko'tarish, tana silkinishlari, mayda obyeklar bilan uzoq ishlash taqiqlanadi. Uzluksiz ish 15 daqiqa- Xirayorug'lik man etiladi.
U
hraydilaf

uci

qiynaladilar va o'qish, yozish xamda tarqatma material bilan ishlashda qiyinchilikka
zoqdan ko'rishda - ko'zdan yiroqda ko'radi, ko'zga yaqin buyumlarni idrok etishda qiynaladi. Bunday bolalar mayda obyektlami ko'rib o'rganishga mo'ljallangan darslarda jud*
я" . , „с1,с tnrreksiva ko‘zoynaklari bilan to‘g‘rilanishi mumkin. Ularga jismoniy
Uzoqdan ko'nsh maxsus у
;

«zifilanii bajansh taq.qlanmaydi. Yaqin obqektlar bilan uzoq ishlash taqiqlanad..
V
Ba’zi bolalarda ambliopiya kuzatiladi. Ushbu nuqson ko‘rishdan foydalansmslik ntijasida nvojlanadi Bunda ikki tomonlama g‘ilaylik xamroq bo‘lishi mumkin. Ambliopiyada ko'zning Tf1(1< va
lajzatish qobiliyati buziladi. Bu esa o'qish va yozish, rasm chizish, rasmlami kuzatish, ko'rish, geografik va tanxiy haritaJami o'rganishda qiyinchilik tug'diradi.
Nistagm-ko'zning beixtiyor, ritmik takrorlanuvchi harakatiari. Ko'zning ortiqcha harakatlari natijasida ko‘rilayotgan tasvir yoyilib ko‘rinadi. Nistagmda bola ko‘rayotgan obyektga ko‘rish diqqatini jamlashda qiynaladi. Bu qiyinchiliklar, ayniqsa harakatdagi dinamik idrokni qiyinlashtiradi.
Astigmatizmda, ko‘pincha uzoq va yaqindan ko'rishning buzilishi qo'shilib keladi. Shox pardaning shakli buzilishi natijasida nurlar noto‘g‘ri sindiriladi.
Astigmatizmi bor bolalar setchalkasida vertikal, gorizontal va boshqa yo‘nalishdagj qiyshik idrok kuzatiladi va natijadanora'g'ri tasvir paydo bo'ladi.
Ko'rish nuqsonlarining yana boshqa shakllariga katarakta, ko'rish nervi atrofiyasi, albinizm, mikroftalm va boshqalarni kiritish mumkin.
Ko'rish nuqsonlarining qay darajadaligi ko'zning sindiruvchi soxalarining xolatiga bog‘liq(shox parda, gavhar)
Katarakta - ko'z gavharining loyqalanishi(pomutneniye). Bunda gavharni jarroxlik yo‘li bilan olib tashlash va yangisini qo'yish mumkin.
Afaksiya-gavhaming yo'qligi.
Shox pardaning vazifasi-nurlami sindirish. Afaksiya kasalligida va gavhar siljib I ^etgan bolalar jismoniy vazifalardan cheklanishi, tez harakatlar, og'ir ko'tarish, tana I silkinishlaridan ximoya qilinishi zarur.
Shox parda(rogovitsa)ning tiniqligini buzilishi xam ko'rish nuqsoniga olib kelishi i mumkin. Uning sindiruvchi faoliyati me’yordan past darajada bo'lganligi tufayli, bola I buyumlarni aniq ko'ra olmaydi.
Zaif ko'ruvchi bolalarda ko'rish nervining qisman atrofiyasi, ko'z to'r I qobig ining turli tug'un o'zgarishlari tez-tez uchrab turadi. Bunga turli miya I kasalliklarirmeningit, meningoensefalit va boshqalar sabab bo'lishi mumkin. Ko'rish
atrofiyasi esa bosh miya jaroxatlari, ko‘z to'r pardasi kasalliklari, miya shishlari, ko'rj^ nevriti natijasida xam kuzatilishi mumkin. Bunda ko'z markaz bilan bogManrnay^ I Ko'rish atrofiyasi davolanmaydi. Biroq undan kelib chiqadigan ikkilamchi nuqsonlartl
j oldini olish, davolash muxim. Ko'z atrofiyasi bor bolalar doimiy ravishda izchillik bi|an davolanishi lozim. Ularni charchatib qo'ymaslik uchun mashg'ulotlarda uzluksiz ko'z bilan ishlash 5 10 minutdan oshmasligi lozim.
To'r pardaning eng ko'p tarqalgan tug'ma kasalliklariga pigmentli retinit, albinizm, tur pardaning ko'chishi kiradi.
Pigmentli retinit -to'r pardadagi tayoqchalar faoliyatini buzilishi. Natijada kolbachalar faoliyati xam buziladi. Bu esa ko'rish maydonining torayishiga yoki ko'rishning butunlay yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Kasallik davolanmaydi.
Albinizm - to'r pardada pigment yetishmasligi. "Natijada kishining ko'zi qizil, sochi va tanasi oq bo'lishi mumkin. Ularga yorug'lik to'suvchi ko'zoynak taqish, quyosh nurlaridan saqlanish tavsiya etiladi.
To'r pardaning ko'chishi-to'r parda tashqi qobig'ining oqib tushishi. To'r parda tarang tortilib turgan yuqori miopiyali kishilarda to'r pardaning ko'chishiga moyillilik bor. Ular og'ir ko'tarish, jismoniy mashqlardan saqlanishi lozim. Uzluksiz ishlash ular bilan 5 daqiqadan oshmasligi kerak.
Glaukoma-ko'z ichki bosimining ko'tarilishi.
Mikrofitalm-ko'z olmasining kichrayishi.
Ko'zi ojiz bolalar bilan barcha ishlar ularning ko'rish tasavvurlarini tiklash asosida olib boriladi va bunda ma’lum natijalarga erishish mumkin bo'ladi. Har holda bola rang, shakl va boshqalami bir qadar eslab qoladiki, bu tegishli tushunchalar hosil qilishni osonlashtiradi. Ko'z ojizligi qancha kech paydo bo'lgan bo'lsa, bolaning tevarak-atrof haqidagi tasawurlari shuncha boy va ulami mustahkamlash, takomillashtirish, kenggaytirish shunchalik oson bo'ladi.
Ko'rish qobiliyati keskin kamaygan ko'zi ojiz bolalar maxsus tashkil etilgan maktablarda yoki sog'lom tengdoshlari orasida ta’lim olishlari kerak. Bu maktablarda sog'lom analizatorlaming aktiv faoliyati asosida (tuyg'u va eshitish, boshqa sezgi analizatori) ko'rish analizatori faoliyatini qoplash ishlari olib boriladi. Maxsus ta’Iim- tarbiya ishlari ko'rish qobiliyatining zaifligi natijasida paydo bo'lgan ikkilamchi psixik asoratlaming oldini olish, ulami bartaraf etish, korreksiyalashga qaratiladi. Bolada mustaqil hayot uchun zarur bo‘lgan barcha bilim ko‘nikma, hamda malakalar shaklantirib boriladi.
Zaif ko'ruvchi bolalar tevarak-atroini ko'rish analizatori orqali idrok etadilar. Ular ham ko'rish qobiliyati zaif bolalar uchun tashkil etilgan maxsus maktabda yoki ko'rlar maktabi qoshidagi maxsus sinflarda sog'lom tengdoshlari orasida ta’lim olishlari kerak. Biroq bunday bolalar aksari ommaviy maktablarda o'qishni boshlashi ma’lum. Bir necha yil muvaffaqiyatsiz ravishda, qiynalib o'qigach, ular maxsus maktabga yuboriladi. Bunday bolalarni tarbiyachi va o'qituvchilar sog'lom tengdoshlaridan ajratib olib, iloji boricha vaqtli ■naxsus maktablarga jo'natishlari yoki inklyuziv ta’limni tashkil etishlari kerak. Ko'rish qobiliyati zaiflashgan bolalar satrlami yaxshi ajrata olmaydilar, shakli o'xshash narsa, harflami bir-biri bilan adashtirib yuboradifar, natijada o'qish va yozishda ko'p xatolarga yo‘! qo'yadilar. Raqamlami bir-biridan yaxshi ajrata olmaslik oqibalida hisoblashda va matematika masalalarini yechishda qiynaladilar. Ular doskaga yozilganlami, jadval, sxema va boshqa tasvirlami yaxshi ko'rmaydilar, ko'rish bilan bog'liq ishni bajarish vaqtida tez charchab qoladilar.
Noto'g'ri muhit, noqulay sharoit bolaning ko'rish qobiliyati keskin pasayib borishiga olib kelishi mumkin.
Tarbiyachi va o'qituvchilar ko'rish qobliliyati zaif bolalarni o'z vaqtida oftalmolog huzuriga maslahatga yuborishlari kerak.
Oftalmolog bolani tekshirib, kerak bo'lsa unga korreksiya qiladigan ko'zoynak taqib yurishni tavsiya etadi va bola qayerda ta’lim olishi kerakligini aniqlaydi. Ko'zoynak taqib yurishi kerak bo'lgan bolalarga bog'cha va maktab sharoitida to'g'ri sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratilishi zarur. Bolaning ish o'rni to'g'ri va yetarli darajada yoritilgan bo'lishi lozim. Bola doska, jadval, kartada chizilgan tasvirlar va boshqa o'quv materiallarini qanchalik aniq ko'rayotganiga e’tibor beriladi. Anomal refraksiyali bolalaming ko'zi tez charchab qolishini hisobga olib, dars vaqtida ularga ish turlarini mumkin qadar o'zgartirib turish, ko'z qadash bilan bog'liq bo'lgan ishlar, topshiriqlar hajmini g'oyat jiddiy nazorat qilib borish zarur.
Ko'z o'tkirligi 0,05 dan to 0,4 gacha bo'lgan zaif ko'ruvchi bolalar maxsus bog'cha maktablarda ta’lim-tarbiya olishadi. Bu joylarda o‘quv ishlari ko'rish asosida olib ooriiiB ammo turli texnik va kattalashtiruvchi optik vositalardan, yirikroq harflar bilan bosib chiqarilgan darsliklardan, maxsus voritgichlardan va hokazolardan foydalaniladi. Maxsus maktabning asosiy vazifalaridan biri — bolalarda saqlanib qoigan ko‘rish imkoniyatlaridan 1 o'qish jarayonida to‘g‘ri foydalanish va bulami rivojlantirish, ko‘rish qobiliyati pasayib I ketmasligi uchun shart-sharoit yaratish, oliy ruhiy jarayonlami tarbiyalab, bolaning bilim faoliyatini rivojlantirish, kengaytirish, bolada ko'rish qobiliyati zaifligi natijasida paydo bo‘lgan ikkilamchi ruhiy asoratlami bartaraf etish va boshqalardir.
Maxsus maktablami bitirgach, ko'rish qobiliyati zaif bolalar jumhuriyat ko'rlar jamiyati qoshidagi muassasalarda ishlaydilar, intellektual faoliyat bilan shug'ullanadilar (yozuvchi, shoir, oliy va o'rta maktab o‘qituvchilari, muzikachi, va boshqalar bo'lib).
Shunday qilib, ko'rish qobiliyati zaif bolalarni ta’lim-tarbiya yo'li bilan rivojlantirib borish imkoniyatlari juda katta, to'g'ri tashkil etilgan kompensator, korreksion. chora- tadbirlar natijasida ular hayotida o'z o‘mini topib ketishlari mumkin.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Ko'rish analizatorining ahamiyati nimada?

  2. Ko'rishdagi nuqsonlaming kelib chiqish sabablari nimada?

  3. Ko'rish qobiliyati zaif bolalar bilan ommaviy maktab va bog'chalarda olib boriladigan ishlami ta’riflab bering?

4Sensor nuqsonli bolalar bilan inklyuziv integratsion ta’lim qanday tashkil etiladi ?

  1. Ko'rish qobiliyatida kuzatiladigan nuqsonlaming oldini olish va bartaraf etish uchun nimalami bilish kerak ?

  2. Ko'zi ojiz bolalar uchun 0‘zbekistonda qanday muassalar tashkil etilgan?

ADAB1YOT
1.0‘zbekistonRespublikasi «Ta’lim qonuni»

  1. Grigoryans N.A.,Saidakbarova T.,Fayziyeva Z.SH. Ko'rishida muamrn°sl bo'lgan bolalar inklyuziv ta’limi. 0‘XTV, A.Avloniy nomidagi XTRXMOI, Yunisev,T, 2005Litvak. A.G Tiflopsixologiya-M. 1985.

  2. Raxmanova V.S. Defektologiya asoslari .-T..1991

  3. Raxmanova V.S. Maxsus pedagogika T„ G'ofur G'ulom, 2004

  1. »Ta’lim xamma uchun» milliy dasturini joriy qilish bosqicblari 0‘RXTV, Yunisef,

RTM, T„ 2005

  1. Ture Yonson. [nklyuziv ta’lim.- BMT Rivojlantirish dasturi. Т.,2003

4bob Aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar.

  1. Gligofren bolalar.

Reja
1 .Oligofreniya nuqsonining ta’rifi 2.01igofreniyaning darajalari

  1. Debil bolalaming rivojlanishi xususiyatlari 4.1mbetsil bolalar rivojlanishi xususiyatlari 5-Oligofren bolalar ta’lim-tarbiyasi Oligofreniya yunoncha oligos — kam, oz fren — aql so‘zlaridan olingan bo'lib, esi past, aqli past demakdir. Oligofren bolalar markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida bilish faoliyati pasayib ketishi va bu nuqsonlar umrbod saqlanib qolish bilan boshqa anomal bolalardan farq qiladilar.

Amaliyotda "aqlan zaif', "oligofren", "demensiya" degan atamalar ko'p ishlatiladi. " Aqlan zaiflik" — bu yig‘ma tushuncha boiib, aqliy jihatdan qoloqlikning sodir bo'lgan vaqti, boshidan kechirilgan kasallikning harakteri, patologik o'zgarishlaming o'tishi, darajasi bilan bog'liq bo'lgan masalalami ko'zda tutadi.
Aqliy qoloqlikni belgilashda klinik, psixologik va pedagogik mezonlami tafovui qilmoq kerak. Klinik mezon — aqliy qoloqlik va bu markaziy nerv sistemasining qanday organik kasalliklariga aloqadorligini, psixologik mezon-bilish faoliyatining turg‘un buzilganligini; pedagogik mezon — o'zlashtirish qobiliyati past bo'lib, bolaning dastur materiallarini o'zlashtira olmasligini ifbdalaydi.
Oligofreniya bola markaziy nerv sistemasining ona qomirizligi davrida, tug'ilish vaqtida va tug'ilgandan to uch yoshgacha bo'lgan davr ichida shikastlanishi, kasallanishinatijasida kelib chiqadi. Agarda, turli sabablarga ko‘ra, aqlan zaiflik bolaning UcU yoshidan keyingi davrida paydo boMsa, buni endi orttirilgan aqliy zaiflik - demensiya deb yuritiladi. Demensiya progressiv, ya’ni tabiatan kuchayib boradigan boiadi. Oligofreniyada esa nuqsonning kuchayib borishi kuzatilmaydi.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra oligofreniya tug'ma, hamda orttirilgan bo'lishi mumkin.
Rezus faktorning to‘g‘ri kelmasligi, xromosom kasalliklari, fenilketonuriya va shu kabilar tug'ma oligofreniyaga olib kelishi mumkin.
Masalan, oligofreniyaning, Daun kasalligi deb ataladigan bir turli xromosomalar nisbatining buzilishi natijasida 46 ta yoki 23 juft xromosoma o‘miga bitta ortiqcha xromosomaning vujudga kelish natijasida paydo bo‘ladi. Shunisi qiziqki, irsiy hujayralardagi patologik o‘zgarishlar Daun kasalligi bilan kasallangan barcha oligofren bolalaming tashqi ko‘rinishini bir xil qilib qo'yadi. Ular kam harakat, beso‘naqay, ko'zlari qisiq, bumi puchuq, tili katta, lablari qalin, shalpang quloq, barmoqlari kalta bo‘ladi va hokazo. Millatidan qat’i nazar, ular bir ota-onaning bolasiga o‘xshab ketishadi.
Onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar — og‘ir virusli gripp, tif, qizilcha bilan kasallanishi, ona organizmidagi turli parazitlaming
homilaga yuqishi, xomilaning shikastlanishi, ota-onalaming alkogolizmi, ham oligofreniyaga sabab bo'lishi mumkin.
Fransuz olimlari alkogolizmga giriftor oilalarda tug‘ilga:i 57 nafar bolani uzoq muddat kuzatib borib, ularning 25 nafari 1 yoshga to'lmasdan nobud bo‘Iganini, 5 nafari tutqanoq — 5 — nafari gidrotsefaliya (bosh miyada istisnosi) kasalligi bilan og‘riganini, 12 nafari aqlan zaif bo‘lgani va faqat 10 nafar bola sog'lom chiqqanini aniqlagan.
Tug'ruq vaqtida bolaning ombur yoki vakuum ekstraktor bilan olinishi, bola boshining siqilishi, bolaning tug‘ilish yo‘lidan uzoq o‘tishi, cho'zilib ketgan yoki, aksincha, haddan tashqari tezo‘tgan tug‘ruq natijasida ham markaziy nerv sistemasi shikastlanib, oligofreniya paydo bo‘lishi mumkin.

Oligofreniya bola uch yoshgacha bo‘lgan davr ichida turli xil og‘ir kasalliklar bilan kasallanishi (meningit, meningoensefalit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi) natijasida ham vujudga keladi.Aqliy (intellektual) rivojlanishiga ko‘ra oligofreniya uch darajada namoyon bo'ladi- 1) debillik; 2) irnbetsillik; 3) idiotiya. Debillik - aql pastlik oligofreniyaning eng yengil darajasi bo'lib, bunday bolalarni tashqi ko'rinishiga qarab sog‘lom tengdoshlaridan ajratib bo'lmaydi. Ular ко‘pinch a o‘qishni ommaviy maktabning birinchi sinfidan boshlaydilar-u, lekin qisqa muddat ichida ulgurmovchi o‘quvchilar orasiga qo'shilib qoladilar. Umuman, zehn va fahm-farosatga bog'liq ishlarda debil bolalar ancha qiynaladi, biroq ular yordamchi maktabga o‘tib, dasturmi o'zlashtirib chiqishsa, sanoat va hamda qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida, maishiy hizmat sohasida oddiy turdagi mehnat bilan shug‘ullana oladi. Tarbiyachi va o'qituvchilar debil bolalarni boshqa bolalardan ajratib olib, ularning maxsus bog‘cha va maktablarda tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’mmlashlari yoki integratsiyalashgan ta’limga jalb etishlari lozim. Imbetsil va idiot bolalar xattoki yordamchi maktab dasturi bo'yicha ham ta’lim olish qurbiga qodir emaslar. Ular ijtimoiy ta’minot vazirligi qoshidagi bolalar intematlarida tarbiyalanadilar. Ammo umumiy rivojlanishida kamroq orqada qoigan imbetsil bolalar, afsuski, yordamchi maktablarda goho uchrab turisbadi. Ular yordamchi maktab dasturini o‘zlashtira olmaydilar. Idiot bolalar hattoki o‘z ota-onalarini ham tanimaydi. Ular o‘zini-o‘zi uddalay olmaydi. 0‘ziga-o‘zi xizmat ham qila olmaydi. Imbetsil bolalar idiot bolalarga qaraganda nisbatan tuzukroq rivojlangan bo‘Isa ham, mustaqil hayot kechirolmaydi. Mexnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoshidagi muassasalarda ularga sodda bilimlar, mehnatning ayrim sodda turlari (o‘z-o‘ziga xizmat qilish, ekinlarni parvarish etish, kartondan qutichalar yasash va h. k.) o‘rgatiladi.
Oligofreniyaning uchala darajasida ham tarbiyachi va o'qituvchilar oligofren o‘quvchilami sog'lom tengdoshlari hamda o‘xshash tarzdagi boshqa kamchiliklari bor bolalardan ajrata olishlari lozim. Lekin oligofreniyaning eng yengil darajasini debillikni boshqa o‘xshash anomaliyalardan va sog'lom bolalardan ajratib olish amalda ancha kiyin bo'ladi.
Debil bolalar o‘z sog'lom tengdoshlaridan yoshligidanoq farq qiladi. Ularda, odatda, ixtiyoriy shakldagi murakkab harakatlar uncha rivojlanmagan bo‘ladi. Ular boshini tutish,
о tirish, yurishga kechroq o'rganadi, nutqi kechikib rivojlanadi. Debil bolalar atrofdagilaming sodda nutqini tushunadi-yu, lekin murakkab so'z va gaplami, iboralami fahmlay olmaydilar. Debil bola nutqida qo'pol, uni tushunib bo‘lmaydigan nuqsonlar kuzatilmasa
ham, ko‘p tovushlar noto'g'ri talaffuz etiladi, bunday bola iug‘ati kambag‘al, chegaral^J bo‘ladi. Debil bolalar o‘yin faoliyatida ham tengdoshlaridan ajralib turadi. vaziyatini yetarli darajada tushunmaydi, o‘yin vaqtida sog'lom tengdoshlariga t0‘u, bo'ysunib, ikkinchi darajali rollami bajaradi, xolos. Debil bolalar uchun bir aator ц. j farosat yetishmasligi harakterlidir. Ularning kuzatish, taqqoslash, idrok qilayotg^ I narsalaming , voqea-hodisalaming muhim tomonlarini ajratib ko‘rsatish, bular o‘rtasidagi eng oddiy sabab-natija bog‘lanishlarini fahmlab olish qobiliyatlari rivojlanmay qoladi. Debil Д bolalning tafakkuri, dikkati, sezgi va idroklari, xotirasi, analiz va sintez qilish qobiliyatlari ham yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi.
Savod o‘rgatishning dastlabki davridayoq bu bola tovush va harflar o'rtasidagi bog‘lanishlaming farqiga yaxshi bormay harflami eslab qolish, bo‘g‘iniab o'qish, tez ravon o'qish malakalarini o‘zlashtirishda qiynaladilar, juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadilar.
Debil bolalaming bilish faoliyatidagi kamchiliklar matematika darslarda ayniqsa yakqol namoyon bo‘ladi, negaki, eng oddiy hisoblash amallari ham abstrakt hisoblashni talab etadi. Debil bolalar tartib sonlami o‘zlashtira oladilar,lekin qo'shish va ayrish, teskari sanash, eng oddiy masalalami, misollami yechishda juda qiynaladilar. Ular misolni mohiyatini, masalaning mazmunini va raqamli ma’lumotlami tushunolmaydilar.
Nerv jarayonlari muvozanati, bilish faoliyatining buzilganligi natijasida oligofren hulq-atvorida ham bir qator kamchiliklar kuzatiladi.Qo‘zg‘alish va tormozlanish o‘rtasidagi rnuvozanat buzilganligi tufayli ayrim oligofren bolalar haddan tashqari jonsarak, serharakat, sho‘x bo‘ladilar va tormozlanish jarayoni ustun turgan bolalarda esa, aksincha, passivlik, bo'shanglik, beparvolik, hech narsaga qiziqmaslik kuzatiladi va hokazo.
Oligofren bolalar vaziyatni yetarli darajada anglay olmaydilaro, hatti-harakatlami vaziyatga qarab, adekvat o‘zgartira olmaydilar. Ularda o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan tanqidiy munosabat birmuncha sust bo'ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan bir qator kamchiliklarga qaramay, oligofren bolalar bilan to‘g‘ri tashkil etilgan maxsus ta’Iinvtarbiya ishlari natijasida defektologlar ulami mustaqil hayotga tayyorlash, kasb-hunarga o'rgatish borasida katta yutuqlarga erishmoqdalar. Maxsus yordamchi mehnat maktablarida ta’lim-tarbiya w chiqqan debil bolalar hayotda o‘z o‘mini topib, sanoat hamda qishloq xo'jalik ishla^ chiqarishning turli sohalarida, maishiy hizmat sohasida fool mehnat <9
'har ioqdalar Tarbiyachi va o'qituvchilaming muhim vazifasi oligofren bolalarni boshqa iriomal bolalardan ajratib, ulami iloji boricha ertaroq tegishli muassasalarda ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlab berishadi.
ADABIYOT
1 Aytmetova S.SH Yordamchi maktab o'quvchilarining psixik rivojlanish
xususiyatlari-T. 0‘qituvchi 1984

  1. Aytmetova S.SH Oligofrenopedogogika-T. 1994

  2. Gavrilushkina O.P, Sokolova N.D Vospitaniye i obucheniye umstvenno

otstalbix doshkolnikov. -M, 1985

  1. Vayzman N.P Psixologiya umstvenno otstalix detey-M 1997.

  2. Po‘latova F. Oligofrenopedogogika. - T. 2006

  3. Petrova V.G.,Belyakova I.YU. Psixologiya umstvenno otstalix detey.-M.,2000

  4. Zabramnaya S.D Psixologo-pedagogicheskaya diagnostika umstvenno otsialogo. Razvitiya detey M , 1995

  5. Zamskiy X.S. Umstvenno otstaliye deti. Istoriya ix izucheniya, vospitaniya i obucheniya s drevnix vremen do seredini XX v. M , 1995.

  6. Katayeva A.A. Strebleva YE.A Didakticheskiye igri i uprajneniya v obuchenii umstvenno otstalix doshkolnikov. Kniga d!ya uchitelya M. 1993

  7. Raxmonova V.S Maxsus pedagogika. - Т.,2004

SAVOL VA TOPSH1RIQLAR

  1. Oligofren bolalar deb qanday bolalarni aytamiz?

  2. Oligofreniyaning kelib chiqish sabablari nimada?

  3. Oligofreniyaning darajalarini aytib uting?

  4. Debil bolalaming rivojlanish xususiyatlarini ta’riflab bering.

  5. Aqlan zaif bolalarga qanday bolalar kiradi?

  6. Aqlan zaif, oligofren bolalar qayerda ta’lim-tarbiya olishlari kerak?


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin