Korreksion pedagogika va logopediya


Turg'un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko'ra tug'ma va orttirilgan bo'lishi mumkin



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə8/38
tarix20.12.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#76855
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Korreksion pedagogika va logopediya

Turg'un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko'ra tug'ma va orttirilgan bo'lishi mumkin.
Kar-soqov bolalaming 25—30 foizida eshitish nuqsonlari tug'ma bo'ladi. Bunga sabab: onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallinishi, ota- onalaming ichkilik ichib turishi, onaning xomiladorlik davrida bilar-bilmas dori-darmonlanii iste’mol qilishi (ayniqsa streptomitsin, xinin, singari dorilami), xomilaning shikasdanishi; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishidagi patologik o'zgarishlar bo'lishi, masalan, eshitish yo'li atreziyasi —bituvi).
Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi, o'tkazuvchi yo'llar yoki quloqning o'zidagi o'zgarishlar sabab bo'ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki), meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasallikJari bilan kasallanishi ba’zi hollarda kar-soqovlik yoki turli darajalardagi zaif eshitishga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda ekologiya masalalalaming keng o'rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaharii kimyoviy dorilar juda kuchii ta’sir etib, ayniqsa analizatoming o'tkazuvchi nevrlarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan bo'lib qoladi.
Eshitish nuqsonlariga ega bo'lgan bolalar anomal bolalar kategoriyasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o'zlashtirishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Eshtish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan o'qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir ko'rsatadi, bog‘cha va maktab dasturlarining 0‘zlashtirishda bir " o‘ziga xos qiyinchilildar kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Kichik yoshdagi bolalaming eshitish qobiliyati nutqi rivojlanganaan so‘ I masalan,. ikki yoshida yo'qolganida ham karlik natijasida bola atrofdagilar nutqin- eshitmaydi va hattoki bilganlarini ham asta-sekin unutadi, boladagi karlik bilan soqoV]j^ qo‘shilib u kar-soqov bo'lib qoladi. Bolaga o'z vaqtida maxsus yordam ko'rsatiltnasa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo'iadi. Biroq nuqsonning o'rnini toMdirib boshkaruvchi jarayonlami aktivlashtiruvchi maxsus, korreksion rostlaydigan sharoit boladagi nuqsonlami bartaraf etib, ularning ham nugqiy rivojlanishini, ham umumiy, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi.
Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasasi hamda maktab-intematda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va o'qituvchilar bunday bolalaming tegishli ta’lim-tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak.
Yuqorida qayd etilganidek, surdopcdagogikada eshitish qobiliyati zaif bolalarga kar- Soqov, tug'ma hamda keyinchalik zaif eshituvchi bo'lib qoigan bolalar kiradi. Zaif eshituvchi bolalar o'z navbatida eshitish qobiliyatining nechog'liq buzilganiga qarab yengil, o'rta va og'ir darajali kamchiligi bor bolalarga bo'linadi. Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar ovoz bilan gapirilgan nutqni 6—8 m masofadan ovoz chiqarmay, shivirlab gapirilgan gapni quloq suprasidan 3—6 m masofada eshitadi. O'rta darajadagi qulog'i og‘ir bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni 4—6 m,’ ovozsiz pichirlab gapiriiganini 1—3 m masofadan eshitadi. Og'ir darajali qulog'i zaif eshitishda bola o'rta me’yorda ovoz bilan gapirilgan gapni quloq suprasidan 2 m, shivirlashni 0,5 m masofadan eshitadi, xolos.

Qulog'i og'irlik natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar kuzatiladi: lug'atimng kambag'al bo'lishi, grammatik komponent rivojlanmagan — gap ichida so'zlami tashlab ketish, so'zlami noto'g'ri ishlatish, ulami o'zaro bog'lay olmaslik, kelishik, so'z yasovchi, so z o'zgartiruvchi qo'shimchalami ishlata olmaslik; tovushlarni noto'g'ri talaffuz qilish o'xshash. jarangli-jarangsiz undoshlami bir-biri bilan adashtirish, tushirib ketish v boshqalar shular jumlasidandir.Bola nutqidagi kamchiliklaming kelib chiqish sabablarini bilmaslik orqasida ayrim t rbiyachi va o'qituvchilar bolani dangasa, mas’uliyatsiz, bezori deb, unga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishadi, natijada bola injiq, yig‘loqi, serjaxl, gap o‘tmas bo'lib qoladi, ya’ni unda ikkilamchi ruhiy o'zgarishlar paydo bo'ladi.
Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‘lom tengdoshlari qatorida ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda ta’lim-tarbiya olishi mumkin. Biroq ularga alohida munosabatda bo‘lish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.
Uzliksiz ta’lim tizimida 0‘zbekistonda eshitishida nuqsoni bo‘Igan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muasasalari, maktab va kasb-xunar kolejlarida maxsus guruxlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu toifadagi bolalar uchun tashkil etilgan maktab-intematlarda maktabgacha tarbiya bo‘limi xamda umumta’lim maktab bo‘limi mavjud. Ushbu muassasalarda ta’lim umumta’lim 9 yillik ta’limning davlat talablari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Eshitish qobiliyati zaiflashgan bolalar bilan ishlashda surdopedagoglar katta yutuqlarga erishmoqdalar. Ushbu toifadagi anomal bolalar maxsus kechki maktablarda ta’lim olganlaridan keyin oliy o‘quv yurtlarini ham muvaffaqiyatli bitirib chiqmoqdalar, mamlakatimizning turli korxonalarida hamma bilan baravar mehnat qilmoqdalar. Demak, eshitish nuqsonlarini bartaraf etish, to‘Ia kompensatsiyalash, mumkin. Tarbiyachi va o‘qituvchilaming asosiy vazifasi — sog‘lom bolalarni zaif eshituvchi bolalardan ajratib, ularga alohida yondashish, zarur bo‘Isa, ufaming "maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya olishini yoki integratsiyalashgan ta’limgajalb etilishini ta’minlashdan iborat.
Maxsus muassasalarda o'z fikrini og'zaki ifodalay olmasligini his etgan o'quvchi yozma shaklda bayon etishni bilishi kerak. Buning uchun o‘quvchilami o‘z fikrini og zaki, yozma bayon etishga o‘rgatish amaliy nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish asosida amalga oshiriladi.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchiIarda so‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqni shakllantirish yuzasidan dars va mashg‘uIotlarda muayyan tizimdagi mashqlar asosida

  1. qituvchi va o‘quvchi faoliyati tashkil etiladi, didaktik vositalaming barcha turlarini nutqiy jarayonga moslay olish talab etiladi. Nutqiy materiallarning amaliy egallanishini 13 minlash uchun maxsus sodir etilgan muammoli nutqqa (gapirish, yozib


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin