Ular o'qish va yozish vaqtida harflarni tushirib, o'mini almashtirib yuboradilar. Yozma nutqdadagi nuqsonlar harflar shaklini noto'g'ri idrok etishga aloqador boMishi ham mumkin. Bunda bola yozilishi jihatidan o'xshash harflarni, ularning elementlarini adashtirib yuboradi. Maktab o‘quvchilari orasida yozma nuqsonlardan disgrafiya va disleksiyalar tez-tez uchrab turadi. Disgrafiklarning yozma ishlarida kuzatiladigan xatolarni ma’lum guruhlarga ajratib o'rganish tavsiya etiladi. Bular quyidagilardir: 1. Fonetiko-fonematik harakterdagi xatolar-talaffuz (artikulatsiya) va idrok (akustika) jihatidan o'xshash tovushlarni bir-biri bilan almashtirib yuborish, masalan: gul-kui, zina-sina, bog-pox, daftar-taftal va h.k. 2. So'z tuzilishidagi kamchiliklar: a) bo'g'inlar o'mini aimashtirish, masalan: mashina-manashi, randa- radan; b) unlilarni tushirib qoldirib ketish: uzum-uzm, ilon-iln, gilos-glos, kitob-ktob, undoshlarni tushirib qoldirib ketish, masalan: do'stlik-do'slik, mashina-maina, bayram-barm; g) bo'g'in so'zlarni oxirigacha yozmaslik, masalan: bola-bol, olxo'ri-olri, gilos-gilo, lenta-leta, anor-ano; d) ortiqcha, keraksiz unli yoki undosh harflarni qo'shib yozish, masalan: stul-ustul, doska-dosika, o'rdak-o'ridak, bahor-bahhor, gilam-gigilam. 3. Bir so'zni ikkiga bo'lib yoki ikkita so'zni qo'shib yozish, masalan: Bahor keldi-Ba xorkeldi. 4.Shakii va yozilishi bilan o'xshash harflarni, ularning elementlarini almashtirib yozish, masalan: sh-i, t-p, 1-m, i-sh, s-v, b-d, г-l, z-va ва boshqalar. Harf элементларининг fazoda оладиган joylarini aimashtirish: s-z, v-u, s-e. 5. Qo‘l muskullarining nozik harakatchanligi, motorikasi buzilishi natijasida harflarni noto'g'ri yozish, daftardagi чизикларга chiziqlarga qilmaslik, bo'g'in va so'zlarni сузларни ustma-ust yozish va hakazo. 6. Grammatik harakterdagi xatolar (morfologik, orfografik, sintaktik, punktuatsion xatolar va boshqalar.) 7. Oynavon xat-xatni xuddi oynada aks etganidek teskari yozish. Bunda bola chap va o'ng tomonlarni chalkashtirganligi tufayli harflar ko'zguda qanday ifodalansa, shunday yoziladi, masalan: s-s. b-b, 1-1, d-d. Yozuvdagi kamchiliklar-disgrafiya, ko'p hollarda o'qishdagi kamchiliklar- disleksiyalar bilan birga kuzatiladi. Disleksiyaning alohida o‘zi mustaqil nutq nuqsoni sifatida kamdan-kam uchraydi. Disleksiyaning belgilari almashtirib o'qish; harflami bo‘g‘inlarga biriktira olmaslik; 2. harf va bo‘g‘inlami qayta-qayta takrorlash, tushirib ketish, o‘mini алмаштириш natijasida almashtirish tushunmay, noto'g'ri, sekin o'qish; So‘z qismlarini, bo'g'inlami, qo'shimchalami boshqa harf, bo'g'in yoki so'zlar bilan almashtirish 4. Tinish belgilari , pauzalarga rioya qilmaslik, so'z o'rtasida to'xtab, pauzalar qilib, birinchi so'zning ikkinchi qismini keyingi so'zning birinchi qismi bilan o'qib ketish.
O'qish-bu nutq faoliyatining tovushlar taiaffuzi va idroki bilan chambarchas bog'liq bo'lgan bir turidir. Psixologiyaga doir adabiyotda o'qish mexanizmlariga, birinchidan, so'zning o'qilishi, ya’ni grafik tomoni va aytilishi o'rtasidagi bog'lanish, ikkinchidan, o'qilgan so'zning ma’nosini tushunish, ya’ni ongli o'qish kiradi, deb takidlanadi. o'qish malakalari mukammal bo'lishi uchun o'qish jarayonining ikkala tomonini ham bir-biriga payvasta qilib, baravar shakllantirib olib borish kerak. Aks holda materialni tushunib, ongli o'qishni ta’minlab bo'lmaydi. Yuqorida ko'rsatilgan disleksiyaning belgilari ko'proq o'qish texnikasi bilan bog'liq bo'lsa-da, bulaming hammasi ongli o'qishga ta’sir ko'rsatadi. Logopediyaga doir adabiyotda disgrafiya, agrafiya, disleksiya, aleksiyani bartaraf etish yullarini, usul lari bayon etilgan. L.I. Yefimenkova va I.N.Sadovnikovalar «Ispravleniye i preduprejdeniye disgrafii u detey» kitobida disgrafiyani quyidagi tartibda bartaraf etishni taklif etadilar: 1. Tayyorlov davri. Bu davrda o'quvchilar o'qish va yozish malakalarini qay darajada egallab olganliklari aniqlanadi: analiz va sintez malakalari tarbiyalanadi; eshituv va ko'ruv analizatorlari, fonematik eshitish, eshituv va ko'ruv xotirasi rivojlantirib boriladi. 2. Unli tovush va harflarni bir-biridan ajratish ustida ish olib boriladi. 3. Undosh tovush va harflar bir-biridan ajratilib differensiatsiya qilinadi. 4. So'z ustida ishlash, so'zning tuzilishi, tarklbi haqidagi bilimlar berish. 5.Gap ustida ishlash. Bu logopedik metodika analiz va sintez qilish malakalari fonematik uquv yaxshi rivojlanmaganligi natijasida yozma nutqda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etishga mo'ljallangan. Logoped O.V.Pravdina yozma nutqdagi kamchiliklarni uch bosqichda bartaraf etishni tavsiya etgan. Birinchi boskichda jarangli va jarangsiz, portlovchi p, t, к tovush va harflar asosida differensiatsiya ishlarini o'tkazish tavsiya etiladi. Bu bosqichda sh, j, I'J, r kabi artikulatsiyasi murakkab tovushlarni talaffuz etishga o'rgatish uchun tayyorlovchi artikulyatsion mashqlami o'tkazish, ayrim grammatik tushunchalar ustida ishlash tavsiya etiladi. Ikkinchi bosqichda s, z, sh, s, ch, b, g, d, 1, r kabi tovushlar talaffuzini yo'lga qo'yish, avtomatizatsiya va differensiatsiya ustida ishlash ko'zda tutiladi. Bu bosqichdagi har bir mashg'ulotda bo'g'in, so'z va gaplami analiz va sintez qilishga o'rgatish ishlari asosiy o'rinni egallashi kerak. Uchinchi bosqich bir-biriga bog'langan og'zaki xamda yozma nutqni o'stirish yo'li bilan dastlabki bosqichlarda to'g'ri talaffuz etishga o'rgatilgan tovushlarni mastuxkamlash (avtomatizatsiya) va bir- biridan ajratishga (differensiatsiya) o'rgatishga tavsiya etiladi. Ko'pgina logoped olimlar (M.YE.Xvatsev, R.YE.Levina, F.A.Rau, R.I.Lalayeva, K.Sadovnikova L.N. Yefilinkova RM.Boskis va boshqalar) yozma nutqdagi kamchiliklami og'zaki nutqning yaxshi rivojlanmaganligi natijasida yuzaga keladigan nukson deb bilib, ulami og'zaki nutqni rivojlantirish orqali, butun nutq sistemasi ustida izchillik bilan maxsus ishlar olib borish orqali bartaraf etish metodikasini tavsiya etganlar. Ushbu metodika bo'yicha mashg'ulotlarda tovush, bo'g'in, so'z, gap va bog'langan nutk ustida ishlash talab etiladi. Biroq bu ishlaming yo'nalishi, mundarijasi yozma nutq nuqsonlariga ega bo'lgan kishilarning umumiy bilim doirasini, o'qish va yozma qobiliyatini, o'qish va yozishda nimadan qiynalishini, qanday xatolar qilishini, ularning kelib chiqish sabablarini hisobga olgan holda belgilanadi.
L.F.Spirova va A.V.Yastrebovalar boshlang'ich maktab o'quvchilari nutqida kuzatiladigan yozma nutqdagi kamchiliklami butun nutq sistema ustida uch bosqichda ish olib borish orqali bartaraf etishni tavsiya etadilar. Birinchi bosqichda fonetika - fonematik komponent ustida quyidagi ishlarni o'tkazish ko'zda tutiladi: 1. So'zning tovushlardan tuzilishi haqidagi tasawurlarini shakllantirish; 2. Fonematik uquv hamda analiz-sintez malakalarini rivojlantirish; 3. Talaffuz kamchiliklarini bartaraf etish. Birinchi bosqichda bolalar diqqati, xotirasini rivojlantirish, ularni o'z-o'zini boshqarish, tekshirib borishga o'rgatish, savollarga aniq, to'liq javob berishga o'rgatish talab etiladi, Ikkinchi bosqichda leksiko-grarnmatik kamchiliklami bartaraf etish, eshitish idrokini rivojlantirish ishlari olib boriladi. Uchinchi bosqichda o'rgatilgan tovushlarni mustaxkamlash, ulami bola nutqiga kiritish, analiz qilish malakalarini rivojlantirish ishlari amaiga oshiriladi. Shunday qilib, yozma nutkdagi kamchiliklar nihoyatda murakkab nutq nuqsonlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Ushbu kamchiliklarni olidini olish ishlari maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib borilishi darker. Bundan bolaning og'zaki nutqini o'stirish fazoviy idrokini, hotirasi, diqqati, analiz va sintez qilish faoliyati, nutqini tahlil qilish, lug‘at ustida ishlash, grammatik komponentini rivojlantirish, og‘zaki nutqdagi kamchiliklarni bartaraf etish, nozik qo‘l harakatlarini rivojlantirish ayniqsa muhimdir. ADABIYОТ Logopediya (Pod red. L.S.Volkovoy. М., Prosvesheniye, 1989.)
FilichevaT. B.( Cheveleva N.A.,Chirkina G.V. Osnovi logopediya. М., Prosvesheniye 1989.
Levina R.YE. Osnovi teorii i praktiki logopedii. М., 1968.
Lalayeva R.I. Narusheniye protsessa ovladeniya chteniyem u detey. М., Prosvesheniye,2000.
Sadovnikova I.N. Narusheniye pismennoy rechi u mladshix shkolnikov. М., Prosvesheniye, 2001.
Rasstroystva rechi u detey i podrostkov (Pod red. S.SLyapidevskogo. М., 1969.)
Yefimenkova L.N., Sadovnikova I.N. Isravleniye i preduprejdeniye disgrafii u detey. М., 2000.
Kashe G.A. Podgotovka к shkole detey s nedostatkami rechi. М., 1985.
Pravdina О. V. Logopediya. М., 1969.
SAVOL VA TOPSHIRIKLAR Yozma nutq og‘zaki nutqdan nima bilan farq qiladi?
Yozma nutqdagi kamchiliklar qaysi atamalar bilan yuritiladi?
Yozma nutqdagi kamchiliklar nimadan kelib chiqadi?
Disgrafiklaming yozma nutqda kuzatiladigan xatolami ta’riflab bering.
Disleksiyaning belgilari nimada?
Yozma nutqdagi kamchiliklar qanday bartaraf etiladi